Telegram Web Link
PM Bino manzil va guruh raqamlari.pdf
441 KB
2023/2024-o‘quv yili uchun Prezident maktablarining kirish imtihonlari o‘tkaziladigan katta sig‘imli binolar RO‘YXATI

Bugun, 15-iyul kuni – Prezident maktablari kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Imtihonlar 3 smenada – 08:00, 12:00 va 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 yarim soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

Ma’lumot uchun, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichida Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) beriladi.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
​​#статистика ЯКУНИЙ

⚡️Расман: Қабул-2023 мавсумида абитуриентлар 1 млн 18 минг 7 нафар бўлди

2023-2024-ўқув йилги қабул якунига кўра онлайн рўйхатдан ўтган ва таълим йўналишларини танлаган абитуриентлар сони 1 018 007 нафарни ташкил этди.

📈 Энг кўп танланган олийгоҳлар
(1-таълим йўналишига нисбатан):

👉 Ўзбекистон миллий университети — 36 782 нафар;
👉 Тошкент давлат транспорт университети — 30 421 нафар;
👉 Фарғона давлат университети — 29 941 нафар;
👉 Тошкент давлат педагогика университети — 28 827 нафар;
👉 Қарши давлат университети — 28 417 нафар.

📈 Энг кўп рўйхатдан ўтган худудлар:

1️⃣ Қашқадарё вилояти — 120 008 нафар;
2️⃣ Самарқанд вилояти — 114 180 нафар;
3️⃣ Фарғона вилояти — 94 999 нафар;
4️⃣ Тошкент вилояти — 89 603 нафар;
5️⃣ Сурхондарё вилояти — 84 457 нафар.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
⚡️⚡️ Abituriyentlar soni 1 million 20 mingga ham yetmadi

2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (qabul yakuni bo‘yicha)

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

👨🏻‍🎓 Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 018 007 nafarni tashkil etdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 890 304 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 95 456 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 29 917 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 2 330 nafar.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 577 096 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 24 802 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 407 945 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 8 164 nafar.

🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti — 36 782 nafar;
👉 Toshkent davlat transport universiteti — 30 421 nafar;
👉 Farg‘ona davlat universiteti — 29 941 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 28 827 nafar;
👉 Qarshi davlat universiteti — 28 417 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
2️⃣ Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;
4️⃣ Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.


https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar statistikasi

Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha jami 19 ming 235 nafar talaba onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil infografikada👆).

respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali – 10 596 nafar;

nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali – 8 639 nafar talaba ariza topshirgan.

❗️Eslatma: arizalar 5-avgust (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi kuni!

Avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun BHMning yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshirishlari lozim.

Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

To‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar bugun (21-iyul) soat 23:59 ga qadar elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
⚡️Расман: Абитуриент рухсатномасига буюртма қабул қилиш бошланди!

Ўқишга хужжат топширган барча яқинларингизга бу хабарни тарқатиб қўйинг!

🇺🇿 Эндиликда ДТМ (Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги) томонидан тест синовларига рухсатнома бериш бошланмаган бўлсада телеграм-бот орқали олдиндан буюртма беришингиз мумкин. Рухсатнома бериш бошланиши билан бот автоматик равишда рухсатномангизни сизга юборади.

Эслатма: Жорий йилда 1 млн нафарга яқин абитуриентлар рўйхатдан ўтганини ҳисобга олсак, рухсатнома бериш бошланса расмий сайт қотиб қолиши мумкин. Олдиндан берилган буюртма асосида сиз бу муаммони четлаб ўтишингиз мумкин.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Yo‘nalishlar kesimida qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini qanday bilish mumkin? Batafsil videoda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga 2023/2024-o‘quv yilida OTMlarning bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar mazkur sayt orqali tegishli oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va ta’lim shaklini tanlagan holda mazkur ta’lim yo‘nalishiga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini va bir o‘ringa tanlovni ko‘rishlari mumkin.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
⚡️Rasman: Imtihon sanalari e'lon qilindi

🔰 Yo'nalishlar kesimida taqsimot:

👉 1-avgust - yuridik soha abituriyentlari imtihon topshirishadi. (Huquq+Ingliz tili)

👉 2-3- avgust - Tibbiyot yo'nalishlari, shuningdek, Kimyo-biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan yo'nalishlar;

👉 4-avgust - asosan pedagogik, psixologik yo'nalish va maktabgacha ta'lim yo'nalish abituriyentlari imtihon topshirishadi.

👉 5-avgustdan iqtisod yo'nalishlari imtihonni boshlashadi

👉 5-6-avgust - texnika yo'nalishlarining imtihonlari boshlanadi.

👉 7-avgustdan Tarix-Geografiya fanlaridan imtixon topshiruvchilar imtihonni boshlashadi

👉 8-9-10-avgust - asosan filologiya yo'nalishlari imtihon topshirishadi.

👉 10-12-avgust - texnika yo'nalishlarining imtihonlari boshlanadi.

Imtihonlar 13-avgustda yakunlansa va undan keyin 7-10 kunlik muddat ichida mandat chiqishini hisobga olsak, 1-avgustda imtihonga kirganlarga ulkan sabr tilaymiz!

❗️Barcha abituriyentlarni xabardor qiling

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
⚡️Расман: Тест саволларини ишлаш учун абитуриентларга 3⃣ соат вақт берилади!

3 та мажбурийга - 60 дақиқа;
2 та мутахассисликка - 120 дақиқа.

Жами: 180 дақиқа (3 соат).

Агар кимдадир чет тили ёки бошқа фанлардан имтиёзли сертификати бўлса ва ўша фан учун тест синовидан озод қилинган бўлса, унда 60 дақиқа айириб ташланади. Агар 2 та мутахассислик фанидан ҳам имтиёзи бўлса, унда 120 дақиқа айириб ташланади ҳамда фақат мажбурий фанлар учун 1 соат вақт берилади.

Касбий (ижодий) имтиҳонлари бор йўналишларга топширган абитуриентлар учун фақат 3 та мажбурий фанга 1 соат вақт берилади.

Ушбу вақт ичига жавобларни белгилаш ҳам киритилган. Яъни бўяш учун алоҳида қўшимча вақт берилмайди.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Имтиҳонга формада бориш шартми?

Йўқ, шарт эмас!

Формада бориш мажбурий эмас, балки тавсиявий характерга эга.  Ҳар ҳолда жамоат жойи, шуни ҳисобга олган ҳолда кийинишни тавсия этилади.

🧕🏻Эслатма: Аввалги йилларда аёл-қизларимиз рўмол, хижоб билан тестда бемалол қатнашишган.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
⚡️МАНА: Математика фанидан тестда бериладиган формулалар жадвали

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 2023/2024-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI tasdiqlandi.

➡️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili)10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

➡️ Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan – 30 ta savol
.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

👉Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

📌 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189.

➡️Faylni yuklab olish

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
#Tezkor #Tarqating

⚡️6-AVGUSTDA TESTGA KIRGANLARNING NATIJALARI E'LON QILINDI!

Abituriyentlar oʻz ballarini quyidagi botlar orqali hoziroq bilib olishlari mumkin:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
👉 @e_dtm_mandat5bot

Botga Abituriyent ruxsatnomasini .pdf shaklda tashlang yoki abituriyent ruxsatnomasidagi ID raqamni botga yuboring!

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Ногиронлиги бўлган шахсларнинг ота-оналарини ўқишга қабул қилишда имтиёзлар боми?

Жавоб: Вазирлар Маҳкамаси томонидан 2018 йил 2 июндаги 417-сон қарори билан тасдиқланган Низомга мувофиқ ногиронлиги бўлган шахслар учун республика олий таълим муассасаларининг умумий қабул параметрларига нисбатан 2 фоизли қўшимча (алоҳида) давлат гранти квоталари ажратилади.

Қарорда ногиронлиги бўлган фарзандлари бор ота-оналар учун имтиёз назарда тутилмаган.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 Magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.

Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va b.) rad etilgan.

Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.

Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Расман: Ўзбекистон босқичма-босқич сиртқи таълимдан воз кечади!

🇺🇿 Олий таълим вазирлиги масъули Абдували Холиқовга кўра, сиртқи таълим шакли ҳозир ўзини оқламаяпти. Бу таълим шакли босқичма-босқич масофавийга ўтказилади.

"Фақат бунинг учун техник жиҳатдан тайёр бўлиш керак. Интернет яхши бўлиши керак. Айнан қачон масофавийга ўтилишини жараён ҳал қилади. Балки 3 йил, балки 5 йилдан кейин тўла сиртқи таълимдан воз кечармиз", деди у.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2023-yil 10-avgust kuni soat 12:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

10-avgust soat 12:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.

Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
#Tezkor #Tarqating

⚡️9-AVGUSTDA TESTGA KIRGANLARNING NATIJALARI E'LON QILINDI!

Hoziroq 1-2-3-4-5-6-7-8-9 avgustda imtihon topshirgan abituriyentlar oʻz ballarini quyidagi botlar orqali hoziroq bilib olishlari mumkin:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
👉 @e_dtm_mandat5bot

Botga Abituriyent ruxsatnomasini .pdf shaklda tashlang yoki abituriyent ruxsatnomasidagi ID raqamni botga yuboring!

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
⚡️Расман: Коллеж ва техникумларга қабул бошланди

2023 йил 10 август куни профессионал таълим муассасалари (коллеж ва техникумлар) га абитуриентларни онлайн рўйхатга олиш бошланди. Бу ҳақда Билимни бахолаш агентлиги хабар бермоқда.

Абитуриентларни рўйхатга олиш Давлат тест марказининг http://my.uzbmb.uz сайтида “Профессионал таълим муассасаларига қабул” бўлими орқали амалга оширилмоқда.

📆 Рўйхатга олиш 10-сентябрга қадар (10 сентябрь куни ҳам) давом этади ва абитуриентлар 10-сентябрга қадар ўз маълумотларини ўзгартиришлари мумкин.

Эслатма: Техникумни битирганлар олийгоҳга имтиҳонсиз кириш механизми бекор қилинмоқда. Бу имкониятга асло қизиқиб ўтирманг.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
2024/09/28 03:20:31
Back to Top
HTML Embed Code: