Telegram Web Link
Gitler aslida qanday bo'lganiga ko'pchilik qiziqadi. Ammo ularning ko'pchiligi "mif va afsonalar"dan tashkil topgan darsliklardagi ma'lumotlardan nariga o'ta olmaydi.

Gitler haqiqatda kim bo'lganini bilmoqchi bo'lsangiz, "Mein Kampf"ni unuting. Unda fashistik propagandadan boshqa hech narsa topmaysiz.

Bu kitob esa yosh Adolfning Venadagi, ya'ni hali o'sha urushdan oldingi 18 yoshli yigitcha davrlari haqida hikoya qiladi. Ko'ramiz, o'z yuksalishidagi eng muhim pallasini u qanday o'tkazgan ekan..

O'qib chiqib, fikrlashamiz. Balki bu yerda emas:)

@panda_books
#yangi_nashr

📘 Xulio Kortasar: Ishg‘ol qilingan uy

Hikoyalar

"Akademnashr" jahonning nufuzli tanqidchilari “Argentinaning birinchi raqamli adibi” deya ta'rif bergan mashhur yozuvchi Xulio Kortasarning hikoyalar to‘plamini taqdim etadi.

▪️ Kitobdan adibning 20 ga yaqin eng sara hikoyalari o‘rin egalladi;
▪️ Kortasar agenti va vorislaridan o‘zbek tili uchun ilk bor mualliflik huquqi sotib olindi;
▪️ Hikoyalarni ispan tilidan Sharifjon Ahmad tarjima qildi;
▪️ Mazkur kitob #akademnasr ruknini boshlab bermoqda.

👉 Hikoyalar ro'yxati

Hajmi: 272 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 50 000 so'm

Xarid: www.tg-me.com/akademsavdo

📍Kitob O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.
Panda Books
#BookoftheMonth Oy kitobi Demak, eng ko'p ovoz olgan nomzod sifatida fevral oyi uchun kitob tanladik — bu Murod Muhammad Do'st "Lolazor" romani! Bir oy davomida uni o'qib chiqib, oxirida birgalikda muhokama qilamiz. @panda_books
Bizda bu oy "Oy kitobi" deb e'lon qilingan "Lolazor" qaytibdi! Kitob Book.uz do'konida sotuvga chiqarilgan. Narxiyam ancha arzon.

Xarid qilib, mutolaa qilishni va oy so'nggida uning muhokamasiga qo'shilishni tavsiya qilaman.

@panda_books
Buyuk yozuvchiga urush kerak.

Keling ushbu fikrimni isbotini ko'rish uchun jahonda yashab o'tgan barcha buyuk yozuvchilarga bir nazar soling. Nima ko'ramiz?Ularning aksariyati insoniyat tarixidagi buyuk jangu-jadallar haqida yozgan.

Masalan, Gomer - Troya urushi haqida. Gerodot - Yunon-Fors urushi. Fukidid - Peloponnes urushi. Virgiliy - Eneida. Volter va Gyugo - Fransuz inqilobi. Dyuma - mushketyorlar. Gyote va XIX asr romantiklari - cherkovga qarshi urush. Tolstoy - Napoleon urushi. Kipling va Oruell - mustamlakachilik urushlari. Tolkin, Xeminguey va Remark - Birinchi jahon urushi. Butun sovet adabiyoti - Ikkinchi jahon urushi. Soljenitsin, Markes - fuqarolar urushi. Adabiyotning eng mashhur asarlari aksariyati urushlar haqida.

Shunung uchunmi, jurnalist Lyuk Mogelsonning "NewYorker"dagi Ukraina urushi haqida yozgan ocherkini o'qib, ochig'i qattiq ta'sirlandim. Frontning eng oldi qatorlarida turib, har kuni o'lim bilan olishayotgan oddiy insonlar taqdiri chuqur o'yga soldi. Ayniqsa, ocherk yozilish uslubi jihatidan Remarkona hikoyanavislikni eslatib yuboradi, lekin shuningdek, unda amerikalik jurnalistlarga xos ortiqcha tasvirlardan qochish va oddiylik uslubi ham ufurib turibdi. Chinakam okoplardagi jang qilayotgan insonlar haqida o'qirkansan, ularning qandaydir uzoq o'tmishdagi personajlar emas, balki shundoq yonginangda, o'zingga zamondosh ekanini bilib turish, haqiqiy urush davrida ekaningni anglash - bu ich-ichingda bir so'z bilan ta'riflab bo'lmas hissiyotlarni uyg'otadi.



O'tgan yili "Nyu Yorker" muxbiri Lyuk Mogelson kuzda Xersonni ozod qilgan va hozir Baxmut yaqinida jang qilayotgan 28-alohida mexanizatsiyalashgan brigadada bahorning ikki haftasini o'tkazadi. Frontning eng oldi qismlari ro'y bergan voqealar tasvirlangan ocherkni o'tgan yili o'zbek tiliga tarjima qilgandim.

U oldin yopiq kanalda edi. Endi tarjimamni barcha istovchilar bemalol o'qishlari uchun shu yerga link qoldirishga qaror qildim. Balki qaysidur mashhur onlayn nashrga chop etishga berishim ham mumkin, agar taklif bo'lsa...

#linkni nasib qilsa, ertaga joylayman.

@panda_books
​​Bokira tizim

Kecha Al-Farobiy nomidagi Qozog'iston Milliy Universitetida tragikomedik keys ro'y beribdi. Gap shundaki, universitet Whatsapp talabalar guruhlariga bokira-talaba qizlar ro‘yxati sizdirib yuborilgan. Bu haqda birinchi bo‘lib qozoq telegram kanallari xabar berdi.

Qisqacha aytganda, 190 kishidan iborat WhatsApp’dagi universitet starostalarining guruhiga mexanika va matematika fakultetining 1-4-kurs talaba qizlari shaxsiy ma’lumotlari aks ettirilgan Excel jadvallari yuborilgan. Faylda fluyorografiyadan o'tishi kerak bo'lgan qizlar ro'yxati keltirilgan, biroq unda ularning INN va telefon raqamlari va boshqa tibbiy ma'lumotlar, jumladan, ginekolog tekshiruvi natijasi ham ko'rsatilgan. Ulardan ba'zilarining yoniga "virgo" ("bokira") so'zi yozilgan.

Qozog‘iston raqamli rivojlanish vazirligi universitetdan tushuntirish talab qildi, muassasa esa ichki tekshiruv o‘tkazishga va’da berdi, deb yozadi Orda.kz.

Universitet vakillarining so‘zlariga ko‘ra, talabalar ko‘rikdan o‘tayotgan tibbiyot markazining hamshirasi ularni flyurografiyadan o‘tkazishni tashkil etish uchun WhatsApp orqali “3 va 4-kurs talabalari ro‘yxati bilan Excel hujjatlarni” dekanatga yuborgan. Fayl dekanatdan qanday chiqib ketgani va qolgan 2 ta kurs ma'lumotlari nega qo'shilgani hozircha aniqlanmagan. Kimga va nega bokira qizlar ro'yxati kerak bo'lgani qiziq.

Xullas, bizda bu darajada emas degan umiddaman hozircha. Baribir o'qishda shaxsiy ma'lumotlaringizni so'rashsa, ehtiyot bo'ling.

@panda_books
https://www.tg-me.com/kunduziy/1548

Maktabda o'zgarishlar haqida nima deyish mumkin?

Bitta eski multfilmdagi qahramon "Qo'rqsa, hurmat qiladi" degan edi. Hozirgi holat ham shunga o'xshash. Davomatni shu tarzda oshirish yagona ta'sirli chora degan fikrga kelingan bo'lsa ajabmas.

Bu yerda eng muhimi – ota-onalar farzandi davomatiga jiddiy qarashlari lozim. Ota-onalar farzandi bilan shug'ullanmasa, barchasi bekor.

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Mustafo Armag'an – "Sulton Abdulhamid: Qashqirlar bilan o'yin"

Biz ijtimoiy davlatmiz. So'nggi yillarda deyarli istalgan turdagi adabiyotni o'zbek tilida topish imkoniyati yaratilmoqda. Masalan, turk adabiyoti yurtimizga to'fondek yopirilib kira boshladi.

Taassufki, turklarning chinakam adabiyot durdonalarining tarjimasi bir chekkada qolib, avval boshida Omina opaniki singari 3-sort kitoblarning savdosi urchib ketdi. Albatta, did bilan bahslashib bo'lmaydi, balki kimgadur ular yoqar... ammo bugun o'qigan kitobimdan xulosa qiladigan bo'lsak, bizda allaqachon turk siyosiy mafkurasi kurtaklari ham shakllanib ulguribdi. Bu yaxshi emas, nazarimda.

Aslida qo'limdagi kitobni o'qishga sira xushim yo'q edi, biroq "o'qimasdan turib, fikr bildiribdi" deb ta'na qilishmasin deya o'qib tugatdim. Va tahminim to'g'ri chiqdi: ketgan 1 soat vaqtimga achindim.

Avvalo, kitob tarix haqida emas, shaxs haqida. Bo'libam, unda sulton Abdulhamid oshkora madh etilgan. "Oxirgi sulton, islom dini qalqoni, mazlumlar himoyachisi" va hokazo... Come on! Haqqoniy tarixni ochib kimdur o'qisa, kim kimligini bilib olish qiyinmas. Sick man of Europe. Yevropaning kasal odami degan nomni Usmoniylarga, bir paytlar qudratli bo'lgan imperiyaga olib bergan odam u. Tabiatan aslida juda vahimachi va no'noq hukmdor bo'lgan o'sha Abdulhamid. Bu haqiqat. Nichego lichnogo.

Kitob 200 varaqdan iborat olqishlardan iborat, lekin qiziq tarafi uning shriftlari odatdagidan ancha katta-katta qilingan, atay ko'proq ko'rinsin uchun:) Ya'ni u aslida bor-yo'g'i 100 varaqcha chiqarkan. Ichi rosa ko'pirtirilgan kitobning sahifalari ham sun'iy oshirilgan:)

Shu o'rinda, tarjimonga ham e'tirozim bor. Kitobda nega "yurtimiz", "olampanohimiz" deya tarjima qilingan? Axir, kitobni turklar emas, o'zbeklar o'qiydi, unda "biror badiiyat yo'qki, asliday qolsin" desak..
O'zi shu yerda maqsad aniq ko'rinadi: Bu kitobni tarjimasi bizga nega kerak?! Misol, tarixan biz hech qachon Usmonlilar imperiyasi tarkibida bo'lmaganmiz, Abdulhamidning ham Markaziy Osiyo davlatlariga o'tqizib qo'ygan joyi yo'q. Kitobda faqat bir satr ichida Buxoro amirligi va Xiva xonligi so'zlari uchraydi, xolos. Nega birovlarning shohi sharaflangan kitobni o'qishimiz kerak? Unaqa kitoblar o'zimizdayam tiqilib yotibdiku. Haqqoniy tarix bunday emasligini bilgan odam uchun bu kulgili va mantiqsiz.

Xuddi ruslar hozir o'z boshlig'ini xalq ko'zida avrab-alqayotgan bahonalar bilan Abdulhamid ham bo'ynidagi ayblovlardan soqit qilingan. "Tarixdagi bo'lgan xatolarda sultonning aybi yo'q, unga imkon berishmagan, yonidagilar aybdor" degan vaj-karsonlar mabodo tanish tuyulmayaptimi?

Xullas, turk soft poweri shu do'stlar. Ular serial, kino va adabiyot orqali o'z tarixini qayta yozishyapti. O'zlariga qulay, hozirgi siyosiy mafkurasiga esh bo'ladigan qilib. Shuning uchun, muallif Abdulhamidni kitobda salkam supermen qilib tashlagan. Ularni bunda ayblay olamizmi? Yo'q, afsuski. Lekin biz bu o'yinda oqibatida yutqazyapmiz, xolos.

"Cholni ko'rsa, buvam" deb "Abdulhamid" serialini yotvolib ko'rayotganlar yoki bu kitobga o'xshagan propagandani o'qiyotganlar – va eng ayanchlisi oxirida shuni mutlaq haqiqat ekan deb tan olib, qolganiga tupuruvchilar oramizda ko'payishi - mana shu bizning eng katta mag'lubiyatimiz. Oling, ana istagancha Abdulhamid yaxshi ko'ravering, sizga aslo husumatim yo'q. Ammo tarix bu bilan o'zgarib qolmasligini unutmang.

O'zi tanlab-tanlab o'qiganim uchun kitoblarga kamdan-kam negativ fikr yozaman. Ammo ba'zida majbur bo'larkansan. Zero keraksiz yukdan vaqtida qutulmoqlik ham bag'oyat xayrli ishdir.

Maslahatimga quloq tutasiz degan umiddaman, azizlar!

@panda_books
Panda Books
​​#review #taqriz 📗Mustafo Armag'an – "Sulton Abdulhamid: Qashqirlar bilan o'yin" Biz ijtimoiy davlatmiz. So'nggi yillarda deyarli istalgan turdagi adabiyotni o'zbek tilida topish imkoniyati yaratilmoqda. Masalan, turk adabiyoti yurtimizga to'fondek yopirilib…
Ko'pchilikka yoqqan narsa hamisha ham haqiqat bo'lavermaydi. Boshqalar o'z tarixini o'rab-chirmab ko'rsataveradi, biznikilar esa o'ylab o'tirmay o'sha mediaaxlat bilan oziqlanaveradi.

Kim yomon "bunday qilma, Tafakkur qil" degan odam yomon. Xullas, unaqalarga lox bo'lmanglar demoqchi edim. Ammo gapni gapir uqqanga. Haliyam bizda soxta adabiyotni farqlaydiganlar ko'pchilk degan umiddaman.

Aytgancha, Toshkentda havo ajoyib, keling, undan zavq olaylik!

@panda_books
​​#haqida

Zukko Rouling va Garri Potter kitobidagi sir haqida

Kecha BookTokda Garri Potter dunyosiga oid qiziq bir video ko'rib qoldim, keyin uni o'zim ham tekshriib chiqdim. Qiziq deb hisoblab, sizlar bilan ham ulashmoqchiman.

Xullas, J.K.Roulingning mashhur "Garri Potter va Olov Kubogi" kitobida qiziq dialog mavjud. Bashorat saboqlari fanidan ta'lim beruvchi professor Treloni darslardan birida Garriga qarata gapirgan joyi bor. Keling o'sha suhbatni tarjima qilib beraman:
Kechirasiz, nima ostida tug'ilgansan dedingiz? - Garri qayta so'radi.
Saturn, azizim, Saturn sayyorasi! - takrorladi professor. - Siz tug'ilganda u shubhasiz ayni o'zining faol davrida bo'lgan... qoramtir sochlar.. mo'rt tana tuzilishi... hayot yo'lingiz avvalidagi halokatli yo'qotishlar.. O'ylashimcha, adashmasam, siz qishning o'rtasida tug'ilgansiz, to'g'rimi?
Yo'q, - javob qildi Garri. — men iyulda tug'ilganman.


Bilamiz, Garri Potter 31-iyulda, ya'ni yozda tug'ilgan. Shu sabab professor Treloni shunday deganida hamma kulib yuboradi va uni odatdagidek adashdi deb hisoblashadi. Ammo bir narsa borki,,,
Keyinchalik bizga ma'lum bo'ladiki, o'shanda Garrining tanasida 2 ta jon yashardi. Ya'ni u istalmagan Jontumor (Horcrux) edi. Garri yozda, Volan de Mort esa 31-dekabrda, ya'ni qishning o'rtasida tug'ilgan.

Demak, o'shanda professor Treloni Garrining ichidagi Volandemort jonini his qilgan va uning bashorati unga atalgan bo'lib chiqayapti. Ya'ni professor Treloni tili bilan 4-kitobdayoq Rouling Garrining so'nggi Jontumor ekanligini bizga bildirib ketgan bo'ladi.

Ha, jin urgur Rouling daho!

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Manzaraga qara, tashqarida qor yog'ayotganda uyda kitob o'qish gashti boshqacha...

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Yavuz Bahodiro'g'li — "Sulton Salohiddin"

So'nggi yillarda kitobxonlik jamiyatimizda ushbu yozuvchining asarlari bir muncha tanilib ulgurgani sir emas. "Sulton Salohiddin" romani ham shular jumlasidan.

Tarjima yomon emas, bir qator kontekstga mos eski so'zlardan foydalanilgan. Kitob muallifi katta davrdagi voqealarni imkon qadar ixchamlashtirib berishga qaror qilgani seziladi. Kitob ko'proq sohasi tarixchi bo'lganlarga emas, balki endi-endi tarixga, Salohiddin shaxsiyatiga qiziqa boshlagan yoshlar uchun mo'ljallangan.

Asar real tarixiy shaxs - Salohiddin Ayyubiy hayoti va uning Quddusni zabt etish yo'lidagi mashaqqatlari to'g'risida hikoya qiladi. Lekin u butkul tarixiy roman emas. Shuningdek, u o'zida ko'pgina badiiy to'qimalarni ham jamlaganligini aytib o'tish lozim. Umuman olganda, kitobda ko'proq badiiyat orqali voqealarni yetkazishga asosiy urg'u berilgan. Shu tomondan, yozuvchining o'zi ham ta'kidlaganidek: "Men tarixiy romanlar yozmayman, men tariximiz haqida yozaman".

Bilamizki, Sultonning eng katta tarixiy jasorati bu, shubhasiz, 1187-yilda Muqaddas zaminni salibchilardan qaytarib olish uchun qo'shin tuzib, Xattin jangida Quddus qiroli Guy de Lyusignan qo'shinini yengani, ya'ni Quddus shahrini qaytarib olgani hisoblanadi. Haqqatda, bu tarixiy g'alaba edi, holbuki, ba'zi sabablarga ko'ra, sulton shaharni uzoq vaqt qo'lida ushlab qola olmagan bo'lsa-da.

Salohiddin Ayyubiy muqaddas Quddus shahrini 88 yillik nasroniylar hukmronligidan qutqarib, 1187-yilda musulmon olamiga qaytarishi, ustiga-ustak 3-Salib yurishi davrida salibchiarga qarshi kurashi uni kurd, arab va turk - umuman musulmon madaniyatlarida muhim shaxsga aylantiradi, Sulton “qahramon” sifatida ko‘riladi va “Quddus fathchisi” deb atala boshlanadi. Shuningdek, Salohiddin Ayyubiy "Ikki muqaddas masjid xodimi" unvoniga ega bo'lgan birinchi shaxs bo'lgan deb taxmin qilinadi.

Biroq achinarlisi shuki, Yaqin sharq mana oradan 800 yillar o'tib ham, mojarolar tinchimagan yurt bo'lib qolayapti. Asardan bir narsa yaxshi anglashiladiki, Sulton Salohiddin davrida ham g'ayridinlarga qarshi o'zaro birikmagan arab, musulmon xalifalar, rahbarlar ko'p bo'lgan. Ba'zilari hatto salibchilar bilan ittifoq ham tuzgan. Kichik shaxsiy manfaatlar, shon-shuhrat va arzimas taxtni talashib, katta ishlar qilinmay qolib ketganini ko'rgach, ba'zan o'ylanib qolaman. Oradan asrlar o'tdi, insonlar hozir avvalgidan boshqacharoq degim keladiyu, lekin ahvol 1000 yillardan beri o'zgarmay kelayotganini ko'rasan.

Hammasi o'sha-o'sha..

@panda_books
Firuz aka davlat senzurasidan ko'ra jamiyat senzurasi ta'siri balandroq demoqda. Bu haqiqat.

Uzoq yillar davomida tarjima/o'zimizni kitoblar sayqallanaverib, "qaychilanaverib" - asl kitobxonlarning ham "immuniteti" zaiflashib qoldi. Endi reallikka boqish oson bo'lmayapti.

Sizning fikringiz?

@panda_books
#yangikitob #newbook

Nihoyat, naq yarim oy deganda, chet eldan buyurtma qildirgan kitoblarim yetib keldi.

Bular:
1. Skott Karni – "Qizil bozor: odam tana a'zolari savdosi qanday tuzilgan";

2. Meri Bird – "S.P.Q.R. Qadim Rim tarixi" (qalingina kitob ekan).

@panda_books
Panda Books
#yangikitob #newbook Nihoyat, naq yarim oy deganda, chet eldan buyurtma qildirgan kitoblarim yetib keldi. Bular: 1. Skott Karni – "Qizil bozor: odam tana a'zolari savdosi qanday tuzilgan"; 2. Meri Bird – "S.P.Q.R. Qadim Rim tarixi" (qalingina kitob ekan).…
Sezganingizdek, kitoblarni Rossiyadan buyurtma qildirdim. Qanday deb so'raganlar uchun: Bu safar birinchi marta Wildberries marketpleys'idan foydalandim.

U xuddi bizdagi Asaxiy yoki Uzumga o'xshash, ya'ni hamma narsa sotiladi. Biznikilardan farqi - sizga chet eldan olib kelib beradi. Toshkentda WB'ning bir qator "пункт выдачи" ishlab turibdi. O'zingizga eng yaqin "пункт выдачи"ni tanlab, o'sha yerga dostavka qildirasiz. Istalgan buyumni marketpleys ilovasidan bemalol buyurtma berish mumkin.

Foydali ihatlari:
- Uzcard/Humo to'lovida ishlaydi;
- tekin dostavka;
- oson qabul qilib olish tizimi;
- ancha arzon narxlar;

Minusi:
- ko'proq kutasiz. Masalan men 2 hafta kutdim kelishini.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Asaxiy Books nashriyotining yangi premyera kitobi – Bo Bennettning "Mantiqiy xato" kitobi yetib keldi.

Asarda mantiqiy fikrlashda yo'l qo'yiladigan xatolar va bahslarda to'g'ri argument keltirish yoki aksincha argumentlarga qanday aniq javob berish haqida so'z boradi.

@panda_books
Panda Books
Photo
Salkam 700 varaq. Rim haqida o'ylamasdan tura olmaydigan erkaklar qatoriga bemalol kirishim mumkin.

Reading time?!

@panda_books
Qisinish

Agar mabodo qachondir sizga "siqilish" yoki "siqilmoq" so'zlariga sinonim kerak bo'lib qolsa, mana sizga o'zimizni xorazm shevasidan ajoyib alternativ.

Xullas, sira qisinish bo'lmasin o'rtoqlar!:)

@panda_books
Kitobsevar davlatlar va ularning YaIM ko‘rsatkichlari o'rtasidagi parallellar.

Mutolaa tagida faqatgina badiiy-estetik zavq olish maqsadi yotmaydi. Bilimimiz ortidan yaxshi pul topadigan, davlat miqyosida bilim orqali katta iqtisodiy foyda oladigan davrlarimiz allaqachon kelib bo'lgan.

@panda_books
2024/11/05 18:55:12
Back to Top
HTML Embed Code: