Telegram Web Link
Вулф Шахсий хонани ёзаётганда юз йил ўтиб шарқ мамлакатларидан бирида китоб ўзбек тилида чоп этилиб шунча мухлислари жам бўлишини билмаган бўлса керак ))
Шундай экан, азиз ижодкор опа-сингиллар: ёзинг! Сизни тарғиб қиладиган издошларингиз келажакда топилади. Шахсий ҳудудингизни яратинг.
Тақдимотни ташкиллаштирган Book.uz ва Тилланисога, сўзга чиққан меҳмонлар Элдор Асанов, Баҳром Ирзаев Қандилат Юсупова, Оҳиста Жамшид, китоб муҳаррирларига, вақтини аямай келган барча дўстлар, китобхонларга раҳмат!
Вулфнинг романлари ҳам китоб пештахталарида пайдо бўлишига умид қиламиз.
Шок! Шок! Шок!!!

Масонлар Тошкент ложасининг йиғилишидан суратлар чиқиб кетди!

Унда масонбоши ёшларга қараб дуо ўқияпти. Атрофига сатанизм урф-одатларига биноан шамлар беш юлдуз шаклида терилган. Дуодан сўнг у ерга қурбон келтириладиган болачани олиб чиқишади. 😱
Forwarded from Essenavis (Севара Алижонова)
SHaxsiy xona Siz uchun nima?

"Kichkina xonimlar"dan so‘ng kuzgi mutolaa uchun ro‘yxat tayyor. Negadir oxirgi paytlar ayollarni o‘qigim kelyapti.

Bugungi kitob taqdimoti kechasi ajoyib o‘tdi. Bir guruh ayollar shaxsiy xonasi chegaralarini kengaytirmoqchi deb kimgadir yetib borgan shekilli, tadbir boshlangandan tugaguncha svet bo‘lmadi. SHam yog‘dusida bo‘lakcha atmosferada kechdi.

Hammasidanam fikrlar rang-barangligidan maza qildim. "SHaxsiy xona" ni o‘qiganlardan nuqul biryoqlama talqin eshitayotgandim.

P. S. Hech qachon bir asarning yagona talqini bo‘lmaydi, bo‘lmasligi ham kerak. Bitta talqinga yopishib, uni boshqalarga singdirish ham shaxsiy chegarani buzish. San'at, adabiyotdan har kim, hatto har safargi mutolaadan butkul boshqa anglash, boshqa his tuyishi kerak. CHunki did, daraja har kimda har xil.

Men ham o‘zimning talqinimni o‘qib bo‘lgach, ulashaman. Talqinga emas, mohiyatni anglashga e'tibor qarataylik❤️
Bugun boshqacha davra bo'ldi. Virjinya Vulf hayoti haqida, Shaxsiy xonasi haqida gaplashdik. Ijodkor ayolning, albatta, o'z hududi bo'lishi kerak. Xayollari bilan yolg'iz qoladigan, erkin yoza oladigan, bo'sh vaqtini o'tkazadigan o'z xonasi.

Bu shunchalik muhimki, tasavvur qilishingiz uchun aytaman: Koreyada paytim, o'z xonam bor edi, har qalay o'sha yerni o'z xonam deb hisoblardim. Yotoq, zal va bolalar xonasidan ayro xona edi. Nasrdagi ilk muvaffaqiyat qozongan (gazeta va jurnallarda bosilgan) hikoyalarim o'sha yerda yozildi. "Orzu va dengiz", "Soyabon ostida" kitoblarim o'sha xonada yaraldi. "Tongotar" romanim aynan o'sha joyda dunyoga keldi.

Bu o'rinda V.Vulf haq! "..Ayollar ming yillar davomida uyda o'tirishgan, shuning uchun ham g'isht va ohakli devorlar ularning ijodiy quvvatlari bilan to'yinib bo'lgan, endi uni qalamga, mo'yqalamga, qog'ozga sarflash kerak.
Ularga hech narsa o'z san'atlarini yuksaltirish, haqiqat va go'zallik yaratishdan ko'ra ko'proq mamnuniyat va kuch bag'ishlay olmaydi."
Forwarded from Feruza Xayrullayeva
#Shaxsiy_xona

Hozircha shaxsiy xonam yoʻq. Kafe, koʻcha, ishxona, xullas, oʻzimni qayerda qulay, ogʻriqli va tin olishim kerak, deb his qilsam, oʻsha yerda yozaveraman. Ammo baribir Vulf yozganidek, shaxsiy xona kerak va u tez orada boʻladi manda. Oʻshanda yana shu kitob bilan rasmga tushib, shu yerga joylayman. Ungacha, shu rasm))

Aytgancha, sizning shaxsiy xonangiz qayer?

@FeruzaXayrullayeva
Forwarded from Бир финжон қаҳва☕️ (Нигора)
Book.uz китоблар дўконида тақдимот ва тадбирлар тез-тез ташкил этилади. Ҳар сафар шундан тадбирлардан ажойиб таассуротлар билан қайтаман. Бугунги тақдимот ўзгача бўлди. Чироқ ўчиб қолгани тадбир қатнашчиларининг руҳиятига ҳеч қандай салбий таъсир ўтказмади деб ўйлайман. Залда шамларнинг ёғдусида ҳақиқий адабий-романтик кайфият ҳукмронлик қилди. Сўзга чиққанларнинг барчаси Виржиния Вулфнинг "Шахсий хона"си ҳақида, умуман олганда аёлларнинг жамият  ва ижтимоий ҳаётдаги ўрни ҳақида гапирдилар (ва тадбир тугагунча чироқ ёнмади)

Р/S. Мен ҳам ҳамма қатори "Шахсий хона"ни харид қилиб, Нодира опадан дастхат оволдим. "Хотиралар"ни тугатгач ушбу китобни ўқийман.
2024/09/29 02:21:33
Back to Top
HTML Embed Code: