Telegram Web Link
Kim nima kitob o'qiyapti? Yangi yilda hali biror kitob tugatdingizmi?

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qo'shiqlar va filmlar buyukligi — ularning mangulikka daxldorligi bilan o'lchanadi. Masalan, Setora guruhi ushbu "Ajdodlar ruhi" klipini yaratganida biz bolakay edik. Ta'sirlanardik. U paytda hali o'zbek estradaasi qotib qolmagan, aksincha o'zining cho'qqisida edi. Setoradan keyin jangovar ruhdagi bundanda xit bo'lgan qo‘shiqni eslolmayman. Mana oradan yillar o'tib, yana tinglasam o'sha hissiyotlar qaytadi.

Bor, sen uchun qalqon bo‘lguvchi zabardast farzandlaring bor!

@panda_books
#haqida

Parallel mutolaa

Menda bitta odat bor. Bir vaqtning o'zida bir nechta kitob mutolaasini boshlab qo'yaman. Hozir ham 3 ta roman va bitta non-fikshn o'qiyapman. Bu qanaqa bo'lishini sal bo'lsa ham tushunishingizlar uchun:

Ertalab Murakami janoblari bilan Tokio ko'chalarini aylanib, uning g'aroyib sayohatlarini tinglagancha, uning qahramonlariga hamroh bo'laman.

Tush payti uzoq, qorli Shvetsiyada paydo bo'lib, Bakmannning "qizi" Elza bilan birga buvisining so'nggi vasiyati bo'lmish sirli xazinani izlab birga sayohattga chiqaman.

Kechqurun ishdan, oiladan bo'shab, uyqu oldidan Rumaan Alamning post-apokalipsis dunyo arafasidagi AQSh tasvirlangan romani oralab borib, u yerda hech narsadan xabari yo'q, shunchaki dachaga dam olishga kelgan oila davrasida tahlikali xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashaman.

Ora-orada esa olim Endryu Doyg menga o'zining qiziqarli kitobidan tarixiy, foydali ma'lumotlarni so'zlab beradi.

Shu tarzda kunlarimiz ham o'tayapti.

@panda_books
#news
Dunyo yangi sirli pandemiya - "X kasalligi"ga tayyorgarlik ko'rmoqda

Butunjahon Davos forumi 17-yanvar bo'lib o'tadigan yillik uchrashuvi kun tartibiga yangi sirli pandemiya muhokamasini kiritibdi.

Bularning barchasi Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti noma'lum "X kasalligi" koronavirus pandemiyasidan 20 baravar ko'proq o'limga olib kelishi mumkinligi haqidagi yangi ogohlantirishlari fonida yuz bermoqda.


Hali 2024-yil yanvar oyi tugamadi...

@panda_books
Yurtimizda doim tinchlik va farovonlik hukm surishi uchun ham Qurolli Kuchlarimizning yanada rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu sharafli burchini ado etishda fidoyilik bilan xizmat qilayotgan barcha Vatan himoyachilarini bugungi bayram bilan qutlayman!

Bayram muborak!

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#tavsiya

"Mudofaaga ulkan mablag'larni sarflashdan oldin, aholiga shunday yashash darajasini yaratish kerakki, ular bu yurtni himoya qilishni istashsin"

Bu so'zlar Karl Gustav Mannergeymga tegishli. U vaqtida rus imperator armiyasining generali, rus-yapon va Birinchi jahon urushi ishtirochisi. Oktyabr inqilobidan keyin u birinchi Finlyandiya davlatini boshqargan. Finlyandiya qurolli kuchlarining marshal, bosh qo'mondoni bo'lib, u ikki marta SSSRga qarshi jang qilgan.

1944-yilda Mannergeym Finlyandiyaning birinchi prezidenti bo'lib, mamlakatni urushdan keyingi suverenitet bilan ta'minlaydi. Mannergeym xotiralari juda muhim kitoblardan biridir. Tarixiy va badiiy qiymatdan tashqari, kitobxon XIX asrning so'nggi aristokrati va zodagoni bilan muloqot qilish uchun noyob imkoniyatga ega bo'ladi.

1917-yil oxirida Finlyandiya mamlakat mustaqillikka erishadi va bir oy o'tgach Finlyandiya yana ozodlikni yo'qotish arafasida edi. Karl Gustaf Mannergeym (yoki finlar uni Hustaa deb atagshan) boshchiligidagi fin xalqi o'z mustaqilligini himoya qilmaganida shunday bo'lardi ham, u qizillar bosqinini bostirdi.

Mannergeymni nafaqat kuchli harbiy qo'mondon, balki yaxshi siyosatchi sifatida ham hayot-ijodini o'rganish foydali bo'ladi degan umiddaman.

Kitobning e-versiyasi

Yoqimli mutolaa!

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#youtube_tavsiya

Sevara Nazarxonning 2022-yilda bergan yakkaxon konsertin nihoyat YouTube'da chiqdi.

Haqiqiy san'at va top darajadagi konsert qanday tashkil qilinishini, uning yoqimli hissiyotini montaj orqali go'zal tarzda yetkazib berish qanaqa bo'lishini bilmoqchi bo'lsangiz, mana shu konsert siz uchun.

https://www.youtube.com/watch?v=N35qwz-vlxY

@panda_books
Panda Books
#youtube_tavsiya Sevara Nazarxonning 2022-yilda bergan yakkaxon konsertin nihoyat YouTube'da chiqdi. Haqiqiy san'at va top darajadagi konsert qanday tashkil qilinishini, uning yoqimli hissiyotini montaj orqali go'zal tarzda yetkazib berish qanaqa bo'lishini…
Men qushimni g‘ozga solsam,
Kim solibdi qarg‘aga,
Kim solibdi qarg‘aga?
To‘nka ushlab o‘yga tolsam,
Olti qarg‘a archada,
Olti qarg‘a archada.


Qarg‘alar uchsa qaraylik
Marg‘ilonning yo‘liga,
Marg‘ilonning yo‘liga.
Hidi kelsa mast bo‘laylik,
Hidi kelsa mast bo‘laylik
Handalakning bo‘yiga,
Handalakning bo‘yiga.


Nazarxonning ushbu ashulani to'g'ri ma'nosida ta'sirli kuylagani uchun ham konsertni ko'rsa arziydi.

@panda_books
#BookoftheMonth

Oy kitobi

Kelinglar, bu yildan va aynan shu yanvar oyidan Panda Books'da "Kitob klubi" tashkil qilamiz. Va har oyda o'qish uchun bitta kitob tanlaymiz.

Bu kitobni o'zim ham o'qib chiqaman va taqrizini kanalga joylayman. Keyin esa uni o'qiganlar bilan birgalikda muhokama qilamiz. Kitob tanlashda sizning taklifingiz inobatga olinadi.

❗️Kitob hamma o'qiy olishi uchun o'zbek tilida chop qilinganlar orasidan bo'lishi shart. Ertaga klubimiz kengayib barcha 5 mingtangiz ham o'qimoqchi bo'lib, kitob do'konlariga xuddi odamlar avtosalonlarga hujum qilgandek yopirilsangiz, menireklama narxim oshardi:)

Taklifingizni ushbu post tagiga yozib keting. Oyning yarmi o'tib ketgani uchun kichikroq hajmdagi kitobni tanlashni maslahat beraman.

@panda_books
"Umidni ba'zan hatto ob-havo prognozidan ham topish mumkin", degan edi bir paytlar Xayao Miyadzaki.

@panda_books
#news
Aktyor Kianu Rivz oʻz kitobini nashr ettiradi

Kuni kecha Kianu Rivz oʻzining eng sevgan adiblaridan biri Chayn Mevil bilan hamkorlikda “The Book of Elsewhere” kitobini chop ettirishini eʼlon qilibdi.

Roman voqealari Kianu Rivz tomonidan yaratilgan komikslar olami yaʼni BRZRKR ichida sodir boʻladi. Aktyor bu fantastik olamni yozuvchi Mett Kindt bilan hamkorlikda ishlab chiqqan.

Tabiiyki, menga kitob muqovalari muxlisi sifatida Kianu tanlagan muqovasi juda qiziq tuyuldi. Unda bu g'alati hayvon bosh suyagi tasvirlangan. Ammo bu xayoliy mavjudot emas, balki indoneziya babirussa to'ng'izi hisoblanadi. Uni nomini o'zbek tiliga "to'ng'iz-kiyik" deb tarjima qilsak bo'ladi.

Ammo tepadagi suyaklar qayrilgan shoxlar emas, balki yuqori jag' tishlardir. Ular noto'g'ri yo'nalishda teri orqali o'sadi va agar kutilmaganda sinmasa, keksalikda ular ba'zan peshonani orib o'tadi. Ko'pgina qari babirussalar o'z tishlari qurboni bo'lishadi.

Haa, tabiat shunaqa biz o'ylagandanda g'aroyib.

@panda_books
Panda Books
#BookoftheMonth Oy kitobi Kelinglar, bu yildan va aynan shu yanvar oyidan Panda Books'da "Kitob klubi" tashkil qilamiz. Va har oyda o'qish uchun bitta kitob tanlaymiz. Bu kitobni o'zim ham o'qib chiqaman va taqrizini kanalga joylayman. Keyin esa uni o'qiganlar…
#BookoftheMonth

Demak, oy kitobini tanladik — bu Shukrullo "Kafansiz ko'milganlar"

Nega?
— Oldin o'qimaganman;
— Trenddagi kitob emas, maqsad ham shu, ya'ni adabiyotni yangi tomondan kashf etish;
— Kuchli syujet va ma'no mujassam;
— Vaqt kam, hajman kichikroq kitob ayni muddao.


31-yanvar kuni kitob muhokamasini qilamiz! Kelishdikmi?

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Rumaan Alam — "Leave The World Behind"


"Optimistlar dunyoni o'zgartirishlari mumkinligiga ishonishadi. Agar hayotning yorqin tarafida bo'lishsa, yorqin bo'lmagan tomon yo'qoladi deb o'ylashadi"

Yaqinda Netflixda Julia Roberts va Mahershala Ali ijrosidagi "Leave The World Behind" filmi chiqdi. Qo'rqinchli, ammo fentezi emas, hatto uni mistika deb ham atamagan bo'lardim. Film shunchalik yoqdiki, odatimga muvofiq uning yaratilishiga asos bo'lgan kitobni topib, uni o'qib chiqdim.

Syujetni qisqacha tushuntiraman. Oddiy amerikalik oila Amanda va Kley to'satdan o'gli Archi va qizi Rouz bilan weekendni shahar chekkasidagi ijaraga olingan villada o'tkazishga qaror qilishadi. Shahar shovqinidan mazza qilib dam olishayotganda, kutilmaganda uyning egalari kechqurun qaytib kelishadi: katta yoshli qora tanli er-xotin. Ular shaharda blekout bo'lgani va xavfsizlik uchun darhol bu yerga qaytishganini ta'kidlab, uyda qolishni so'rashadi. Internet va uyali aloqa yo‘q, barcha telekanallar o‘chirilgan. Nimadir bo‘layotgani aniq, lekin uning nimaligini aniqlashning iloji yo'q.

Kitobda qo'rqinchli sahnalar yo'qligiga qaramasdan u sizda sarosima uyg'otadi. Tashqarida aniq nima sodir bo'layotganini bilmaslik, yaqinlashib kelayotgan xavfli kelajakni sezish har qanday insonni xushyor torttirishi aniq. Eridan ko'ra ancha jasurroq Amanda o'z oilasini qutqarib qolish uchun borini qilishga qaror qiladi. Kitob davomida qahramonlar sodir bo'layotgan voqealarni kim qilgani borasida ko'pgina asossiz tahminlarni ayta boshlashadi. Chunki bunday vaziyatda ratsional fikrlash qiyin. Butun umr apokalipsisga tayyorgarlik ko'rib kelgan qo'shni Denni obrazi esa bizga "har kim o'zi uchun" qoidasini yaqqol namoyon qiladi.

Kitobning siyosiy asoslari haqida to'xtalib o'tmasak bo'lmaydi. Sir emas, amerikaliklarda fuqarolar urushi fobiyasi bor, ayniqsa so'nggi prezidentlik kampaniyalari va Tramp davridagi Kapitoliyga hujumdan keyin. Uy egasi D.X bir qator ta'sir doirasi kuchli insonlarni tanishi, ular so'nggi payt bir qator kutilmagan qarorlar qilishni boshlashganini ta'kidlaydi.

Aslida nima bo'lgandi? Urush boshlandimi yoki blekout bo'ldimi, kitobda aytilmaydi. Bu ishlar ortida masonlar boshqaradi degan qarash haqida filmda qiziq gap aytiladi. Aslida bu juda oddiy tushuntirish. Dunyo esa murakkabroq. Ha, hayotda shunday qudratli insonlar bor, ular bo'lishi kutilayotgan falokatlardan eng birinchi bo'lib xabar topadi. Hatto ularning qudrati ham faqat shunga yetadi xolos. Buni Nassim Taleb bekorga "Qora oqqush" deb nomlamagan.

Xulosam shuki, bizning olamimizda xaosni oldini oladigan real tuzilma mavjud emas, insoniyatda faqat tartibotlar ish berishiga kollektiv ishonch bor xolos.

Kitobni o'zbek tilida mavjud emas. agar o'qishga erinsangiz, filmni tomosha qilishni tavsiya qilaman.

@panda_books
"1984" antiutopiya dunyosining spin-off varianti

Jorj Oruellning mashhur "1984" romanini o'qiganlar bormi? Agar u sizga manzur bo'lgan bo'lsa, bu kitob ham balki yoqar.

Sandra Nyuman Oruellning "1984" kitobining Juliya nuqtai nazaridan qayta hikoya qilib beradi. Unda asl kitobdagi ko'plab taniqli sahnalar mavjud, shuningdek, original ko'rsatib o'tilmagan Katta Og'a dunyosidagi ayollarning hayoti va ularning kurashiga oid yangi sahnalar, joylar va tushunchalar mavjud.

@panda_books
Panda Books
"1984" antiutopiya dunyosining spin-off varianti Jorj Oruellning mashhur "1984" romanini o'qiganlar bormi? Agar u sizga manzur bo'lgan bo'lsa, bu kitob ham balki yoqar. Sandra Nyuman Oruellning "1984" kitobining Juliya nuqtai nazaridan qayta hikoya qilib…
"1984: Juliya" asari to'g'risida qisqacha

XX asr adabiyotida "1984"dan ko‘ra ta’sirchanroq romanni aytish qiyin. Gitler rejimi endigina qulagan, Stalin hali tirik payti Oruell 1948-yilda totalitar tuzumning ichki tuzilishini o'ta aniq tasvirlagan romanini chop etadi. Hozirda u yaratgan Katta Og'a nafaqat harakatlarni, balki fikrlarni ham boshqaradigan tizim sinonimiga aylangan.

Men "1984"ni ancha yillar oldin o'qigandim, u ongimga mustahkam singib ketgan. Lekin jamiyatda roman bilan har qanday klassik asar kabi voqea sodir bo'ldi: uni hamma biladi, sevadi, lekin deyarli hech kim o'qimaydi. Albatta, o'qiganlar ushbu ajoyib kitobda bo'shliqlarni topishi mumkin - bu bosh qahramonning sevgilisi Juliya haqida kam ma'lumot berilganligi masalan.

Juliya - Haqiqat vazirligining adabiyot bo'limida mexanik bo'lib ishlaydi. Bir necha yil davomida u pornografiya bo'limidan nasr bo'limiga o'tib, u yerda partiyani maqtaydigan romanlarni chop etishga yordam beradi. U, shuningdek, Yoshlar antiseksual ittifoqining a'zosi,shuningdek, u qo'shni bo'limdagi hamkasblaridan biriga zimdan yaxshi ko'radi.

O'sha hamkasbining ismi esa...Uinston Smit.

@panda_books
2024/10/03 15:34:33
Back to Top
HTML Embed Code: