Telegram Web Link
​​#review #taqriz

📗Mark Levinson — "Quti. Yuk tashish konteyneri qanday qilib dunyoni kichikroq va global iqtisodiyotni kattaroq qildi"

1956-yilda amerikalik biznesmen Malkolm Maklin ilk bor dengiz orqali yuk tashishda konteynerlardan keng foydalanishni o'zi kompaniyasida tadbiq qiladi. Bu keyinchalik jahon iqtisodiyotining aqlbovar qilmas darajada o'zgarishiga olib keladi deb kim o'ylabdi deysiz. Kitob ushbu qiziqarli tarixni batafsil yoritib beradi. Undan atigi bitta misol keltiraman.

Dubay asrlar davomida kichik baliq ovlash porti bo'lib kelgan va uning tabiiy bandargohi yo'q. 1976-yilda hukumat Dubaydan bir necha kilometr uzoqlikdagi Jabal-Ali qishlog'ida konteyner porti qurish rejasini e'lon qiladi. Bir necha yil ichida Jabal Ali dunyodagi eng yirik sun'iy bandargohga aylanishi kerak edi.

Birinchi bosqich 1979-yilda tugagach, arablarda neft narxining ko'tarilishi tufayli pul to'lib-toshgan, ammo iste'mol tovarlari oqimini boshqarish uchun zamonaviy port yo'q edi. Dubay tezda bo'sh joyni to'ldiradi. Hukumat 1985-yilda erkin savdo zonasini yaratib, yuk jo'natuvchilarga tovarlarni mamlakatga olib kirish, ularni port yaqinidagi omborlarda bojsiz saqlash va keyin ularni jo'natish imkonini berdi.

2015-yilga kelib, Jabal Ali dunyodagi eng yirik konteyner portlaridan biriga aylanadi. Uning uchta terminali bir vaqtning o'zida Nyu-York va Los-Anjelesni birlashtirgandan ko'ra ko'proq konteynerlarga ishlov berardi. Dubayning dunyoning eng yirik portlari qatoriga kirishi aql bovar qilmaydi. Uning joylashuvi - Fors ko'rfaziga kirish joyidan uzoq va Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyodan Suvaysh kanaliga ketayotgan kemalarni marshrutdan ancha og'ib ketishga majbur qiladi.

Ajablanarlisi shundaki, agar oddiy yuk tashish konteyneri bo'lmaganida, zamonaviy dunyo hozirgidek bo'lmasdi. Yuqoridagi Dubay misolida ham agar konteyner yuk tashishi bo'lmaganida, hozir Dubay o'sha kichik shahar shaklida qolgan bo'lishi mumkin edi. Konteyner 50 yil ichida ishlab chiqarish, savdo va yuk tashishda inqilob qildi va jahon iqtisodiyotini chinakamiga global bo'lishiga imkon berdi.

Bu oson bo'lmagan. Hech kim o'zgarishga tayyor emas edi. Dokerlik kasbi endi yo'q bo'lib ketdi, Liverpul va Nyu-York kabi ilgari mashhur portlar o'z ahamiyatini yo'qotdi, temir yo'llar vagonlar parkini deyarli butunlay yangilashga majbur bo'ldi, oldinlari mahalliy ishlab chiqarishni endi asosan chet elga o'tkazish natijasida ko'plab rivojlangan mamlakatlar o'z biznes strategiyalarini qayta qurib chiqdi. Global savdoda konteynerlarning o'rni beqiyosligini ushbu ilmiy-ommabop kitob tasdiqlab beradi.

Shuningdek, konteytnerlar katta xavfni ham yaratib berdi: yuz minglab konteynerlar ichida yashiringan noqonuniy migratsiya, konteyner tashuvchi tankerlarning ekologiyaga zarari, konteyner ichida qurol-yarog' va bomba tashish xavfi va hokazo. Ammo shunga qaramay, hozirda Titanikdan bir necha baravar katta tankerlar dunyo bo'ylab katta savdo yuklarini tashib yurishibdi.

Qisqasi, ushbu kitob jahon iqtisodiy geografiyasi va unda konteynerlarning ahamiyati haqida juda qiziqarli, batafsil va eng birinchi manba hisoblanadi.

@panda_books
#reading

"Odamlar faktlar, raqamlar yoki tenglamalarga tayanib emas, balki hikoyalarga qarab fikrlaydilar. Hikoya qanchalik sodda bo'lsa, shunchalik yaxshi. Har bir inson, etnik guruh yoki xalqning o'z afsona va haqiqatlari bor. XX asrda Berlin, Moskva, Nyu-York va Londondagi dunyo elitalari o'tmishni tushuntirish va butun dunyo kelajagini bashorat qilish uchun 3 ta ulug'vor konsepsiyani taklif qilishadi. Bular: fashizm, kommunizm va liberalizm edi.

Fashizm dunyo tarixini davlatlar o'rtasidagi kurash nuqtai nazaridan tushuntirib, dunyoni bir guruh odamlar boshqarishi, qolganlarini esa kuch bilan bo'ysundirishini taklif qiladi. Kommunizm esa tarixga sinfiy kurash sifatida qaraydi va kelajakda dunyoni yagona markazlashgan ijtimoiy tizim sifatida ko'radi, unda hamma uchun tenglik - inson erkinligi evaziga kafolatlanadi. Liberalizm bo'lsa, jahon tarixini erkinlik va zulm o'rtasidagi kurash deb hisobladi va u kelajakni ba'zi tengsizliklar evaziga markaziy hukumat tomonidan minimal nazorat ostida bo'ladigan erkin jamiyat a'zolari bilan hamkorligida ko'radi.

Bu uch mafkuraning to'qnashuvi Ikkinchi jahon urushi davrida o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqadi, buning natijasida fashistik loyiha barbod bo'ladi. 1940-yillar oxiridan to 80-yillar oxirigacha dunyo qolgan ikkita konsepsiya: kommunistik va liberallar oʻrtasidagi kurash maydoniga aylanadi. Kommunistik g'oya qulaganidan so'ng, liberal ssenariy insoniyatning o'tmishi uchun asosiy qo'llanma va dunyoning kelajakdagi kun tartibi uchun ajralmas ko'rsatma bo'ladi - hech bo'lmaganda dunyo elitalariga shunday tuyulardi...

Biroq, 2008-yilgi global moliyaviy inqirozdan so'ng, turli mamlakatlar aholisi liberal mafkuradan umidsizlikka tusha boshlashdi. Devor va to'siqlar modaga qaytdi. Immigratsion va savdo kelishuvlariga qarshilik kuchaydi. Demokratik deb hisoblangan hukumatlar sud tizimiga putur yetkazdi, matbuot erkinligini chekladi va har qanday muxolifatni sotqin deb atadi. Vengriya va Turkiya kabi mamlakatlardagi avtoritar rahbarlar liberal bo'lmagan demokratiyaning yangi turlarini sinab ko'ra boshladi...

Boshqalar (to'g'ri yoki yo'q) esa liberalizatsiya va globallashuv to'g'risida "barchaning haqqi hisobiga faqat juda kichik elitaga foyda keltiruvchi katta aldov" degan xulosaga kelishdi."

Yual Harari, "XXI asr uchun 21 ta saboqlar"

@panda_books
#haqida

Globalizm

Mendan globalizm nima deb so'rashadi. Men ularga ilmiy tilda tushuntirishga harakat qilaman. Lekin bu murakkab. Yaxshisi misol keltiraman.

Bugun TikTokda xorijda o'qiyotgan 3 ta - Turkmaniston, O'zbekiston va Qozog'istonlik yosh talaba qizlarning o'z turkiy tillari haqida video olishayotganini ko'rib qoldim.

Va ular o'zaro nimanidur tushunmay qolishsa, umumiy til sifatida inglizchada gaplashishardi.

Mabodo kelajakda qachondir Markaziy Osiyo davlatlari o'zaro to'liq integratsiya bo'lsa, ularning umumiy ishlatadigan tili - ingliz tili bo'ladi. Rus tili tabiiy yo'l bilan chiqib ketish jarayoni boshlangan va bu to'xtamaydi. Afsuski, o'zimizni tillardan ham hech biri muloqot tili bo'la olmaydi.

Mana shu globalizm. Globalizmni na ruslar, na xitoyliklar va na turklar o'ylab topgan. Bu avvalo Amerika va ingliz tili. Bu bizning farzandlarimiz bilan yuz beradigan muqarrar jarayon.

@panda_books
Amir Temur haykali qayta ishlanganmi?

Qurultoy'ning oxirgi sonida bir qiziq masala ko‘tarilibdi. Doktor Erkinjon Rajabov harbiy arbob, oʻzbek diviziyasi qoʻmondoni Mirkomil Mirsharopov (1900-1938) haqida gapirib turib, uning Samarqand shahridagi haykali olib tashlanganini, haykal hozir qayerdaligi noma’lumligini aytdi.

Izohda kimdir haykal aslida yo‘qolmaganini, qayta ishlanib, Amir Temur haykaliga aylantirilib, Toshkentga qo‘yilganini aytibdi. Qiziq.

Tekshirib ko'rishga arziydigan gipoteza.

@panda_books
Panda Books
Buyuk yozuvchiga urush kerak. Keling ushbu fikrimni isbotini ko'rish uchun jahonda yashab o'tgan barcha buyuk yozuvchilarga bir nazar soling. Nima ko'ramiz?Ularning aksariyati insoniyat tarixidagi buyuk jangu-jadallar haqida yozgan. Masalan, Gomer - Troya…
#tarjima

Bundan roppa-rosa 2 yil oldin, 2022-yil 24-fevral kuni Putin Rossiyasi ariyasi Ukrainaga kirib bordi. Nafaqat sobiq postsovet hududida, balki dunyoda ham ko‘p narsani o‘zgartirgan va ta’sir qilgan urush.

Bugun men sizlarga yuqorida va'da qilgan tarjimamni ayni ushbu tarixiy kunda ulashishni lozim topdim.

"New Yorker" jurnalisti Lyuk Mogelson"Ukraina okoplari ichra ikki hafta" ocherki

👉 1-QISM

👉 2-QISM

Yoqimli mutolaa!


@panda_books
#haqida

Ideal imperializm

So'nggi yillarda ba'zi siyosatchilar negadur qadimgi imperiyalar tiklashni qo'msab qolishdi. Keling, unaqada yaxshisi Mo'g'ullar imperiyasini qayta tiklaylik:)

Xazil-xazil bilanu, lekin uning tarixiy chegaralariga qaytishni shunchaki tasavvur qiling.

G'arb va Sharq o'zaro birlashadi. Sariq dengizidan to Adriatika dengizigacha bo'lgan juda ulkan sarhadlar mo'g'ullar qo'l ostida bo'lgan: Imperiya bo'ylab erkin sayohat, keng hududlar, samarali soliq tizimi, faol savdo-sotiq, mahalliy hokimiyatlarning saylanishi va Chingizxonning ilg'or qonunlari bo'lishini o'ylang.

Va eng muhimi, har kim xohlaganicha yashaydi, xohlaganini aytadi, xohlaganicha kiyinadi, xohlagan tilida gapiradi va xohlagan diniga e'tiqod qiladi. Asosiysi, ular o'lpon to'lasalar bas.

Yashasin Mo'g'ul liberalizmi:)!

@panda_books
Sizning sevimli dinozavringiz qaysi?

@panda_books
Panda Books
#BookoftheMonth Oy kitobi Demak, eng ko'p ovoz olgan nomzod sifatida fevral oyi uchun kitob tanladik — bu Murod Muhammad Do'st "Lolazor" romani! Bir oy davomida uni o'qib chiqib, oxirida birgalikda muhokama qilamiz. @panda_books
#mutolaa

Murod Muhammad Do'st "Lolazor" romani ham yarimlab qoldi. Lekin mutolaadan 2 xil taassurot paydo bo'layapti menda.

Bir tomonda, asar voqelari qandaydir alohida bir ma'no kasb etmayotgandek tuyulsa ham, ko'pgina joylari hozirgi hayotga ham to'g'ri kelishi ham bor gap. Xullas, aralash tuyg'u.

Oy kitobini kimlar o'qiyapti o'zi?


@panda_books
#haqida

Kolumb haqida haqiqat

To'g'risi, maktabda bizga tarix darsini juda mujmal o'qitishgan. Buni faqat yillar o'tib, ko'plab tarixiy-ilmiy adabiyotlarni o'qiganingdan keyingina tushunib yetasan. Masalan, Kolumbni olaylik.

Kolumb haqida maktabda noto'g'ri tasavvur beriladi.

Hamma biladiki, dengizchi Xristofor Kolumb o'z dengiz sayohatini uyushtirishda boshida katta moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan. Ya'ni hech kim u uchun moliyaviy homiy bo'lishni istamaydi.

Bu odamlarning "Yer - tekis" deb o'ylashgani va G'arbga qarab suzib sharqdagi Hindistonga bora olmaydi deb o'ylaganlarida emas. Yo'q.

U vaqtga kelib, Kolumb pul so'rab murojaat qilgan ziyoli yevropaliklar orasida Yer - sharsimon ekanligi yaxshi ma'lum edi. Shunchaki, potensial investorlar Yer Kolumb hisoblaganidan ko'ra kattaroq deya hisoblashgan va ekspeditsiya o'zi bilan olib chiqqan oziq-ovqat zaxiralari okean o'rtasiga borib tugaydi deb o'ylashgan.

Aslida ham shunday bo'ladi. Faqat Xristofor Kolumbning baxtiga, ular bu paytda Karib dengizi orollarigacha yetib olishadi. Shu sababli ham u Amerikani kashf qilganini o'lganiga qadar bilmay o'tgan. Bor gap shu.

@panda_books
"Molxona" kitobi yangi muqovasi ekan. (#)

@panda_books
Tug'ilib o'sgan shahrimdagi uyimda javon yasattirgan edim bir paytlar. Kanalda qidirsangiz chiqadi. O'shani qilib bergan usta yigit umrida kitob javoniga buyurtma olmaganini aytganini eslayman.

Rasmdagi kitob javonim Toshkentdagisi. Shiftga qadar cho'zilgan kitob javonimni qilib bergan mebelchilar esa kuniga elitniy "novostroykalar"dagi xonadonlarga mebel yasab berishadi. Ming dollarlik mebellarga zakaz oladigan ustalar ham menga qadar hech kim kvartirasiga kitob javoni yasattirmaganini aytishdi. To'g'ri narxi qimmat. Lekin, nahot hayhotdek dabdabali uylarda yashaydigan insonlar mo'jazgina kitob javoni haqida o'ylashmaydi? Har kimda ixtiyor o'zida.

Lekin ustalar uchun bu oddiy buyurtma emas, balki "san'at asari" bo'lganini ta'kidlashgandi. Chunki unda "Boginya madonna" emas, balki bilim xazinasi turishini ular ham bilishadi. Havaslari keldi.

Xudo xohlasa, nasib katta uylar olish ham nasib qilsa, albatta, u yerda ham ulkan kutubxonam bo'ladi deb niyat qilganman.

@panda_books
Donat - bu har qanday muallifga xush yoquvchi va uning ijodiga zo'r motivatsiya beruvchi samarali usullardan biri.

Endi siz kitobxon bloger — Panda Books ijodini quyidagi platforma orqali ham qo'llab-quvvatlashingiz mumkin.
👇👇

Donat uchun:
https://tirikchilik.uz/PandaBooks

Plastik kartalarimni ham qoldiraman:
Uzcard: 8600 1404 4631 9619
Humo: 9860 6004 0137 6774
"Lolazor"da paxta haqida berilgan ta'rif e'tiborimni tortdi.

Bir paytlar shu tukli chigit deya qanchadan-qanchadan azob chekkan xalqimiz. Tomigacha paxta ekkan, Orolni quritgan, homilador ayollarga terimga undagan... Eng yomoni, iqtisodni hech kim o'ylamagan, qayoqdagi sifatsiz chigit ekilavergan, chunki g'o'zashunos olim "kottakon"ning yaqini..

Hammasi fantastik planni oshirib bajarish uchun, kimdirlar medal olishi uchun...ehh!

@panda_books
#mutolaa

Bo Bennettning – "Mantiqiy xato" kitobi men uchun favqulodda qiziqarli bo'lib chiqdi.

Internetda yoki turli offlayn muhokamalarda qatnashadigan, bahsda to'g'ri argument keltirish va kuchli kontr-argumentlarga chap berish ko'nikmalari bo'yicha ko'proq o'qishni istaydiganlar uchun yaxshi qo'llanma ekan.

P.s: "Lolazor" taqrizim bugun chiqmaydigan bo'ldi. Sal yana pishitib olishim kerak.

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Murod Muhammad Do'st — "Lolazor"

"Shunday bir xotira qolsaki, eslaganda zo'riqish sezilmasa, xotiraki ko'ngillarning tub-tublariga singib ketsa, qonga o'tsa, tnada jon yanglig' titrab tursa!...
Keyin.. abadul abad qolsang! Odamlarning dilida, tilida - birday to'kis, birday fozilu adolatli bo'lib qolsang! Saodat shu emasmi?
"

XX asrning eng shov-shuvli o'zbek romanlaridan biri. Lekin nega? Kitobni o'qib, shunga javob izlagandek bo'ldim.

"Lolazor" romani — sobiq Sovet davridagi o'zbek jamiyatidan hikoya qiladi. Bosh qahramon Nazar Yaxshiboyev - o'zi Bulduruq qishlog'idan chiqqan yoshi o'tib qolgan publitsist va yozuvchi. O'z qishloqdosh do'sti Xorun Kalonov bilan uzoq hayot yo'lini birga bosib o'tishgan. Undan farqli Xorun mamlakat rahbari darajasiga ko'tariladi va unga orqavarotdan "Oshno" deb laqab beriladi. Kitobda shuningdek, Oshnoning xotini Muyassar va Yaxshiboyevniki Muxsina ham asosiy rol o'ynaydi. Shuningdek, qissanavis personaj yozuvchi Saidqul Mardonov obrazi ham bor.

Xo'sh, kitob katta davrni o'z ichiga olsa ham, u bir mavzu atrofida aylanadi: "Hokimiyat". Barcha nimadur undirish payida. Nazar Yaxshiboyev esa butun umr Oshno tomonida bo'lib, u yoqtirgan insonlarni maqtab, istamaganlarni urib, turli siyosiy jirkanch o'yinlarni olib boradi. U paytda gazeta va radio/Tvning siyosiy qurollardan biri edi. Misol uchun, paxta terimi qahramoni sifatida tanlangan oddiy pistafurush qiz Qurbonoy bir lahzada butun mamlakatga mashhur etilib, keyinchalik o'zim bir tonna paxta teraman deb homilador holida dalada ishlagani va umrining so'ngida shunchaki propaganda qurboni bo'lganini (Ismi bekorga tanlanmagan) kuzatish mumkin.

Ateistik targ'ibot kuchaytirilgan, iymonsizlik avj olgan davrlar. Mullalar va ularning farzandlari qoralangan, savdogar va tadbirkor odamlar ta'qib qilib, yo'q qilingan paytlar. Odamlar hatto yuziga fotiha tortmagan, otasi o'lsa janoza o'qimagan. Endi sizga savol, Xudodan qo'rqmaydigan odam nimadan qo'rqishi mumkin? Sovetcha yashash, shaxsga sig'inish, o'z maqsadi yo'lidan hech narsadan qaytmaydigan insonlar to'dasi... Kommunizm odamlar uchun dinga aylanishi kerak edi va shunday ham bo'ldi.

Yaxshiboyev va boshqalar hammani tanqid qilishi mumkin, lekin tepani emas. Shu yerda Oruellning iqtibosi juda o'rinli: "Barcha hayvonlar teng, lekin ba'zilari tengroqdir". Tanqi qilganlar ham jur'atli bo'lgani uchunmas, balki "jur'at qilishga ruxsat berilgani" uchun shunday qilishardi. Tepaning soyasiga salom berishib, kechagina oddiy muharrirning jiyani, Oshnoning xotini Muyassarga endi oltindan haykal qo'yishardi. Nazarga yaxshi ko'rinish uchun hatto unga qo'shni palataga kasal bo'lib kelishardi. Xullas, pastkashlik, yaloqxo'rlik va ta'magirlik illatlari yaqqol ochib berilgan. Nazarning xotini va bolalari ham merosdan umidvorligi, hech qanday sevgi-mehr yo'qligini ham shu bilan izohlash mumkin.

Xo'sh, Oshno kimning prototipi? Nazarimda u ayni bir inson emas, balki barcha sovet rahbarlari qorishmasi. Rostanam nima farqi bor, u Oxunboboyevmi, Sharof Rashidovmi, Usmonxo'jayev yoki Rafiq Nishonov? Barchasi Oshnoning u yoki bu qarorida hamfikr bo'lishgan. Murod Muhammad Do'st o'zi ham vaqtida Islom Karimov yonida ishlagan, qarorlar qanday qabul qilinishidan xabardor. Lekin vaqtida siyosatdan ketgan. Shu uchun bunday narsalarni u yaxshi bilgan deb o'ylayman.

Kitobda yaxshi personaj yo'q. Nazar ham, Oshno ham, ularning xotinlari ham jirkanch insonlar. "Inson, kim bo'lishidan qat'i nazar, hokimiyat tepasiga kelarkan, u dastlab olijanoblik va fidoyilikni maqsad qiladi..." Ha, shundaykuya, lekin Oshno obrazida biz hokimiyat insonni naqadar o'zgartirib yuborishini ko'rishimiz mumkin. Asosli tanqidning yo'qligi, ko'p bilan kengashmaslik va kaltabinlik oqibatida Orolni quritgan, insonlarni dalada azoblagan, amalga oshirib bo'lmas rejalar tuzganlar kimlar edi? Savollar ko'p, javoblar esa yo'q.

Bu qirlarda kun kelib gullar ochiladimi? Bu Bulduruq bir kun kelib Lolazor bo'ladimi? Bilmadim. Lekin yozuvchi bizga umid qoldiradi... Ungacha Lolazor faqat qalbimizda yashaydi.

@panda_books
#sarhisob #fevral

Oy Sarhisobi.


Fevral oyi biroz jonli o'tdi. Nazarimda quyidagi postlar ham buni tasdiqlab turibdi.

O'qilgan kitoblar:
♻️Tadeush Dolenga-Mostovich - "Tabib"

Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️Mustafo Armag'an – "Sulton Abdulhamid: Qashqirlar bilan o'yin"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️Yavuz Bahodiro'g'li — "Sulton Salohiddin"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️Mark Levinson — "Quti. Yuk tashish konteyneri qanday qilib dunyoni kichikroq va global iqtisodiyotni kattaroq qildi"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️Murod Muhammad Do'st — "Lolazor"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Patritsiylar va plebeylar
👉 Brief History of Humankind
👉 Nima uchun Medichilar oilasi haqida o'qish kerak?
👉 Taker Karlson
👉 Zamonaviy san'at va adabiyot
👉 Erkinlik
👉 Buyuk yozuvchiga urush kerak
👉 Bokira tizim
👉 Zukko Rouling
👉 Globalizm
👉 Ideal imperializm
👉 Kolumb haqida haqiqat

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
2024/10/03 02:33:59
Back to Top
HTML Embed Code: