Telegram Web Link
#sarhisob #mart

Oy Sarhisobi.


Vaqt siz kitob o'qisangiz ham, o'qimasangiz ham o'tadi. Vaqt siz o'z ustingizda ishlasangiz ham, ishlamasangiz ham o'tadi.

Demak, o'sha vaqtni hech bo'lmasa, bilim olish, rivojlanish bilan o'tkazish yaxshiroq manimcha.

O'qilgan kitoblar:
♻️
Bo Bennett — "Mantiqiy xato: To'g'ri fikrlash qo'llanmasi"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Mixail Zigar — "Вся кремлевская рать. Краткая история современной России"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Yuval Harari — "Sapiens. Insoniyatning qisqacha tarixi"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ "Ghibli studiyasi. Beqiyos animatsiyalar beshigi haqida bilishingiz kerak bo'lgan barcha narsa"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Bukinistik kitoblar
👉 Googledan qanday to'g'ri qidirish kerak?
👉 Qizil Bozor
👉 Rohindja
👉 Style
👉 Vaqt sinovi
👉 Navro'z

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Panda Books
O'tkazgan tanlovimizdagi sovg'a kitoblar o'z egalariga yetib boribdi. Bu birinchi g'olibdan jo'natilgan rasm😊 @panda_books
Bu sovg'a kitoblarimiz yetib borgan Farg'onadan. G'olib bo'lgan obunachimiz jo'natibdi. Oldingi g'olib esa Termizdan edi.

@panda_books
Nima haqida yozish mumkin yana?

Yozishga mavzu talay, ammo hafsala yo'q, shu kunlarda.

@panda_books
Manimcha, bizdagi eng katta muammolardan biri – bu vatandoshlaring tomonidan qo'llab-quvvatlash va motivatsiyaning yo'qligi.

Chet elliklar bilan gaplashib, ularga o'z faoliyating va kelajakdagi rejalaring haqida gapirib bersang, unga javoban: “Ofarin! Ajoyib! Senda hammasi o'xshaydi" deyishadi. Bu rostan o'xshaydimi yo'qmi, ikkinchi masala.

O'zbekistonda esa, esimni taniganimdan beri, nima bo‘lishidan qat’iy nazar, ular menga doim shunday deyishardi: “Sen muvaffaqiyat qozonolmaysan. Buni qilishni bas qil. Sen qilayotgan ish ahmoqlik." Bu zanjir ota-onalardan boshlanib va ijtimoiy tarmoqdagi begonalar bilan yakunlanadi.

- "O'rtoqlar, men Olimpiadaga qatnashmoqchiman"
- "Qo'ysangchi!"
- "Ustoz, men Diplomatiya universitetiga kirmoqchiman! "O'g'lim, u yer bali baland, kirish qiyin, boshqalar kabi bo'l."
- “Oyi, men IT loyihasini boshlamoqchiman!"
- "Mamlakatimizda hech qachon bu narsadan pul topib bo'lmaydi."
- “Men 25 yoshimga qadar o'z biznesimni boshlab, milliard so'm ishlab topmoqchiman!"
- "Qo'ysangchi, senga allaqachon hokimiyatdan ish gaplashib qo'yganmiz."
- "Do'stlar, katta book blog yuritishni istayman"
- "Eee, bo'ladigan ishni qilsangchi, foydasi yo'q".

Xullas, shunday "dalda va motivatsiya"ni hammadan eshitamiz. Hukumatdan, jamoat tashkilotlaridan, maktabda, universitetda, biznesda, ijtimoiy tarmoqlarda va hatto yaqinlaring orasida. Katta ehtimol, hayotingda xazillashib yoki jiddiy, qachondir kimdir senga: "Qilayotgan ishlaring hech narsaga arzimaydi!" deya aytgan.

Arzirli bo'lgan ishni qanday qilishni esa hech kim bilmaydi. Lekin hech kim senga tinchgina o'z to'g'ri deb bilgan va yoqtirgan narsangniyam qilishga qo'ymaydi. Tak chto, o'z oldingga qo'ygan maqsadlar tomon harakat qilishda chetdan qo'llov kutib o'tirma.

O'zingga ishon va "dalshe" olg'a yuraver.

@panda_books
O'zbek kitobi Nyu-York metrosida reklama qilinibdi

Tarjimonlar Mark Riz va Abdullajon Ro‘ziev o‘zbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo‘shishda davom etishmoqda. Kuni kecha ular tomonidan O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlar” asarini ingliz tiliga tarjima qilish ishlari yakunlandi.

Kitob sotuvi Amazon'da yo'lga qo'yilgan. Quvonarlisi, marketing doirasida ushbu asar mashhur Nyu-York metropoliteni reklama peshtaxtalarida namoyish qilingani bo'ldi. Unda bizning milliy qadriyatlarimiz aks etgan go'zal illustratsiyalarni ko'rishimiz mumkin.

"I never thought that my work would be on the led screens in the New York City subway!", - deya bunga izoh bergan rasmlar muallifi Dildora Sapayeva.

Afsuski, shu paytga qadar faqat bir nechta o'zbek asarlari ingliz tiliga tarjima qilingan. Zamonaviy prozadan esa barmoq bilan sanarli. Kitob sotuvda bestseller bo'lib ketadi deyolmayman, ammo shu tarzda nyu-yorkliklar sekin-asta bizning adabiyot bilan tanisha boshlashlari yoqimli. Bu ham kichik g'alaba.

@panda_books
Alimoff bro unutilgan yozuvchi qahramonlarimizdan biri - Boris Cheprunov haqida yaxshi post yozibdi. Bu postdan keyin darhol WikiUzda alohida maqola ham chiqdi. Respect!

U inson 1938-yil 8-oktyabr kuni o'zining „Junayd xon“ romani Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida qilingan tanqidlar ortidan Toshkentdagi SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasining koʻchma sessiyasi qarori bilan otuvga hukm qilingan.

Aytishim lozimki, turkmanlar sardori, yovmut qabilasidan bo'lgan Junayd Xon shaxsi men uchun ham juda qiziq. Uning poyoniga yetib borayotgan Xiva Xonligining so'nggi davrida katta siyosiy sahnaga chiqqani va rus mustamlakachilariga qarshi mardonavor kurashgani ma'lum. Ammo bu tabiiyki, sovetlarga yoqmagan va uni tarixni ideallashtirishda ayblashgan.

To'g'risi, shunday jasur hamshahar yozuvchi ajdodim borligini bilmaskanman. Men uchun yangilik bo'ldi va o'zimda ajib g'urur tuydim.

"Junayd Xon" (imkon qadar adibning boshqa asarlarini ham) romanini esa albatta topib, o'qib chiqishni niyat qildim.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
​​#review

"Uch Jism Masalasi" (Three body Problem), 2024

Nihoyat “Taxtlar oʻyini” shourannerlari yangi serial bilan qaytishdi. Bu safar Lyu Sizinning “Yerning o‘tmishi haqidagi xotiralar” trilogiyasi va undan birinchi romani — “3 jism masalasi” adaptatsiyasiga qo'l urishdi. Prodyuserlar orasida Bred Pitt, ham bor.

Syujet voqealari 1967-yilda astrofizika talabasi Ye Venzje Xitoy madaniy inqilobi davrida xunveybinlar tomonidan otasining shafqatsizlarcha qatag'on qilinishiga guvoh bo‘ladi. Qiz mehnat lageriga jo'natiladi, so'ngra mamlakatga yordam berib, jazosining qolgan qismini o'tash uchun o'ta maxfiy "Qizil sohil" bazasiga o'tkaziladi. Uning kutilmagan keskin qarorlaridan biri, kelajakda, xususan, 2024-yilda insoniyatning koinotdan misli ko'rilmagan tahdidga duch kelishiga sabab bo'ladi.

"Uch jism masalasi" serialiga menga nihoyatda manzur bo'ldi. Lekin, rejissor ba'zi qahramonlarni g'arblashtirganiga ham e'tibor berish lozim. Adashmasam, romanda voqealar asosan Xitoyda bo'lib o'tadi. Devid Benioff, D. Vayss va shuningdek Aleksandr Vu asta-sekin tomoshabinni hikoya bilan tanishtiradi, dastlab diqqatni belgilar va fizik atamalarga qaratadi. Detektiv elementlari birinchi qismlarda ancha yuqori darajada.

Serial o'rtasiga kelib, Taxtlar o'yini shourannerlari "imzosi" sezila boshlayd va uning dinamikasi kulminatsion Panama operatsiyasi bilan cho'qqiga chiqadi. Keyin asta pasayib borsada, qiziqarliligi ortishda davom etadi.

O'zaro dialoglardagi yumor va sarkazm ham balansni ushlashga, qahramonlar duch keladigan tahdid darajasini kamaytirishga qaratilgan. Ayniqsa, detektiv obrazi Top. Ammo "Uch jism masalasi" e'tiqod, ekzistensializm va hayotning ma'nosi haqidagi savollarni ko'targani menga yoqdi. Plyus ajoyib aktyorlar tarkibiga ega ajoyib ushbu ilmiy-fantastik miyani ishlatishga, zehnli insonlar uchun yaxshi topilma bo'lganini isbotlagan.

Endi esa Netflix ushbu serialni ikkinchi mavsumga uzaytirishiga umid qilaman.

@boredpandablog
#mutolaa

Yuqoridagi yangi serialni Netflix'da mazza qilib tomosha qildim. Va endi odatimga muvofiq, o'zimga yoqqan seriallarga asos bo'lgan kitob mutolaasini boshladim. Kitob tokchada 2 oydan beri chang bosib yotgandi:)

Yozuvchi Lyu Sisinning ilmiy-fantastika janridagi "Uch jism masalasi" (2007) ingliz tiliga tarjima qilingach, dunyo bo'ylab mashhurlikka erishadi va hatto 2015-yilda nufuzli "Xyugo" mukofotini qo'lga kiritadi. Aytgancha, bu trilogiyaning birinchi kitobidir.

@panda_books
Orzular sari parvoz qiling!

"Aksari hollarda yoshlardan "men birovning aqli bilan yashamayman", degan gaplarini eshitasan. O’ylab ko‘rilganlarni yana qayta o‘ylab o‘tirishga ne hojat? Tayyorini olib, olg‘a ketaver. Insoniyatning qudrati shunda", - degan edi buyuk rus adibi Lev Tolstoy.

Hammamiz nimagadir qodirmiz. Gap shundaki, ko'pchilik asl imkoniyatiga yetarli baho berolmasligi tufayli orzulari sari olib boradigan o'sha birinchi qadamni bosishga jur'at qilolmaydi.

Shu joyida sizlarga bir hikoyani so'zlab bersam. Kunlardan bir kun, keksa cho'pon tog'da ketayotib, yo'lidan bitta tuxum topib olibdi. Burgut tuxumini. Uni olib kelib, uyidagi polapon ochayotgan tovug'ining tagiga qo'yibdi. Vaqt o'tib, o'sha tuxumdan burgut polaponi tovuq jo'jalari bilan birga ochib chiqishibdi. Ammo u o'zining burgut ekanligni anglamas, boshqa jo'jalar kabi don cho'qir, qanot qoqar, hovlida yurarkan, ba'zida ular kabi qu-qularkan. Xullas, shu zaylda yillar o'tib, boyagi burgut bolasi katta bo'libdi.

Kunlarning birida keksayib qolgan burgutning oldiga bitta kichkina jo'ja kelib, unga osmonda uchayotgan narsani ko'rsatib, undan bu qanday qush ekanligini so'rabdi. Osmonga qarasa, ulkan va go'zal bir qush salobat bilan qanotlarini yoyganicha uchib yurganmish.

- Ha bumi?! - debdi u, - bu qushlar podshohi — burgut bo'ladi. U ko'klarda parvoz qilish uchun yaratilgan. U eng mahobatli qush. Barcha unga bo'ysunadi, qo'rqadi. Sen-u men hech qachon u kabi bo'la olmaymiz. Biz oddiy tovuqlarmiz, u esa burgut! - deb javob beribdi keksa burgut.

Shu tariqa, u o'zining ham o'shanday burgut ekanligini bilmay bu dunyodan o'tgan ekan.

Qissadan hissa, siz ham aslida burgut bo'lib tug'ilgansiz, faqat hali buni bilmasligiz mumkin, xolos.

@panda_books
#newbook #yangikitob

"Huzur" nashriyotidan bir dunyo "huzurli kitoblar" jo'natishibdi. Bayram oldi xursand bo'ldim. "Huzur" nashriyoti ham kitobxonlar jamiyatida allaqachon o'z auditoriyasiga ega bo'lib ulgurgan.

Masalan, Sherbek Bobonorning "Qora suyaklar" kitobi hali nashr qilinmasdan oldin o'qib chiqqandim, "o'zbek zamonaviy adabiyotida nima bor?" desa bemalol shu kitobni ko'rsatsa bo'ladi, masalan.

Sabohiddin Alining "Ichimizdagi shayton" kitobi kanalda Mart oyi uchun oy kitobi edi. Shuni tugatishimiz kerak. Qolgan kitoblar ham juda yaxshi deb o'ylayman.

Huzurlashamiz do'stlar!

@panda_books
Hozir qaysi asar(lar) mutolaasi bilan bandsiz?

@panda_books
​​Yann Martel — "Pi hayoti" (Жизнь Пи)

"Bu hikoyani tinglab bo'lib, siz Xudoga ishonasiz"

Ancha yillar oldin okeanning o'rtasida bir qayiqqa tushib qolgan hind yigiti va bengal yo'lbarsining g'aroyib sarguzashti to'g'risidagi filmni maroq bilan tomosha qilgandim. Keyin esa filmga asos bo'lgan kitobni ham o'qib chiqdim. Va undan, anchadan beri qidirib yurganim — motivatsiya oldim.

Kitob o'zining yangi asariga mavzu qidirib yurgan "nouneym" yozuvchining Tinch okeani o'rtasida bo'lib o'tgan ajabtovur voqea qahramoni bilan tanishishidan boshlanadi. Hindistondagi kichik shaharcha zooparki direktorining o'g'li Pisun Molitor Patel (uni qisqacha Pi deb atashardi) hayoti davomida ikkita narsaga katta ko'ngil qo'ygandi. Birinchisi, din (u Xudoni sevardi) bo'lsa, ikkinchisi zooparkdagi hayvonlar edi.

Vaqt o'tib,zamon og'irlashgach, Pining otasi mamlakatni tark etishga qaror qiladi. Ularning oilasi zooparkdagi hayvonlarni bir qismini sotib, qolganini esa o'zlari bilan Kanadaga olib ketishga chog'lanishadi. Ammo ular mingan kema yo'lga chiqqanidan sal o'tmay, kutilmagan qattiq bo'ron sabab halokatga uchraydi. Faqat Pi tasodifan omon qoladi. Suzib kelayotgan qayiqqa minib olgan qahramonimiz ertalab qarasaki, qayiqda yana zebra, sirtlon, orangutan va Bengal yo'lbarsi ham bor edi. Okean o'rtasida bir gala yovvoyi, buning ustiga och hayvonlar bilan yolg'iz qolish - unchaligam yoqimli holat emas, men sizga aytsam.

Birin-ketin o'txo'r hayvonlar yirtqichlarga yem bo'ladi. Keyin esa yo'lbars gienani ham gumdon qiladi. Natijada qayiqda hindu Pi va g'alati laqabli bengal yo'lbarsi Richard Parker qoladi. Pi qayiqdan sakray desa, suvda akulalar, qolay desa yonida bengal yo'lbarsi!

Yo'lbars va inson o'rtasida qasam bo'lmaydi. Lekin Pi bir amallab Richard Parkerni yo'lga solishga, butun sayohat davomida u bilan murosayi-madora qilishga, uni ham eson-omon qolishiga sabab bo'ladi. U har kuni Yaratgan o'zini va yo'lbarsni omon qolishini so'rab iltijo qiladi.

Asarda ilgari surilgan fikr shundan iboratki, dunyodagi eng xavfli yirtqichlar orasida eng xavflisi – bu INSON! U barcha narsaga ko'nikadi, hatto qotillikka ham. Aslida vegeterian bo'lgan Pi butun sayohat davomida (u deyarli 7 oy davom etadi) har xil go'sht yeyishga, hatto odam go'shtini tatib ko'rishga majbur bo'ladi. "Hozirgina tutilgan toshbaqani boshini majaqlab, qonini icharkanman, uning go'shtini ga'jiyotgan Richard Parkerga qaradim. Qandaydir lahzada ikkalamiz oramizdagi o'xshashlikdan qo'rqib ketdim", deydi Pi.

Boringga xursand bo'lishni o'rgan. Shundagina eng qiyin damlarda ham baxtli inson bo'lib qolasan.

@panda_books
Dunyo barcha odamning har qanday ehtiyojlarini qondiradigan darajada ulkan, biroq u insondagi ochko'zlikni qondirish uchun nihoyatda kichiklik qiladi.

Mahatma Gandi

@panda_books
#news

Bu yil o'zbek tilida chiqishi kutilayotgan 3 ta ajoyib badiiy asar


1️⃣ Frenk Gerbert"Dyuna" (Dune) // Asaxiy Books

2️⃣ Jorj R.R. Martin "Taxtlar o'yini" (Game of Thrones) // Zabarjad Media

3️⃣ Chak Palanik "Jang klubi" (Fight Club) // Akademnashr

Birinchi 2 ta kitob fentezi janrida klassika darajasiga yetgan durdonalar desam mubolag'a bo'lmaydi. Ularda juda qiziqarli dunyolar haqida hikoya qilinadi.

3-kitob esa XXI asrda ro'y berayotgan erkaklardagi ekzistensial inqiroz haqida. Hech o'ylab ko'rganmisiz, erkak kishiga hamma narsadan ortiq hayotda nima kerak? Uning missiyasi nimadan iborat? Nahotki erta-yu kecha ofisda ko'milib o'tirish, ozgina ko'ngilxushlik yoki Alibabadan keladigan tovarlar unga zavq bag'ishlasa? Yo'q. Uning hayotiga eng avvalo mazmun lozim. Muqaddas nimadir... Kitobni o'qib, buni tushunib olasiz.

Ushbu kitoblar nashriyotlarda so'nggi bosqichda desak bo'ladi. Taqdimotlarninga aniq sanasi esa hozircha e'lon qilinmagan. Kutamiz.

@panda_books
​​Mana, mehr-oqibat va saxovat ramzi bo‘lgan ulug‘ ayyom – Ramazon Hayitiga ham oz fursat qoldi. Siz ham yaqinlarimga hayitlikka nima hadya qilsam ekan deya o'ylanyapsizmi? Keling, sizga yordam beraman. Bayram arafasida manfaatli kitoblardanda yaxshiroq sovg'a bo'lishi mumkinmi?

Ayni damda, muborak ayyom munosabati bilan har doimgidek Asaxiy Books tomonidan mijozlar uchun ajoyib takliflar e'lon qilinibdi: Bugundan barcha kitoblarga 20%lik chegirma!

Ya'ni 9-apreldan 12-aprelgacha Asaxiy.uz sayti yoki Asaxiy Books do'konlaridan istalgan kitobni 20% arzonroq xarid qilishingiz mumkin. Badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar, diniy adabiyot yoki premyeralar - barchasini chegirma narxida sotib olishga shoshiling! Asaxiy kitob do'konlari manzilini esa shu yerdan topasiz.

P.S. Chegirma to'plamlar va o'zi chegirmada bo'lib turgan kitoblar uchun amal qilmas ekan.

O'zingiz va yaqinlaringizni kitoblar bilan xursand qilish imkonini qo'ldan boy bermang!

@panda_books
​​Ayollar effekti

Yaponiyada mahalliy ma'muriyat rahbarining rafiqasi bo'lish — juda ma'suliyatli vazifa hisoblanadi. Qizig'i, buning asosiy sababi - mamlakatning geologik joylashuvidir. Hayron bo'ldingizmi?

Bilsangiz kerak, "kunchiqar yurt" o'zining doimiy tabiiy ofatlari bilan tanilgan. Odatda kuchli sunami yoki zilzilalardan so'ng, aholi o'z uylaridan ajrab qoladi. Natijada vaqtinchalik maktab zallari, omborxona va shu kabi binolarda yashab turishlariga to'g'ri keladi. Ba'zan esa palatkalarda tunni o'tkazishga ham majbur bo'lishadi.

Mamlakatda belgilangan qoidaga ko'ra, mahalliy administratsiya rahbari o'z turmush o'rtog'i bilan halokatga uchragan aholi yonida birga yashashi lozim. Bo'libam, eng yomon sharoitni tanlashi kerak. Ya'ni amaldorlar tabiiy ofat bo'lgan joyga joylashishi shart.

Shunday qilib, bechora yapon hokim xotini bilan palatkada yashay boshlaydi. Uxlash uchun maxsus qoplardan foydalanishadi. Ayoli gaz ballonda lapsha tayyorlaydi. Hokim esa FVV ma'sullari bilan majlis o'tkazadi. Buyoqda esa toza havo. Okean. Ammo bu hokimga tatimaydi. U talafot ko'rganlarning muammosi hal bo'lmaguncha, lagerni tark etolmaydi.

Ularning baxtiga, Yaponiyada bunday falokatlar tezda hal etiladi. Gap qanaqadir "yaponcha samadorlik"dayam emas. Shunchaki eskilar oqilona yo'l o'ylab topishgan: falokat joyiga amaldor, albatta, rafiqasini olib jo'nashi shart. Chunki amaldor bir o'zi bo'lsa, palatkada uzoq vaqt qolib ketishi mumkin: sake ichishi, kabob pishirib, baliq ovlashga ketib qolishi mumkin. Xullas, ish qolib, o'ziga ta'til tashkil qivorish ehtimoli bor.

Albatta, oldingilar buni yaxshi bilishgan. Xotini bo'lsa, erga bunday baxt nasib bo'lmaydi. U turmush o'rtog'ini doimo tergab turadi: "Uyda bolalar kutyapti", "Palatkada yashash jonimga tegdi", "Ishlarni tezroq tugating, uyga qaytaylik". Xullas, xotini holi-joyiga qo'ymagach, rahbarning masalalarni tezroq hal qilishdan boshqa chorasi qolmaydi.

Yapon oqsoqollariyam rosa dono bo'lgankanda. Qarashsaki, amaldorni yolg'iz jo'natish - befoyda. Faqat xotini bilan. Shunaqa gaplar:)

@panda_books
2024/09/29 20:16:17
Back to Top
HTML Embed Code: