Telegram Web Link
#muqova

"Ulug' saltanat" - Muhammad Ali

BookUzda yangi seriyali qotil kitoblarni ko'rib qoldim. Hali nima haqidaligini uncha tushunmadimu, lekin muqovasi menga yaxshi ko'rindi. Yaxshi seriya bo'libdi. Narxini so'ramabman.

O'qiganlar bormi?

@panda_books
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Ishni boshlashdan oldin, universitetga kelgan yangi domlalarga bir haftacha oriyentatsiya tadbirlari boʻlib oʻtadi. Universitetni har xil boʻlimlari va maʼmuriyatni har xil qismlaridan universitet haqida, uni falsafasi, talabalari va boshqa narsalari haqida maʼmuriyat, talabalar va anchadan beri ishlayotgan domlalar gapirib berishadi. Oʻsha haftada kunlar odatda yangi kelgan professorlar bilan birga nonushta qilib deyarli soat 5-6gacha birga kun oʻtkazishdan iborat boʻldi. Haftani oxiriga kelib, bir adabiyot professori bilan tanishib qoldim, bir necha yil bu yerda ishlagan, endi esa toʻlaqonli ishni boshlayotgan ekan (visiting boʻlgan, bu yildan esa “full time”), asosan sher yozishi va shoir ekani haqida suhbatlashdik. Oʻzi shu tadbirlarda 5-6ta stol boʻlib, har kuni har xil professorlar bilan oʻtkazishdi, yaʼni nonushta va obedni har xil odamlar bilan qilish maqsadida va fakultetlardagi domlalar bir birini yaxshi tanib olishi uchun qilingan edi bu. Keyin tadbirlar tugagach oʻsha yangi hamkasbim haqida koʻproq bilish uchun google qilsam — u sherlari uchun 2015 yilda Pulitzer sovrindori boʻlgan ekan, ismi Gregori Pardlo. Gregori oʻzi bilan birga Abdulrazak Gurnah ham adabiyot fakultetiga professor boʻlib qoʻshilayotganini aytib oʻtdi. Aytganida, menga bu ism tanish tuyulmaganini sezdi shekilli, keyin men aytdim, toʻgʻrisi Gurnahni oʻqimagan ekanman va kelajakda albatta oʻqiyman dedim, bosh ustiga bir kampusdagi hamkasbim ekan, keyin bilsam u adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori ekan.

Bugun ertalab NYU prezidenti domlalarga xat yozibdi, unda maʼmuriyatdagi yangiliklar va rejalar ulashgan, va Abu Dabi kampusiga yangi kelgan domlalar haqida ham qismi bor ekan: “NYU Abu Dabi safiga ikkita hurmatli olimlar qoʻshildi: Tunisda plyuralistik demokratiyani yaratishdagi xizmati uchun 2015 yilgi Tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan Tunis Milliy Muloqot Kvartetining arbobi Ouided Bouchamaui va 2021-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofotini sovrindori jahon adabiyotining taniqli ovozi Abdulrazzak Gurnah. Ular adabiyot giganti, inson huquqlari va ijtimoiy adolat kurashchisi, Nobel mukofoti sovrindori Vole Soyinkaga qoʻshilishdi”. Men shu bir haftalik oriyentatsiyada bir Pulitzer mukofoti sovrindori va ikki Nobel mukofoti sovrindori bilan boʻlgan ekanman va ularni bu yutuqlari haqida bilmay qolibman (adabiyotdan uzoqligim ham pand berdi albatta, oʻzimni aybim), oʻzlari ham shuncha kun ichida mundoq biror marta aytishmabdi ham. Tanishtirganda: “men ismim palonchi, falon masalalarga qiziqaman, falon fanlardan dars berish rejam bor” deb aytishdi xolos. Universitet prezidenti vaqtliroq xat yozganda bilar edimmi deb oʻyladim. Eh mayli.
Bilishimcha, endi adabiyot fakultetida toʻlaqonli ishlaydigan ikki Nobel mukofoti sovrindori va bir Pulitzer sovrindori bor. Toʻgʻrisi, talabalarga havasim keldi, NYU Abu Dhabida haqiqiy “liberal arts” darajasi beriladi. Yaʼni hamma talaba ham adabiyotni ham aniq fanlarni olishi kerak, juda keng maʼnoda har xil fanlar va sohalarni oʻrgatadigan bir joy ekan. Manimcha, Nyu Yorkdagi kampusdan aynan shunisi bilan ajralib turadi. Sinflar kichikligi va har tomonlama keng beriladigan liberal arts darajasi. Sinfni kichikligi esa, domlalar va talabalar orasidagi interaksiyani ancha erkinlashtiradi.

Meni bu yerdagi ikkinchi haftam boshlanyapti. Hayolga shular keldi.

Aytmoqchi, bu yerda 19 ta Oʻzbekistonlik talaba ham tahsil olishar ekan. Kecha birga mustaqillik bayramini nishonladik — kechki ovqatga meni taklif qilishdi. Juda faxrlandim toʻgʻrisi. Juda yorqin talabalar.
#newbook #yangikitob

Uni uzoq vaqt kutdim. Tarjima qilinishidan. Chop etilishidan. Sovg'a qilishlarini kutdim. Hammadan. Yaqinlarimdan, do'stlarimdan, tanishlarimdan, mahallamdagi Qosim akadan.

Ammo bo'lmadi. Oxir-oqibat o'zim borib sotib oldim.

@panda_books
Xudo hamma narsani oqilona yaratgan. U yo‘lda bo‘lish vaqtini chekladi, ammo yo‘lning o‘zini emas. Hayotimiz chegaralangan, biroq yashash istagi cheksizdir.

Imkoniyatlar bepoyon, jon esa abadiydir. Bor va izla! Shuni ham yodda qo‘y: maqsadga erishish ma’nosizdir. Chunki u yo‘l nihoyasini anglatadi. Maqsad sari intilishning o‘zi — hayotdir.

Bu havo xalaqit beryaptimi — boshqasidan nafas ol. Bu odamlar yoqmayaptimi — unda yaxshilarini ko‘paytir. Mexanizm ishlamayaptimi — unda otni qo‘sh, oting yo‘q bo‘lsa — o‘zing qo‘shil. Aravani xursandlik bilan tort. Zarur va yaxshi narsalarni ol — og‘irlik qilmaydi.

Maqsading tomon intil. Ammo unga yetib borma. Hech bo‘lmaganda yana bir yil. Hech bo‘lmaganda bir kun...

— Yuriy Rost


@panda_books
#newbook #yangikitob

Andrey Platonovni ilk bor bundan bir necha yil avval "Jon" romanini o'qiganimda yoqtirib qolgandim. Juda murakkab tilda yozilgan yana bir kitobi “Xandaq” ilk bor o'zbek tilida taqdim etilgandi. U janr jihatidan ham falsafiy, ham antiutopik romandir. Va albatta, o'zining zarbdor fikrlari va og'irgina muhiti bilan allaqachon meni qiziqtirib qo'ydi.

Bahonada asta-sekin mening kutubxonamda ham "akadem-nasr" turkumi to'planib boryapti.

@panda_books
Turgenev men uchun barcha zamonlarning eng buyuk adibidir. U eng ulug' kitoblarni yozmagan bo‘lsa-da, eng buyuk yozuvchi edi. Albatta, bu mening shaxsiy fikrim. Uning "Стучит!" hikoyasini o‘qiganmisan? Bu "Ovchining maktublari"ning ikkinchi jildidan. "Urush va tinchlik" men bilgan eng yaxshi asar, ammo uni Turgenev yozganida qanday bo‘lishini tasavvur qil. Chexov oltita yaxshi hikoyasi bor, ammo u havaskor yozuvchi edi. Tolstoy esa payg‘ambar edi. Mopassan ham, Balzak ham professional yozuvchi, Turgenev esa rassom edi.

Ernest Xeminguey

@panda_books
#newbook #yangikitob

Doktor Adham Bakar - "Iroda tarbiyasi"

Aslida hamishayam faqat o'zimga kitob olavermayman. Masalan, rafiqam yaqinda shu kitobni olib berishimni so'ragandi. Hadyamdan juda xursand bo'ldi. Keyin o'zim ham ozroq varaqlasam, yaxshiga o'xshayapti. Balki undan so'ng men ham mutolaa qilarman.

O'qiganmisiz?

@panda_books
Sevimli amerikan yozuvchi(lar)ingiz qaysi?

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har yili shu filmni bir necha marta ko'rish uchun masalan menga sabab kerak emas.😢

@panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Farengeyt bo‘yicha qanchadur daraja," - deb javob berdi bloger qiz sevimli kitobi haqidagi savolga.

Izohlarda esa haqiqiy tresh boshlangan va unda barcha kitoblarga o‘z nomlarini o‘ylab topishgan.

Menga yoqqanlari: "Sasha Grey portreti", Oruellning "Qaysidir yillari":)

@panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#haqida

Oliy Ta'lim Cargo Culti

Bobil Mirzohid yaxshi gaplar yozibdi https://www.tg-me.com/bobil_kutubxonasi/6440

Nazarimda esa bu u aytganidek shunchaki soqqa qilish yoki diplom sotishdan ham kattaroq narsaga aylanib ulgurgan. Bu Oliy Ta'limni xususiyga berayotganlardan tortib, uni ochayotganlar hamma hammasi ichiga oladi. Bu ham bo'lsa – Oliy Ta'lim Cargo Culti!

Cargo Cult degan tushuncha bor, Oliy ta'limni esa unga men qo'shdim. Chunki har ikkalasida bog'liqlik bor. Cargo cult nimaligi haqida oldin ham ko'p yozganman.

Cargo cult sabab aborigenlar o'zlari bir paytlar amerikaliklar bazasida ko'rgani kabi samolyotlar va aerodrom nusxasini yasasak va ularga sig'insak, natijada osmondan Uchar ma'bud bizga ne'matlarini yog'diradi deb ishonishgan. Ya'ni biror bir holatni imitatsiya qilishgan va real natija kutishgan.

Biz ham imitatsiya qilayapmiz. Agar binolar qursak, uni chet eldagi kabi inglizcha nomlasak, sayt ochsak, darslar qo'ysak - bu bizni haqiqiy universitet qiladi degan ishonch bor ko'pchiligida. Ulkan universitet qurgan ta'sischisining o'zi ilm-fan haqida qiziqmaydigan biznesmen ekani va o'z og'zi bilan "men kitob o'qimayman" deyishi ham aslida o'sha imitatsiyaga misol. Ular qanday universitet ochishni bilishadi, unda qanday ilm qilishni yoki kuchli ta'lim berishni emas.

Bu xuddi uyingizda katta kutubxona yaratib, ammo birorta kitob o'qimaslikka o'xshaydi. O'qilmaydigan kitoblardan esa hech bir naf yo'q.

Ha, yana bir gap: katta kutubxonang bor bo'lsa ham, agar sen uni darvozaxonaga qo'ygan bo'lsang, bu seni kitobxon ekaningga shubha uyg'otadi.

Sen bor-yo'g'i kitobxonlikni imitatsiya qilayapsan, xolos.

@panda_books
Panda Books
#haqida Oliy Ta'lim Cargo Culti Bobil Mirzohid yaxshi gaplar yozibdi https://www.tg-me.com/bobil_kutubxonasi/6440 Nazarimda esa bu u aytganidek shunchaki soqqa qilish yoki diplom sotishdan ham kattaroq narsaga aylanib ulgurgan. Bu Oliy Ta'limni xususiyga berayotganlardan…
Aytgancha, masalan, mening ona shaharchamda oxirgi yillarda 2 ta "University" ochildi.

Biroq ularning campusi yaqinida na bir yangi kitob do'koni ochildi, na shaharchada eskilari (o'zi sanoqli) kengaydi. Jamoat kutubxonasi yo'qligini aytmay qo'yaveray.

Qiziq, shunday emasmi?..

@panda_books
Peace.
Eron podshohlik davrida (1979-yilgacha) Isroil va AQSh bilan juda yaqin aloqada bo'lgan.

Shoh Muhammad Rizo Pahlaviy o'z vaqtida Xumayniy inqilobiga yetarlicha baho berolmagan va kayf safodan bo'shamagan. 16-yanvar kuni esa yurtining bir siqim tuprog'ini olib mamlakatdan qochgan.

"Vaqtincha shoh" vazifasidagi Shapur Baxtiyor esa MOSSADdan Xumayniyni o'ldirishni iltimos qilgan(!).

Isroil taraf o'z navbatida hali Xumayniy shaxsiga yetarlicha baho berib ulgurmagani sababidan rad qilgan.

Siyosat va tarix juda qiziq narsa.

@panda_books
#mutolaa #reading

Bukmeytda ushbu ajoyib kitobni boshladim. Shon Baytell - bu britaniyalik (shotland aniqrog'i) bukinistik kitobdor va o'z kitobida kitob savdosi davomida yuritgan kundaligini keyinchalik kitob holida chop qilgan.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Lev Tolstoy umrining so'nggida islom dini va uning payg'ambari Muhammad (s.a.v.) shaxsiyatiga qiziqqani sir emas.

Men uning "Iqrornoma"sini maktab paytimda o'qigandim, ilk marta, endi yaxshiroq tushunish uchun qayta o'qimoqchiman. Unda Tolstoy o'zining falsafiy, diniy va ruhiy qarashlarini juda ta'sirli bir tarzda ochiq bayon etgan.

Kitob hajman kichkina, bir kunda tugatish mumkin, shu bilan birga aqlan va man'an boy ozuqa olishingizga aminman.

@panda_books
2024/11/16 08:00:40
Back to Top
HTML Embed Code: