#mutolaa
Bo Bennettning – "Mantiqiy xato" kitobi men uchun favqulodda qiziqarli bo'lib chiqdi.
Internetda yoki turli offlayn muhokamalarda qatnashadigan, bahsda to'g'ri argument keltirish va kuchli kontr-argumentlarga chap berish ko'nikmalari bo'yicha ko'proq o'qishni istaydiganlar uchun yaxshi qo'llanma ekan.
P.s: "Lolazor" taqrizim bugun chiqmaydigan bo'ldi. Sal yana pishitib olishim kerak.
@panda_books
Bo Bennettning – "Mantiqiy xato" kitobi men uchun favqulodda qiziqarli bo'lib chiqdi.
Internetda yoki turli offlayn muhokamalarda qatnashadigan, bahsda to'g'ri argument keltirish va kuchli kontr-argumentlarga chap berish ko'nikmalari bo'yicha ko'proq o'qishni istaydiganlar uchun yaxshi qo'llanma ekan.
@panda_books
#review #taqriz
📗Murod Muhammad Do'st — "Lolazor"
"Shunday bir xotira qolsaki, eslaganda zo'riqish sezilmasa, xotiraki ko'ngillarning tub-tublariga singib ketsa, qonga o'tsa, tnada jon yanglig' titrab tursa!...
Keyin.. abadul abad qolsang! Odamlarning dilida, tilida - birday to'kis, birday fozilu adolatli bo'lib qolsang! Saodat shu emasmi?"
XX asrning eng shov-shuvli o'zbek romanlaridan biri. Lekin nega? Kitobni o'qib, shunga javob izlagandek bo'ldim.
"Lolazor" romani — sobiq Sovet davridagi o'zbek jamiyatidan hikoya qiladi. Bosh qahramon Nazar Yaxshiboyev - o'zi Bulduruq qishlog'idan chiqqan yoshi o'tib qolgan publitsist va yozuvchi. O'z qishloqdosh do'sti Xorun Kalonov bilan uzoq hayot yo'lini birga bosib o'tishgan. Undan farqli Xorun mamlakat rahbari darajasiga ko'tariladi va unga orqavarotdan "Oshno" deb laqab beriladi. Kitobda shuningdek, Oshnoning xotini Muyassar va Yaxshiboyevniki Muxsina ham asosiy rol o'ynaydi. Shuningdek, qissanavis personaj yozuvchi Saidqul Mardonov obrazi ham bor.
Xo'sh, kitob katta davrni o'z ichiga olsa ham, u bir mavzu atrofida aylanadi: "Hokimiyat". Barcha nimadur undirish payida. Nazar Yaxshiboyev esa butun umr Oshno tomonida bo'lib, u yoqtirgan insonlarni maqtab, istamaganlarni urib, turli siyosiy jirkanch o'yinlarni olib boradi. U paytda gazeta va radio/Tvning siyosiy qurollardan biri edi. Misol uchun, paxta terimi qahramoni sifatida tanlangan oddiy pistafurush qiz Qurbonoy bir lahzada butun mamlakatga mashhur etilib, keyinchalik o'zim bir tonna paxta teraman deb homilador holida dalada ishlagani va umrining so'ngida shunchaki propaganda qurboni bo'lganini (Ismi bekorga tanlanmagan) kuzatish mumkin.
Ateistik targ'ibot kuchaytirilgan, iymonsizlik avj olgan davrlar. Mullalar va ularning farzandlari qoralangan, savdogar va tadbirkor odamlar ta'qib qilib, yo'q qilingan paytlar. Odamlar hatto yuziga fotiha tortmagan, otasi o'lsa janoza o'qimagan. Endi sizga savol, Xudodan qo'rqmaydigan odam nimadan qo'rqishi mumkin? Sovetcha yashash, shaxsga sig'inish, o'z maqsadi yo'lidan hech narsadan qaytmaydigan insonlar to'dasi... Kommunizm odamlar uchun dinga aylanishi kerak edi va shunday ham bo'ldi.
Yaxshiboyev va boshqalar hammani tanqid qilishi mumkin, lekin tepani emas. Shu yerda Oruellning iqtibosi juda o'rinli: "Barcha hayvonlar teng, lekin ba'zilari tengroqdir". Tanqi qilganlar ham jur'atli bo'lgani uchunmas, balki "jur'at qilishga ruxsat berilgani" uchun shunday qilishardi. Tepaning soyasiga salom berishib, kechagina oddiy muharrirning jiyani, Oshnoning xotini Muyassarga endi oltindan haykal qo'yishardi. Nazarga yaxshi ko'rinish uchun hatto unga qo'shni palataga kasal bo'lib kelishardi. Xullas, pastkashlik, yaloqxo'rlik va ta'magirlik illatlari yaqqol ochib berilgan. Nazarning xotini va bolalari ham merosdan umidvorligi, hech qanday sevgi-mehr yo'qligini ham shu bilan izohlash mumkin.
Xo'sh, Oshno kimning prototipi? Nazarimda u ayni bir inson emas, balki barcha sovet rahbarlari qorishmasi. Rostanam nima farqi bor, u Oxunboboyevmi, Sharof Rashidovmi, Usmonxo'jayev yoki Rafiq Nishonov? Barchasi Oshnoning u yoki bu qarorida hamfikr bo'lishgan. Murod Muhammad Do'st o'zi ham vaqtida Islom Karimov yonida ishlagan, qarorlar qanday qabul qilinishidan xabardor. Lekin vaqtida siyosatdan ketgan. Shu uchun bunday narsalarni u yaxshi bilgan deb o'ylayman.
Kitobda yaxshi personaj yo'q. Nazar ham, Oshno ham, ularning xotinlari ham jirkanch insonlar. "Inson, kim bo'lishidan qat'i nazar, hokimiyat tepasiga kelarkan, u dastlab olijanoblik va fidoyilikni maqsad qiladi..." Ha, shundaykuya, lekin Oshno obrazida biz hokimiyat insonni naqadar o'zgartirib yuborishini ko'rishimiz mumkin. Asosli tanqidning yo'qligi, ko'p bilan kengashmaslik va kaltabinlik oqibatida Orolni quritgan, insonlarni dalada azoblagan, amalga oshirib bo'lmas rejalar tuzganlar kimlar edi? Savollar ko'p, javoblar esa yo'q.
Bu qirlarda kun kelib gullar ochiladimi? Bu Bulduruq bir kun kelib Lolazor bo'ladimi? Bilmadim. Lekin yozuvchi bizga umid qoldiradi... Ungacha Lolazor faqat qalbimizda yashaydi.

#sarhisob #fevral
Oy Sarhisobi.
Fevral oyi biroz jonli o'tdi. Nazarimda quyidagi postlar ham buni tasdiqlab turibdi.
O'qilgan kitoblar:
♻️Tadeush Dolenga-Mostovich - "Tabib"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️Mustafo Armag'an – "Sulton Abdulhamid: Qashqirlar bilan o'yin"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️Yavuz Bahodiro'g'li — "Sulton Salohiddin"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️Mark Levinson — "Quti. Yuk tashish konteyneri qanday qilib dunyoni kichikroq va global iqtisodiyotni kattaroq qildi"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
♻️Murod Muhammad Do'st — "Lolazor"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing
Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Patritsiylar va plebeylar
👉 Brief History of Humankind
👉 Nima uchun Medichilar oilasi haqida o'qish kerak?
👉 Taker Karlson
👉 Zamonaviy san'at va adabiyot
👉 Erkinlik
👉 Buyuk yozuvchiga urush kerak
👉 Bokira tizim
👉 Zukko Rouling
👉 Globalizm
👉 Ideal imperializm
👉 Kolumb haqida haqiqat
Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?
@panda_books
Instagram | Youtube | Tiktok

Mixail Zigarning "Вся кремлевская рать. Краткая история современной России" kitobining audioversiyasini o'qishni boshladim.
Bu kitob 2000-yildan 2015-yilgacha Vladimir Putin hukmronligi davridagi Rossiya haqida hikoya qiladi. Kitob hujjatlar, ochiq manbalar va muallif Vladimir Putinning yaqin atrofidagilardan olgan o'nlab noyob shaxsiy intervyulariga asoslangan. Birgalikda to'plangan faktlar, voqealar, intrigalar va qahramonlarning fikrlari Kreml hayotining to'liq kartinasini yaratadi.
Bu orqali Vladimir Putinning qanday qilib va nima uchun 2000-yillarning boshlaridagi liberal va g'arbparast prezidentlikdan, vaqt o'tib avtoritar hukmdor va G'arbning eng ashaddiy muxoliflaridan biriga aylanganini bilib olamiz.

Panda Books
#BookoftheMonth Oy kitobi Demak, eng ko'p ovoz olgan nomzod sifatida fevral oyi uchun kitob tanladik — bu Murod Muhammad Do'st "Lolazor" romani! Bir oy davomida uni o'qib chiqib, oxirida birgalikda muhokama qilamiz. @panda_books
"Fevral Oy kitobi" muhokamasi ertaga, shanba kuni soat 21-00da Panda Books kanalida bo'li lb o'tadi.
Barcha ishtiyoqmandlarni taklif etamiz.
@panda_books
Barcha ishtiyoqmandlarni taklif etamiz.
@panda_books
#tavsiya
Sizlarga ajoyib kontent topib keldim! Amerikada kitob o’qishga targ’ib qilish turli xil yo’llar bilan amalga oshirilishini bilarmidingiz?🤔
Hamyurtimiz tomonidan tayyorlangan ushbu videoda okeanorti jamiyatining o’zi ham qanchalar kitob 📚 o’qishni targ’ib qilishi hamda bepul kitoblar tarqatilishi haqida bilib olishingiz mumkin.
Tomosha qilish:
https://youtu.be/hoiDen6o9_E
Videoga layk bosib, “podpisatsa” qilishni va izohlarda "Panda Booksdan keldik!" deyishni unutmang! 😏
Let's Go!

YouTube
AQSHda kitob o'qishga bo'lgan boshqacha munosabat
Ushbu vidoeda AQSHda kitob o'qish uchun yaratilgan qo'shimcha sharoitlar, kitoblarga bo'lgan e'tibor hamda noodatiy kitob do'konlari bilan tanishamiz.
#hult #boston #aqsh #amerika #kitob #kitoblar #sayohat #olam #o'qish #motivation #motivatsiya #yuksalish…

#haqida
"O'z qishloqdoshlaridan iliqlik ko'rmagan bola uni his qilib ko'rish uchun butun qishloqni kulini ko'kka sovuradi" deyiladi bir afrika maqolida.
Rasvo ichki muhit – hech qaysi tomon uchun yaxshilikka olib kelmaydi.

Osmon ostidagi mamlakat
Agar hozir Lenin va Stalin hozir tirik bo'lganida, zamonaviy Xitoyni ko'rib, balki sotsializm qurishda qanday xatolarga yo'l qo'yganini anglagan va qattiq afsuslangan bo'lishardi. Karl Marks ko'rib esa, balki quvongan bo'lardi. Yaqinda vafot etgan Kissinjer bo'lsa, AQShni yangi asrda AQShning asosiy raqibi Xitoy ekanini aytib ketgandi.
Shunchaki, mana bu videoni tomosha qiling va Xitoy qanchalik qudratli texnologik imperiyaga aylanganini, shu bilan birga haligacha uning sotsialistik mamlakat ekanini unutmagan holda shokka tushishingiz aniq.
https://youtu.be/4Z0sA_8xX6g?si=XlHKHvZ-keJH8lX-
Insonlarda aql-zakovatga e'tibor berish- hech qanday ideyalogiyaga bog'liq emasligining yana bir isboti. Biz esa na kapitalistmiz, na sotsialistmiz, jin ursin.

Китай будущего | Как китайцы за 44 года построили самый развитый город мира? Шэньчжэнь
Взгляните в будущее.
Подайте заявку на бесплатную консультацию с миграционным юристом: https://bit.ly/3QAOXyg Оформите гражданство ЕС вместе с компанией Bolgaria.me!
✈️ Какие угодно авиабилеты: https://i.avs.io/LsRXR7Aa
Реклама. aviasales.ru
Реклама.…

#haqida Osmon ostidagi mamlakat Agar hozir Lenin va Stalin hozir tirik bo'lganida, zamonaviy Xitoyni ko'rib, balki sotsializm qurishda qanday xatolarga yo'l qo'yganini anglagan va qattiq afsuslangan bo'lishardi. Karl Marks ko'rib esa, balki quvongan bo'lardi.…
Mavzumizga doir.
Tepadagi video ko'rsatilgan Shenzhen shahridagi Markaziy Kutubxona. Baho bering!
Videoda tomosha qilishingiz mumkin.
@panda_books
Tepadagi video ko'rsatilgan Shenzhen shahridagi Markaziy Kutubxona. Baho bering!
Videoda tomosha qilishingiz mumkin.
@panda_books
#review #taqriz
📗Bo Bennett — "Mantiqiy xato: To'g'ri fikrlash qo'llanmasi"
Internet ommalashgunicha ham, odamlar o'zaro muloqotlarda soatlab bahslashishardi. Ijtimoiy tarmoqlar ommalashgach, aqlli insonlar uchun go'yo dunyodan mantiq yo'qolib borayotgandek tuyula boshladi. Ayniqsa, hozir mantiqsiz narsalar ustida bahslashish o'zining avjiga chiqqan deyish mumkin. Bahslashish yaxshi narsa, lekin uning ham qoidasi bor, siz bildirayotgan fikr mantiq degan qolipga tushishi ham kerak. Afsuski, bizda muhokamalar darrov shaxsiyatga o'tish va so'kinishlar bilan davom etadi. Bundan qochish va bahsda g'olib chiqish yo'llari haqida shu kitobda batafsil yozilgan ekan.
To'g'risini aytishim kerak, boshida "Asaxiy Books"ning ushbu yangi kitobini qo'limga olganda: "Bu kitob javonda ancha chang bossa kerak" deb o'ylagandim. O'ta odmi muqova, notanish muallif - umid yo'qdek edi. Lekin uyda o'tirib bir-ikki varaqlagach, mavzuga ancha qiziqib qoldim.
O'zim internetda izohlarda juda kamdan-kam bahslashaman. Tuturiqsiz muhokamalardan vaqtimni ayasam kerak. Kitobdagi mantiqiy xatolarning ba'zilari menga tanish. Lekin, ochig'i, odamlar o'zining fikrini yetkazishda bunchalar ko'p mantiqiy xatolarda yo'l qo'yadi deb o'ylamagandim. 300 varoqli kitobning deyarli har bir betida bitta mantiqiy xato uslubiga batafsil tavsif keltirilganini ko'rib, hayron qoldim.
Bu quyidagicha ko'rinishda:
Mantiqiy xato nomi:>Uning Tavsifi:>Formulasi:>Misol:>Izoh:>ba'zan Istisno. Bunday shakl o'sha xatoni eslab qolishda ancha qulay deb o'ylayman.
Kitobdagi misollar, asosan, ikki xil yo'nalishda. Birinchisi - Din. Odamlar orasida bahslashiladigan eng katta mavzular biri. Kitobda misollar ko'proq xristianlik haqida boradi. Undan tashqari, maishiy mavzulardagi misollar ham yetarlicha. Diniy masaladagi bahslar bizda ham aktualligini inobatga olsak, ba'zi soxta notiqlar turli diniy argumentlarni qo'llab, insonlarni manipulyatsiya qilayotganlar ham ko'payib qolgan. Shu uchun, har bir aytilgan fikrga ishonib ketavermasdan (ko'rmuridlik), uning asosini so'rash yoki bahslarda suhbatdoshingiz qo'llayotgan mantiqiy xatolarni aniqlashga haqlisiz.
Umuman olganda, bu kitobning maqsadi - odamlarni har bir bildirilgan fikrni isbotini so'rashga o'rgatish. Shu bila birga, ba'zi insonlarda tobora tanqis bo'lib borayotgan sho'ring qurg'ur mantiq degan matohniyam ora-orada ishlatib turishga dav'at qilish desam mubolag'a bo'lmaydi.
Har holda, Mantiq didn't leave Uzbekistan, right?

Keling, Mart oyida o'qib, muhokama qilish uchun "Oy kitobi"ni tanlaylik! Eng ko'p ovoz olgan kitob o'qiladi.
Final Results
6%
Rauf Parfi — "Hukmnoma"
9%
Gabriel Garsiya Markes — "Buzrukning kuzi"
7%
Alber Kamyu — "Vabo"
13%
Brem Stoker — "Drakula"
5%
Nazar Eshonqul — "Go'ro'g'li"
9%
Henri Marsh — "Ozor berma"
10%
Gi de Mopassan — "Azizim"
19%
Alixontoʻra Sogʻuniy — "Turkiston qaygʻusi"
21%
Sabohiddin Ali — "Ichimizdagi shayton"
Panda Books
"Fevral Oy kitobi" muhokamasi ertaga, shanba kuni soat 21-00da Panda Books kanalida bo'li lb o'tadi. Barcha ishtiyoqmandlarni taklif etamiz. @panda_books
O'sha kuni afsuski "Lolazor" muhokamasi o'tkazishga ulgurmadik. Bugun kechqurun nasib qilsa, o'tkazamiz. Boshqa planlar qilmay turing:)
Aytgancha, aziz mushtariylar!
Bilaman, juda band insonsizlar. Lekin sizdan bir iltimos: Kanalda har bir post ostida reaksiya emodjilar ochilgan. O'shalarni ezib qo'yishni odat qilsangiz, nihoyatda xursand bo'lardim😊

Bukinistik kitoblar
Men bukinistik kitoblar fanatiman deyolmayman. Yoshligimda, kitoblar kamligi va pulim yo'qligida ko'zimga ko'ringan kitoblarni chumolidek uyga tashib kelaverardim. Shu va otamdan qolgan kitoblar sabab eski kutubxonamda yangi kitoblar kamroq.
Toshkentda Bukinistik kitobdorlar ko'p. Kitob kolleksionerlari ham talaygina. Deyarli har tumanda. Kanaldayam ko'p yozganman. Ba'zan o'sha joylarni sekin aylanib yurish yoqadi. Lekin yangi kutubxonamni faqat yangi kitoblar bilan to'ldirmoqchiman.
Bukinistik kitoblarni 2 holatda sotib olishim mumkin:
1. Juda qadimiy kitob arzonroq narxda bo'lsa;
2. Hozirda chop etilmayotgan nashr bo'lsa.
Sizchi, eski kitoblarni yoqtirasizmi?
@panda_books
Bukinistik kitoblar
Men bukinistik kitoblar fanatiman deyolmayman. Yoshligimda, kitoblar kamligi va pulim yo'qligida ko'zimga ko'ringan kitoblarni chumolidek uyga tashib kelaverardim. Shu va otamdan qolgan kitoblar sabab eski kutubxonamda yangi kitoblar kamroq.
Toshkentda Bukinistik kitobdorlar ko'p. Kitob kolleksionerlari ham talaygina. Deyarli har tumanda. Kanaldayam ko'p yozganman. Ba'zan o'sha joylarni sekin aylanib yurish yoqadi. Lekin yangi kutubxonamni faqat yangi kitoblar bilan to'ldirmoqchiman.
Bukinistik kitoblarni 2 holatda sotib olishim mumkin:
1. Juda qadimiy kitob arzonroq narxda bo'lsa;
2. Hozirda chop etilmayotgan nashr bo'lsa.
Sizchi, eski kitoblarni yoqtirasizmi?
@panda_books
Panda Books
Keling, Mart oyida o'qib, muhokama qilish uchun "Oy kitobi"ni tanlaylik! Eng ko'p ovoz olgan kitob o'qiladi.
#BookoftheMonth
Oy kitobi
Demak, mart oyi uchun o'tkazilgan so'rovnomada kichik farq bilan turk yozuvchisi Sabohiddin Alining "Ichimizdagi shayton" kitobi tanlandi.
Yana bir bor eslatay, bu Chellenjimiz jiddiy narsa, men kamida so'rovnomada ishtirok etgan salkam 500 kishidan Oy so'nggida ushbu kitobni o'qigan bo'lishini kutib qolaman. Shu chellenjga qo'shilsangiz, bu yil kamida 12 ta yaxshi kitob o'qishga o'zingizda kuch topasiz.
p.s "Lolazor" romani esa albatta shu hafta muhokama bo'ladi.
P.s.s: Menga "Ichimizdagi shayton"ni sovg'a qilmoqchi bo'lgan odamni oqlayman va duo qilaman:)

Bugun, 5-mart Stalin vafot etgan kunga bag'ishlab, ayrim kanallarda G'afur G'ulomning Stalin, Lenin va kommunizmni ulug'lab yozgan eski she'rlari tarqalib ketibdi. Albatta, adabiyotdan yiroq davralar uchun bu shok sifatida qabul qilinyapti.
Nima demoqchiman, avvalo insonni uning siyosiy qarashlari uchun ayblash - unchalik to'g'ri emas, zero u davrda ko'pchilik kommunizm yaxshimi yomonmi, bundan qat'i nazar unga chin dildan ishonganlar.
Aslida u paytda nafaqat G'afur G'ulom, balki boshqalar ham istaydimi yoki yo'qmi - bunaqa "She'rlar" yozishga majbur edi. Bunaqa maddohona she'rlari chiqmasa, shoirning qolgan asl she'riyati ham bosilmasdi. Hozir retroperspektiva prizmasida o'tmishga baho berish esa oson. Qahhorning "Sinchalak"ini o'qiganimdayoq, bu haqida fikr bildirgandim.

Istagram va FB ishlamay qolgani va reelslar ko'rolmay zerikib o'tirganlarizdan foydalanib, 5 daqiqadan keyin Murod Muhammad Do'stning "Lolazor" romani muhokamasini boshlaymiz.
Savollar va fikrlar izohga. Jonli muloqotda kutaman.