Telegram Web Link
📌 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatidagi maktabgacha, maktab va professional ta’lim muassasalari,  Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy o‘quv yurtlarida qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi.

O‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 Namangan va Qashqadaryo viloyatidagi maktabgacha, maktab va professional ta’lim muassasalari,  Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy o‘quv yurtlarida qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi.

O‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
❗️Samarqand viloyatidagi barcha maktablarda ertaga, 18-yanvardan o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi. Bungacha ham viloyatdagi sharoiti yaxshi 500 dan oshiq maktabda darslar anʼanaviy boshlab yuborilgan edi.

Viloyatdagi bog‘cha, oliy va o‘rta maxsus taʼlim muassasalari haqida hozircha yangilik yo‘q. Demak, ular ham faoliyatini davom ettiraveradi. Chunki shundoq ham Samarqanddagi ushbu muassasalar 11-yanvardan o‘qishni anʼanaviy (offlayn) shaklda olib borayotgan edi.

Xulosa: Samarqanddagi hech qaysi ta'lim muassasasida taʼtil uzaytirilmaydi.


https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 Xullas barcha OTMlarda qishki ta'til 23-yanvarga qadar uzaytirildi.

Bularning barchasi talabalar va o’quvchilar sovuqda yo’l bosib kelib sovuq xonalarda o’tirmasliklari uchun qilinmoqda.

Samarqanddagi OTMlar bundan mustasno.

P/S Balki ularda xamma sharoitlar yaratib qo'yilgandir.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Talabalar esdan chiqib qoldi. Vazirlar Mahkamasi yechim berishi kerak

Anomal sovuq nafaqat uy-joylar va infrastrukturalarga, balki miyalarga ham taʼsir qildi shekilli, tez o‘ylash va aqlli qaror qabul qilish sifati keskin tushib ketganini taʼtillar bilan bog‘liq jarayondan ham ko‘rish mumkin. Mayli, bu haqda hali xo‘b va ko‘p gapiriladi.

Hozir masʼullar eʼtiborini boshqa bir masalaga qaratmoqchiman.

Dastlab 9-yanvardan o‘qishlar boshlanishi kerak edi. Keyin darslar 18-yanvarga qadar uzaytirildi. Xuddi shu uzaytirish haqidagi Vazirlar Mahkamasi bayonida talabalarga beriladigan avia hamda temir yo‘l chiptalariga 50 foiz chegirma muddatini ham 18-yanvarga qadar uzaytirish, shuningdek 9-yanvargacha xarid qilingan chiptalarni bepul almashtirib berish belgilangandi.

Keyinchalik ayrim joylarda o‘qish 11-yanvardan boshlanadi deyishdi. Endi esa kechadan boshlab deyarli barcha hududlar oliy taʼlim uchun ham o‘qishlar 23-yanvardan boshlanadi, deb eʼlon qildi.

❗️Muammo shundaki, Vazirlar Mahkamasi taʼtil muddatini belgilashni hududiy hokimliklarga topshirgandi, ammo hokimlarda avia hamda temir yo‘l chiptalariga chegirma belgilash yoki bu muddatni uzaytirish vakolati yo‘q.

Talabalarning chiptalari esa bugun-erta kuyadi. O‘zi 2-3 marta chipta almashtirib sarson bo‘lgan talabalar, hammasiga ko‘zni chirt yumib, yana bir marta almashtirishga rozi, ammo endi kassalar chegirma bermaymiz yoki tekinga almashtirmaymiz, deyapti. Ular ham to‘g‘ri aytyapti, chunki chegirma muddatini uzaytirish haqida qaror yo‘q. Talabalar hammaning esidan chiqib ketib qoldi.

Bu masala bilan faqat va faqat Vazirlar Mahkamasi shug‘ullanib, yechim bera oladi. Na hokimlikda, na vazirlikda bunaqa vakolat bor. Umid qilamanki, Vazirlar Mahkamasidagi taʼlimga masʼul insonlar tezda bu masalada ham talabalar foydasiga yechim berishadi.

Hazil tariqasida aytganda: "Talabalar ham odam" 😊
Xushnudbek

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 Talabalar diqqatiga!

Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarga o‘quv grafiklarini moslashtirgan holda amalga oshiriladi.

Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Bunda, barcha talaba va o‘quvchilarga nazorat ishlarida ishtirok etishlariga imkoniyat yaratiladi.

Shuningdek, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalari uchun qishgi ta’til muddati uzaytirilishi munosabati bilan temiryo‘l poyezdlariga qo‘shimcha joylar soni yanada ko‘paytirilib, xarid qilingan yo‘l chiptalari bepul almashtirib beriladi. Bundan tashqari, tezyurar va yo‘lovchi poyezdlarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma sotuvi muddati ham uzaytiriladi.

Barcha temiryo‘l kassalarida talaba-o‘quvchilar avval xarid qilgan chiptalarini boshqa sanaga almashtirishlari yoki ta’til yakunlanguniga qadar chegirma bilan sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
OTM O'ZBEKISTON 🇺🇿
Talabalar esdan chiqib qoldi. Vazirlar Mahkamasi yechim berishi kerak Anomal sovuq nafaqat uy-joylar va infrastrukturalarga, balki miyalarga ham taʼsir qildi shekilli, tez o‘ylash va aqlli qaror qabul qilish sifati keskin tushib ketganini taʼtillar bilan…
Vazirlik xabari: biletlarga chegirma va bepul almashtirib berish muddati uzaytirildi

(bu masala hal qilingan ekan, shunchaki xabari kechroq chiqyapti)

O‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalari uchun qishki ta’til muddati uzaytirilishi munosabati bilan temiryo‘l poyezdlariga qo‘shimcha joylar soni yanada ko‘paytirilib, xarid qilingan yo‘l chiptalari bepul almashtirib beriladi. Bundan tashqari, tezyurar va yo‘lovchi poyezdlarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma sotuvi muddati ham uzaytiriladi.

Barcha temiryo‘l kassalarida talaba-o‘quvchilar avval xarid qilgan chiptalarini boshqa sanaga almashtirishlari yoki ta’til yakunlanguniga qadar chegirma bilan sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
Xushnudbek


https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 ESLATMA: Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlashning oxirgi muddati 20-yanvar

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilangan.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar berishicha Magistratura qishki qabuliga topshirilgan sertifikatlarni tekshirish maʼlum vaqt talab etishini inobatga olgan holda, natijalar fevral oyining birinchi 10 kunligida eʼlon qilish rejalashtirilgan.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq DTM) xabar qiladi:

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari barcha hududlarda 29-yanvar kuni soat 10:00 da boshlanadi.

Test sinovida talabgorlarga 45 ta topshiriq va jami 3 soat vaqt (javoblarni bo’yashi ham shuni ichida) beriladi.

Talabgorlar ruxsatnomani 23-yanvar kunidan boshlab my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

* * *

Shuningdek, fevral oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi va 30-yanvar (to‘lovni amalga oshirish 31-yanvar) ga qadar davom etadi.

Bunda test sinovining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi 12-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa yozma imtihonlardan oldin tashkil etiladi.


https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 Talaba ishlashi mumkinmi?

Ha, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo‘yicha bunga hech qanday cheklov yo‘q. Ya’ni Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega. 15 yoshdan esa sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

☝️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining «Oliy ta’lim to‘g‘risida»gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-buyrug‘i (hujjat rus tilida)ning 50-bandida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, talaba bemalol ishlashi mumkin. Faqat ta’limdan bo‘sh vaqtida.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

📌 Auditoriyaga kirib hamma oʻtirishi shart degan topshiriq yoʻq — Vazirlik mas’uli

Kecha, 23-yanvardan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini boshlashga ruxsat berildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament rahbari A.Xoliqov ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini tashkil etish bilan bog‘liq tushunmovchiliklar yuzasidan munosabat bildirdi.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
⚡️Расман: Мактаб битирувчиларидан ўз вақтида ID-карта олишлари шарт!

Бўлмаса имтиҳонга кира олмайди

Маълумки, абитуриентларнинг олий таълим муассасаларига кириш учун тегишли ҳужжатларни онлайн топшириш учун битирувчиларнинг паспорт (ID карта) маълумотларини ABITUR электрон дастурига киритиш талаб этилади. Шунинг учун 16 ёшга тўлган ҳар бир битирувчи ўз вақтида паспорт (ID карта) олиши зарурлигини эслатиб ўтамиз, дея Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ёзмоқда.

Бугунги кунга қадар жорий ўқув йилида мактабларни тамомлаётган 390 мингдан ортиқ ўқувчининг 16 ёшга тўлган 129 минг (33%) нафари паспорт (ID карта) олмаганлиги сабабли уларнинг маълумотлари электрон базага ҳозирча киритилмаган.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
📌 OTMlarning litsenziya masalalari bo’yicha endi Oliy ta’lim vazirligiga murojaat qilish kerak

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ayrim vazifa va funksiyalari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga oʻtgani munosabati bilan oliy, oʻrta va professional taʼlim xizmatlarini litsenziyalash masalalari boʻyicha savollar bilan quyidagi raqamga murojaat qilish mumkin:

+998-71-207-16-57

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
​​​⚡️Расман: Нострификация хизматини ташкил этиш ваколати Давлат тест марказига берилди

Хабарингиз бор, Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси тугатилиб, унинг вазифа ва функциялари Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги орасида тақсимланди.

Шу сабабли Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги томонидан вазирлик ҳузуридаги Билим ва малакаларини баҳолаш агентлигига нострификация ва апостил хизматларини кўрсатиш бўйича функцияларни қабул қилиб олиш чораларини кўриш топшириғи берилди, дея xaбар берилмоқда.

Нострификация ва апостил хизматлари март ойида ишга туширилиши кутилмоқда.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Кимлар абитуриент сифатида ўқишга топшира олишади?

Демак, ОТМларнинг бакалавриат босқичига қуйидагилар ҳужжат топшира олишади:

1️⃣ Умумий ўрта таълимнинг 11-синфини тугатганлар.

Бунда барча мактаблар, шу жумладан Президент ва ижод мактаблари, ихтисослашган ва ҳарбий мактаблар, лицейлар, гимназиялар, хуллас барчаси кириб кетади. Муҳим жиҳати албатта 11-синф негизида шаҳодатнома бўлиши керак, 10-синфни тугатиб топшириб, талаба бўлиб ўқиш имкони йўқ;

2️⃣ Ўрта махсус ва касб-ҳунар таълими муассасасини тугатганлар.

Бунда академик лицейлар, касб-ҳунар коллежлари, касб мактаблари ва техникумлар киради. Бунда ҳам тўлиқ тугаган ва диплом берилган бўлиши керак. Кимлардир 3 йиллик, кимлардир 2 йиллик ўқиган бўлиши мумкин;

3️⃣ Олий таълимда ўқиётган талабалар.

Бунда ҳозирда Ўзбекистондаги давлат ёки нодавлат, шунингдек хориждаги ОТМларда талаба бўлиб ўқиётганлар мактаб, лицей, коллеж ва ҳ.к. дипломлари билан ўқишга ҳужжат топширишлари мумкин. Ўқишга кирган тақдирда қаерда ўқишини ўзи танлайди, хоҳласа ҳозирги талабалигини давом эттиради, хоҳласа янги кирган жойида ўқийди.

Талабаларнинг ўқишга топшириши ҳеч қандай муаммо (масалан, ўқишдан четлатиш) олиб келмайди.

4️⃣ ОТМларни тугатган дипломли олий маълумотлилар.

Аллақачон бир марта олий маълумот олиб бўлган шахслар ҳам бемалол яна қайта бакалавриат босқичига ҳужжат топшириб кўришлари мумкин. Улар ҳам худди ҳозирги талабалар сингари мактаб, лицей, коллеж ва ҳ.к. дипломлари билан ўқишга ҳужжат топширишади, университет дипломи билан эмас. Бу ерда яна бир жиҳат, амалдаги қонунчиликка кўра, бир марта олий маълумот олиб бўлганларнинг (грант ёки контрактда ўқиганлигидан қатъи назар) иккинчи марта талаба бўлиши фақат тўлов-контракт асосида бўлади. Яъни улар грантга даъвогарлик қила олмайди, кирса ҳам фақат контрактда ўқишади.

Мана шу юқоридаги 4 та тоифадаги шахслар бемалол абитуриент сифатида ҳужжат топшириб кўришлари мумкин.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Наманганда ўқийдиган Фарғоналик талаба отасининг танбеҳига аччиқ қилиб ўзини ёқиб юборди

Ўз жонига қасд қилиш ортидан олган жароҳатлари натижасида (тананинг 50% куйиши) шифохонада вафот этган.

Маълум бўлишича, йигит ОТМда имтиҳондан ўтолмагани сабаб отаси унга танбеҳ берган. Йигит эса бунга зарда қилиб, ўз жонига қасд қилган.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
⚡️Расман! Энди 2023-йилги кириш имтиҳонларида тушадиган тестларга ўхшаш намуналарни сотиб олиш мумкин!

💰Тестда қатнашиш: 15.000 сўм

🇺🇿 Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги томонидан олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синовлари форматидаги намунавий тест топшириқлари асосида диагностик тест синовлари йўлга қўйилди.

Диагностик тест материаллари ҳар ҳафта барча ҳудудларга етказилади ва талабгорлар тест материалларини агентликнинг ҳудудлардаги вакилларидан олиб кетишлари мумкин бўлади.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
⚡️Расман: Тошкентда Ҳамширалар академияси ташкил этилади!

Ўқиш муддати - 4 йил бўлади
2 йил Ўзбекистонда, 2 йил Туркияда.

🇺🇿 🇹🇷 Туркиянинг Соғлик билимлари университети билан ҳамкорликда Тошкентда Ҳамширалар академияси ташкил этилади. Бу ҳақда Соғлиқни сақлаш вазирлиги хабар бермоқда.

Янги 2023-2024 ўқув йилидан ўз фаолиятини бошлайдиган академияда ҳамшираларни тайёрлаш 4 йиллик ўқув дастури асосида Соғлик билимлари университети профессор-ўқитувчилари томонидан халқаро таълим стандартлари асосида амалга оширилади. Унга кўра, таълимнинг икки йили Ўзбекистонда ва икки йили Туркияда олиб борилади.

Шунингдек, бакалавриат босқичида “Тиббиёт менежменти” таълим йўналиши бўйича 4 йиллик қўшма дастур йўлга қўйилади. Бу лойиҳада ҳам талабалар икки йил Туркияда таҳсил олади.

https://www.tg-me.com/OLIY_TALIM_MUASSASALARI
Assalomu alaykum kanalimiz a'zolari. Barchangizni ta'mir talab bo'lgan maktab uchun ovoz berib qo'llab yuborishingizni iltimos qilamiz. O'zim borib ko'rdim, axvol yaxshi emas. Savobli ishdan chetda qolmang. Bunda sizga xechqanaqa zararli maqsad yo'lida foydalanilmaydi. Barchadan iltimosimiz shu havola orqali saytga kirib ovoz to'plashda yordam bering.

https://openbudget.uz/boards-list/1/5870beb1-f65b-43eb-8937-c84767b033f5
2024/11/16 11:52:19
Back to Top
HTML Embed Code: