Telegram Web Link
MOQ raisi oʻrinbosari Fransiyaga yoʻl olayotgan dzyudochilarimiz bilan uchrashdi

Ertaga dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlikning soʻnggi bosqichini olib borish uchun Fransiyaga yoʻl oladi. Safar oldidan MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov terma jamoa aʼzolari bilan uchrashib, ularga omad tiladi.

Rejaga koʻra, dzyudochilarimiz Normandiya hududida tayyorgarlikning yakuniy bosqichini olib borishadi. Yigʻin davomida sportchilarimiz maxsus texnik harakatlarni shakllantirishga katta ahamiyat qaratishadi. Uchrashuv davomida Azizjon Yakubjanovich Olimpiadada kurashadigan terma jamoaning har bir aʼzosi bilan alohida gaplashib, ularning holati, ijtimoiy ahvoli haqida suhbatlashdi. Shuningdek, boʻlajak musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishlari uchun hukumatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilishi, buning uchun ulardan faqat va faqat Olimpiada medali sari bor imkoniyatlarini ishga solishlarini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu sport turidagi bahslar 27-iyul – 3-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Dzyudochilarimiz Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida jamoa tarixida eng koʻp 13 ta yoʻllanmaga sazovor boʻlishgan.
____
Заместитель председателя НОК Узбекистана встретился с дзюдоистами, которые отправляются во Францию

Завтра представители сборной Узбекистана по дзюдо в рамках завершающего этапа подготовки к летним Олимпийским играм Париж-2024 отправятся во Францию. Заместитель председателя НОК, руководитель Федерации дзюдо Узбекистана Азизжон Камилов провёл встречу перед их отбытием и пожелал удачи.

По плану, отечественные дзюдоисты финальную подготовку проведут на территории Нормандии. Во время тренировок будут уделяться особое внимание отработке специальных технических приёмов. Во время встречи А.Камилов лично побеседовал с каждым спортсменом, поинтересовался их физическим и социальным состоянием. Также, руководитель упомянул что со стороны правительства будут созданы все необходимые условия для достойного участия всех атлетов на Олимпийских играх и в ответ на это, им надо максимально использовать свои силы и завоевать призовые места.

Напомним, соревнования по дзюдо в рамках Олимпиады пройдут 27 июля - 3 августа. Впервые в своей истории сборная Узбекистана по дзюдо завоевала 13 лицензий на Олимпийские игры.
👍 Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari ochilishiga 1️⃣3️⃣ kun qoldi.

☝️ Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirokiga oid #fakt
___
👍 До открытия летних Олимпийских игр Париж-2024 осталось 1️⃣3️⃣ дней

☝️#Факт о делегации Узбекистана

#Paris2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊

🏆 👍 Parij-2024 litsenziatlari: Oʻzbekistonlik birinchi “Brilliant liga” gʻolibi Safina Sadullayeva

Safina Sadullayeva oʻzbek yengil atletikasining bugungi kundagi yorqin namoyondalaridan biri boʻlib turibdi. Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarida oltinchi natijani qayd etgan yurtdoshimiz Parij-2024 da yanada baland marralarni koʻzlagan.

🏆 👍 Лицензиаты Париж-2024: первая победительница "Бриллиантовой лиги" из Узбекистана Сафина Садуллаева

Сафина Садуллаева является одной из ярких представительниц узбекской лёгкой атлетики. Наша соотечественница, занявшая шестое место на летних Олимпийских играх Токио-2020, будет стремиться к ещё более высоким результатам на французской арене.

#Paris2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yozgi Olimpiya o’yinlarida 🏐 sohil voleyboli dasturining qatnashchilari qolganlarga nisbatan omadliroq. Nimasi bilan deysizmi? Ko’plab Olimpiadalarda ushbu sport turidagi bahslar mezbon davlatning tashrif qog’oziga aylangan eng chiroyli nuqtalarda o’tkaziladi.

Mazkur sport turidagi bahslar Rio-2016 yozgi Olimpiya o’yinlarida Kopakabana sohilida tashkil etilgan bo’lsa, bu gal Eyfel minorasining ostida o’tadi. Atmosfera shunchaki ajoyib! 😍

Среди участников Олимпийских игр представителям 🏐 пляжного волейбола очень повезло, чем остальным атлетам. Спросите, почему же?

Во многих Олимпиадах соревнования в этом виде спорта проводятся в самых знаменитых локациях принимающей страны. На летних Олимпийских играх Рио-2016 выступления волейболистов проходили на знаменитом во всем мире пляже - Копакабана. А на этот раз соревнования пройдут прямо перед Эйфелевой башней. Атмосфера просто восхитительна!😍
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dzyudo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi tunda Fransiyaga yo’l oldi. Sportchilarimizni mamlakat dzyudo federatsiyasi mutasaddilari, ulaning ota-onalari va yaqinlari kuzatib qo’yishdi.

Jamoa bugunning o’zida Normandiyada ajratilgan bazaga borib joylashadi va ertadan mashg’ulotlarga kirishadi.

Сегодня ночью сборная Узбекистана по дзюдо отправилась во Францию. Спортсменов провожали официальные лица Федерации дзюдо страны, а также, их родители и близкие.

Дзюдоисты уже сегодня прибудут на базу в Нормандии и завтра приступят к тренировкам.
2024/09/28 21:34:52
Back to Top
HTML Embed Code: