Telegram Web Link
Ulug’bek Rashidov ikki karra Osiyo chempioni!

Iordaniyada sport kurashlari bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatida U17 yosh toifasidagi bahslar o‘z yakuniga yetdi. Ortda qolgan kun O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga 1 tadan oltin va kumush medallari yozib qo‘yildi. Mahoratli erkin kurashchimiz Ulug‘bek Rashidov -48 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra qit’a chempionligiga erishdi. Shuningdek, Jo‘rabek Rahmonov -45 kg vaznda kumush medal bilan taqdirlandi.

🥇 Oltin medal:
-48 kg: Ulug‘bek Rashidov

🥈 Kumush medal:
-45 kg: Jo‘rabek Rahmonov

Shu tariqa, yosh erkin kurashchilarimiz musobaqani 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan yakunlashdi. Bugun musobaqada dam olish kuni. Ertadan U23 yosh toifasidagi bahslar boshlanadi.

Улугбек Рашидов - двукратный чемпион Азии!

В Иордании завершился чемпионат Азии U17 по спортивной борьбе. В рамках заключительного дня турнира представители сборной Узбекистана пополнили копилку делегации, завоевав 1 золото и 1 серебро. Авторами наград стали борцы вольного стиля Улугбек Рашидов (-48 кг) и Джурабек Рахмонов (-45 кг) соответственно. Напомним, что благодаря золотой медали, Рашидов во второй раз удостоился титула чемпиона Азии.

🥇 Золото:
-48 кг: Улугбек Рашидов

🥈 Серебро:
-45 кг: Джурабек Рахмонов

Таким образом, наши молодые вольники завершили ЧА с 1 золотой, 2 серебряными и 1 бронзовой медалями. Сегодня день отдыха. А уже завтра начнётся выступления в категории U23.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊

🏆 👍 Parij-2024 litsenziatlari: Mashgʻulotlarini AQSHda oʻtkazadigan suzuvchimiz Ilya Sibirsev

4 yillikning eng nufuzli musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qilish baxtiga sazovor boʻlgan atletlarimizni tanishtirishda davom etamiz. Mahoratli suzuvchimiz Ilya Sibirsev litsenzion sikl yakunlanib borayotgan pallada oʻz oldiga qoʻygan dastlabki maqsadni bajara oldi.

🏆 👍 Лицензиаты Париж-2024: Илья Сибирцев, который тренируется в США

Продолжаем знакомить вас с атлетами, которые будут защищать честь Узбекистана на главных стартах четырёхлетия. Талантливый пловец Илья Сибирцев в конце квалификационного цикла Париж-2024 смог отобраться на Олимпийские игры и достиг своей важной цели.

#Paris2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎤OAV xodimlarini kasb bayramlari bilan qutlaymiz!

Bugun 27-iyun, butun mamlakatimiz bo’ylab Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlanmoqda. Fursatdan foydalanib, O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi barcha zahmatkash soha vakillarini ushbu sana bilan samimiy qutlaydi. Olib borayotgan mashaqqatli faoliyatingiz davomida Sizlarni kuch-g’ayrat, ulkan shijoat aslo tark etmasin!

🎤 С профессиональным праздником, дорогие представители СМИ!

Сегодня, 27 июня, по всей стране отмечается профессиональный праздник работников печати и средств массовой информации. Пользуясь случаем, Национальный Олимпийский комитет искренне поздравляет всех трудолюбивых представителей отрасли с этой датой. Пусть Вас никогда не покидает стремление и энтузиазм, огромное желание работать и вносить свой вклад во благо нашей общей Родины - Узбекистан!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari ochilishiga 2️⃣9️⃣ kun qoldi.

☝️ Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirokiga oid #fakt
___
👍 До открытия летних Олимпийских игр Париж-2024 осталось 2️⃣9️⃣ дней

☝️#Факт о делегации Узбекистана

#Paris2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Malayziyada Osiyo mintaqasi uchun futbol boʻyicha JCh-2026 saralash turnirining uchinchi bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Eron, Qatar, BAA, Qirg’iziston, KXDR jamoalari bilan "A" guruhidan oʻrin oldi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur bosqichda oʻz guruhida 1-2-oʻrinni olgan jamoalar toʻgʻridan toʻgʻri jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishadi. 3-4-oʻrin egalari esa keyingi bosqichdagi kvotalar uchun kurashni davom ettirishadi.

Сегодня в Малайзии в рамках отборочного турнира ЧМ-2026 по футболу состоялась жеребьёвка третьего этапа для Азиатского континента. Национальная сборная Узбекистана вместе с командами Ирана, Катара, ОАЭ, Кыргызстана и КНДР попала в группу "А".

Напомним, сборные занявшие 1 и 2 места в этом этапе напрямую становятся обладателями путёвок чемпионата мира. А 3 и 4 места продолжат борьбу за квоты в следующем этапе.
Oʻzbekiston va Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi oʻrtasidagi hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilmoqda

Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi (ISSA) Bosh kotibi Nosir Ayman Majali boshchiligidagi delegatsiya mehmon boʻldi. Tashrif davomida xalqaro tashkilotning Oʻzbekiston bilan aloqasini yangi bosqichga olib chiqish, tomonlar oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash borasida fikr almashildi.

Сотрудничество между Узбекистаном и Спортивной ассоциацией исламской солидарности (ISSA) выходит на новый уровень


Сегодня Национальный Олимпийский комитет Узбекистана посетила делегация во главе с Генеральным секретарем Спортивной ассоциации исламской солидарности Насыром Айманом Маджали. В ходе визита состоялся обмен мнениями о выводе отношений международной организации с Узбекистаном на новый уровень, дальнейшем укреплении сотрудничества между сторонами.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊

🏆 👍 Parij-2024 litsenziatlari: Parter ustasi Doston Roʻziyev

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan dzyudochilarimizni tanishtirishni boshlaymiz. Bugun Sizlar bilan erkaklar oʻrtasida eng yengil vazn toifasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan Doston Roʻziyev haqida gaplashamiz.

🏆 👍 Лицензиаты Париж-2024: мастер партера - Достон Рузиев

Сегодня мы подготовили материал о дзюдоисте Достоне Рузиеве, который будет защищать честь нашей страны на главных стартах четырёхлетия в наилегчайшей весовой категории среди мужчин.

#Paris2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda alohida faollik koʻrsatib, oʻzining bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan yurtimiz taraqqiyotini yuksaltirish, jonajon Vatanimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh vatandoshlarimiz 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan davlat mukofotlariga sazovor boʻlishdi.

Ular orasida kurash boʻyicha Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlari chempioni Hilola Ortiqboyeva “Kelajak bunyodkori” medali, baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempioni Artur Guliyev, oʻq otish sporti boʻyicha Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlari bronza medali sohibi Vladimir Svechnikov hamda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha koʻp karra Jahon kubogi gʻolibi Musa Aymuratov “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi yuksak davlat mukofotiga sazovor boʻlgan yosh sportchilarimizni muborakbod etib, ularning kelgusi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Shu bilan birgalikda, Muhtaram Prezidentimizga Olimpiya oilasi nomidan koʻrsatilgan bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun minnatdorchilik bildiradi.

По случаю 30 июня - Дня молодёжи группа представителей подрастающего поколения, проявляющие особую активность в осуществлении широкомасштабных реформ в стране, своими знаниями, талантом, целеустремленностью, инициативностью, плодотворным трудом вносящих достойный вклад в процветание нашей Родины, повышение международного авторитета Узбекистана, были отмечены государственными наградами.

Так, победительница летних Азиатских игр Ханчжоу-2022 по курашу Хилола Ортикбоева награждена медалью “Келажак бунёдкори”, чемпион мира по гребле на байдарках и каноэ Артур Гулиев и бронзовый призёр летних Азиатских игр Ханчжоу-2022 по стрельбе Владимир Свечников, а также многократный победитель Кубков мира по фехтованию на саблях Муса Аймуратов удостоились государственной премии “Мард углон”.

Национальный Олимпийский комитет Узбекистана поздравляет спортсменов, отметившихся со стороны государства, желает им больших успехов в дальнейшей деятельности и от имени Олимпийской семьи страны благодарит уважаемого Президента за столь пристальное внимание и признание спортивной молодёжи.
🎂 Rustam Qurbonov 70 yoshda!

Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining sobiq raisi, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi Rustam Qurbonov 70 yoshni qarshi olmoqda. MOQ Rustam Javdatovichni bugungi yubiley ayyom bilan qutlab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

🎂 Рустаму Курбонову исполнилось 70 лет!

Сегодня экс-председатель Национального Олимпийского комитета Узбекистана, кавалер ордена "Мехнат шухрати" Рустам Курбонов отмечает свой юбилей. НОК прздравляет Рустама Джавдатовича с Днём рождения, желает ему крепкого здоровья и успехов.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/27 17:22:46
Back to Top
HTML Embed Code: