Telegram Web Link
​​Nima uchun Medichilar oilasi haqida o'qish kerak?

Bu yil Italiya Uyg'onish davrida muhim rol o'ynagan, jumladan, san'at, madaniyat, fan va siyosatga katta ta'sir o'tkazgan Medichilar oilasi haqida o'qishni niyat qilganman. Medichilar san'atning katta homiysi bo'lib, Uyg'onish davrining ko'plab durdonalarini yaratishga hissa qo'shganlar. Medichi oilasi siyosatdagi ta'siri bilan ham tanilgan. Ularning tarixi intrigalar, qiziqarli shaxslar va muhim voqealarga to'la, bu mendek siyosiy tarixga qiziquvchilar uchun ayni muddao.

Medichilar oilasining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri bo‘lgan Lorenzo the Magnificent nafaqat nufuzli siyosatchi, balki zukko rahbar ham edi. Uning boshqaruv uslublari va yetakchilik qobiliyatlarini o‘rganish bugungi kun rahbarlari uchun saboq bo‘lishi mumkin. Xullas, Medichilar sulolasi haqida o'qish Uyg'onish davrini o'rganish, tarix, madaniyat va san'atga ta'sirining ko'p qirralarini o'rganish imkonini beradi deb o'ylayman.

Quyidagi bu haqidagi eng yaxshi kitoblar:

"The House of Medici: Its Rise and Fall" (Medichi uyi: uning yuksalishi va qulashi) Kristofer Xibbert
Bu kitob Medichilar oilasi, jumladan Juliano va uning akasi Lorenzo tarixini qamrab oladi.

"The Medici: Godfathers of the Renaissance" (Medichilar: Uyg'onish davrining cho'qintirgan otalari) Pol Stratern
Kitob asosan Medichilarning Uyg'onish davri san'ati va madaniyatiga ta'siri, shuningdek, siyosatdagi roliga qaratilgan.

"The Medici: Power, Money, and Ambition in the Italian Renaissance" (Medichi: Italiya Uyg'onish davrida kuch, pul va Ambitsiya) Pol Stratern
Yuqoridagi muallifning Uyg'onish davrida Medichilarning hayotning turli sohalariga ta'sirini batafsil ko'rib chiqadigan yana bir kitobi.

"The House of Medici: Its Secrets and Its Splendors" (Medichi uyi: uning sirlari va ulug'vorligi) Meri Holland
Muallif Medichilar hayotidagi ichki intrigalar va voqealarni, jumladan, Lorenzo Buyuk va Kosimo de' Medichikar to'g'risida hikoya qiladi.

@panda_books
Ahror Usmonov - Borgan sari (audio 2021)
NevoMusic
Bizga bahor begonadur borgan sari,
Ko'nglimiz ham vayronadur borgan sari.
Shodon yelib yurar edik avvallari,
Endi umr g'amxonadur borgan sari.
@pandas_playlist
Shu kunlarda qaysi asar(lar) mutolaasi bilan bandsiz?

@panda_books
#offtop

Taker Karlson

Erta yo indin jurnalist Taker Karlsonning Putin bilan intervyusi chiqishi kerak. Suhbatni uning saytida yoki hozircha G'arbda yagona mustaqil platforma yaratayotgan Ilon Maskning X'ida bepul ko'rishingiz mumkin. Men ham premyerani intiq kutib o'tiribman.

Bayden ma'muriyati va boshqa g'arbdagilar hammasi qo'rqib turibdi. Holbuki, bu G'arb mediasining birinchi marta Putindan intervyu olishi emas. Mainstream media jurnalistlar bundan oldin ham undan ko'plab intervyu olishgan.

Hamma qo'rqayotganining sababi shundaki, chunki Ular endi narrativni nazorat qila olishmaydi. Yoqmagan joyini kesish, xalqqa haqiqatni yetkazishdan to'sib qolishni imkoni yo'q. Natijada Ukraina masalasida G'arb tomonidan "rasman" deb berib kelinayotgan ko'plab narrativlar yolg'onligi fosh bo'lib qolishi mumkin.

Xullas, juda qiziq bo'ladi.

@panda_books
#haqida

Zamonaviy san'at va adabiyot

Zamonaviy san'at global tarmoq bilan chambarchas ulanib ketdi. Bu juda yaxshi. Ortiqcha byurokratiya va davlatlar o'rnatgan senzuralar deyarli qolmadi. Endi buyog'iga sizdan talab qilinadigani - talant va mehnatsevarlik xolos.

Misol, hozir mashhur qo'shiqchi bo'lish uchun sizga leybl, oranjirovkachi, bastakor yoki prodyuser shart emas. Hatto ashulani studiyada yozishning hojati yo'q. Bitta yaxshi smartfon va Tiktok/Instagram sahifa bo'lsa yetarli.

Shu holda hozir taniqli yozuvchi, shoir, adabiy tanqidchi yoki she'rlar o'qib beruvchi inson bo'lish uchun ham kitob yozib, uni chop etish mutlaqo shart emas. Odamlar kitobni emas, postlarni o'qiydi. Tasavvur qiling, 2025-yil bloger-yozuvchi Adabiyot bo'yicha Nobel mukofotini ijtimoiy tarmoqda yozgan ajoyib postlari uchun olib ketsa?! Masalan, adib Fredrik Bakman ham o'z faoliyatini blog yuritishdan boshlagan. Yoki allaqachon poeziyaning yangi instashe'riyat deb atalmish yo'nalishi millionlab she'riyat ixlosmandlariga yaxshi tanilib ulgurgani ham aytishim mumkin.

Kuchli yozuvchi bo'lish uchun ortiq almisoqdan qolgan Yozuvchilar uyushmasiga a'zo qilishlarini yillab kutish, qaysi nashriyot mening kitoblarimni chop etarkin deya sarg'ayish shart emas. O'nlab kitobi chiqqan, lekin bir tiyinga qimmat shoir-yozuvchilar tiqilib yotibdi. Siz esa birorta kitobingiz qog'oz yuzini ko'rmay, mashhurlikka erisha olasiz. Hatto blogizda yangi postlaringiz chiqishini muxlislaringiz intiqib kutib o'tirishsin.

Bugun Pul, mashhurlik va e'tirof - sizni o'zi topib keladi. Sizdan yolg'iz talab qilinadigan narsa - Xudo bergan iqtidorni namoyon etish va rivojlanish yo'lida mashaqqatli mehnat qilishdir.

@panda_books
Golden Rule

Remember the Golden Rule:
Whoever has the gold, makes the rules!

@panda_books
#newbook #yangikitob

Orangizda mashhur polyak filmi – "Tabib"ni ko'rganlar bormi? 1982-yilda rejissor Eji Gofman tomonidan suratga olingan ushbu film yoshligimda sevib tomosha qilardim. Unda hikoya qilingan professor Vilchurning achchiq hayoti menda katta taassurot qoldirgandi.

Filmga polyak yozuvchisi Tadeush Dolenga-Mostovich qalamiga mansub "Знахарь" ("Tabib") romani asos qilib olinganakan. Bugun shu filmga asos bo'lgan kitobning o'zbekcha tarjimasini xarid qildim. Roman 1937-yilda yozilgan. Afsuski, yozuvchining o'zi bundan ko'p o'tmay 2-jahon urushi arafasida vafot etgan.

Shu kitob voqealariga qaytish men uchun yoqimli.

@panda_books
Forwarded from KUNDUZIY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Panda Books
Video message
Seni tushunaman deydiyu:) Xullas, Sifatli kontent qilaman degan o'zbek blogerlarining qadimiy g'am-g'ussasi shul.

Gaplariga qo'shilaman, Instagramda jiddiy videolar yemaskan.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bestsellerlar, blurblar va Factfulness haqida ba'zi yaxshi gaplarni aytgandim.

Podcastni to'liq tomosha qilish

@panda_books
#newbook #yangikitob

Mustafa Armag'anning "Sulton Abdulhamid: Qashqirlar bilan o'yin" kitobini sotib oldim.

O'zi bu tarixiy shaxsga qiziqishim katta emas, lekin menga negadur bu sultonni ko'p xayp qilishlari qiziq tuyuldi. Ko'raylikchi, nimalar yozishgan ekan...

@panda_books
#tavsiya

Kecha She'riyat mulki sultoni tug'ilgan kuni edi. Uning nomi sharaflangan Alisher Navoiy metro stansiyasidan deyarli har kun foydalanaman. Ochig'i, mening eng sevimli bekatlarimdan biri.

Bugun bildimki, stansiya dizaynini loyihalashtirgan arxitektor Yashnar Mansurov hali ham hayot ekan. GazetaUz undan eksklyuziv intervyu olibdi.

https://www.gazeta.uz/ru/2024/02/09/navoi-station/

O'qib chiqishni tavsiya qilaman. Bu o'zbek me'morchiligi durdonasiga aylanib ulgurgan bekatligi aniq.

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Peshonam sho'rligi shundaki, men omi emasman. Omi bo'lganim yaxshiroq edi, pichog'im moy ustida bo'lardi. Nima qilay, men o'qimishliman, bakalavr!".

Yillar o'tib, kapitalistik jamiyat odamlarni boy-kambag'alga ajratarkan, nazarimda, Raj Kapurning ushbu so'zlarining ma'nosini chuqur anglab yetdim.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Yaqinda Yavuz Bahodiro'g'lining "Sulton Salohiddin" kitobini sotib olgandim. Ridli Skottning "Muqaddas Zamin" filmini tomosha qilib bo'lganimdan keyin, Salohiddin haqida o'qib chiqaman deb qo'yudim, kitob do'konida uchratib xarid qildim.

@panda_books
"Reading is so sexy" — Zumerlar shunday fikrda

Guardian maqolasiga ko'ra, hozirda yoshlar kitob klublarida kechani o'tkazishni afzal ko'rishmoqda. Kutubxonalar esa yana "moda" bo'layapti. Ular mutolaa ularni "raqamli shovqin"dan qutqarishini ta'kidlashgan. Tiktok platformasidagi BookTok janri — nima va qaysi kitobni o'qish bo'yicha tavsiyalar beradigan tarmoq sifatida dunyoda mashhurlikka erishmoqda.

@panda_books
Agar Navoiy Toshkentda tug'ilganida...😊😊

Albatta, o'zbek tili asoschisi Navoiy hazratlari yod etilgani tuzuk, lekin nazarimda ul zotning ismini to'g'ri yozsanglar, yanada ko'proq xursand bo'lardilar.

Kurash musobaqasiga (what?) esa... mayli.

@panda_books
​​14-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda #BoburDay chilar va "Sevishganlar kuni"chilarning o'zaro jiqqamusht bo'lishini ko'risham bir an'anaga aylanib qoldi:)

Kitobsevarlar esa bemalol xursand bo'lishlari mumkin, chunki 14-fevral jahonda "Xalqaro kitob sovgʻa qilish kuni" ham keng nishonlanadi. Bu kuni dunyo bo'ylab millionlab insonlar o'z yaqinlariga/notanishlarga yoqtirgan/o'qigan kitoblarini hadya qiladilar. Qanday ajoyib, shunday emasmi?

Odatdagidek, Asaxiy.uz jamoasi ham o'zimizda bu bayramni ommalashtirish uchun zo'r aksiyalar uyushtirib keladi. Masalan, bugundan boshlab 12, 13 va 14-fevral kunlari Asaxiy.uz sayti orqali xarid qilgan har 3 kitobingizga 1 dona kitob sovgʻa qilinarkan (6 taga +2 ta, 9 taga +3 ta).

Shuningdek, Asaxiy Books doʻkonlariga shaxsan tashrif buyurgan holda 3 va undan ortiq kitob xarid qilsangiz, maxsus idish orqali yutuqli oʻyinda ishtirok etishingiz va chegirma, sovgʻa kitoblari kabi takliflarni qo'lga kiritishingiz mavjud.

Takliflardan foydalaning va bayramda oʻz sovgʻangizga ega boʻling.

@panda_books
#haqida

Erkinlik

Odatda biz mavhum tushunchalarga sharh berishdan o'zimizni olib qochamizu, aslida aynan ushbu abstrakt tushunchalarga bo'lgan fikriga qarab insonning qandayligini bilish mumkin.

Erkinlik nima degan savolga, D.Ajemo'g'lu va J.Robinsonning "Tor yo'lak" kitobida faylasuf Jon Lokk ta'biri keltirib o'tilgan edi:

"Erkinlik....O'z mol-mulking va shaxsiyatingni o'zing istagandek idora qilish va hatti-harakatlaringni mutlaq erkin amalga oshira olishingdir.... shuningek, boshqa birovdan izn so'ramasdan yoki uning ta'siri ostida harakat qilmaslik ham erkinlikdir..."

Shuningdek, Lokk yana bitta narsani alohida ta'kidlab ketadi:

"Hech kim boshqaning hayoti, sog'ligi, erkinligi hamda mol-mulkiga zarar yetkazmasligi zarur".

Albatta, sizning erkinligingiz boshqaning erkinligi boshlangan joyda tugaydi. Ammo tan olib aytish kerakki, hayotimizda bunga kamdan-kam holda guvoh bo'lamiz.

Har yili millionlab insonlar Yaqin Sharq, Afrika, Osiyo va Markaziy Amerikadan nafaqat yaxshi hayot, balki o'zini himoya qilish va zo'ravonliklardan qochib, migratsiya qilishga majbur bo'lishadi.

Boshqa faylasuflar ham erkinlik haqida turlicha ta'rif berishgan. Ammo Lokkning ta'biri fundamental ahamiyatga egadir.

Zero, erkinlik eng avvalosi, insonni o'rab turgan muhitda zo'ravonlik, tahdid va shaxs qadr-qimmatini kamsituvchi omillar yo'qligidan boshlanadi. Insonlar mana shunday erkinlik istab, shunday hayot uchun harakat qilishadi va ularning bunga to'la haqlari bor.

Nazadimda, erkinlik tushunchasi bo'yicha qisqacha fikr bera oldim deb o'ylayman.

@panda_books
​​​​#review #taqriz

📗Tadeush Dolenga-Mostovich - "Tabib"

"Bu yorug' olamda kimingdir bo'lishi kerak ekan. Bir qalbi toza kishiga bog'langan bo'lsang, uning quvonchidan ko'ngling ravshan tortarkan"

Hayotda kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, erkaklar xiyonat va ajralishlarni juda yomon qabul qilishadi. Tabibda aytilganidek, "Ildizi qo'porilgan daraxt"ga aylanib qolishadi.

Asar bosh qahramoni professor Rafal Vilchurni olaylik. O'ta ziyoli, madaniyatli, kelishgan va alpqomat inson. Jarroh sifatida nafaqat Polshada, balki butun Yevropada tengsiz iqtidor sohibi. Ammo kutilmaganda nikohining 8 yili bayramida xotini 7 yashar qizini olib, bir yigit bilan qochib ketadi. Professor esa cho'kib qoladi. Depressiya. Bankrotlik. Alkogol. O'z joniga qasd qilish hayollari. Albatta, tasodif tufayli doktor xotirasini yo'qotadi va butkul boshqa, bechora daydi hayotini kechirishni boshlaydi.

Ayollarga ajrashish oson demoqchi emasman, lekin nazarimda ayollar ajrimdan so'ng erkaklarga qaraganda tezroq o'zlarini psixologik tiklab olishadi. Ajrashgach yoki xotini xiyonatidan so'ng, boshqa oila qurmagan odamlarni bilaman.

Kitob meni yoshlik xotiralarimni uyg'otdi. Aslida bu asar asosida olingan filmni oldinlari oyim bilan birga rosa ko'p ko'rardik. Shunaqa chuqur falsafiy va ma'noli kinolar ko'p bo'lardi. Bizning ta'sirli, yetuk dublyajimizda u go'yo yangicha ruhiyat kasb etardi. Bugun ham kitobni beixtiyor o'sha dublyaj ovozlari bilan o'qidim go'yo. Sizga ham kitobni o'qishni, ham filmni tomosha qilishni tavsiya qilaman.

Kitob juda oson o'qiladi, undagi qahramonlar va voqealar asta-sekin vujudingizga singib boradi. Mutolaa qilarkansiz, yuragingiz urishi sekinlashib, xotirjam tortayotgangizni his qilasiz.

"Tabib"ni mutolaasi sizni aslo befarq qoldirmaydigan kitoblardan biri deb bilaman.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
Gitler aslida qanday bo'lganiga ko'pchilik qiziqadi. Ammo ularning ko'pchiligi "mif va afsonalar"dan tashkil topgan darsliklardagi ma'lumotlardan nariga o'ta olmaydi.

Gitler haqiqatda kim bo'lganini bilmoqchi bo'lsangiz, "Mein Kampf"ni unuting. Unda fashistik propagandadan boshqa hech narsa topmaysiz.

Bu kitob esa yosh Adolfning Venadagi, ya'ni hali o'sha urushdan oldingi 18 yoshli yigitcha davrlari haqida hikoya qiladi. Ko'ramiz, o'z yuksalishidagi eng muhim pallasini u qanday o'tkazgan ekan..

O'qib chiqib, fikrlashamiz. Balki bu yerda emas:)

@panda_books
2024/09/30 06:13:54
Back to Top
HTML Embed Code: