Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Parij Olimpiadasi sovrindorlariga sovg'a qilingan qutida nima bor?

Parij-2024 Olimpiadasi sovrindorlariga sovg'a bilan birga medallar topshiriladi. Sportchilarga sovg'a qilingan karton quti ichida maxsus tayyorlangan plakat bor.

Afishada Olimpiya o'yinlari paytida Fransiya poytaxti tasvirlangan. Rassom Ugo Gattoni o'zining tasavvuriga va ilhomiga tayanib, uni sun'iy intellekt yordamisiz yaratganini ta'kidlaydi.

Kanalimizga obuna bo'ling
www.tg-me.com/PANORAMAUZ
TV-dasturlar ro‘yxati (10.08.2024)

Milliy TV: www.tg-me.com/milliytv

www.tg-me.com/PANORAMAUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vatan sha'ni birinchi o'rinda - Akmal Hasanov tanlov qildi

Parij-2024 Olimpiadasida qirg'iz bokschisiga sekundantlik qilgan murabbiy Akmal Hasanov finalda Vataniga qarshi chiqmasligini aytib Munarbek Seyitbek uuluga omad tiladi. Munarbek finalda Abdumalik Xalokov bilan ringga tushadi.

Kanalimizga obuna bo'ling
www.tg-me.com/PANORAMAUZ
⚡️Akbar Jo’rayev — Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari kumush medali sohibi!

Og'ir atletika bo'yicha -102 kg vazn toifasida ishtirok etgan Akbar Jo’rayev dast ko’tarishda 185 kg, siltab ko’tarishda 219 va umumiy hisobda 404 kg bilan kumush medalga sazovor bo’ldi.

Kanalimizga obuna bo'ling
www.tg-me.com/PANORAMAUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aktrisa Halima Ibragimovaga Cabriolet sovg‘a qilishdi

Aktrisa ushbu hadya kimdan ekanligini oshkor qilmagan, biroq unga orzusidagi avtomobil uchun minnatdorlik bildirgan.

Kanalimizga obuna bo'ling
www.tg-me.com/PANORAMAUZ
Svetlana Osipova Parij-2024 Olimpiadasi oltin medali uchun kurashadi!

Hamyurtimiz janubiy koreyalik kuchli raqibasini ishonchli tarzda taslim etdi. Endi, Osipova finalda mezbon sportchiga qarshi jang qiladi.

Kanalimizga obuna bo'ling
www.tg-me.com/PANORAMAUZ
⚡️Razambek Jamalov – Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni!

Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida oltinchi oltin medal. Mazkur medalga erkin kurashchimiz Razambek Jamalov mualliflik qildi. -74 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz chempionlik bahsida yaponiyalik Daichi Takatanini magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.

Kanalimizga obuna bo'ling
www.tg-me.com/PANORAMAUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Raqibini butkul qulflab tashladi

Erkin kurashchimiz Razambek Jamalov finalda muddatidan avval g‘alaba qozonib, Olimpiada chempioniga aylandi. Bunaqasi kamdan-kam bo'ladi.

Kanalimizga obuna bo'ling
www.tg-me.com/PANORAMAUZ
⚡️Abdumalik Xalokov — Parij-2024 Olimpiada chempioni

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, jahon chempioni Abdumalik Xalokov sovrinlari orasiga yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini ham qoʻshib qoʻymoqda. Sportchimiz chempionlik jangida Qirgʻiziston vakili Munarbek Seitbek oʻgʻlini yaqqol ustunlik bilan magʻlub etib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.

Kanalimizga obuna bo'ling
www.tg-me.com/PANORAMAUZ
⚡️Svetlana Osipova - Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari sovrindori

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Svetlana Osipova ushbu sport turida Olimpiya oʻyinlarida medal qoʻlga kiritgan birinchi ayol sportchimizga aylandi. Hamyurtimiz shiddatli va murosasiz ruhda oʻtgan final bahsida mezbonlar vakili, sobiq jahon chempioni va Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sohibi Alteya Lorenga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Kanalimizga obuna bo'ling
www.tg-me.com/PANORAMAUZ
⚡️Bahodir Jalolov — ikki karra Olimpiada chempioni

Mahoratli bokschimiz Bahodir Jalolov Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari doirasida bugungi final janglariga ajoyib nuqta qoʻydi. Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz chempionlik jangida ispaniyalik Ayub Gʻadfani oʻzining kuchli va aniq zarbalari oldida ojiz qoldirdi.

O‘zbekiston boksda 5 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Kanalimizga obuna bo'ling
www.tg-me.com/PANORAMAUZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Parijda bayram

O'zbekiston Olimpiada o'yinlarida o'zining eng yaxshi natijasini qayd etdi. Delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzaga yetmoqda. Reytingda 13-o'rindamiz.

Kanalimizga obuna bo'ling
www.tg-me.com/PANORAMAUZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Parij Olimpiadasi Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirdi

Kanalimizga obuna bo'ling
www.tg-me.com/PANORAMAUZ
2024/10/04 07:36:01
Back to Top
HTML Embed Code: