ULTAR MUSHUKLARI

Hovard Filips Lavkraft

O’sha kecha sayyohlar Ultarni tark etishdi va ularni qayta hech kim ko’rmadi. Xonadon egalari mushuklarini yo’qolib qolganini payqashgach, tashvishga tushishdi. Har bir ro’zg’ordan mushuklar yo’qola boshlagandi: katta-yu kichigi, qorasi, kulrangi, yo’l-yo’li, sarig’i va oqlari.

Axtamov Alisher tarjimasi: https://tarjimalar.uz/?p=551
"Shaxsiy xona" nimaga kerak?

Kuni kecha mashhur ingliz yozuvchisi Virjiniya Vulfning “Shaxsiy xona kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimotda tilshunos Eldor Asanov, tarixchi Bahrom Irzayev, olima Qandilat Yusupova, kitob tarjimoni Nodira Ibrohimova, muharrirlar Maftuna Muhammadamin, Alisher Fayzullayev hamda yozuvchi Tillaniso soʻzga chiqib, asarning mohiyati haqida fikrlarini oʻrtoqlashdi.

https://www.afisha.uz/uz/znaniya/2024/09/23/shaxsiy-xona

Kanalga obuna bo’ling
👉 @afishauzb
Forwarded from Birburchak
Virjiniya Vulfning “Shaxsiy xona” esse-qissasi oʻzbekchaga tarjima qilinib sotuvga chiqishi bilan kitobxonlar orasida muhokama markaziga koʻchdi. Bunga sabab, menimcha, bunday mavzudagi kitoblarning oʻzbek tilida juda kamligi, mamlakatimizdagi insonlar ongi oʻsgani sari har bir ijodkorda, umuman olganda, barcha insonda “Shaxsiy xona”ga ehtiyoj sezilayotgan boʻlsa kerak.

“Shaxsiy xona” sotuvga chiqqan ilk kunlardayoq xarid qildim. Saviyali kitobxonlar tiliga tushgani, ayniqsa, qizlarning katta anomaliya bilan yopirilib bu kitobni oʻqishga kirishganlarining sababini men ham bilmoqchiman)))

Oʻqib turgan kitobim tugashi bilan bu kitobni oʻqishni boshlayapman. Asarni tugatishim bilan sizlarga “Shaxsiy xona” haqidagi fikrlarimni yozaman. Bu kitob haqidagi shov-shuvlar sizga ham yetib bordimi?

🕊Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
тунда ўй-фикрлар оғушида бўлиш, ўзинг билан қолиш, филм кўриш, сукунатдан баҳра олиш мазакуя, лекин эрталаб 7 да уйғонишга мажбурлигингни эслаш ёқимсиз.
Tanlagan kitoblarimning haqini to‘layotganimda ko‘rdimki, u jazavaga tushgan holda sotib olgan “Shaxsiy xona” kitobini sotuvchiga qaytarib berayotgan edi. U sotuvchi qizga xuddi shu kitob narxidagi boshqa kitobni olishini aytib, o‘dag‘aylab turardi. Tushunmadim uning bu qadar qoni qaynashiga nima sabab bo‘ldi? Ijod uchun shaxsiy xona kerakligi haqida mulohaza yuritayotgan xotin-qizlarning nimasi uni cho‘chitdi? Uning qaysi e’tiqodiga zid keldi bu?

O'qish: https://telegra.ph/Shaxsiy-xona-qandaydir-sehrli-joy-emas-09-23
Har bir inson intuitiv tarzda biladiki, erkak va ayolning birlashishidan katta qoniqish va baxt tuygʻusi hosil boʻldi. Taksi toʻxtatgan yigit va qizning birga ketishini koʻrganimda yana bir fikr xayolimga keldi: balki inson ongida ham ikki jins bor, baxt va rohat uchun ehtimol ular ham uygʻunlashishi lozimdir? Men inson qalbida erkak va ayol tamoyili qanday yashashini sxematik tasavvur qilishga harakat qildim. Erkak ongi erkakcha ohang taratadi, ayol tafakkuri ayol ohangini. Shu ikkisi uygʻun, ruhiy hamkor boʻlsa, osoyishtalik, muvozanat yuzaga keladi.

Virjiniya Vulf "Shaxsiy xona"

Асар якуни гўзал: муаллиф эркак ва аёлни бирга уйғунликда кўради, бир бирига елкадош санайди, руҳий ҳамкорлик тилайди.
Юксалиш мактабларида Мен, дадам, Алцгеймер китобим ўқилиши керак бўлган асарлар рўйхатига киритилган экан. 🤗
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун шоир Азиз Саид таваллуд куни!

БОР-ЯП-МАН

Жон бўйнига ип сол-дим
Руҳни занжирлаб ол-дим
Сени тополмай қол-дим

Ёр ё-нинг-га бор-яп-ман

Одам мана хур-жун-да
Ҳавво мана лун-жим-да
Шайтон мана пин-жим-да

Ёр ё-нинг-га бор-яп-ман

Качкулимда хиё-нат
Тиззамгача мало-мат
Юрагимда қиё-мат

Ёр ё-нинг-га бор-яп-ман

Осмон чакмон эг-ним-да
Қалдирғочинг ен-гим-да
Йўлинг белбоғ бе-лим-да

Ёр ё-нинг-га бор-яп-ман

Қадамда ер тарсо-турс
Бўғзимда чўғ чарсо-чурс
Отим ортда ҳарсо-ҳурс

Ёр ё-нинг-га бор-яп-ман

Вақт пардаси йир-тил-ган
Ғорда номинг би-тил-ган
Бўйнимда дор ти-тил-ган

Ёр ё-нинг-га бор-яп-ман

Азиз САИД
Forwarded from FILOLOG KUNDALIGI 📚
Biz oʻz shaxsiy xonamizga kirishimiz kerak...
Xonalar turli-tuman, tinch yoki shovqinli, derazasi dengizga qaraganmi yoki qamoqxonaga, iflosmi yoki pokiza, tosh toʻshalganmi yoki ipak, gilam otning yolidek yoki qushning patidekmi – ayollikning koʻpqatlam kuchini bilmoq uchun koʻchadagi istalgan xonadonga kirish kifoya. Boshqacha boʻlishi mumkinmi? Ayollar ming yillar davomida uyda oʻtirishgan, shuning uchun ham gʻisht va ohakli devorlar ularning ijodiy quvvatlari bilan toʻyinib boʻlgan, endi uni qalamga, moʻyqalamga, qogʻoz, biznes va siyosatga sarflash kerak.

Virjiniya Vulf "Shaxsiy xona"

@dunyo_klassikasi
Forwarded from Birburchak
Vulfning “Shaxsiy xona”si tom ma’noda feministik asar. Ammo siz va biz hozirda oʻrganib qolgan va medamizga urib ketgan feminizm tushunchasi bilan asardagi feministik ruh ancha farqli. Ayni damda jamiyatimizda suzib yurgan ushbu gʻoyada yoki uni dastaklovchilarning aksarida erkaklar tomonga tosh otish, erkak jinsini kamsitish, erkak jinsidan ayol jinsini yuqori qoʻyish orqali feministik kayfiyatini koʻrsatish avj olgan. Virjiniya Vulfning “Shaxsiy xona”sida esa ayollarning oʻz oʻrni uchun, oʻz tuygʻu va ehtiyojlari uchun qoʻyilgan talablari erkak jinsini tahqirlash yoki bu jins chegarasida turgan narsalarni talab etish, tortib olish gʻoyasiga asoslanmaydi. Asarning ana shu gʻoyasi menga alohida yoqdi.

Vulfning “Shaxsiy xona”si ayollar hayotidagi mushkulliklarga ijodkor rakursidan qaraydi. Ayollarning tarixda yoki oʻzi yashab turgan davrdagi ijod qilish imkoniyatlarini, ijtimoiy yoki madaniy cheklov deb hisoblagan jihatlari haqida fikr yuritadi. Umumiy qilib aytganda, ayol ijod qilishi uchun moliyaviy erkinlik va shaxsiy xona kerak degan xulosa atrofida mulohaza yuritadi. Fikrimcha, bu qulayliklar nafaqat ayol, balki erkak ijodkorlarga ham suv va havo kabi zarur.

Asarning yana bir yutugʻi u yozilgan davrda ayollar huquqlari, xususan, ta'lim olish va ijtimoiy tenglik masalalari kun tartibida edi. Vulf o‘z asarida bularni ko‘tarar ekan, adabiyotdagi ayollarni tahlil qilib, ularga yaratilgan sun’iy to‘siqlarni va imkoniyatlar cheklanganligini yoritadi.

Iqtidorli ayollar ijod qilishi, erkak ijodkorlar, masalan, Shekspir kabi katta dargʻa darajasiga yetishi uchun nimalar yetishmayotganini sanab chiqadi. Erinmay, maydalab tahlil qiladi. Bu roʻyxatning old qatoriga esa yillik daromad miqdorini va shaxsiy xonani qoʻyadi. Vulf ana shu birlamchi ehtiyojlardan mosuvo qilingan Jeyn Ostin va opa-singil Brontelarni misol qilarkan, agarda ularda yuqoridagi ikkisi, hech yoʻqsa shaxsiy xonasi boʻlganida oʻzlarining asl iste’dodini koʻrsatgan boʻlardi, biz koʻrganimiz esa iqtidorlarining bor boʻyi bilan namoyon boʻlmagan shaklidir degan fikrda qat’iy turadi.

Asarni faqat ayol ijodkorlar yoki ayollar uchun deyish ham biroz xato. Ayniqsa, shaxsiy xona va moliyaviy barqarorlikni koʻplab erkak ijodkorlar ham orzu qiladi. Shunday ekan, kitobdagi fikr va mulohazalarning aksari jins tanlamaydi. Menimcha, asar ana shu jihati bilan ham qiynamtli. “Shaxsiy xona” haqida kamida yana bitta post joylasam kerak…

Muhiddin Nido

🕊Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Учта болам мактабчи, оналар йиғилган телеграм группада доим кузатаман: боласини рус тилисиз одам бўлмайди деб санашади. Ўзлари вақтида рус тилини яхши ўрганмагани учун жамиятда қийналганини рўкач қилиб. Боласи русча билса келажаги порлоқ бўларкан. Мени болаларим русчага қизиқмайди, ўзимам ундамайман. Ҳозир инглиз тилига қатнашади, кейин қўшимча немис тилини ўрганишмоқчи.
Оналар, келажакка рус тили билан пойдевор қўйманг. Ривожланган мамлакатларда таълим олиш учун унинг аҳамияти паст. Мамлакат ичида эса русча гаплашишга мажбур бўлмаслиги керак.
Ғамхўрлик турлари

«Бечора бахтсизлар» филми катта тассурот қолдирганди.
Филм ижодкорларидан галдаги картинани томоша қилишга ниҳоят вақт топдим. Буниси бутунлай бошқача. Қора юмор ва абсурд қоришмаси. Филм учта ҳикоядан иборат. Ҳар учовида ҳам бир хил актёрлар таркиби турфа тақдирларни ижро этади (спойлер бор).

1. Тақдирини бошқа шахсга тутқазган инсон. У ўз ҳаётини ўзи қуролмайди. Нечида ухлаш, қайси китобни ўқиш, нима ейиш, қандай кийинишни ўзига рахнамо деб билган қарияга топширган. Рахнамоси ҳатто унга рафиқа ҳам танлаб берган. Фарзандли бўлишни таъқиқлаган. Бир кун у эркакка автоҳалокатга учрашни буюради. Эркак одам ўлдириб қўйишдан қўрқиб уни рад этади – биринчи марта. Рахнамо ундан кечади. Эркак эса мустақил яшай олмайди. Охир оқибат машинасида одам уриб-ўлдириб, рахнамо ёнига ўкинч билан қайтади. Рахнамо унга ғамхўрлик қилишда давом этади. Ғамхўрликнинг ғалати, нотабиий, тушунарсиз шакли.

2. Хотини йўқолган инсон. Эркакнинг рафиқаси саёҳатга кетиб йўқолиб қолади. Уни излашади. Ниҳоят, топилганини айтишади. Эркак қувониб аёлни уйига олиб келади. Аммо аёлнинг диди ва оёқ ўлчами ўзгарганидан шубҳаланиб, уни қабул қилолмайди. Аёл фидойи – эркак ҳайдаса ҳам кетмайди, уни севади. Эркак шафқатсизликка ўтади: аёлдан бармоғини кесиб таом пишириб беришини сўрайди. Аёл шундай қилади. Сўнг эса жигаридан тайёрлашини сўрайди. Аёл жигарини суғураркан, ўлади. Сўнг эшик очилиб эркакнинг ўз хотини кириб келади. Улар яна бирга, яна бахтли. Лекин ўлган аёл ким эди? Нега ўлар даражада эркакка ғамхўрлик кўрсатди? Ғалати.

3. Сеҳргар аёлни излаган инсон. Аёл оиласидан кетади, қизи ва эрини ташлаб – у қандайдир ғалати диний сектага қўшилади. Унинг миссияси одамларни тирилтира олувчи қизни излаш эди. Кўп қидиради. Орада эри билан учрашгани учун уни сектадан ҳайдашади – покланиш маросими кор қилмайди. Ниҳоят, у ўша сеҳрли қизни топади. Чинданам қўл тегиниши билан ўликка жон бағишлашига гувоҳ бўлади. Бироқ авария туфайли уни ўзи ҳалок қилиб қўяди. У инсониятга ғамхўрлик қилмоқчи эди, бироқ акси бўлди.

Бу уч ҳикояда режиссёр нима демоқчи? У одамларни шахсий эркинликка чорлаб тақдирни қўлига олиши кераклигига ишора қилади. Қаҳрамонларнинг бари абсурдда яшайди. Ва буни ўзгартира олишмайди. Ғалати одамлар, ғалати ғамхўрликлар, ғалати якунлар.

Эмма Стоун уч образда ҳам ўзини ёрқин намойиш этолган дейиш мумкин. Якундаги рақсга эса офарин ) Филм аудиторияси 18+.

@mittihaqiqatlar
Forwarded from Mutolaa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#audio_kitob
📚Nomi: Alanga ichidagi ayol
🪪Janri: Biografik qissa
📝Asar muallifi: Suad
🔖Tarjimon: Nodirabegim Ibrohimova
📋Qism: Birinchi
🎙 Audio muallif: Mamatqulova Aziza

https://www.tg-me.com/aziza_gayratovna
Мен
Оламдан
Ўтдим.
Мен оламдан ўтдим,
Эркалатманг ўтган одамни.
Елкаларда кўтарманг.
Атрофга
Ўғринча
Йўталманг.
Раҳмат, ўзим борардим-ку...
Эҳтиёж борми энди тобутга?!
Барибир... Ёндиринг.
Мен ахир, ўч эдим ўтга.

Рауф Парфи
Forwarded from Ochopat_Book
#kayfiyat

Eng ko'p shu kitobni kutdim!

Tarjima qilinishi boshlanganidan xabar topishim bilan kutishni boshlagandim. Sotuvga chiqishi kutilayotgan paytda esa hatto Book uzga bir tanishimizni ham yubordik. Kitob hali sotuvga chiqmagan-u, ammo nashriyotda 3-4 ta bor bo'lsa, shuning birini sotib olishimiz mumkin yoki yo'qligini bilish uchun bordilar. Ammo sotuvga chiqsagina olishimiz mumkinligini aytishdi. To'g'ri-da nima mening shoxim bormi? 😅

Kitob turk tilida ham bor. Ammo nega turkchasini o'qimayapman?
Kitobni Nodira opa tarjima qilayotganlarini bilib, aynan o'zbek tilida o'qishni xohladim. Nodira opani mohir tarjimon va ijodkor sifatida hurmat qilaman. Bundan oldingi tarjima asarlarini ham tanlab, hech afsuslanmaganman.

Bu kitobni xuddi sotuvga chiqishi bilan tugab qoladigandek birinchilardan xarid qildim. Ayni paytda esa "Shaxsiy xona" 5000 kmdan ortiqroq masofani bosib o'tib, Turkiyada, shaxsiy xonamda Men bilan birga!

Maroqli mutolaa...

@Ochopat_book
Forwarded from Mahin's World
​​#book_review

O’ylab qoldim. Men dissertatsiyam ustida qizg’in ish olib yurgan bir paytda, men bilan tengdosh boshqa qiz/ayollar nima qilishyapti ekan? Ularning qiziqishlari, hayot tarzlari qanday? Ular kechqurun ovqat yeyilganidan keyin nima bilan mashg’ul bo’ladilar? Tikish, to’qish, yozish yo kitob o’qish?

Bundan bir asr muqaddam, ha qo’ying ellik yil avval hayot kechirgan aynan mening tengdoshimda qanday hayot tarzi bo’lgan? Yuz yil avval? Javob yo’q. Javobsiz o’ylar bari. Qiziq, aynan “Jeyn Eyr”, “Bovari xonim”, “Andisha va G’urur” kabi kitoblari – aynan ayollar tomonidan qoralaganlarni 50-100 yil avval yozilganlarni xayolan qidiraman. Yo’q, afsus yo’q. Nasrda ijod qilgan – o’tgan asrda – ayol ijodkor haqida o’ylayman. Bormi? Xabarim yo’qmi?

Ayol haqida – uning o’ylari, qiziqishlari haqida yozilganlarni o’ylay boshlayman. Avvalari ham ayollar haqida ko’p o’ylardim, ammo Virginia Woolf barcha o’ylarimga ko’zga tutgandek bo’ldi. Yana shu yurakda toshdek simillab yurgan o’ylovlarni sirtga chiqardi. Uning aytishicha ayollarga shaxsiy xona va pul kerak ekan. Ha, to’g’ri eshitdingiz – aynan AYOLga! Kulgim keldi, ayolga? Qizlarga hatto alohida xona yo’q, bu jamiyatdaya? (albatta barcha emas, biroq xonasiz qizlar minglab topiladi)

Bir oilani bilarkanman, qizning ikki aka va 1 ukasi bor, ikki aka uylangan, uy esa uch xona. Qizga xona yo’q. Muallif esa ayolga deydiya. To’g’ri, qiz/ayolga xona nima kerak, u nega rivojlanishi kerak, degan gaplar almisoqdan qolgandek sizga eshitilishi, atrofingizdagi o’qigan va o’qiyotganlarni menga bigiz qilib ko’rsatishingiz mumkin. Keling, siz bilan bir sirni bo’lishay – shu o’qiyotgan qizlaringizning nechtasi va qanchasi muvaffaqiyatli? O, yo’q siz bilan tabiat qoidasi borasida cheksiz baxslashmoqchi, ayollar tug’masin, turmush qurmasin demoqchi emasman. Aytayotganim muallifnikiga o’xshash – ayollarda rivojlanishi uchun sharoit bormi? Turli dardga yaramaydigan xo’jako’rsinga qilinadigan forum – ilmi nolu lekin pul bilan himoya qilganlarni tanishlari chaqiradigan, cheksiz muvaffaqiyat haqida quloqqa tambur tepadigan – raqamlar uchungina qiladiganlarni gapirmaylik. Hmmm, bor. Kam. Qishloqlarda bormi?

Kitobga qaytaylik. Muallif ushbu ijodida patriarxat tizimda ayol realizatsiyasini ta’lim, madaniy, iqtisodiy tomonlarini tahlil qiladi. Bundan tashqari, Virginia nafaqat ayollarning ijodini aytadi, balki ular yozganlarni ham tahlil qiladi. Ya’ni, agar ayolning yozganida g’azab bo’lsa demakki u bemalol yoza olmagan. Uning ijodida to’siq bo’lgan. U xotirjamlikda ijod qila olmagan. Yozuvchi ayollar, tenglik, erkinli, ruhiy erkinlik haqida bosh qotiradi, jon kuydiradi. Uning aytishicha moliyaviy tomondan erkin insonning ruhiyati erkin, ruhiyati erkin esa tabiiyki erkin ijod qila oladi, deydi. O’rtaga ayollarning erkin ijodi uchun alohida sharoitlar yaratilishi kerakligi, qizlar ham bolalikdan ruhan erkin o’stirilishi kerakligini aytadi. Eng qiziq misol, o’rta sinf oilasi qiziga nisbatan qulning bolasi erkin, degani bo’ldi.

U ayollarga o’zingizni kashf qiling, o’zingizni namoyon eting deydi. Bu narsalarni bajarish uchun ham tabiiyki erkinlik kerak. Hamma borada. Misollar hayotda ham bisyor. Masalan, bir vaqtda PhDga kirganlarda ham odatda erkak kishi oldinroq himoyaga chiqadi. Chunki uning ilmi, uyda dissertatsiya ustida ishlashi, izlanishi oilada, jamiyatda jiddiy qaraladi. Ayol esa uyiga qaytganda tabiiyki oilasi bilan, farzandlari bilan vaqt o’tkazadi. Sanoqli ayollargina (juda ham sanoqli) xona – shaxsiy ishxonasiga kirib, shaxsiy ish stolida ilmi yoki ijodi bilan mashg’ul bo’la oladi.

Qizlar - o’zingizni kashf eting, o’zingiz realizatsiyangiz bilan mashg’ul bo’ling. Eng muhimi esa o’z jinsingizdagilarga nisbatan solidarnost bo’lsin. Biz bir-birimizni qo’llab-quvvatlashimiz shart!

@mahinsworld
2024/09/28 22:31:18
Back to Top
HTML Embed Code: