Telegram Web Link
#reading

Boya “Kirka”ni oʻqishni boshlagandim. Kitob Qadimgi yunon mifologiyasi haqida ekan. Aniqrog’i ma’budlar (Helios, Zevs) toʻgʻrisida. Yomonmas.

30 betcha oʻqigach, ochig'i ozgina charchadim va biroz chalgʻish uchun Netflixga kirdim. Oldimdan bir qator seriallar tavsiyasi chiqdi. Ular orasidan “Kaos” degani menga qiziqroq tuyuldi. Tomosha qilishni boshladim. Va bilasizmi, serial nima haqida ekan?!

Ha, ha, qadimgi yunon mifologiyasi toʻgʻrisida:) jin ursin😅

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Xulio Kortasar
"Ishg'ol qilingan uy"

"Agar ko'ngil qo'yishga arzigulik nimadur bo'lsa, o'sha nimadur yolg'izlikda yaratilgan va zulmat bilan kurashib, tortib olingan"

Bu Kortasar ijodi bilan ilk tanishuv bo'lsa-da, uni o'qirkanman xuddi anchadan beri taniydigandek his qildim o'zimni. Kortasarda men ko'pdan beri izlaganim - tasavvur erkinligini topgandek bo'ldim.

Ushbu kitob yozuvchining sara hikoyalaridan tashkil topgan bo'lib, kitobga nom bo'lgan va shu bilan birga ilk hikoyasi hisoblanmish "Ishg'ol qilingan uy" odatiy hikoyalardan farq qiladi. Unda reallik va fantaziya unsurlari o'ta go'zal qorishib ketgan. Syujetga ko'ra, ota-onasidan qolgan uyda yashaydigan, yoshlar 40ga borib qolgan aka-singil hayhotdek xonadonda bir o'zlari yashashadi. Ammo kutilmaganda uy noma'lum kuchlar tomonidan birin-ketin zabt etila boshlanadi. Ularning shakli yoki boshqa tarifi keltirilmaydi, faqat ozgina shovqin. Hikoya so'nggida aka-singil nihoyat uyni tark etishga majbur bo'lishadi. Ko'pchilik buni har xil tushunar ekan. Ba'zilar buni o'sha davr Argentinasidagi siyosiy rejim desa, kimdurlar buni yolg'izlik deb ta'riflashadi. Meni o'zimga esa ko'proq ikkinchi variant ma'qul, rosti yolg'izlikning insonga beradigan qo'rquvini o'ta ta'sirli ta'riflagan deb o'ylayman.

Shuningdek, boshqa hikoyalar ham o'ziga xosligi bilan ajralib turadi, Masalan, o'zimga ko'proq "Aksolotl", "Janubiy shosse", O'tayotgan bog'lar", "Hissasiz qissa"lari o'zgacha manzur bo'ldi. Ularning har birida hayotiydek tuyulgan voqealar kutilmaganda shunday burilishga uchraydiki, siz har qancha o'ylab ham voqealarning bunday tus olishini oldindan ayta olmasligingiz aniq. Bekorga Kortasarni xayollar va tasavvurlar o'yinchisi deb atashmas ekan.

Lekin baribir uning ijodiy uslubi hayoti bilan chambarchas bog'liqdir. Misol uchun, adib Argentinadagi siyosiy rejim sabab Yevropaga jo'nab ketishga majbur bo'ladi. O'zi aynan shunday insonni nochor holatlarga solib qo'yadigan haqsizliklar yozuvchi rivojida asosiy omil deya ta'kidlaydi.

O'zi bu haqida: "Men yozuvchini nafrat dunyoga keltiradi deb o'ylayman. Har qanday nafrat emas, milliy ozodlik, shaxs hurligi, inson sha'ni uchun paydo bo'lgan nafrat ijodkorni tarbiyalaydi. Yozuvchining adolatsizlik va qullikka bosh egishga haqqi yo'q. Agar u bosh egsa, bu iste'dodning tanazzulidan darak beradi. Adabiyot — haqsizlikka va qullikka qarshi isyon degani..."

Xullas, Kortasarni o'qing, ishoning, bu shunga arziydi.

@panda_books
#tarjima
Erkaklar ko‘pincha ayollarda eng muhimini ko‘rmaydilar. Ularni chiroyli va jozibador deb hisoblashadi. Maftunkor va xavfli. Bu to‘g‘ri, ammo chuqurroq qarasalar, ularda mitti qizaloqlarni ko‘rishadi. Tashqi go‘zallik - bu sun’iy. Ichida yumshoq va nozik tuyg‘ular. U yerda qizaloq yashaydi. Yillar o‘tsa-da, ularning ichki dunyosi o‘zgarmaydi. Hayot davomida xulq-atvori qattiqlashar, lekin bularning barchasi faqat himoya vositasi, xolos. Buni anglaganingizdan so‘ng, uni o‘zingizga qanday rom etishni tushunasiz. Uni yosh bola kabi zabt etish kerak. Buning siri oddiy. Unga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish. Doimiy e’tibor. Kichik narsalarga ham ahamiyat berish. Masalan: ertalab xayrli kun tilash, u o‘zini qanday his qilayotganini so‘rash, ovqatlangani yoki ochligini bilish, sovuq havoda issiqroq kiyinganmi-yo‘qmi tekshirish, uni tinglash yoki shunchaki quchoqlash. Uning muammolarini hal qila olish qobiliyati. U yonida oʻzini xavfsiz sezadigan insonga aylanish. G‘amxo‘rlik va ishonchlilik tuyg‘usini uyg‘otish. Munosabatlardagi bunday mayda-chuydalar hamma narsani hal qiladi. Ulardan ishonch paydo bo‘ladi. Ayollar buni doimo qadrlaydilar. Mana shu oddiy haqiqat.

Dmitriy Brilov
@panda_books
#newbook #yangikitob

Yaqinda Toshkentda ulugʻ adib Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar”ini ingliz tiliga tarjima qilgan tarjimon Mark Riz taqdimot oʻtkazgandi. Ming afsuski, oʻzim ishtirok etolmagandim. Bugun doʻstimiz Shohrux Usmonov @usmonosphere uning salomini bizga ham yetkazibdi. Endi Qodiriyni ingliz tilida ham oʻqishingiz mumkin!

Toʻgʻrsi, kutmagandim. Juda xursand boʻldim. Oʻzbek madaniyatini dunyoga yoyishda nihoyatda muhim qadam deb hisoblayman bu ishlarni. Doʻstlarimizga boshlagan ishlarida omadlar tilab qolaman!

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Nikolas Nassim Taleb"Antimo'rtlik: Xaosdan qanday foyda olish mumkin"

Bu kitobni sotib olganimga ancha bo'lgandi. Va bu oy nihoyat uni o'qib tugatishga jazm qildim. Muallifning qiyin tili va o'ziga xos atamalarini tushunish oson emas, shuningdek, barcha yozuvchilarga xos o'zini sevish va ko'klarga ko'tarish kabi hislatlardan ham xoli emas. Ammo barchasini hisobga olgan holda, agar kitobni tushunib o'qisangiz, juda ko'p murakkab tuyulgan narsalarning yechimi aslida oddiy ekaniga amin bo'lasiz.

Kanalda allaqachon kitobdan turli parchalar keltirganman (1, 2, 3) Unda kitobda ko'p gapirilgan nazariyalar xususida so'z yuritiladi. Masalan, xaos nima? Undan qo'rqishimiz kerakmi? Ba'zan xaos foydali bo'ladi? mIsol uchun, buni Taleb oson tushuntiradi. Deylik bitta odam 20 yil davomida ishdan uyiga bir xil vaqtda kirib keladi. Unga qarab odamlar hatto soatlarini sozlashadi. Deylik, u bir kuni o'z vaqtida 5 daqiqaga kechikadi. Aslida arzimasdek ko'ringan bu o'zgarish natijasida uning oila a'zolarida katta xavotir uyg'otishi aniq.

Kitob hayotning beqarorligi, o‘zgaruvchanligi va kutilmaganligi haqida. Masalan, futbol murabbiysi strategiya ustida qanchalik bosh qotirmasin yoki davlat byudjet sarfini qanchalik aniq belgilamasin, har qanday kichik tafsilot bir lahzada voqealar rivojini butunlay o‘zgartirib, yakuniy natijaga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday vaziyatda mo'rt narsalar sinadi, bankrot bo'ladi yoki omadsizlikka uchraydi, xaosga nisbatan antimo'rt bo'lgan narsalar esa yashab qoladi.

Uning kitoblaridan ko'p yaxshi va foydali ma'lumotlar olish mumkin. Nassim Taleb o'z fiklarini erkin bayon qilishi, siyosiy korrektlilik yoki andisha qilib o'tirmasdan - ma'lum vaziyat yoki shaxs ustidan shartta-shartta gapirishi bizning tarbiyamizga biroz g'alati tuyulsa-da, haq gaplarni o'z ichiga oladi.

Xullas, Talebning mashhur "Qora Oqqush"idan keyin, bu kitobini ham o'qib chiqishni unutmang. Tavsiya qilaman.

@panda_books
📜 Orangizda Paulo Koeloning "Alkimyogar"ini o'qiganlar bormi? Bugun ushbu asardagi "Maktub"dan ilhomlanib ochilgan yangi kanalga barchangizni taklif qilaman.

Tarixiy ma'lumotlar, ilm-fan sohasidagi eng qiziqarli yangiliklar va adabiyotdan bir shingildan jamlangan kanal. Xullas, aslo zerikmaysiz!

Obuna bo'ling👇
🖋 @makt_ub_uz - Haqiqatni birga kashf etamiz!
​​#tarjima
Kimdir institutni 22 yoshida tugatib, uch yil ish qidirgan.
Kimdir 25 yoshida muvaffaqiyatli rahbarga aylangan-u, lekin 50 yoshida vafot etgan.
Yana kimdir 50 yoshida rahbar bo‘lib, 90 yoshgacha umr ko‘rgan.

Ba’zilar 32 yoshida hamon yolg‘iz, boshqalar esa 26 yoshida oilali. Ba'zilar yosh holiga ajrashishga tayyorlanyapti, ba'zilar kech turmush qurib, tinch-osoyishta umr ko'ryapti.

Makron 39 yoshida prezident bo‘lgandi, Robert Mugabe esa 63 yoshida shu lavozimga erishdi. Shumaher 25 yoshida chempion bo‘lgandi, Nino Farino esa 44 yoshida ilk bor poygalarda g‘alaba qozondi.

Uorren Baffet 56 yoshida, Sukerberg esa 23 yoshida milliarder bo‘lgan. Kayli Jenner 21-bahorida eng yosh ayol milliarderga aylangan. Mashhur irlandiyalik pivopaz Artur Ginnes 56 yoshida 21 nafar farzandli edi, Jorj Kluni esa 55 ga to'lganida birinchi marta otalik baxtiga muyassar bo‘ldi.

Demoqchi bo'lganim, dunyoda har kim o‘z poygasini o‘z yo‘lida, o‘z vaqtida o‘tkazadi. Hayot ko‘p qirrali va murakkab.

Vaqt - bu farqdir.

O‘ylab ko‘rsangiz, dunyodagi hamma narsaning o‘z vaqti bor. Do‘stlaringiz balki sizdan oldindadur, yana kimlardir esa sizdan orqada. Bu tabiiy. Har kimning o‘z vaqti, o‘z yo‘li bor. Kimgadur hasad qilish yoki taqqoslashning hojati yo‘q, ular o‘z zamonida, siz esa o‘z zamoningizdasiz.

Siz kechikayotganingiz yo‘q.
Siz erta ham emassiz.
Siz aynan o‘z vaqtingizda ketyapsiz.

@panda_books
#sarhisob #oktabr

Oy Sarhisobi.


Bu oy tug'ilgan kunim bilan boshlandi. Oy ham mutolaaga boy bo'ldi, ishlarimni ham tartibga solib oldim.

Shuningdek, El yurt Umidi Jamg'armasi Stipendiati bo'ldim. Endi biroz tanaffusdan keyin o'qishlarni davom ettirishga bel bog'layapman.

Xullas, bu oy samarali va omadli o'tdi. Umid qilamanki, barchangizda shunday bo'lgan.

O'qilgan kitoblar:
♻️ Fyodor Dostoyevskiy — "Telba"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Byung-Chul Han — "The Burnout Society"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Tara Vestover — "Talaba"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Xulio Kortasar"Ishg'ol qilingan uy"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Nikolas Nassim Taleb"Antimo'rtlik: Xaosdan qanday foyda olish mumkin"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Ustozlar kuni
👉 ChatGPT va o'lik shoirlar jamiyati
👉
Albatros
👉
Oʻzbek qachon Nobel oladi?
👉
Jamg'arma Stipendiati
👉
Kitob o'qishga qiziqishim qachon boshlangan?
👉
Chinakam boyliklar
👉
Boshi bilan javob berish

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#reading

Hozir Uolter Ayzeksonning “Elon Mask” kitobini oʻqiyapman. Unda bitta qiziq joyi bor.

Elon Mask SpaceX raketalarini qurayotganida, injenerlari uni oldiga kelib, bo'lajak raketalarning dvigatellari tannarxi bir necha million dollar bo'lishini aytishadi. U esa nega buncha qimmat ekanini so'raydi. Shunda injenerlar xavfsizlik va boshqa turli faktorlar tufayli bu reglamentda berilgan deya javob berishadi. Mask bu reglamentni kim tuzgan deb so'raydi, Bunga javoban, injenerlar "NASA va harbiylar" deyishadi. Elon esa aniq kim tuzgani, familiyasi va qaysi bilimiga tayanib bunday katta reglament qilinganini surishtirishni buyuradi.

Bir qarashda, Mask qilayotgan ish bema'nidek tuyuladi, Lekin unday emas, chunki Mask shunchaki yaxshi tadbirkor edi. Shu paytgacha davlat qaramog'ida bo'lgan kosmik sanoat faqat zarariga ishlagan va ulkan byurokratik to'siqlar girdobida bo'lib, turli xil reglamentlar va qoidalarga to'la edi. Mask dvigatellar uchun qo'yilgan talablar asnosida ushbu Reglamentdan qancha qismi aslida kerak yo yo'qligini isbotlashni aynan uni tuzganlardan talab qiladi. "Qoida kiritdingmi, uni isbotla!". Yaqinda Xamurappi qonunlari haqida yozgandim, Mask ham mazmunan shuni talab qiladi. Ma'lum bo'ladiki, raketalatrni ancha arzonga va sifati undan kam bo'lmgan holda qursa bo'larkan.

Oxir-oqibat, Elon Mask shunday deydi: "Reglamentlar bu shunchaki tavsiya, biz buza olmaydigan yagona qonun — bu fizika qonunlari xolos". Natijada SpaceX raketalari dunyodagi eng arzon va yengil, shu bilan birga o'ta mustahkam va ishonchli raketalarga aylanishadi. Mask shunchaki bu sohani xususiylashtirmaydi, u sohada nechi yillardan beri eskirib ketgan qoida va tartiblarni soddalashtiradi, yangilaydi va keraksizidan voz kechadi.

Endi kimdur sizga qaysidur davlat monopoliyasi bo'lgan va samarasiz ishlayotgan soha haqida "uni xususiylashtirish, sog'lom raqobat yaratish ham vaziyatni o'zgartira olmaydi" desa, u holda siz unga bemalol Elon Mask va uning SpaceX kompaniyasini misol ketirishingiz mumkin.

@panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#haqida

My MBTI

Izohlarda so'rashdi: sizning Myers–Briggs Type Indicator qanday deb. Men bu nima ekanligini bilmasdim. Qiziqib, gugl qildim. www.16personalities.com saytidan bepul test qildim.

Mana bu mening xulosalarim. Demak, mening shaxsiyatim — Commander (ENTJ-A) ekan. Lider - boshqa nima ham bo'lishi mumkin edi:)

Extravertroq ekanman) Intuitiv, qat'iy va hz. Saytda yana sizning kuchli va zaif tomonlaringizni ko'rsatib berarkan. Pullik xizmatni yoqsangiz, tahlil yanada batafsil bo'larmish. Men unday qilib o'tirmadim.

Lekin baribir bunday testlarga nisbatan skeptik qarashda qolaveraman.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

O'zga sayyoralikka qaysi kitobni tavsiya qilgan bo'lardingiz?

Armen Zaxaryan Dudga bergan intervyusida o‘zga sayyoraliklarga insoniyatni yaxshi tushunishlari va insoniylikni ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jahon adabiyotining eng sara 10 ta kitobini taklif qilibdi. Bu kitoblar ichida sizga tanishlari bormi?

Xo'sh, agar sizdan shunday ro'yxat so'rashganda, qaysi kitoblarni tavsiya qilardingiz?

@panda_books
2024/11/16 11:47:54
Back to Top
HTML Embed Code: