#haqida
Shaharlar va ambitsiyalar
Hech kimga sir emaski, katta shaharlar doimo iste'dodli va shijoatli odamlarni o'ziga jalb qiladi.
Mazza qilib dam olishni istaydiganlar Barselona, Ibitsa yoki Mayamiga jo'nashadi. Dengiz sohillarini sevuvchilar Bali, Maldiv va Gavayidan qo'nim topadilar.
Eng boy odamlar, investitsion bankirlar va venchur kapitalistlar Nyu-York va Gonkongga oqib kelishadi. Bu shaharlar faqat bitta so'zni biladi: money!
Eng aqllilar Boston, Kembrij, Garvard, MIT va shunaqa universitetlar joylashgan hududlarga boradi. Dunyoning hech bir joyida u yerdagidek aqlli suhbatlarni eshitmaysiz.
Dunyoni o'zgartirmoqchi bo'lgan odamlar esa Silikon vodiysi va San-Fransiskoni tanlashadi. U yerda pul dunyoga ta'sir darajasi qilish vositalari (Google, Facebook, Apple) kabi muhimmas.
Shon-shuhrat qidirganlar Los-Anjeles yoki Parijga yo'l olishadi. Aristokratlar va dunyo elitasining bolalari esa Londonda ta'lim olishadi. Startaplar Sharqda ham bor: masalan, Dubay, Singapur va Tel-Avivda. Moskva rus tilida so'zlashuvchi segment uchun eng asosiy shahardan biri.
Bizda Xelford Makinder aytib ketgan "Heartland"ning eng markazida joylashgan Toshkent va boshqa shaharlarimizda ham shunday challenge va ambitsiyalar bormikin? Sizningcha, shaharlarimiz qanday tavsiflanadi?
Hatto O'zbekiston ichida ham turizm markazi bo'lmagan Toshkentda turistik salohiyat oshirishning asosiy fundamental asoslarini bilishni istardim.
@panda_books

Panda Books
#news Hamas rahbari Ismoil Haniye Tehronda Isroil hujumi oqibatida o'ldirilibdi. U Eronning yangi prezidenti inauguratsiyasiga mehmon bo'lib kelgan edi. Isroil urush boshlangandan beri HAMAS va Hizbulloh rahbariyatiga qarshi hujumlarni ko'paytirdi. Masalan…
Turkiyada Instagram ijtimoiy tarmog'i bloklanibdi. Qalampirda e'lon qilingan materialda bunga kuni kecha Instagram Xoniya o‘limi munosabati bilan hamdardlik posti joylagan akkauntlarni umumiy bloklay boshlagan degan sabablar bildirilgan.
Xullas, infomatsion urush davom etayapti.
@panda_books
Xullas, infomatsion urush davom etayapti.
@panda_books
#tavsiya
Avgust oyida mutolaa qilish uchun 8 ta kitob
1️⃣"Norveg o'rmoni" - Xaruki Murakami
Yaponiya universiteti atmosferasiga kirish uchun ajoyib imkon. Ushbu chuqur hissiy romanda qahramonlar o'rtasidagi sevgi, ayriliq va o'ziga xoslik kabi murakkab munosabatlarni o'rganasiz. Murakami dahosi shundaki, u lirika va falsafani mahorat bilan uyg‘unlashtirib, unutilmas adabiy taassurotlar yaratadi. Mutolaadan bir olam zavq tuyasiz.(o'zim ham shu kitobni boshladim)
2️⃣"Kitob o'g'risi" - Markus Zusak
Ikkinchi Jahon urushi davrida faqat kitoblardan tasalli topadigan qiz haqidagi ta'sirchan roman. U insonni murakkab mavzular haqida o'ylashga undaydi. Shuningdek, o'ziga xos personaj - O'limning noan'anaviy hikoyalari ham sizni hayratda qoldirishi aniq.
3️⃣“Kulayotgan odam” – Viktor Gyugo
Taqdir va ijtimoiy adolatsizlik to'g'risidagi mumtoz roman. Unda o‘z dardini qayg'uli niqob misol ko‘targan qahramonning dardi va matonati hikoya qilinadi. Gyugo o'z asarida go'zal va unutilmas obrazlarni yarata olgan.
4️⃣"Yolg'izlik bekati" - Jon Steynbek
Avgust oyini Steynbekning eng ajoyib kitoblaridan biri bilan o'tkazing, Qahramonlar bilan birgalikda Amerikadagi qishloq hayoti misolida murakkab insoniy munosabatlar va ijtimoiy muammolarni bilib olasiz. Kitob mutolaasi davomida o'zingiz uchun chuqur ma'noga ega hikmatlar va ko'plab qiziqarli hikoyalar topishingiz aminman.
5️⃣“Garri Potter va Azkaban mahbusi” - J.K. Rouling
Agar siz hali ham ushbu mashhur sehr-jodu olami bilan tanish bo'lmasangiz yoki eski qadrdon do'stlaringizni eslamoqchi bo'lsangiz, Garri Potter seriyasining uchinchi kitobi - avgust oyi mutolaasi uchun eng to'g'ri tanlovdir. Garri Potterning Hogwarts maktabidagi 3-o'quv yili haqida hikoya qiladiga ushbu roman turli sarguzashtlar, dahshatli sirlar va go'zal afsunglarga to'la. Xullas, zerikmaysiz.
6️⃣"Jasur yangi dunyo" - Oldos Xaksli
Tabiiyki, men tavsiya ro'yxatini unga birorta antiutopiya qo'shmasdan tuza olmasdim. Bu safar istisno bo'lmadi. Xaksli kabi klassik antiutopik roman sizni insoniyatning qiziq kelajagi va barcha ko'ngilxushliklar taqdim etilganida, biz bu uchun nimalarni qurbon qilishimiz kerakligi to'g'risida hikoya qiladi. Aytishim lozimki, birinchi 50-60 varaqdan keyin voqealar qanday tugashi sizni qiziqtirib qo'yishi aniq. Xaksli bugungi kunda ham dolzarb bo'lgan muammolarni ochib beradi. Xaksli jamiyat kelajagining dohiyona va shu bilan birga dahshatli portretini chizgan deyish mumkin. Bu kitob sizni antiutopiyaga oshno qilishiga aminman.
7️⃣"Oqim" - Mixay Chiksentmixayi
Agar siz psixologiya va o'z-o'zini rivojlantirishga qiziqsangiz, ushbu kitob siz uchun foydali bo'ladi deb umid qilaman. Chiksentmixayi o'zining "oqim konseptsiyasi"ni o'rganar ekan, u orqali jarayonga to'liq sho'ng'ib ketish va istalgan faoliyatdan qoniqishga erishish uchun amaliy maslahatlar beradi. Ko'pchilik tavsiyasini o'zingizda sinab ko'rish uchun ayni muddao kitob.
8️⃣"Qanday qilib yozuvchi bo'lish mumkin" - Stiven King
Yozuvchilik faoliyatini orzu qilganlar yoki shunchaki adabiy asarlar yaratilish jarayoniga qiziquvchilar uchun yaxshi tanlov. King o‘z kitobida boy tajribasiga tayangan holda, foydali maslahatlari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashadi. Bu nafaqat manfaatli qo'llanma, balki yozuvchilik kasbining sahna ortidagi holati qandayligini ko'rish mumkin bo'lgan qiziqarli manba hamdir.
@panda_books
Avgust oyida mutolaa qilish uchun 8 ta kitob
1️⃣"Norveg o'rmoni" - Xaruki Murakami
Yaponiya universiteti atmosferasiga kirish uchun ajoyib imkon. Ushbu chuqur hissiy romanda qahramonlar o'rtasidagi sevgi, ayriliq va o'ziga xoslik kabi murakkab munosabatlarni o'rganasiz. Murakami dahosi shundaki, u lirika va falsafani mahorat bilan uyg‘unlashtirib, unutilmas adabiy taassurotlar yaratadi. Mutolaadan bir olam zavq tuyasiz.
2️⃣"Kitob o'g'risi" - Markus Zusak
Ikkinchi Jahon urushi davrida faqat kitoblardan tasalli topadigan qiz haqidagi ta'sirchan roman. U insonni murakkab mavzular haqida o'ylashga undaydi. Shuningdek, o'ziga xos personaj - O'limning noan'anaviy hikoyalari ham sizni hayratda qoldirishi aniq.
3️⃣“Kulayotgan odam” – Viktor Gyugo
Taqdir va ijtimoiy adolatsizlik to'g'risidagi mumtoz roman. Unda o‘z dardini qayg'uli niqob misol ko‘targan qahramonning dardi va matonati hikoya qilinadi. Gyugo o'z asarida go'zal va unutilmas obrazlarni yarata olgan.
4️⃣"Yolg'izlik bekati" - Jon Steynbek
Avgust oyini Steynbekning eng ajoyib kitoblaridan biri bilan o'tkazing, Qahramonlar bilan birgalikda Amerikadagi qishloq hayoti misolida murakkab insoniy munosabatlar va ijtimoiy muammolarni bilib olasiz. Kitob mutolaasi davomida o'zingiz uchun chuqur ma'noga ega hikmatlar va ko'plab qiziqarli hikoyalar topishingiz aminman.
5️⃣“Garri Potter va Azkaban mahbusi” - J.K. Rouling
Agar siz hali ham ushbu mashhur sehr-jodu olami bilan tanish bo'lmasangiz yoki eski qadrdon do'stlaringizni eslamoqchi bo'lsangiz, Garri Potter seriyasining uchinchi kitobi - avgust oyi mutolaasi uchun eng to'g'ri tanlovdir. Garri Potterning Hogwarts maktabidagi 3-o'quv yili haqida hikoya qiladiga ushbu roman turli sarguzashtlar, dahshatli sirlar va go'zal afsunglarga to'la. Xullas, zerikmaysiz.
6️⃣"Jasur yangi dunyo" - Oldos Xaksli
Tabiiyki, men tavsiya ro'yxatini unga birorta antiutopiya qo'shmasdan tuza olmasdim. Bu safar istisno bo'lmadi. Xaksli kabi klassik antiutopik roman sizni insoniyatning qiziq kelajagi va barcha ko'ngilxushliklar taqdim etilganida, biz bu uchun nimalarni qurbon qilishimiz kerakligi to'g'risida hikoya qiladi. Aytishim lozimki, birinchi 50-60 varaqdan keyin voqealar qanday tugashi sizni qiziqtirib qo'yishi aniq. Xaksli bugungi kunda ham dolzarb bo'lgan muammolarni ochib beradi. Xaksli jamiyat kelajagining dohiyona va shu bilan birga dahshatli portretini chizgan deyish mumkin. Bu kitob sizni antiutopiyaga oshno qilishiga aminman.
7️⃣"Oqim" - Mixay Chiksentmixayi
Agar siz psixologiya va o'z-o'zini rivojlantirishga qiziqsangiz, ushbu kitob siz uchun foydali bo'ladi deb umid qilaman. Chiksentmixayi o'zining "oqim konseptsiyasi"ni o'rganar ekan, u orqali jarayonga to'liq sho'ng'ib ketish va istalgan faoliyatdan qoniqishga erishish uchun amaliy maslahatlar beradi. Ko'pchilik tavsiyasini o'zingizda sinab ko'rish uchun ayni muddao kitob.
8️⃣"Qanday qilib yozuvchi bo'lish mumkin" - Stiven King
Yozuvchilik faoliyatini orzu qilganlar yoki shunchaki adabiy asarlar yaratilish jarayoniga qiziquvchilar uchun yaxshi tanlov. King o‘z kitobida boy tajribasiga tayangan holda, foydali maslahatlari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashadi. Bu nafaqat manfaatli qo'llanma, balki yozuvchilik kasbining sahna ortidagi holati qandayligini ko'rish mumkin bo'lgan qiziqarli manba hamdir.
@panda_books
Yangi kelgan bir kun kelib hammadan kuchli bo'lishini aytdi. Uning gapidan hamma kuldi.
Faqat eng Kuchlidan tashqari.
@panda_books
Faqat eng Kuchlidan tashqari.
@panda_books
Panda Books
#review #taqriz 📗Sandra Nyuman – "1984: Juliya" "Tanlov yo'q, ammo go'yo u bordek yashashing kerak". Jorj Oruell daho. U "1984" romani orqali unikal bir dunyo yaratadi, antiutopiya darajasini yana bir pog'onaga ko'tarib ketadi. Keyinchalik unga tamsil…
#review
Ba'zan shoshganimda yoki xayol bilan (ko'pincha erinib) bo'lib, taqrizlarda asardagi muhim joylari to'g'risida yozish esdan chiqadi. "1984: Juliya"da ham kitobning xotimasi haqida yozmoqchi edim.
Aslida hozir ham to'liq yoza olmayman, chunki unda spoyler, ya'ni hikoyani aytib qo'yish bo'lib qoladi va o'qimoqchi odamni qiziqishini o'ldirib qo'yishim mumkin. Lekin aytsa bo'ladigan joylari bor.
Eng muhim joyi shundaki, u nihoyat adolat qaror topishi bilan tugaydi. Va bu meni nazarimda "adolatli yakun" edi. Hozir tushuntiraman.
"1984" romani Uinston Smit va Juliyaning Sevgi Vazirligiga olib kirilishi, u yerda ularning 101-xonada qiynashlari va Smitning Juliyani sotishi sahnasi bilan yakuniy qismga kelinardi.
Ular qo'yib yuborilgach, Smit ko'chada Juliyani uchratadi va uni sotganini aytadi. Kitob quyidagi jumlalar bilan tugardi:
"Uinston Smit endi Katta Og'ani yaxshi ko'rardi.."
Vot "Juliya"da biz shu voqeadan keyin Juliyaning taqdiri qanday kechgani haqida bilib olamiz. Va u bu ibtido shunday boshlanardi: "Endi Juliya Katta Og'adan nafratlanardi..."
Aslida Katta Og'a diktaturasi - bu barcha ma'lumotlarni cheklab, real voqelikni xalqdan yashirish ustiga qurilgan edi. Barcha diktaturalarda bo'lgani kabi, masalan, Stalin davrida ham oddiy odamlar "O'rtoq Stalin bo'layotgan xunrezliklardan bexabar, repressiya va qotilliklarni undan yashirishadi, agar biz uni ogoh etsak, u hammasini o'zgartirib, zulmkorlarni jazolagan bo'lardi" deya o'ylashadi. Va bu juda xato fikr.
Katta Og'a va uning Ichki partiya vakillari xalqning jabr-zulmini yaxshi bilishadi, chunki aynan ular shuni tashkil qilishgan. Ularning jasurligi va adolatparvarligi ham yolg'on, ular oxirida bor-yo'g'i bir to'da qo'rqoq va molparast kimsalar bo'lib chiqishadi. 1984 dunyosidagi Okeaniyaning doimiy urushlari, undagi birin-ketin g'alabalari ham yolg'on edi. Aslida urush deyarli tugab bo'lgan va Katta Og'a uzil-kesil mag'lub bo'lgandi. Ammo buni xalq bilmas, Partiyaning bor e'tiborini yuqori darajadagi amaldorlar hayotini yaxshilash, oddiy xalqni esa turli bema'ni repressiyalar bilan ushlab turish edi.
Odatda diktatura shaxsga bog'liqligi sababli ham shunchalik repressiv bo'lsa, aynan shu sababli shunchalik zaif hamdir. Ya'ni shaxs yo'qolsa, diktarura ham yo'qoladi. Ideyalogiyalar qoladigan, shaxslar kelib-ketaveradigan tuzumlargina kuchlidir.
Jorj Oruell bizga Diktatura uzoq davom etadi deydi. Va u haq.
Sandra Nyuman esa u qanchalik uzoq va qattiq bo'lmasin, insonlar bir kun undan qutula oladi deyildi.
Va u ham bu ma'noda haqdir.

Sport vs Siyosat
Oxirgi Parij Olimpiadasi yaqin vaqtlardan beri yig'ilib kelayotgan ba'zi muammolarni o'zida to'liq aks ettirdi deyish mumkin. Olimpiada yaqin davrlardagi eng siyosiylashgan tadbir degan bo'lardim.
Eng avvalo u "Sport siyosatdan xoli" degan dogma to'liq o'z ahamiyatini yo'qotganini ko'rsatdi. Dunyoning futbol JCh bilan birga eng ko'p tomosha qilinadigan musobaqasi Ochilish marosimida LGBT propaganda va satanizm namoyish qilindi. Rossiya chetlashtirilgan holda, Isroil o'yinlarda bemalol qatnashdi va mana oxirgi "ular ayolmi yoki transgender"mi degan savollar fonida bu mavzu ham tarmoqlarni larzaga keltirdi.
Olimpiada yildan yilga kamroq tomoshabop bo'la boshlayapti. E'tibor kamayyapti. Shu bilan birga sportchilarni doping bilan munosabatlari ham qiyinlashib borayapti. Xullas, tashkilotchilar bu tadbirni atrofidagi muhokamalardan ko'proq foyda olishga qaror qilishgandek taassurot uyg'otyapti.
Eng qizig'i, hali oldimizda Yopilish marosimi ham turibdi. U qanday o'tishiga esa ko'pchilik qarab turibdi.

#newbook #yangikitob
Asaxiy Booksdan yangi premyera - Tara Vestoverning "Talaba" ("Educated") kitobi yetib keldi.
Kitob bizda ham dolzarb bo'lgan ta'lim olish va farzandlarning, ayniqsa, qizlarning ta'lim olishi haqida. O'zi, umuman, o'qishning ahamiyati nimada?
Kitobda shu savollarga javob berilgan. Demak, o'qiymiz.

Yozuvchi
Yozuvchi - bu aytadigan gapi bor odam. Va u buni qanday tarzda yetkazishni xohlasa, o'shanday aytadi.

Forwarded from Bored Panda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥"Ajdar Xonadoni" seriali 1-mavsum oxirgi qismini tomosha qilganlarga ma'lumki, epizod so'nggida Deymon Targariyen ajdar Vermitor oldiga borib, unga eski valiriya tilida qo'shiq kuylagan sahna aks etgandi.
Biz bugun 2-mavsum finali chiqqani munosabati bilan o'sha qo'shiqni o'zbek tiliga mahorat bilan o'girishga muvaffaq bo'ldik💪 va siz, azizlarga, taqdim etishdan mamnunmiz!
Shu kabi eng qaynoq yangiliklarni 👉 Instagram sahifamizda 👈kuzatib boring! Obuna bo'ling!
Videoni "Ajdar Xonadoni" muxlislariga jo'natib qo'ying!😊
@boredpandablog

#sarhisob #iyul
Oy Sarhisobi.
O'qilgan kitoblar:
♻️ Sandra Nyuman – "1984: Juliya"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Milliy valyuta
👉 Shunday narsalar borki
👉 Elon Mask tavsiyalari
👉 4-iyulga bag'ishlanadi
👉 Hanbal = Gannibal
👉 Yozgi mutolaa uchun Top-10
👉 Geosentrizm
👉Demografik muammoga to'g'ri qarash
👉 Эта Life - в Кайф!
👉 Osmondan berilgan mandat
👉 Van Gog
👉 Aniq ifodala!
👉 Xeminguey
👉 Nadomat
Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?
@panda_books
Instagram | Youtube | Tiktok

#review #taqriz
📗Markiz de Sad — "Les 120 journées de Sodome"
Sadizm haqida ilmiy maqolalar o'qib turib, bir necha bor markiz de Sad nomiga duch kelaverdim. Ozgina tushuntirish beradigan bo'lsam, sadizm - bu seksual buzuqlikning bir turi bo'lib, o'z sherigiga azob berish va jismonan ogʻriq yetkazishdan rohatlanishga aytiladi.
Xullas, keyin havolalar ortidan qidirib-qidirib, oxiri "sadizm" termini aynan ushbu shaxs, ya'ni Markiz de Sad (1740—1814) (asl ismi Donasyen Alfons) nomidan olinganini bildim. Bu men uchun yangilik bo'ldi, chunki negadir men doim bu termin inglizcha "sad" - "qayg'uli" so'zidan kelib chiqqan deb yurarkanman. Xullas, uning asarlari bilan tanishib chiqa boshladim va ushbu "Sodomning 120 kuni" romani orqali o'zim uchun Pandora qutisini ochib yubordim deyish mumkin.
Dahshat!
Markiz de Sad oliynasab oilada tug'ilishiga qaramasdan, jinsiy jihatdan nihoyatda buzuqlik illatlarini o'zida mujassam etadi. U o'z nafsini qondirish yo'lida, na din, na axloq va na qonun qarshilik ko'rsata olmasligini ta'kidlab, shu yo'ldan boradi.
U o'zi zo'rlash va qotillikda ayblanib, Bastiliyaga qamaladi. Qamoqda paytida esa u o'z g'oyalarini o'zida mujassam etgan romanlarni yozib boshlaydi, Ulardan biri mana shu "Sodomning 120 kuni" hisoblanadi. Unda 4 ta axloqi buzuq aristokrat shaxs (Sudya(!), Yepiskop(!), Gersog va bankir) tomonidan yaqinlari, qurbonlari va shuningdek, bir necha zo'ravonlik bilan olib kelingan qiz-yigitlarga nisbatan deyarli barcha zo'ravonlik shakllari, insest, pedofiliya, orgiya va nafsni g'ayritabiiy tarzda qondirish kabi ko'plab jazo va harakatlar eng mayda detallarigacha tasvirlab berilgan. Va buning oxiri qiynoqli o'lim bilan tugashini ham aytib o'tish lozim.
Markiz de Sad Bastiliya qulaganidan keyin, ko'pgina mahbuslar singari kasalxonaga tushadi, uning qo'lyozmalari esa kamerasida qoladi. Ammo qaysidur nozir ularni topib oladi va saqlab qo'yadi, keyinchalik u muzeyga katta narxda sotiladi. Markizning o'zi ularni yo'qolgan deb hisoblagan.
Roman 20-asrgacha nashr etilmagani hayratlanarli emas. Sababi undagi jinsiy zo'ravonlik va o'ta shafqatsizlikning batafsil tavsifi tufayli ba'zi davlatlar tomonidan chop etilishi taqiqlangan. Va men ham bunga qo'shilaman.
Kitobni ozgina varaqlab ko'rdim va aytishim lozimki, hali bu darajada sadistik narsa o'qimaganman. Albatta, men nisbatan qarashi keng insonlikka da'vo qilsamda, bitta narsa aniqki, inson agar unga absolyut hokimiyat va jazodan qochish imkoniyati beriladigan bo'lsa, siz hatto tasavvur qila olmaydigan darajada zo'ravon va eng tuban axloqli kimsaga aylanishi mumkin ekan.
Ushbu kitobda deyarli barcha qizil chegaralar kesib o'tilgan, jamiyatda aynan insonlar axloqi va tarbiyasiga ma'sul shaxslar tomonidan axloqiy jihatdan eng tuban ishlardan tap tortmaydigan bo'lib chiqqan. Roman bir tomondan har kimning seksual didi har xil demoqchi bo'lsada, lekin boshqa tomondan, o'quvchini kelajakdagi dahshatlardan ogohlantiradi, bu yaxshi emas degan fikrga kelishni ta'kidlaydi.
Bu kitob o'zbek tilida yo'q va o'ylaymanki, yaqin davrlarda aslo bo'lmaydi ham. Bir tomondan har kuni internetda sadizm qurboni bo'lgan shaxslar haqida chiqadigan xabarlar ham bizga yetadi. Shu bilan birga yoshlarni orasida sadizmning oldini olishda ularni jinsiy tarbiyasiga alohida e'tibor berish va jinsiy buzuqliklarga qarshi kurash olib borishning ahamiyati katta deb o'ylayman.
Sad reading:(

Haqoratga qoyilmaqom javoblar turkumidan
Bir kuni Ledi Nensi Astor Uinston Cherchillga:
— Agar siz mening erim bo'lganingizda, sizning choyingizga zahar qo'shib qo'yardim! — deydi.
Uinston Cherchill ham sira o'ylanmay quyidagicha javob beradi:
— Agar men sizning eringiz bo'lganimda, o'sha choyni jon-jon deb ichardim..!

Agar menga o'xshab o'sha mashhbur "Manhetten loyihasi" va amerikalik fizik-yaderchi olim, "Atom bombasi otasi" bo'lmish Robert Oppengeymer haqida ko'proq bilmoqchi bo'lganlar uchun tavsiya.
@panda_books
@panda_books
Bugun bayram — "Xalqaro kitobsevarlar kuni"!
Qadrli kitobsuyarlar, kitob qurtlari va shunchaki mutolaa qiluvchi do'stlar! Hurmatli bookblogerlar, kitoblar haqida yozishni yoqtiradiganlar va aziz do'stlar! Noshirlar, kitob sohasi hodimlari, muharrirlar, tarjimonlar, shoirlar va yozuvchilar! Kitob do'kondorlar, kitob sotuvchilari va bookshoppingchilar! Aziz Panda Books oilasi a'zolari!
Barchangizni bugungi ajoyib bayram - Kitobsevarlar kuni munosabati bilan chin ko'ngildan tabriklayman! Safimiz yanada kengayaversin! Hammaga yoqimli mutolaa, ko'plab kitoblar va uyida ulkan kutubxonasi bo'lishini tilab qolaman😊

Bugungi bayram munosabati bilan @qamarbooks dan hadya kelibdi😊
Qamar har yili shu sana bilan ko'pchilikni tabriklash an'anasini yo'lga qo'ygani biram ajoyib!
Katta rahmat!👍