Telegram Web Link
#newbook #yangikitob

Asaxiy Booksdan yangi premyera - Tara Vestoverning "Talaba" ("Educated") kitobi yetib keldi.

Kitob bizda ham dolzarb bo'lgan ta'lim olish va farzandlarning, ayniqsa, qizlarning ta'lim olishi haqida. O'zi, umuman, o'qishning ahamiyati nimada?

Kitobda shu savollarga javob berilgan. Demak, o'qiymiz.

@panda_books
#haqida

Yozuvchi

Yozuvchi - bu aytadigan gapi bor odam. Va u buni qanday tarzda yetkazishni xohlasa, o'shanday aytadi.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
πŸ’₯"Ajdar Xonadoni" seriali 1-mavsum oxirgi qismini tomosha qilganlarga ma'lumki, epizod so'nggida Deymon Targariyen ajdar Vermitor oldiga borib, unga eski valiriya tilida qo'shiq kuylagan sahna aks etgandi.

Biz bugun 2-mavsum finali chiqqani munosabati bilan o'sha qo'shiqni o'zbek tiliga mahorat bilan o'girishga muvaffaq bo'ldikπŸ’ͺ va siz, azizlarga, taqdim etishdan mamnunmiz!

Shu kabi eng qaynoq yangiliklarni πŸ‘‰ Instagram sahifamizda πŸ‘ˆkuzatib boring! Obuna bo'ling!

Videoni "Ajdar Xonadoni" muxlislariga jo'natib qo'ying!😊

@boredpandablog
​​#review #taqriz

πŸ“—Markiz de Sad β€” "Les 120 journΓ©es de Sodome"

Sadizm haqida ilmiy maqolalar o'qib turib, bir necha bor markiz de Sad nomiga duch kelaverdim. Ozgina tushuntirish beradigan bo'lsam, sadizm - bu seksual buzuqlikning bir turi bo'lib, o'z sherigiga azob berish va jismonan ogΚ»riq yetkazishdan rohatlanishga aytiladi.

Xullas, keyin havolalar ortidan qidirib-qidirib, oxiri "sadizm" termini aynan ushbu shaxs, ya'ni Markiz de Sad (1740β€”1814) (asl ismi Donasyen Alfons) nomidan olinganini bildim. Bu men uchun yangilik bo'ldi, chunki negadir men doim bu termin inglizcha "sad" - "qayg'uli" so'zidan kelib chiqqan deb yurarkanman. Xullas, uning asarlari bilan tanishib chiqa boshladim va ushbu "Sodomning 120 kuni" romani orqali o'zim uchun Pandora qutisini ochib yubordim deyish mumkin.
Dahshat!

Markiz de Sad oliynasab oilada tug'ilishiga qaramasdan, jinsiy jihatdan nihoyatda buzuqlik illatlarini o'zida mujassam etadi. U o'z nafsini qondirish yo'lida, na din, na axloq va na qonun qarshilik ko'rsata olmasligini ta'kidlab, shu yo'ldan boradi.

U o'zi zo'rlash va qotillikda ayblanib, Bastiliyaga qamaladi. Qamoqda paytida esa u o'z g'oyalarini o'zida mujassam etgan romanlarni yozib boshlaydi, Ulardan biri mana shu "Sodomning 120 kuni" hisoblanadi. Unda 4 ta axloqi buzuq aristokrat shaxs (Sudya(!), Yepiskop(!), Gersog va bankir) tomonidan yaqinlari, qurbonlari va shuningdek, bir necha zo'ravonlik bilan olib kelingan qiz-yigitlarga nisbatan deyarli barcha zo'ravonlik shakllari, insest, pedofiliya, orgiya va nafsni g'ayritabiiy tarzda qondirish kabi ko'plab jazo va harakatlar eng mayda detallarigacha tasvirlab berilgan. Va buning oxiri qiynoqli o'lim bilan tugashini ham aytib o'tish lozim.

Markiz de Sad Bastiliya qulaganidan keyin, ko'pgina mahbuslar singari kasalxonaga tushadi, uning qo'lyozmalari esa kamerasida qoladi. Ammo qaysidur nozir ularni topib oladi va saqlab qo'yadi, keyinchalik u muzeyga katta narxda sotiladi. Markizning o'zi ularni yo'qolgan deb hisoblagan.

Roman 20-asrgacha nashr etilmagani hayratlanarli emas. Sababi undagi jinsiy zo'ravonlik va o'ta shafqatsizlikning batafsil tavsifi tufayli ba'zi davlatlar tomonidan chop etilishi taqiqlangan. Va men ham bunga qo'shilaman.

Kitobni ozgina varaqlab ko'rdim va aytishim lozimki, hali bu darajada sadistik narsa o'qimaganman. Albatta, men nisbatan qarashi keng insonlikka da'vo qilsamda, bitta narsa aniqki, inson agar unga absolyut hokimiyat va jazodan qochish imkoniyati beriladigan bo'lsa, siz hatto tasavvur qila olmaydigan darajada zo'ravon va eng tuban axloqli kimsaga aylanishi mumkin ekan.

Ushbu kitobda deyarli barcha qizil chegaralar kesib o'tilgan, jamiyatda aynan insonlar axloqi va tarbiyasiga ma'sul shaxslar tomonidan axloqiy jihatdan eng tuban ishlardan tap tortmaydigan bo'lib chiqqan. Roman bir tomondan har kimning seksual didi har xil demoqchi bo'lsada, lekin boshqa tomondan, o'quvchini kelajakdagi dahshatlardan ogohlantiradi, bu yaxshi emas degan fikrga kelishni ta'kidlaydi.

Bu kitob o'zbek tilida yo'q va o'ylaymanki, yaqin davrlarda aslo bo'lmaydi ham. Bir tomondan har kuni internetda sadizm qurboni bo'lgan shaxslar haqida chiqadigan xabarlar ham bizga yetadi. Shu bilan birga yoshlarni orasida sadizmning oldini olishda ularni jinsiy tarbiyasiga alohida e'tibor berish va jinsiy buzuqliklarga qarshi kurash olib borishning ahamiyati katta deb o'ylayman.

Sad reading:(

@panda_books
#haqida

Haqoratga qoyilmaqom javoblar turkumidan

Bir kuni Ledi Nensi Astor Uinston Cherchillga:
β€” Agar siz mening erim bo'lganingizda, sizning choyingizga zahar qo'shib qo'yardim! β€” deydi.

Uinston Cherchill ham sira o'ylanmay quyidagicha javob beradi:
β€” Agar men sizning eringiz bo'lganimda, o'sha choyni jon-jon deb ichardim..!

@panda_books
Agar menga o'xshab o'sha mashhbur "Manhetten loyihasi" va amerikalik fizik-yaderchi olim, "Atom bombasi otasi" bo'lmish Robert Oppengeymer haqida ko'proq bilmoqchi bo'lganlar uchun tavsiya.

@panda_books
Bugun bayram β€” "Xalqaro kitobsevarlar kuni"!

Qadrli kitobsuyarlar, kitob qurtlari va shunchaki mutolaa qiluvchi do'stlar! Hurmatli bookblogerlar, kitoblar haqida yozishni yoqtiradiganlar va aziz do'stlar! Noshirlar, kitob sohasi hodimlari, muharrirlar, tarjimonlar, shoirlar va yozuvchilar! Kitob do'kondorlar, kitob sotuvchilari va bookshoppingchilar! Aziz Panda Books oilasi a'zolari!

Barchangizni bugungi ajoyib bayram - Kitobsevarlar kuni munosabati bilan chin ko'ngildan tabriklayman! Safimiz yanada kengayaversin! Hammaga yoqimli mutolaa, ko'plab kitoblar va uyida ulkan kutubxonasi bo'lishini tilab qolaman😊

@panda_books
Bugungi bayram munosabati bilan @qamarbooks dan hadya kelibdi😊

Qamar har yili shu sana bilan ko'pchilikni tabriklash an'anasini yo'lga qo'ygani biram ajoyib!

Katta rahmat!πŸ‘

@panda_books
​​Hayot olganing qadar nafasdir,
Hayot qolganing qadar qafasdir,
Hayot to'lguning qadar havasdir...

– Rumiy

@panda_books
Ertalab be like:
@panda_books
Tog'daman. Toza havoda do'stlar bilan dam olyapman. Shu munosabat bilan bugun kanalda aqlli post bo'lmaydi.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yozning so'nggi yoqimli lahzalari.
#mutolaa

Ilmiy-ommabop kitoblardan dam olib, ta'tilda Frenk Gerbertning "Dyuna" kitobini boshladim. Qiziqqanimdan kattagina kitobning deyarli yarmiga kelib qolibman.

Qirolicha Irulan va Ledi Atreydes personajlari kitobdan farq qilishini tushindim, shuningdek umuman kitob tili - juda boshqacha, yoqimli va qiziqarli.

Endi Arrakis olami bo'yicha ham Geek bo'lib ketmasam bo'ldi:)

@panda_books
Forwarded from KitobDoira (Jasurbek Bazarbaeff)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#newbook #yangikitob

Yaqin insonimdan ham bayram munosabati bilan kitob hadya oldim😊

Bu Jeyms Vansning "Hillbilly Elegy: A Memoir of a Family and Culture in Crisis", o'zbek tilida "Hillbillining mungli qo'shig'i" edi. Bu odam hozir Trampning vitse-prezidenti bo'ladi, agar saylovda yutishsa.

Kanalimni sinchiklab kuzatadiganlar topgandur, bu kitob haqida yaqinda yozgandim. O'qishni juda-juda istayotgan asarim edi.

Thank you!

@panda_books
Forwarded from Panda Books
​​#review #taqriz

✳️ Chingiz Aytmatov β€” "Jamila"

1950-60-yillarda Moskvada "Новый ΠΌΠΈΡ€" β€” eng obro'li va eski adabiy jurnallardan biri hisoblanardi. Bu jurnalda Sholoxov, Pasternak, Soljenitsin va Hamzatov kabi adabiyot darg'alarining eng yaxshi asarlari chop etilardi. 1958-yilda tahririyatga hali endi 30 yoshga to'lgan qirg'iz yozuvchisining qissasi kelib tushadi. O'sha paytdagi bosh muharrir Aleksandr Tvardovskiyga qissa juda manzur bo'ladi va uni "Jamila" deya nomlab, bosib chiqaradi. Majoziy aytganda, shu bilan ertaga tongda Chingiz Aytmatov endi mashhur sifatida uyqudan uyg'onadi.

Uning asari nafaqat SSSRda, balki undan tashqarida ham keng sur'atlarda bosilib chiqa boshlaydi. Lekin avvalboshida uni rus yozuvchisi deya hisoblashardi, sababi chet elliklarning SSSR xalqlari borasida bilimlari yetarli emasdi, biroq garchi keyinchalik rus tilida ijod qilgan bo'lsa ham o'zini qirg'iz millati yozuvchisi ekanligini ta'kidlab keladi va shunday hisoblaniladi. Albatta, qissalari ichida keng muhokamalarga sabab bo'lgani ham "Jamila" edi. Shuningdek, asar dovrug'iga yana bitta voqea ham sabab bo'ladi. Ba'zilar tan olishni istamas, ammo "Jamila" haqida allaqanday fransuz emas, balki mashhur adib Lui Aragon o'z fikrlarini bildiradi va o'zi uni fransuz tiliga tarjima qiladi. Ko'pchilik biladigan ""Jamila" - dunyodagi eng goΚ»zal muhabbat qissasi", degan ta'rif ham unga tegishli. Biroq bu kontekstdan uzib olingan bir parcha, xolos. Men uning davomini internetdan izlab topdim va tarjima qildim. Demak, Lui Aragon shunday deydi:

"Men ushbu mag'rur Parijda, Gyugo, Bodler shahrida, inqiloblar rahnamosi bo'lgan Parijda, har bir toshi afsona va tarix bilan bog'liq abadiy san'at shahri va yana sevishganlar shahri hisoblanmish makonda barcha o'qiganlarim, ko'rgan-bilganlarimdan keyin "Jamila"ni o'qidim va ko'z oldimda buyuk Romeo va Julyetta, Paolo va Francheska, Ernani va donya Sol obrazlari xira tortdi. Men Doniyor va Jamila bilan tanishdim, ular meni urushning 3-yili, 1943-yildagi avgust oyi tunlariga olib ketdi..."

Eng avvalo, men "Jamila"ni maktab paytlari o'qib chiqqanman. O'zi o'ylab ko'rsam shu paytgacha eng ko'p asarlarini o'qigan yozuvchilarim orasida Aytmatov yetakchilardan biri ekan. Chunki Aytmatovda faqat buyuk yozuvchilarda bo'lishi mumkin nodir bir iste'dod mavjud edi. Bu ham bo'lsa bir vaqtning o'zida ham milliy, ham umumbashariy bo'la olishdir. Uning asarlarida masalan, "Asrga tatigulik kun", "Oq kema"da millat muammolari ta'sirli ko'rsatilgan bo'lsa-da, muallif o'zini makon va zamon bilan cheklab qo'yishni istamaydi. Uning asarlarini faqat qirg'izlar tushunib, bosh irg'ab qo'yishlari bilan kifoyalanmaydi. O'z kitoblarida barcha zamon, makon va millatlarda yaxlit tushunchaga ega, insonning eng oliy hissiyotlaridan biri - sevgini tarannum etishga intiladi.

"Jamila" - sevgi haqida yozilgan eng go'zal qissa ekanligi ham shunda, ya'ni ha, u aslida hech bir bahssiz oddiy qirg'iz qishloq ayoli, yana erli juvon. Ammo bu uning umumbashar vakili, eng avvalo INSON ekanligini aslo inkor qila olmaydi. Sevgi bizning taqdirimizni harakatga keltiradigan buyuk kuchlardan biri va ba'zan insonni jamiyat yaratgan qoidalarni buzishga undaydi. Sevgi ko'pyuzlidir, uning qiyofalari sanoqsiz. Doniyor va Jamila ham shunday go'zal sevgi siymolariga aylandi. Bu ularni hasrat, dard va jamiyatdagi burchlarini tark etishga da'vat qilgan bo'lsa ham. Ammo kim aytdi sevgi faqat biz bilgan shakllarda uchraydi deb? Aytmatov Jamilada sevgining o'sha biz bilmagan va qabul qila olmagan shakllaridan birini namoyon etadi.

Jamila β€” aksarimiz orzu qilgan va kamchiligimiz erisha olgan muhabbat ramzidir. Va shaksiz, go'zal sevgi qissasi...

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
#mutolaa

β€œA time to get and time to lose, ” Jessica thought, quoting to herself from the O.C. Bible. β€œA time to keep and a time to cast away; a time for love and a time to hate; a time of war and a time of peace.”

β€” Frank Herbert, "Dune"

@panda_books
2024/09/28 16:21:41
Back to Top
HTML Embed Code: