Telegram Web Link
Forwarded from MohiRa || Shaxsiy blog
Menimcha, taqdimot rasmlarini eng kech e'lon qilayotgan men bòlsam kerak. Shuning uchun hech kim ijtimoiy tarmoqqa qòymaganlarini tanlab olishga harakat qildim)
1. Adabiyotga yangi asar kirib kelyotgani va bir guruh odamlarning tòplanishidan kelib chiqadigan bòlsak, kitob taqdimoti òzbekning tòyiday bòlishi kerak. Tòydan kam joyi qolmadi òsha kuni)
2. Asanov: "Erkakning ilm olishiga, ilm-ijod bilan shuĝullanishiga asrlar davomida normal qaralgan, ayollarda esa yòq. Yaqindan boshlandi ular yalpi ta'lim olishi, erkinlikka chiqishi. Shuning uchun ayol olim, ijodkorlar tarixdan kam, endi-endi maydonga chiqyapti"
3. Ayol òzi istagan narsaga doim kurashib erishadi, shuni unutmanglar jinsdoshlar.
4. Asar tarjimoni Nodira opa Ibrohimovani juda hurmat qilaman. Shaxs sifatidayam, ijodkor ayol sifatidayam kòpchilikka òrnak. U kishining shu yòldan tòxtab qolmasliklarini istardim💜
5. Asarni albatta sotib olib òqishingiz kerak, ayniqsa erkaklar. Shunda ayollarni yaxshiroq tushuna boshlaysizlar.
Афсуски, турмушга чиққач, на ижод бемалол бўлди, ва на шахсий хона! На қайнонам билан, на турмуш ўртоғим билан қарашларимиз тенг эмасди. Қораламаларимни яширинча, улар кўриб колмасликлари учун шоша-пиша (илҳом деган нарса тўсатдан келиб қоларди-да!) болаларимнинг у-бу бекорчи дафтарига ёзиб, эргинамнинг кўзи тушмайдиган жойга бекитиб қўярдим!

Ўқиш: https://telegra.ph/%D2%B2urkak-%D2%9Buyondan-shiddatli-sherga-ajlandim-09-23
ULTAR MUSHUKLARI

Hovard Filips Lavkraft

O’sha kecha sayyohlar Ultarni tark etishdi va ularni qayta hech kim ko’rmadi. Xonadon egalari mushuklarini yo’qolib qolganini payqashgach, tashvishga tushishdi. Har bir ro’zg’ordan mushuklar yo’qola boshlagandi: katta-yu kichigi, qorasi, kulrangi, yo’l-yo’li, sarig’i va oqlari.

Axtamov Alisher tarjimasi: https://tarjimalar.uz/?p=551
"Shaxsiy xona" nimaga kerak?

Kuni kecha mashhur ingliz yozuvchisi Virjiniya Vulfning “Shaxsiy xona kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimotda tilshunos Eldor Asanov, tarixchi Bahrom Irzayev, olima Qandilat Yusupova, kitob tarjimoni Nodira Ibrohimova, muharrirlar Maftuna Muhammadamin, Alisher Fayzullayev hamda yozuvchi Tillaniso soʻzga chiqib, asarning mohiyati haqida fikrlarini oʻrtoqlashdi.

https://www.afisha.uz/uz/znaniya/2024/09/23/shaxsiy-xona

Kanalga obuna bo’ling
👉 @afishauzb
Forwarded from Birburchak
Virjiniya Vulfning “Shaxsiy xona” esse-qissasi oʻzbekchaga tarjima qilinib sotuvga chiqishi bilan kitobxonlar orasida muhokama markaziga koʻchdi. Bunga sabab, menimcha, bunday mavzudagi kitoblarning oʻzbek tilida juda kamligi, mamlakatimizdagi insonlar ongi oʻsgani sari har bir ijodkorda, umuman olganda, barcha insonda “Shaxsiy xona”ga ehtiyoj sezilayotgan boʻlsa kerak.

“Shaxsiy xona” sotuvga chiqqan ilk kunlardayoq xarid qildim. Saviyali kitobxonlar tiliga tushgani, ayniqsa, qizlarning katta anomaliya bilan yopirilib bu kitobni oʻqishga kirishganlarining sababini men ham bilmoqchiman)))

Oʻqib turgan kitobim tugashi bilan bu kitobni oʻqishni boshlayapman. Asarni tugatishim bilan sizlarga “Shaxsiy xona” haqidagi fikrlarimni yozaman. Bu kitob haqidagi shov-shuvlar sizga ham yetib bordimi?

🕊Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
тунда ўй-фикрлар оғушида бўлиш, ўзинг билан қолиш, филм кўриш, сукунатдан баҳра олиш мазакуя, лекин эрталаб 7 да уйғонишга мажбурлигингни эслаш ёқимсиз.
Tanlagan kitoblarimning haqini to‘layotganimda ko‘rdimki, u jazavaga tushgan holda sotib olgan “Shaxsiy xona” kitobini sotuvchiga qaytarib berayotgan edi. U sotuvchi qizga xuddi shu kitob narxidagi boshqa kitobni olishini aytib, o‘dag‘aylab turardi. Tushunmadim uning bu qadar qoni qaynashiga nima sabab bo‘ldi? Ijod uchun shaxsiy xona kerakligi haqida mulohaza yuritayotgan xotin-qizlarning nimasi uni cho‘chitdi? Uning qaysi e’tiqodiga zid keldi bu?

O'qish: https://telegra.ph/Shaxsiy-xona-qandaydir-sehrli-joy-emas-09-23
Har bir inson intuitiv tarzda biladiki, erkak va ayolning birlashishidan katta qoniqish va baxt tuygʻusi hosil boʻldi. Taksi toʻxtatgan yigit va qizning birga ketishini koʻrganimda yana bir fikr xayolimga keldi: balki inson ongida ham ikki jins bor, baxt va rohat uchun ehtimol ular ham uygʻunlashishi lozimdir? Men inson qalbida erkak va ayol tamoyili qanday yashashini sxematik tasavvur qilishga harakat qildim. Erkak ongi erkakcha ohang taratadi, ayol tafakkuri ayol ohangini. Shu ikkisi uygʻun, ruhiy hamkor boʻlsa, osoyishtalik, muvozanat yuzaga keladi.

Virjiniya Vulf "Shaxsiy xona"

Асар якуни гўзал: муаллиф эркак ва аёлни бирга уйғунликда кўради, бир бирига елкадош санайди, руҳий ҳамкорлик тилайди.
Юксалиш мактабларида Мен, дадам, Алцгеймер китобим ўқилиши керак бўлган асарлар рўйхатига киритилган экан. 🤗
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун шоир Азиз Саид таваллуд куни!

БОР-ЯП-МАН

Жон бўйнига ип сол-дим
Руҳни занжирлаб ол-дим
Сени тополмай қол-дим

Ёр ё-нинг-га бор-яп-ман

Одам мана хур-жун-да
Ҳавво мана лун-жим-да
Шайтон мана пин-жим-да

Ёр ё-нинг-га бор-яп-ман

Качкулимда хиё-нат
Тиззамгача мало-мат
Юрагимда қиё-мат

Ёр ё-нинг-га бор-яп-ман

Осмон чакмон эг-ним-да
Қалдирғочинг ен-гим-да
Йўлинг белбоғ бе-лим-да

Ёр ё-нинг-га бор-яп-ман

Қадамда ер тарсо-турс
Бўғзимда чўғ чарсо-чурс
Отим ортда ҳарсо-ҳурс

Ёр ё-нинг-га бор-яп-ман

Вақт пардаси йир-тил-ган
Ғорда номинг би-тил-ган
Бўйнимда дор ти-тил-ган

Ёр ё-нинг-га бор-яп-ман

Азиз САИД
Forwarded from FILOLOG KUNDALIGI 📚
Biz oʻz shaxsiy xonamizga kirishimiz kerak...
Xonalar turli-tuman, tinch yoki shovqinli, derazasi dengizga qaraganmi yoki qamoqxonaga, iflosmi yoki pokiza, tosh toʻshalganmi yoki ipak, gilam otning yolidek yoki qushning patidekmi – ayollikning koʻpqatlam kuchini bilmoq uchun koʻchadagi istalgan xonadonga kirish kifoya. Boshqacha boʻlishi mumkinmi? Ayollar ming yillar davomida uyda oʻtirishgan, shuning uchun ham gʻisht va ohakli devorlar ularning ijodiy quvvatlari bilan toʻyinib boʻlgan, endi uni qalamga, moʻyqalamga, qogʻoz, biznes va siyosatga sarflash kerak.

Virjiniya Vulf "Shaxsiy xona"

@dunyo_klassikasi
Forwarded from Birburchak
Vulfning “Shaxsiy xona”si tom ma’noda feministik asar. Ammo siz va biz hozirda oʻrganib qolgan va medamizga urib ketgan feminizm tushunchasi bilan asardagi feministik ruh ancha farqli. Ayni damda jamiyatimizda suzib yurgan ushbu gʻoyada yoki uni dastaklovchilarning aksarida erkaklar tomonga tosh otish, erkak jinsini kamsitish, erkak jinsidan ayol jinsini yuqori qoʻyish orqali feministik kayfiyatini koʻrsatish avj olgan. Virjiniya Vulfning “Shaxsiy xona”sida esa ayollarning oʻz oʻrni uchun, oʻz tuygʻu va ehtiyojlari uchun qoʻyilgan talablari erkak jinsini tahqirlash yoki bu jins chegarasida turgan narsalarni talab etish, tortib olish gʻoyasiga asoslanmaydi. Asarning ana shu gʻoyasi menga alohida yoqdi.

Vulfning “Shaxsiy xona”si ayollar hayotidagi mushkulliklarga ijodkor rakursidan qaraydi. Ayollarning tarixda yoki oʻzi yashab turgan davrdagi ijod qilish imkoniyatlarini, ijtimoiy yoki madaniy cheklov deb hisoblagan jihatlari haqida fikr yuritadi. Umumiy qilib aytganda, ayol ijod qilishi uchun moliyaviy erkinlik va shaxsiy xona kerak degan xulosa atrofida mulohaza yuritadi. Fikrimcha, bu qulayliklar nafaqat ayol, balki erkak ijodkorlarga ham suv va havo kabi zarur.

Asarning yana bir yutugʻi u yozilgan davrda ayollar huquqlari, xususan, ta'lim olish va ijtimoiy tenglik masalalari kun tartibida edi. Vulf o‘z asarida bularni ko‘tarar ekan, adabiyotdagi ayollarni tahlil qilib, ularga yaratilgan sun’iy to‘siqlarni va imkoniyatlar cheklanganligini yoritadi.

Iqtidorli ayollar ijod qilishi, erkak ijodkorlar, masalan, Shekspir kabi katta dargʻa darajasiga yetishi uchun nimalar yetishmayotganini sanab chiqadi. Erinmay, maydalab tahlil qiladi. Bu roʻyxatning old qatoriga esa yillik daromad miqdorini va shaxsiy xonani qoʻyadi. Vulf ana shu birlamchi ehtiyojlardan mosuvo qilingan Jeyn Ostin va opa-singil Brontelarni misol qilarkan, agarda ularda yuqoridagi ikkisi, hech yoʻqsa shaxsiy xonasi boʻlganida oʻzlarining asl iste’dodini koʻrsatgan boʻlardi, biz koʻrganimiz esa iqtidorlarining bor boʻyi bilan namoyon boʻlmagan shaklidir degan fikrda qat’iy turadi.

Asarni faqat ayol ijodkorlar yoki ayollar uchun deyish ham biroz xato. Ayniqsa, shaxsiy xona va moliyaviy barqarorlikni koʻplab erkak ijodkorlar ham orzu qiladi. Shunday ekan, kitobdagi fikr va mulohazalarning aksari jins tanlamaydi. Menimcha, asar ana shu jihati bilan ham qiynamtli. “Shaxsiy xona” haqida kamida yana bitta post joylasam kerak…

Muhiddin Nido

🕊Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 09:34:52
Back to Top
HTML Embed Code: