Telegram Web Link
Bugun Malayziyada Osiyo mintaqasi uchun futbol boʻyicha JCh-2026 saralash turnirining uchinchi bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Eron, Qatar, BAA, Qirg’iziston, KXDR jamoalari bilan "A" guruhidan oʻrin oldi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur bosqichda oʻz guruhida 1-2-oʻrinni olgan jamoalar toʻgʻridan toʻgʻri jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishadi. 3-4-oʻrin egalari esa keyingi bosqichdagi kvotalar uchun kurashni davom ettirishadi.

Сегодня в Малайзии в рамках отборочного турнира ЧМ-2026 по футболу состоялась жеребьёвка третьего этапа для Азиатского континента. Национальная сборная Узбекистана вместе с командами Ирана, Катара, ОАЭ, Кыргызстана и КНДР попала в группу "А".

Напомним, сборные занявшие 1 и 2 места в этом этапе напрямую становятся обладателями путёвок чемпионата мира. А 3 и 4 места продолжат борьбу за квоты в следующем этапе.
Oʻzbekiston va Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi oʻrtasidagi hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilmoqda

Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi (ISSA) Bosh kotibi Nosir Ayman Majali boshchiligidagi delegatsiya mehmon boʻldi. Tashrif davomida xalqaro tashkilotning Oʻzbekiston bilan aloqasini yangi bosqichga olib chiqish, tomonlar oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash borasida fikr almashildi.

Сотрудничество между Узбекистаном и Спортивной ассоциацией исламской солидарности (ISSA) выходит на новый уровень


Сегодня Национальный Олимпийский комитет Узбекистана посетила делегация во главе с Генеральным секретарем Спортивной ассоциации исламской солидарности Насыром Айманом Маджали. В ходе визита состоялся обмен мнениями о выводе отношений международной организации с Узбекистаном на новый уровень, дальнейшем укреплении сотрудничества между сторонами.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊

🏆 👍 Parij-2024 litsenziatlari: Parter ustasi Doston Roʻziyev

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan dzyudochilarimizni tanishtirishni boshlaymiz. Bugun Sizlar bilan erkaklar oʻrtasida eng yengil vazn toifasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan Doston Roʻziyev haqida gaplashamiz.

🏆 👍 Лицензиаты Париж-2024: мастер партера - Достон Рузиев

Сегодня мы подготовили материал о дзюдоисте Достоне Рузиеве, который будет защищать честь нашей страны на главных стартах четырёхлетия в наилегчайшей весовой категории среди мужчин.

#Paris2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda alohida faollik koʻrsatib, oʻzining bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan yurtimiz taraqqiyotini yuksaltirish, jonajon Vatanimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh vatandoshlarimiz 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan davlat mukofotlariga sazovor boʻlishdi.

Ular orasida kurash boʻyicha Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlari chempioni Hilola Ortiqboyeva “Kelajak bunyodkori” medali, baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempioni Artur Guliyev, oʻq otish sporti boʻyicha Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlari bronza medali sohibi Vladimir Svechnikov hamda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha koʻp karra Jahon kubogi gʻolibi Musa Aymuratov “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi yuksak davlat mukofotiga sazovor boʻlgan yosh sportchilarimizni muborakbod etib, ularning kelgusi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Shu bilan birgalikda, Muhtaram Prezidentimizga Olimpiya oilasi nomidan koʻrsatilgan bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun minnatdorchilik bildiradi.

По случаю 30 июня - Дня молодёжи группа представителей подрастающего поколения, проявляющие особую активность в осуществлении широкомасштабных реформ в стране, своими знаниями, талантом, целеустремленностью, инициативностью, плодотворным трудом вносящих достойный вклад в процветание нашей Родины, повышение международного авторитета Узбекистана, были отмечены государственными наградами.

Так, победительница летних Азиатских игр Ханчжоу-2022 по курашу Хилола Ортикбоева награждена медалью “Келажак бунёдкори”, чемпион мира по гребле на байдарках и каноэ Артур Гулиев и бронзовый призёр летних Азиатских игр Ханчжоу-2022 по стрельбе Владимир Свечников, а также многократный победитель Кубков мира по фехтованию на саблях Муса Аймуратов удостоились государственной премии “Мард углон”.

Национальный Олимпийский комитет Узбекистана поздравляет спортсменов, отметившихся со стороны государства, желает им больших успехов в дальнейшей деятельности и от имени Олимпийской семьи страны благодарит уважаемого Президента за столь пристальное внимание и признание спортивной молодёжи.
🎂 Rustam Qurbonov 70 yoshda!

Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining sobiq raisi, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi Rustam Qurbonov 70 yoshni qarshi olmoqda. MOQ Rustam Javdatovichni bugungi yubiley ayyom bilan qutlab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

🎂 Рустаму Курбонову исполнилось 70 лет!

Сегодня экс-председатель Национального Олимпийского комитета Узбекистана, кавалер ордена "Мехнат шухрати" Рустам Курбонов отмечает свой юбилей. НОК прздравляет Рустама Джавдатовича с Днём рождения, желает ему крепкого здоровья и успехов.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Iordaniya mezbonlik qilayotgan sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatida U23 yosh toifasidagi bahslar boshlandi. Musobaqani bu gal ham yunon-rum kurashi ustalarining bellashuvlari ochib berdi. Birinchi kun doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 2 ta oltin va 1 ta kumush medallariga sazovor boʻlishdi. Batafsil:

🥇 Oltin medal:
-77 kg: Doniyorxon Nakibov
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov

🥈 Kumush medal:
-72 kg: Abdullo Aliyev

В Иордании стартовал чемпионат Азии U23 по спортивной борьбе. В первый день турнира на ковёр поднялись греко-римские борцы. Примечательно, что в рамках этого дня нашим представителям удалось записать в актив делегации 2 золотые и 1 серебряную медали. Подробно:

🥇 Золотая медаль:
-77 кг: Дониёрхон Накибов
-82 кг: Мухаммадкадыр Расулов

🥈Серебряная медаль:
-72 кг: Абдулло Алиев
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari ochilishiga 2️⃣8️⃣ kun qoldi.

☝️ Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirokiga oid #fakt
___
👍 До открытия летних Олимпийских игр Париж-2024 осталось 2️⃣8️⃣ дней

☝️#Факт о делегации Узбекистана

#Paris2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ayni kunlarda Litvada xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazishmoqda. Trakay shahri mezbonlik qilayotgan yigʻin 19-iyulga qadar davom etib, sportchilarimiz uchun Olimpiada yoʻlidagi asosiy tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Eslatib oʻtamiz, akademik eshkak eshuvchilarimizdan Sobirjon Safaraliyev, Shahzod Nurmatov va Anna Prakaten 4-yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishgan edi. Olimpiada doirasida mazkur sport turidagi bellashuvlar 27-iyul – 3-avgust sanalarida boʻlib oʻtadi.

В рамках заключительного этапа подготовки к летним Олимпийским играм Париж-2024, представители сборной Узбекистана по академической гребле приступили к международным учебно-тренировочным сборам в Литве. Занятия атлетов проходят в городе Тракай и продлятся до 19 июля.

Напомним, что среди академических гребцов Узбекистана Собиржон Сафаралиев, Шахзод Нурматов и Анна Пракатень завоевали илцензии на главные старты четырёхлетия. Выступления в этом виде спорта пройдут с 27 июля по 3 августа.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊

🏆 👍 Parij-2024 litsenziatlari: Samarqand polvoni Sardor Nurillayev

Afsuski, Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari dzyudochimiz Sardor Nurillayev uchun koʻngildagidek yakunlanmagan edi. Hamyurtimiz bu galgi Olimpiadaga oʻzgacha ishtiyoq va shijoat bilan hozirlik koʻryapti. Bugun mazkur sportchimiz erishgan yutuqlarni yana bir yodga olib oʻtamiz.

🏆 👍 Лицензиаты Париж-2024: Дзюдоист из Самарканда - Сардор Нуриллаев

К сожалению, на Олимпиаде Токио-2020 нашему дзюдоисту Сардору Нурилалеву не удалось выступить успешно. Однако на этот раз, спортсмен ещё более упорно готовится к главным стартам четырёхлетия. Надеемся, что на Играх Париж-2024 Нуриллаев достигнет своей цели и войдёт в список призёров.

#Paris2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент фаол ёшларга давлат мукофотларини топширди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏃 Bugun Respublikamiz boʻylab 16 ta shaharda Xalqaro Olimpiya kuni, Bolalarni himoya qilish kuni va Yoshlar kuniga bagʻishlangan "BYD Yangi Nafas" ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi. Toshkent shahridagi poyga "Yangi Oʻzbekiston" bogʻi hududida tashkil etiladi. Ayni paytda musobaqaga qizgʻin hozirlik ketmoqda. Poyga 7:00 da start oladi.

🏃 Сегодня в 16 городах республики состоится массовый забег "BYD Yangi nafas", приуроченный Международному Олимпийскому дню, Дню защиты детей и Дню молодёжи. Состязания в Ташкенте запланированы на территории парка "Новый Узбекистан". В настоящее время идёт интенсивная подготовка к данным стартам. Состязания начнутся в 7:00.
2024/09/27 19:26:53
Back to Top
HTML Embed Code: