Telegram Web Link
​​#review #taqriz

📗Shon Baytell - "Kitobdorning kundaligi"

"Kutubxonangiz – sizdan keyin xuddi genetik kodingiz kabi siz haqingizda ma'lumot bera oladigan xotiradir"

Shotlandiyadagi ikkinchi eng katta bukinistik kitoblar do‘koni egasi bo'lmish Shon Baytell o‘zining kundalik mehnat hayoti haqida kundalik yozib boradi. Kunlardan bir kuni uni kitob shaklida chop qilishga qaror qiladi va u dunyoda katta mashhurlikka erishadi. Uning do‘koni joylashgan Uigtaun ham oddiy shaharcha emas: bu yeedagi aholi nufusi atigi mingga yaqin bo'lsa-da, har yuzta odamga bitta kitob do‘koni to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Uigtaun butun Birlashgan Qirollikda "Kitoblar shahri" sifatida tanilgan. U yerda har yili o‘tkaziladigan adabiy festivali vaqtida shaharga turistlar oqib keladi.

Shon o'ziga yarasha harakterga ega va biroz sinik odam. U ashaddiy kitobxonlarga kitob savdosining parda ortidagi haqiqatlarini ko'rsatishga harakat qiladi. Masalan, bukinist sifatida u vafot etgan insonlarning kutubxonalarini sotib olishga boradi, qarindoshlari uzoq vaqt sotmay turishsa-da, bir kun kelib ular bunga qaror qilishga to'g'ri keladi. Yana u yiliga umumiy hisobda 15 tonnaga yaqin kitob tashishini yozadi. Shon hech kutilmaganda "temiryo'llar haqida" kitoblar tezda sotilishi, ba'zi mashhur kitoblarni esa yaxshisi onlayn sotish lozimligini ta'kidlaydi.

Kitobxonlar ichida o'z kitob do'koni bo'lishini orzu qilmaganlar bo'lmasa kerak. Lekin bukinistik kitoblar bilan ishlash ham mashaqqatli mehnat, uni ustiga katta daromad haqida unutsangiz ham bo'laveradi. Ustiga-ustak turli tuman xaridorlarning qiliqlari, injiqliklari va g'alati savollariga chidashingizga to'g'ri keladi. Shon shunday qiziq holatlarni aytadiki, bir kulasiz, bir o'ychan bo'lib qolasiz.

Asar sizni kitob savdosining g'aroyib olamiga sayohat qildiradi, kitob sotuvchisi bo'lishni istaganlar uchun esa kichik qo'llanmadir. "Kitobdorning kundaligi" kitoblar haqida kitob o'qishni istaganlar uchun qiziqarli manba bo'lishiga aminman.

Yaqin vaqtlarda Shon Baytellning turkum kitoblarini davom ettiramiz, bu orada uning o'zbek tiliga tarjima qilinishini tilab qolaman.

@panda_books
Hozir qaysi asar(lar) mutolaasi bilan bandsiz?

@panda_books
#haqida

Run, run, run!

Amerikalik yozuvchi Mark Tven shunday degan edi: "Sog'lom bo'lish uchun 3 ta ishni qilish lozim.
Bular: yoqtirmagan narsangni yeyish, yoqtirmagan narsangni ichish va yoqtirmagan ishingni qilish." Postni Otabek Mahkamovga o'xshab iqtibosdan boshlaganim uchun uzr, lekin Mark tog'a men aytmoqchi fikrlarni lo'nda ifodalab bo'lgan. Va bu formula deyarli barcha sohaga tushadi.

Universitetga tayyorlanib yurgan abituriyent paytimda eng yomon ko'rgan ishim - test yechish edi. Ingliz yoki rus tili o'rganayotganimda eng yomon ko'rganim - yangi so'zlarni yodlash bo'lardi. Futbol o'ymash yoqadi, ammo yugurish yoqmaydi. Ammo mana oxirgi oylar har hafta muttasil o'yinlarni yo'lga qo'ygach, yugurish oldingidek yoqimsiz emas, balki sevimli bo'lib borayapti, o'pkam ham bunga moslashayotganini sezayapman. Bu juda yoqimli men sizga aytsam.

Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, har qanday kasbda muvaffaqiyatga erishish uchun inson bitta joyini ozgina qiynashi kerak. Nega shunaqa? Men bilmayman. "Oson yo'li yo'qmi?" "Bordur.." Ongostida shunga ishonamiz. Natijada "2 oyda ingliz tilini to'liq o'rgatamiz, 3 oyda kosmonavt qilamiz yoki 2 haftalik kursimdan keyin psixologik muammongizni qolmaydi"... kabi reklamalar shuning uchun ham tez sotilar.

Mayk Taysondan "Muvaffaqiyatingiz siri nimada?" deb so'rashganida, "Ertalab soat 5da turib yugurish" deb javob bergan, keyin eng yoqtirmaydigan ishingiz nima deyishganda esa "Ertalab soat 5da turib yugurish" degan edi.

Oxirgi paytlar aynan shu narsani ko'proq anglab borayapman. Shuning uchun, o'zim yoqtirmaydigan, ammo foydali bo'lgan ishlarni qilishga odatlanishga harakat qilayapman.

Va sizga ham shuni maslahat beraman, kim bilsin, balki muvaffaqiyatingiz kaliti shuning ortida yashirindur.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
​​#haqida

Professor MakGonagall

Minerva MakGonagall. "Xogvarts" Sehrgarlik va Afsungarlik maktabi direktorining o‘rinbosari, Griffindor fakulteti dekani, Transfiguratsiya fani o‘qituvchisi, keyinchalik "Xogvars" direktori. Bugun ushbu ayolni rolini qoyilmaqom ijro etgan aktrisa Meggi Smit 90 yoshida vafot etibdi.

Har birimiz yoshligimizda u kabi qattiqqo'l, lekin adolatli ustozimiz bo'lishi istaganmiz. Shu bilan birga u ezgulik yo'lida qoidalarni istisno qilishi ham mumkin, masalan, Garrining supurgida ruxsatsiz uchgani uchun jazolash o'rniga, uning talantidan to'g'ri foydalanib, Quidditch jamoasiga qo'shib qo'yadi. Ammo doim ham emas, misol 3-qismda Garrining Hogsmitga borishi uchun ruxsat bermaydi. Lekin baribir biz uni yaxshi ko'raveramiz. U kabi mehribon dekan kamdan-kam uchraydi.

Qachondir orzuyimiz ushalib, Hogwarts maktabi darvozalaridan kirib borarkanmiz, oldingizga qora cho'qqi shlyapa kiygan, qora ko'ylakka burkangan xushqomat ayol chiqsa bilingki, u Professor MakGonagall bo'ladi. U baland ovoz bilan shunday deydi:

"Xogvars"ga xush kelibsiz!
Yaqinda o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan ziyofat boshlanadi, lekin siz stolga o‘tirmasingizdan oldin, sizlar 4 ta fakultetga bo‘linasiz. Tanlov - juda jiddiy jarayon, chunki bugundan boshlab maktabni bitirgunga qadar fakultetingiz siz uchun ikkinchi oilaga aylanadi. Siz birgalikda o‘qiysiz, bir yotoqxonada uxlaysiz va bo‘sh vaqtingizni fakultetingiz uchun maxsus ajratilgan xonada o‘tkazasiz. Hammasi tushunarlimi?"

@boredpandablog
Forwarded from Bored Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Panda Books
Video message
#haqida

Sublimation Fest


Toshkentdagi Aviasozlar Saroyi haqida eshitganmisiz? Tashlandiq, xaroba bino. Shunchalik ko'p vaqtdan beri tashlandiqki, tiriklardan hech kim hali u yerda konsert bermagan:) biroz bo'rttirdim, lekin bu saroy haqida oldin kam ma'lumotga ega edim.

Sublimation so'zi - o'zgarish degan ma'noda ham keladi. Tashkilotchilar yangi lokatsiya yaratib, o'zlarining avangard musiqalarini shu joyda berishining o'ziyoq katta ish bo'ldi. Xuddi Binoning oldida tasvirlangan ulkan Ikar misol biz ham Quyoshga uchdik!

Saroyga to'xtalsak, u Futuristik va Modernistik uslubdagi manimcha dunyodagi eng go'zal Uslubni o'zida aks ettirgan. Bunday go'zallikni shunchaki so'zlar bilan ta'riflab bera olmayman. Xuddi kosmik kema ichida yurgandek sezasiz o'zingizni, har bir details alohida ishlangan, e'tiborga olingan. Hozir bunaqa bino boshqa qura olishmaydi. Xazina.

Tashkilotchilikka kelsak, Ijodkorlar tarkibi Super: Sabina Mustaeva, Konsta, Hayriniso, Simfonik orkestr, Do'ppi Twins va ko'plab Dj! Qizig'i, saroyda na elektr bor, na suv. Lekin tualetgacha tayyorlanibdi hammasi. Yana Xavfsizlik hodimlari ham hammasini nazoratda ushlashdi. 3 qavatda uchta alohida Sahnalar, o'rtada Fud-kort, saroyning go'zal dizayni - barcha-barchasi ajoyib atmosfera yaratdi.

Tashrif buyuruvchilar ichida rusiyzabonlar juda ko'p. E'tiborlisi, Festivalni Kunduziy va Teacher Azamlar kabi o'zbek auditoriyasi katta blogerlar reklama qilgan bo'lsa ham, biznikilardan reaksiya bo'lmapti deyarli. Ijodkor, ziyoli va madaniyatga qiziquvchi yoshlar juda ko'p. Do'stlar yig'ilib, vaqtini ajoyib o'tkazish uchun kelishibdi. Men esa o'rtoqlarimni 200 ming so'mni bunga sarflashga, hatto tekin bo'lsa ham ko'ndirolmasdim😢 lekin bunaqa narxga Yevropa darajasidagi bunaqa tadbirni boshqa mamlakatda ham topolmaysiz.

Xullas, deyarli 4 soat davomida vaqtimni xush o'tkazdim. Tadbir men ketganimda ham davom etayotgan, (oxirida chiqqan Konsta o'tkazvordim xolos) edi.

Bizga bunday madaniy festivallar kerak. Milliardlarsiz ham, hatto elektrdan uzilgan tashlandiq saroyda ham shunaqa o'ta yuqori klassdagi tadbir qilsa bo'larkan.

#sublimationfest respect!

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qarasam, obunachilardan hech biri meni edit qimayapti, keyin eng ashaddiy muxlisim, ya'ni o'zimdan iltimos qildim:)

👉 To'liq podcastni
ko'rish

@panda_books
#news

"Taxtlar o‘yini" serialida Hodor rolini mahorat ila ijro etgan aktyor Kristian Nern shuhratiga shuhrat qo'shishni istabdi - yaqinda uning serial suratga olish jarayonidagi turli xotiralarini o‘z ichiga olgan kitobi — "Beyond the Throne" memuari chop etilibdi.

— Hodor!

@panda_books
Hayotda allaqachonlardan beri qilishni istaydigan orzungiz bormi? Agar bor bo'lsa, nega haligacha uni amalga oshirmagansiz?

@panda_books
Mana rasman 28 yoshga ham qadam qo'ydim. Yangi ibtido boshlanajak shu yerda!
-
Happy 28th! Here’s to new beginnings🎉 Cheers to the journey ahead!
Sovgʻalar.
#haqida

Ustozlar kuni

Odatda o'qituvchilari qadr topgan mamlakatlarda "O'qituvchilar kuni" nishonlanmaydi.

Shunday bo'lsa ham, bugun avvalo o'z ustozlarimni va ta'limdagi barcha jonkuyar ustozlarni chin dildan tabriklayman. Sog' bo'linglar!

@panda_books
#news

"Bukmeyt" endi "Yandex Kitoblar" deb nomlanibdi

Rebrending faqat vaqt masalasi edi - Yandex uzoq vaqtdan beri platformani kitobxonlar uchun aqlli tavsiyalar va indivuduallashtirish orqali takomillashtirib kelmoqda. Yaqinda xizmat hatto Plyus ekotizimining barcha foydalanuvchilari uchun asosiy obuna doirasida qo'shilgandi.

Yozda ular virtual hikoyachi xizmatini qo‘shishgandi. Menimcha bu rebrendingdan maqsad – kitobxonlarning qurilma va formatlar orasidan muammosiz o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishlari, ya'ni xuddi Apple yoki Google kabi sinxronlashtirishdir.

O'zim Bukmeytdan foydalanaman va ruscha ham o'qiydiganlar uchun juda ajoyib platforma deb bilaman.

@panda_books
Panda Books
Mana rasman 28 yoshga ham qadam qo'ydim. Yangi ibtido boshlanajak shu yerda! - Happy 28th! Here’s to new beginnings🎉 Cheers to the journey ahead!
Layklar bilan, izohlarda va shaxsiyda tabriklagan barcha-barcha ulkan tashakkurlarim! Samimiy tilaklaringizdan boshim osmonga yetdi!

Pandalarim🐼, sizlar bilan faxrlanaman😁

@panda_books
#sarhisob #sentabr

Oy Sarhisobi.


Bu oy endi taqrizdan ko'ra ko'proq post yozdim. Sentabrda deyarli yarim oy dam oldim. Oilam bilan toqqa chiqdik, birga vaqt o'tkazdik, oy oxirida restoranda o'g'limning 2 yoshga to'lganini nishonladik, Yana men Sublimation Festga bordim, atmosfera zo'r bo'ldi. Xullas, shu orada Dostoyevskiyni o'qidim va haliyam o'qiyapman.

Bu oy olgan hayotiy xulosam shuki: "Izlaning, izlanavering, siz qidirgan olmos siz umuman kutmagan joydan chiqib qolishi mumkin".

O'qilgan kitoblar:
♻️Fyodor Dostoyevskiy — "Jinoyat va jazo"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️Andrey Platonov — "Xandaq"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️Shon Baytell - "Kitobdorning kundaligi"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Xudo hamma narsani oqilona yaratgan
👉 Mafkura yoki oila?
👉
Oliy Ta'lim Cargo Culti
👉
Diktatura
👉
Qariyotgan jamiyat
👉
Ta'lim vs Ish
👉
Tasavvur qiling
👉
me’yor
👉 Tanlov yuki 2.0
👉
AES 2.0
👉
Run, run, run!
👉 Sublimation Fest

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Oktabr keliboq ko‘z ochar borliq,
Samoviy tuhfa-la keltirar yorliq,
Sohibi biliglar eng mohir notiq,
Etarlar sizlarga kanalin tortiq...

Telegramdagi eng sara kanallarga ulanib oling!

Barcha kanallarga ulanish uchun bosing
2024/10/03 04:34:38
Back to Top
HTML Embed Code: