Telegram Web Link
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Gvineya olimpiyachilariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazishi rejalashtirilgan edi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining maʼlum qilishicha, Gvineya jamoasi mazkur oʻyinda ishtirok eta olmasligini bildirgan.

OʻFA qisqa fursat ichida mazkur oʻrtoqlik oʻyini uchun boshqa raqib topish ustida ish olib bordi. Unga koʻra, Timur Kapadze qoʻl ostidagi jamoa bugun Fransiyaning "Reysing Grass" klubiga qarshi maydonga tushadigan boʻldi.

Олимпийская сборная Узбекистана по футболу, готовящаяся к летним ОИ Париж-2024, должна была сегодня провести товарищеский матч против представителей Гвинеи. По информации Ассоциации футбола Узбекистана команда-соперница не сможет принять участие в этом противостоянии.

АФУ в кратчайшие сроки работала над поиском другой сборной для этой товарищеской игры. Таким образом, сегодня команда под руководством Тимура Кападзе будет играть против французского клуба "Reysing Grass".
👍 Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari ochilishiga 1️⃣1️⃣ kun qoldi.

☝️ Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirokiga oid #fakt
___
👍 До открытия летних Олимпийских игр Париж-2024 осталось 1️⃣1️⃣ дней

☝️#Факт о делегации Узбекистана

#Paris2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi tomonidan poytaxtimizdagi “Tashkent City Park” bogʻida zamonaviy beshkurashning lazer-ran yoʻnalishi boʻyicha ommaviy sport musobaqasi boʻlib oʻtdi. Xalqaro federatsiya talablari asosida tashkil etilgan “LASER RUN 2024” turnirida 300 nafar kattalar va 250 nafar yosh havaskorlar gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.

Musobaqa butun bogʻ boʻylab sportcha ruh va koʻtarinki kayfiyat ulashib turdi. Ishtirokchilar yugurish va merganlik borasida oʻz mahoratlarini namoyish etib, yakunda tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Qayd etish joiz, bu kabi sport tadbirlari mamlakatimiz yoshlari orasida ommaviylikni oshirish bilan birga iqtidorli yoshlarni kashf etish yoʻlida xizmat qiladi.

В столичном парке “Tashkent City Park” прошли массовые соревнования по лазер-рану, организованные по инициативе Федерации современного пятиборья Узбекистана. В турнире "LASER RUN 2024", прошедшие по правилам Международной федерации, за победу боролись 300 взрослых и 250 юных спортсменов.

Участники продемонстрировали свои навыки в беге и стрельбе из лазерных пистолетов. В итоге, все отличившиеся были награждены памятными подарками со стороны организаторов.

Стоит отметить, что подобные спортивные мероприятия служат выявлении талантливой молодёжи и популяризации здорового образа жизни.
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Fransiyaning Nitsa shahrida oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi. “Reysing Grass” klubiga qarshi kechgan oʻyinda Timur Kapadze shogirdlari 5:0 hisobida gʻalaba qozonishga erishdi.

Eslatib oʻtamiz, jamoamiz Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik doirasida soʻnggi nazorat oʻyinini 18-iyul kuni Yangi Zelandiyaga qarshi oʻtkazadi.

Олимпийская сборная Узбекистана по футболу провела товарищеский матч в Ницце (Франция). В игре против французского клуба "Reysing Grass" подопечные Тимура Кападзе оформили победу со счётом 5:0.

Напомним, что последний контрольный матч отечественная команда проведёт 18 июля против Новой Зеландии в рамках подготовки к летним Олимпийским играм Париж-2024.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlariga hozirlik ko’rayotgan sport gimnastikasi bo’yicha O’zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zolari ayni kunlarda Turkiyaning Antalya shahrida xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inini olib borishmoqda. Mazkur yig’inga uchala litsenziatlarimiz Rasuljon Abdurahimov, Habibullo Ergashev hamda Abdulla Azimov jalb etilgan.

Sportchilarimiz mashg’ulotlarda Olimpiada uchun tayyorlangan maxsus dasturlarini takomillashtirishmoqda. 11-iyulda boshlangan mazkur yig’in 23-iyulga qadar davom etadi.
--
В эти дни представители сборной Узбекистана по спортивной гимнастике, в рамках подготовки к летним Олимпийским играм Париж-2024, проводят международные учебно-тренировочные сборы в Турции. К сборам привлечены все 3 лицензиата: Расулжон Абдурахимов, Хабибулло Эргашев и Абдулла Азимов.

В ходе сбора гимнасты отрабатывают специальную программу, которая была подготовлена к предстоящей Олимпиаде. УТС стартовали 11 июля и продлятся до 23 июля.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Hammamiz ulkan hayajon bilan kutayotgan Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining rasman ochilishiga roppa-rosa 10 kun qoldi. Barcha sportchilarimiz hozirda 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga katta tayyorgarlik olib borishmoqda. Ular dunyoning eng kuchli atletlari orasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilishadi. Olimpiya oʻyinlaridagi har bir bahs shiddatli va murosasiz kechishi, shubhasiz. Boʻlajak bellashuvlarda hamyurtlarimizni birgalikda qoʻllab-quvvatlaymiz!

👍 До официального открытия летних Олимпийских игр Париж-2024 осталось ровно 10 дней. Все наши атлеты в настоящее время активно готовятся к самым главным стартам четырёхлетия и будут защищать честь Узбекистана на международной арене. Несомненно, что каждое соревнование на Олимпийских играх будет проходить бескомпромиссно. Давайте, все вместе поддержим наших соотечественников на предстоящих стартах!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Parij-2024 tayyorgarligining soʻnggi bosqichi, adolatli tanlov, yoxud boʻlajak Olimpiya oʻyinlari oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanining tafsilotlari

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining rasman start olishiga roppa-rosa 10 kun qoldi. Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Oʻzbekiston delegatsiyasining mazkur Olimpiadadagi ishtiroki oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.
___
👍 Финальный этап подготовки Париж-2024, справедливый отбор: подробности пресс-конференции, которая была организована перед Олимпийскими играми

До торжественной церемонии открытия летних Олимпийских игр Париж-2024 осталось ровно 10 дней. В столичном музее Олимпийской и Паралимпийской славы состоялась пресс-конференция посвящённая участию делегации Узбекистана в этом важном старте четырёхлетия.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 19:28:40
Back to Top
HTML Embed Code: