Telegram Web Link
Жаноб @december_art нинг ўғил-қизлари босиб кетди менинг боғимни ))
Шаҳар болалар кутубхонаси Сергелида жойлашган экан. Фарзандларим таклифи билан бордик. Китобимни учратдим. Қаҳва столида ёзув-чизув, ижод қилиб ўтириш учун тинч ва салқин жой экан, одам сийрак.
Ўчирғичсиз расм чизиш санъатига ҳаёт дейилади...

@edmondclub
Муҳаррирларнинг жонига тўзим туркумидан

Қайси асарнинг таҳрир жараёни эканини топингчи.

Биринчи топганга шу китобдан совға.
Бундан 17 йил аввал дадам телефон қилиб "озгина балл етмай қопти" деганда хўнг хўнг йиғлагандим )
211 балл.
Кейин Ижтимоий ҳимоя йили муносабати билан қўшимча квота очилиб, талаба бўлдим. Изланувчан абитуриент ва тиришқоқ ўша талабадан бугун миннатдорман. Ҳозир анча танбалман, янги нарса ўрганишга ғайрат йўқ.

Ўқишга кирганлар борми каналда?
билсанг, бунча осон
йўқ қилмоқ борни
бошни урмоқ тошга, деворга
кўнгил ҳис қилмаган пайти исённи
топиш мушкул икки қарич ип
бўйинбоғ учун
топиш мушкул одам
бош урмоқ учун
тобора бегона шаҳарнинг кўрки очилган
куз яқин
қиш яқин
яна бир баҳор

айтчи
қачон кўришамиз
кузда шекилли
дарахтлар биз каби ечинар беҳол
кўзлар мунгга тўлмас
бахтдан ҳапқирмас
тўшагига кирармиз
қишнинг

фасллар
гўркови
эҳтиросларнинг

Алфайз
Кузгача Зоминда шаҳар, одамлар, интернетдан узилиб "перезагрузка" режимида бўламан.
Forwarded from BOOK.UZ
🔥Yangilik | Tez kunda

📕Virjiniya Vulf, «Shaxsiy xona»

Ingliz adibasi Virjiniya Vulfning "Shaxsiy xona" esse-qissasi 1929-yilda nashr qilingan. Asarda u ayollar shaxsiy fikrini, o'zligini erkin ifoda etolmasligi sabablarini ijtimoiy, tarixiy ko'lamda oʻrganadi. Adibaning fikricha, ayollarda iste'dod bor, ammo sharoit va imkoniyat yetishmaydi. Agar ularda imkoniyat, mablag' va erkinlik boʻlsa, o'zlarini to'la namoyon etishlari mumkin. Vulf o'zidan avvalgi adibalar - Jeyn Ostin, opa-singil Brontelar, Jorj Eliot kabi ijodkorlarning asarlariga to'xtaladi, ular yashagan davr muhitini tahlil qiladi.

Mazkur esse-qissa nafaqat adabiyotda, balki hayotda o'rnini topib, muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lgan insonlar uchun yozilgan, ayol va ijod masalasi chuqur, yuksak badiiyatda qalamga olingan mashhur asar sifatida sizni qiziqtirishiga ishonamiz.

Bizni kuzatib boring!

📚@bookuzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hid Gallyutsinatsiyasi (Tillajon)
VULFNING "ong oqimi"

Vulfning ayollar erkaklarga o'xshab yozmasligi kerak degan gaplari meni qayta-qayta hayratga soladi.

Ayollar adabiyot maydoniga ot solganda, mutlaqo an'anasiz, suyanishga hech qanday tajriba yo'q edi. Shekspir Marlo tajribasiga suyangan. Alba Ben esa hech kimga!

Jeyn Ostin undan battar. Alba Ben ilk tajriba, uni takrorlashning qizig'i yo'q. Eng yomoni Sharlotta Brontega bo'lgan. Ostin va Emili Bronte silliq yozish, o"zini tinchlantirish uchun "ayyorona uslub" topgan. Ammo Sharlotta buni eplolmagan. Uning iste'dodi qolganlardan yorqin bo'lgani uchun katta, keng yo"l, chinakam erkinlik kerak bo'lgan. Afra Ben va Ostinga suyanolmasdi, ularning yo"lida emasdi, ehtimol ulardan chuqurroq his qilar, ko"proq tashna va ko"proq kuyardi.

Oqibatda g'azabida yonib o'tgan, iste'dodini ham bu g'azab berkitib tashlagan.

Vulfchi, nega o'zi hech kimga tanish bo"lmagan, ehtimol asarlarini o"qib kimsa tushinmaydigan ong oqimida yozdi? Bu yo"lni haqli ravishda Vulf yaratdi.
U erkaklarning uslub, ifoda an'analariga suyanishni istamadi. Ostin suyanar edi. Vulf ongli bundan voz kechdi. Axir ayolning dunyoni sezish, tuyish, fikrlash yo'sini o'zgachaku. Nega u erkaklar "tili" da gapirishi, tasvirlashi kerak?!
"Shaxsiy xona" da Vulf hikoyalari ham chiqyapti. Hikoyalarida nima demoqchiligini ushlab ololmaysiz, ichkarilab ketaveradi, tasavvur, o'y, xayol, hayot ichida o'ynaydi. Beqaror. Shu bilan o'ta pishiq uslub, sayqallangan ifoda bor. Professional yozganini sezib turasiz.

Ehtimol Vulf ayol gormonlariga urg'u beradi. Erkaklar ayollarni gormonlar har ko'yga solishini "sochi uzun, aqli kalta" iborasi bilan ifodalashadi.

Vulf esa bu "o'ynoqilik"dan unumli foydalanadi. Mana shu tanasi uni u kechinmadan bunisiga, u qarordan boshqasiga, bir kayfiyatdan yangisiga sakratar ekan, nega endi aynan shunga muvofiq uslubda asar yozmaslik kerak?! Bu sof ayol tabiatiga xos asar bo'lmaydimi?!

Hayron va qoyil qolish kerak, Vulf erkaklar yaratgan uslubdan ketdi va yangi oqimga asos soldi.

Qizig"i, dunyo adabiyotida endi unga ergashadigan qarshi jins vakillari ham yetarli. Markes bekorga Vulfni ustozim deb atamaydi.

Vulfning o"ziga bunday ishonchi, jasorati uchun zamonamiz qalamkash ayollari va erkaklar ham qo'shilib qarsak chalishi kerak.
Иккимиз ҳам йигирманчи аср вабосининг қурбонларимиз. Лекин фақат бу сафар Қора ўлим эмас, балки Кулранг ҳаёт.

***

Дунё бизнинг мавжудлигимиз, кексалик ва муқаррар ўлимнинг заифликларига мутлақо бефарқ. Биз барча қайғуларимизнинг учдан икки қисмини ўзимиз ўйлаб топамиз ва шунинг учун универсал миқёсда улар мутлақо асоссиздир.

Ҳаксли. "Орол".

Зоминда тоза ҳаво етарли бўлганигами, яна уй-рўзғор, бола ташвишлари йўқ, хуллас бу ерда роман таржимаси қизғин кетяпти. Шўнғиб кетдим фикрлар оқимига! Бизни дунёдан бош олиб, ўша Оролга кетгим кеп кетти ) Бу оролда муносабатлар мутлақо бошқача. Эркинлик дегани шу бўлса керак.
2024/09/29 16:27:54
Back to Top
HTML Embed Code: