Telegram Web Link
Live stream started
Jonli efirimiz boshlandi. Savollar shu yerga.
Live stream finished (1 hour)
#sarhisob #yanvar

Oy Sarhisobi.


Mana yangi yilni ham boshlab oldik. Bu oy ancha samarali bo'ldi. Bir necha kitoblarni tugatdim, maqolalar tarjima qildim. Ammo eng katta ish man uchun - Daryo podcastiga chiqish bo'ldi. Sekin-asta mediyniy chelovek bo'lib borayapmiz:)

Quyida an'anaviy sarhisobimiz.

O'qilgan kitoblar:
♻️Rumaan Alam — "Leave The World Behind"

Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️Robert Garayev — “Слово Пацана: Криминалный Татарстан 1970-2010”
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️Fredrik Bakman "My Grandmother Asked Me to Tell You She’s Sorry"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️Shukrullo — "Kafansiz ko'milganlar"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉
"Hayotni tanla!" monologi
👉 Oddiy haqiqatlar
👉 Yozuv
👉 Illyuziya
👉 Yaman-AQSh urushi haqida
👉 Parallel mutolaa
👉 "1984: Juliya" asari to'g'risida
👉 Darvozaxonadagi kitoblar
👉 "Daryo podcast"idagi suhbat
👉 Magllar
👉 Qozog'iston madhiyasining g'alati tarixi

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#newbook #yangikitob

Ilmiy-fantastika o'qimaganimga ham ancha bo'lib ketgandi. Bugun xorijdan Xitoyning eng mashhur fantast yozuvchisining asari yetib keldi.

Yozuvchi Lyu Sisinning "Uch jism masalasi" (2007) ingliz tiliga tarjima qilingach, dunyo bo'ylab mashhurlikka erishadi va 2015-yilda nufuzli "Xyugo" mukofotini qo'lga kiritadi.

Ko'pchilik sci-fi ixlosmandlari uning Lyuning trilogiyasini (bu 1-kitobi) juda yuqori baholashadi. Shu sababdan uni o'qib ko'rishga qaror qildim.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
Panda Books
Keling, Fevral uchun "Oy kitobi"ni tanlaylik! Qaysi biriga ovoz berasiz?
#BookoftheMonth

Oy kitobi

Demak, eng ko'p ovoz olgan nomzod sifatida fevral oyi uchun kitob tanladik — bu Murod Muhammad Do'st "Lolazor" romani!

Bir oy davomida uni o'qib chiqib, oxirida birgalikda muhokama qilamiz.

@panda_books
#haqida

Patritsiylar va plebeylar

Bilasizmi, bir paytlar Sovet davlatini boshqarganlar avlodlarining aksariyati hozirda qayerda yashashadi? Ha shunday, G'arbda.

Yaqinda bitta "instabloger" Sharq davlatlaridan birida uzoq yillar rahbar bo'lgan insonning G'arbda yashaydigan nabiralari o'z ona tilini umuman bilmasliklari, hatto ruschadayam emas, balki ingliz va fransuz tillarida muloqot qilishlari haqida gapirdi. Ularga o'z uyida o'z ona tilisi o'rgatilmaydida.

Siz esa bu yerda o'shanda kim-kimga zulm qilgani, kimlar nima uchun "quloq" qilingani, kim kimni sotganini muhokama qilishda davom etaverasiz...

@panda_books
#mutolaa

Konteyner ko'rmagan odam orangizda bo'lmasa kerak to'g'rimi? Hatto bizda konteynerda yashab, xalqqa yaqin bo'lishga uringan hokimbuvalarimiz ham bor edi.

Xo'sh, ushbu uncha ko'zga tashlanmas, lekin nihoyatda foydali temir qutilar butun jahon iqtisodiyotini o'zgartirib yuborganini bilasizmi?

Xullas, olim Mark Levinsonning "Quti: Qanday qilib kema konteyneri Dunyoni kichikroq, jahon iqtisodiyotini kattaroq qildi" nomli kitobini o'qishni boshladim.

Mana uzunligi 300 metr, eni 42 metr tanker o'zida qariyb 90 ming tonna yuk ko'tara olarkan. Bu hali o'rtacha hajmdagi tanker. Lekin shu kemaning ekipajlari qancha deb o'ylaysiz? Nari borsa atigi 20 nafar.

Xullas, juda qiziqarli va noodatiy mavzu.

@panda_books
Panda Books
#mutolaa Konteyner ko'rmagan odam orangizda bo'lmasa kerak to'g'rimi? Hatto bizda konteynerda yashab, xalqqa yaqin bo'lishga uringan hokimbuvalarimiz ham bor edi. Xo'sh, ushbu uncha ko'zga tashlanmas, lekin nihoyatda foydali temir qutilar butun jahon iqtisodiyotini…
Izohlardan.

Xuddi shunday. Ular ham mashina, ham temiryo'l, ham kemada yurishga moslashgan bir xil standartlarda ishlab chiqilgani uchun. Universalligida boshqa maqsadlarda ham ishlatilmoqda.

Bizga konteynerlarning eng katta foydasi - manimcha koronavirus paytida Zangiotadagi kabi katta hajmdagi karantin zonalarini qisqa fursatda qurib, foydalanishga topshirishdagi hissasi bo'lgandi. Minglab jonlar shu sabab saqlab qolindi desam mubolag'a qilmagan bo'laman.

Lekin konteynerlar tarixiy rakursdan qaraganda juda yangi innovatsiya aslida. Atigi 50 yil oldin o'ylab topilgan.

Kitobni o'qiyotganim sababi ham shu. Uning yaratilishi va iqtisodiy-siyosiy hayotimizga qilgan ta'siri.

@panda_books
​​Yaqinda ofisimizda Zakovat Quiz o'tkazishga bosh-qosh bo'lgandim. G'oliblarga bosh sovrin sifatida kitoblar qo'yilibdi. Xullas, bir payt 1-o'rinni olgan jamoaga ichkaridan bir quti kitob opchiqib berishdiyu.. Ichi kitob bilan liq to'la bo'lgan korobkani tasavvur qiling:) Go'zallik!

Keyin bilsam, tashkilotchilar Asaxiydagi chegirmalardan foydalanishgan ekan. Hozir Asaxiyda 1 059 000 so'mlik "Yil bestsellerlari" to'plamini atigi 799 000 so'mdan xarid qilishingiz mumkin. Aksiya davri 1-yanvardan 28-fevralga qadar davom etarkan.

Bu hali hammasi emas. To'plamni sotib olsangiz, siz quyidagi ajoyib sovg'alardan birini qo'lga kiritishingiz mumkin. Demak, sizni:

1. Chet elga 2 kishilik sayohat (ajoyib mehmonxonasi bilan)
2. Smart-televizor
3. Smartfon
4. Smart-soat
va yana boshqa 46 xil qimmatbaho sovg'alar kutyapti.

Albatta, ham kitobli bo'lib, ham tekinga sayohat qilish kimga yoqmaydi?! Eng muhimi, siz uncha katta bo'lmagan summaga 20 ta eng sara bestseller kitoblarga ega bo'lasiz, shuning o'zi ham zo'r yutuq!

Asaxiyning chegirmali va yutuqli aksiyasi orqali to'plamlarni xarid qilishga shoshiling va kitoblar kolleksiyangizni yanada boyiting!

To'plamga shu yerdan yoki @asaxiybot orqali buyurtma berishingiz mumkin!

Omad yor bo'lsin!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oyimning fikricha, qish kunlari mening kutubxonamga aynan ULAR lozim ekan. Qishki trendlardan biri😁

@panda_books
Hurmatli obunachilar!

Man bu yerda "Oilada kuzatiladigan zo‘ravonlikni erta aniqlash va sabablarini o'rganish" maqsadida ilmiy-ommabop so'rovnoma o‘tkazilyapti ekan. Bu tadqiqot ishi. Mavzu ham shunaqa.

https://forms.gle/QXwG1b1MoXW2EEf88

Shunga 5 daqiqa vaqtingizni ayamasdan javob berib chiqsangiz. Aslida jamiyat holat qandayligini oshkora ko'rishning yagona yo'li shu. Keyin nasib qilsa, men tadqiqotchidan so'rovnoma natijalarini olib, uni ham e'lon qilaman.

Tashakkur!

@panda_books
#haqida

Brief History of Humankind


Ba'zan zo'r-zo'r iqtibos yoki fikrlarni o'qib qolamanu, keyin nimagadur chalg'ib, qayd qilib qo'yish esdan chiqadi.

Masalan, ushbu iqtibosni qaysi kitobda o'qiganimni hozir aniq eslolmayapman, lekin uning ma'nosi mana shunday ko'rinishda edi:

"Agarda butun insoniyat (Homo Sapiens) tarixini 500 varaqlik kitobga qiyoshlaydigan bo'lsak, u holda zamonaviy anatomik inson kitobning faqatgina 450-sahifasiga kelib paydo bo'lgan bo'lardi. Odamlarning imperiyalarga asos solishi haqida esa 490-sahifaga kelibgina o'qigan bo'lardik.

Rim imperiyasiga asos solinishi va atom bombasini ixtiro qilinishi to'g'risida ma'lumotni kitobning oxirgi sahifasida ko'rgan bo'lardik, shunda ham ularni ketma-ket joylashgan ikkita abzas ajratib turardi xolos. Shuningdek, atom bombasi va undan keyin yaratilgan insoniyatning barcha yuksak texnologik kashfiyotlari ushbu kitobning so'nggi sahifasining so'nggi abzasining so'nggi gaplariga jo bo'lardi, xolos".

Endi nega insonlar o'zini bunchalik ahmoqona tutishlarini tushungan bo'lsangiz kerak. Biz tariximiz davomida hali hech qancha davrni boshdan kechirmadik, ammo allaqachon qo'limizda dunyoni yo'q qilib yuborishga qodir "o'yinchoqlar"imiz bor.

@panda_books
Magic Citydagi Books of Million kitob do'koni yopilib ketibdi.

Endi Magicda atigi bitta bookstore qoldi.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Boylik yoki sevgi?" deb yoshlardan so'rashibdi

Hozirgi yosh qizlar sevgiga ishonmay qo'yishgan manimcha. Ularda moddiyat va yaxshi yashashga bo‘lgan intilish kuchliroq.

Sizningcha, boylik yoki sevgi?
@panda_books
​​Nima uchun Medichilar oilasi haqida o'qish kerak?

Bu yil Italiya Uyg'onish davrida muhim rol o'ynagan, jumladan, san'at, madaniyat, fan va siyosatga katta ta'sir o'tkazgan Medichilar oilasi haqida o'qishni niyat qilganman. Medichilar san'atning katta homiysi bo'lib, Uyg'onish davrining ko'plab durdonalarini yaratishga hissa qo'shganlar. Medichi oilasi siyosatdagi ta'siri bilan ham tanilgan. Ularning tarixi intrigalar, qiziqarli shaxslar va muhim voqealarga to'la, bu mendek siyosiy tarixga qiziquvchilar uchun ayni muddao.

Medichilar oilasining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri bo‘lgan Lorenzo the Magnificent nafaqat nufuzli siyosatchi, balki zukko rahbar ham edi. Uning boshqaruv uslublari va yetakchilik qobiliyatlarini o‘rganish bugungi kun rahbarlari uchun saboq bo‘lishi mumkin. Xullas, Medichilar sulolasi haqida o'qish Uyg'onish davrini o'rganish, tarix, madaniyat va san'atga ta'sirining ko'p qirralarini o'rganish imkonini beradi deb o'ylayman.

Quyidagi bu haqidagi eng yaxshi kitoblar:

"The House of Medici: Its Rise and Fall" (Medichi uyi: uning yuksalishi va qulashi) Kristofer Xibbert
Bu kitob Medichilar oilasi, jumladan Juliano va uning akasi Lorenzo tarixini qamrab oladi.

"The Medici: Godfathers of the Renaissance" (Medichilar: Uyg'onish davrining cho'qintirgan otalari) Pol Stratern
Kitob asosan Medichilarning Uyg'onish davri san'ati va madaniyatiga ta'siri, shuningdek, siyosatdagi roliga qaratilgan.

"The Medici: Power, Money, and Ambition in the Italian Renaissance" (Medichi: Italiya Uyg'onish davrida kuch, pul va Ambitsiya) Pol Stratern
Yuqoridagi muallifning Uyg'onish davrida Medichilarning hayotning turli sohalariga ta'sirini batafsil ko'rib chiqadigan yana bir kitobi.

"The House of Medici: Its Secrets and Its Splendors" (Medichi uyi: uning sirlari va ulug'vorligi) Meri Holland
Muallif Medichilar hayotidagi ichki intrigalar va voqealarni, jumladan, Lorenzo Buyuk va Kosimo de' Medichikar to'g'risida hikoya qiladi.

@panda_books
Ahror Usmonov - Borgan sari (audio 2021)
NevoMusic
Bizga bahor begonadur borgan sari,
Ko'nglimiz ham vayronadur borgan sari.
Shodon yelib yurar edik avvallari,
Endi umr g'amxonadur borgan sari.
@pandas_playlist
2024/10/03 13:30:26
Back to Top
HTML Embed Code: