Telegram Web Link
Bugun Diydor Teatriga tushdim. Anchadan beri oʻylab yurgandim. Gabriel Garsiya Markesning asari asosida sahnalashtirilgan “Buzruk haqida afsona” pyesasi qoʻyildi.

Taassurotlarim juda boshqacha, kitobni oʻqish va uning ajoyib sahna namoyishini tomosha qilish - ikkalasi ham goʻzal hislar bagʻshlaydi men sizga aytsam.

Endi tez-tez bu teatrga tushib turishga harakat qilaman va albatta, sizga ham tavsiya qilaman! #diydor_teatri

@panda_books
Kitobxonlar uchun yaxshi serial topib keldim. Tomosha qilishni tavsiya qilaman!

Qiziqarli, kulgili syujet va juda koʻp kitoblar…

@panda_books
Bu yil o'zim uchun kashf qilganim, zamonaviy fantastika olamida eng iqtidorli yozuvchilardan biri – Lyu Sizinning yangi hikoyalar to'plami ham allaqachon rus tiliga tarjima qilinibdi. 2006-yildan buyon uning ijodi dunyoda katta e'tibor qozonib kelayapti.

Bizda esa u faqat bu yilga kelib, Netflix tomonidan uniny trilogiyasi asosida ishlangan "Uch jism masalasi" seriali orqali biroz tanildi. Bu yil ushbu trilogiyani maroq bilan o'qib chiqqandim, yana yil oxiriga qadar undan nimadur o'qish niyati yo'q emas. Albatta, uni o'qishingiz uchun hozircha chet tillaridan birini o'rganib turishingizga to'g'ri keladi.

Shunaqa gaplar.

@panda_books
#haqida

Uniform

Oliy ta'lim muassalarida (aynan OTMlarda) yagona forma bo'lishiga qanday qaraysiz? Sizning o'qishingizda forma kiyishga majburlashadimi? Ro'mol va hijob taqiqdami? Bu ta'lim uchun muhimmi sizningcha?

Idealida qanday bo'lishi kerak?

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Byung-Chul Han — "The Burnout Society"

Kutilmaganda Bukmeytda oldimdan koreys millatiga mansub hozir Germaniyada istiqomat qilayotgan zamonaviy faylasuf Byon Chxol Xanning kitobi chiqib qoldi. Qiziqib o'qib chiqdim, hajmi ham katta emas ekan.

XXI asr patologik nuqtai nazardan neyronlar asriga aylangani rost. Texnologiyalar va qulaylik madaniyati foyda bilan birga ko‘plab ruhiy buzilishlarni ham keltirib chiqaryapti. Asrimizda endi depressiya, diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi (DYGS) hamda kasbiy charchash sindromi odatiy holga aylangani ham rost. Faylasuflarning mana shunday bugungi kun muammolarini ham ilmiy-ommabop esseda yoritgani ham quvonarli.

Unda muallif shunday yozadi: "Bugungi jamiyat endilikda Fuko ta’riflaydigan yo'qsilxonalar, jinnixona, qamoqxonalar, harbiy qismlar va fabrikalardan iborat intizomiy jamiyat emas. Uning o‘rnini allaqachon butunlay boshqa - fitnes markazlari, ko‘p qavatli ofis binolari, banklar, aeroportlar, savdo markazlari va genetik laboratoriyalardan tashkil topgan jamiyat egallagan. XXI asr jamiyati endi intizomiy jamiyat emas, balki yutuqlar jamiyati (Leistungsgesellschaft)dir. Uning a’zolari ham endi "itoatkor subyektlar" emas, balki yutuq subyektlari deb ataladi. Ular o‘zlari uchun o'zlari tadbirkorlardir."

Qisqacha aytganda, mening tushunchamga ko'ra, Byon Chxolning asosiy g‘oyasi shunday: zamonaviy inson erkin emas. Ilgari odamni boshqalar ekspluatatsiya qilgan bo‘lsa, endi u o‘zini o‘zi ekspluatatsiya qilyapti. Hozirgi dunyoda samaradorlik va ko‘p vazifalilik (мнозадачность) madaniyati hukmronlik qiladi, bu esa o'z-o'zidan toliqish va tushkunlikka olib keladi. Xanning ta'biriga ko'ra, ko‘p vazifalilik aslida insonga xos xususiyat emas, balki bu yovvoyi yirtqichlar uchungina zaruriy xususiyatdir. Odamlar esa atrofdagi olamni shunchaki kuzatishlari, hamma narsaga bir vaqtning o‘zida yopishib olmasliklari lozim. Bu uni nihoyatda toliqtiradi va burnoutga olib keladi.

Kitob eng avvalo falsafa faniga qattiq qiziquvchilar uchun yaxshi "ozuqa" bo'lishiga aminman, shuningdek, biz uchun nisbatan yangi bo'lgan "burnout" termini haqida ham yanada yaxshiroq tushuntirish olishlariga aminman. Yozilish jihati men uchun biroz murakkablik qildi, lekin dolzarb mavzu yuzasidan yaxshi axborot oldim.

Tavsiyam: imkon qadar burnout bo'lishdan saqlaning, zerikish kabi insonga xos holatlardan uyalmang va o'zingizni o'qqa-cho'qqa urishdan tiyiling. Umringiz va neyronlaringizni asrang.

@panda_books
#haqida

ChatGPT va o'lik shoirlar jamiyati


Kecha yangiliklardan birida Londonning Evening Standard 2015-yilda vafot etgan taqrizchining stilida, uning nomidan sun'iy intellekt yordamida taqriz chop etilgani haqida o'qidim.

Keyin o'ylab qoldim, shunda agar biz sun'iy intellektni yaxshilab mashq qildirsak va unga Dostoyevskiyning barcha yozganlarini joylasak, u bizga maestroning yangi asarini berishi mumkin. Nazariy jihatdan buni iloji bor.

Amalda ham bugun ChatGPTga bu haqida yozib ko'rdim. Natijada u menga kichkina matn yozib berdi. Fyodor stilida. O'qiysiz, rostan o'xshashliklar topasiz. Sifati keyingi masala.

Xullas, adabiyot va sun'iy intellekt o'rtasida yangi qirralar ochilmoqda. Bu yaxshi yoki yomon – xulosa o'zingizdan.

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
POV: Dostoyevskiyni o'qiyotganingda: 😂

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
https://youtu.be/GS1CYdDdeN4?si=wfnXHo1YWbeQk18l

Sog'lom aql vs Ta'lim

Youtubeda qiziq video chiqib qoldi. Muallif Columbia University talabalari va Harlem kvartali qora tanli aholisiga bitta savol beradi - "Erkak kishi homilador bo'lishi mumkinmi?".

Nufuzli universitet talabalari bir ovozdan "Ha" deb javob berishadi, qora tanli yigitlar esa bu savoldan shunchaki kulib qo'yishadi. Talabalar qandaydir o'xshamagan teoriyalar bilan aqllilik qilishga urinishlari esa yanada kulgili.

Aslida bu bilan muallif bizga zamonaviy ta'limning sog'lom aql bilan kelisha olmay qolayotganini ko'rsatib bermoqchi, xolos. Studentlar ham albatta bu narsaning imkoni yo'qligini bilishadi, ammo turli yangi ideyalogiyalar ta'sirida yoki shunchaki internetda canceling va hate qilinishdan qo'rqib ham hech nimani bilmagandek tutishadi. Oddiy qilib aytganda, "g'oya uchun yolg'on gapirishga ham tayyorlar".

@panda_books
Relationship

Klinika receptionida navbatda turibman. Oldimda yoshi 45lardagi erkak. Oilaviy kelishgan shekilli qizi va xotini nariroqda o'tiribdi. Resepshndagi ayol qizini tug'ilgan sanasini so'radi. Erkak bilmadi. Qizini chaqirdi. U aytdi: "2008-yil, falon, falon".

Navbat ayoliga keldi. Erkak xotini tug'ilgan yilni to'g'ri aytida, sanasiga kelganda, o'ylanib "29-dekabr" dedi va tasdiq ishorasi o'laroq ayoli tomonga qaradi.

Ayoli ohista yoniga kelib, "19-dekabr.." dedida nari turdi.

Erkak resepshndagi ishini tugatib, kassa tomon ildamladi..

@panda_books
Пятикнижие Достоевского

Bu Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiyning ijodiy cho‘qqisi deb hisoblangan beshta asosiy romanining shartli nomi hisoblanadi. Ushbu asarlar inson tabiati, axloq, din va falsafa kabi murakkab mavzularni yoritadi. Asarlar markazida chuqur azob chekayotgan va hayot ma’nosini izlayotgan qahramonlar turadi. Bu kitoblarning har birini Dostoyevskiy ruhiy tushkunlik va og‘ir kechinmalar davrida yaratilgani uchun ham ularning har birida yozuvchi hayotining bir parchasi qolgan deyish mumkin.

Bular quyidagilar:
"Jinoyat va jazo." (1866)
"Telba" (1869)
"Iblislar" (1872)
"O‘smir" (1875)
"Aka-uka Karamazovlar" (1880)


@panda_books
Ertaga, 10-oktyabr kuni, butun dunyo adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotining yangi sohibi ismini bilib oladi. Nomzodlar ro‘yxati odatdagidek sir saqlanmoqda, biroq bukmekerlar allaqachon garov o‘ynashni boshlab yuborishgan.

Akademiya qarorini oldindan bilish imkonsiz, lekin menimcha, bu yil yevropalik erkakka nasib qilmaydi, chunki o'tgan yil norveg Yun Fosse olgandi. Balki amerikan, balki osiyo adabiyoti vakili bo'lar. Rus adabiyoti bo'lsa ham hayron qolmayman.

Mening tahminim istagimdagi nomzodlar:
Xaruki Murakami. Unga nihoyat shu mukofotni berishsin:)
Yoki Stiven King?! Yoki Kanada adabiyotidan Margaret Etvud?! shu bahona uning "The Handmaid's Tale" o'qib chiqishga o'zimda kuch toparman...

Xullas, men bilmayman kim yutishini. SIzningchachi?

@panda_books
#taqdimot

Ertaga taqdimot ekan. Balki ko'rishib qolarmiz.

@panda_books
2024/11/16 12:55:40
Back to Top
HTML Embed Code: