Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Парда подкастда Вулф "Шахсий хона"си ҳақида бир оғиз.
Дўстлар, бадиий таржимага ихтисослашган tarjimalar.uz сайтимиз тест режимда ишга тушди!

Жаҳон адабиётидан ўзбекчага ўгирилган ҳикоя ва шеър, эссе ва мактуб, суҳбат ва мақолаларни @nodirabegim_bot га юборишингиз мумкин (имло хатоларсиз ва лотин алифбосида). Саралаб бериб борамиз.

@mittihaqiqatlar
MEROS

Virjiniya Vulf, ingliz adibasi

Anjela Gilbertga kundalikdan boshqa narsa qoldirmagani ham g‘alati. Yashil teri bilan qoplangan o‘n beshta kichik jildli kundalik yozuv stoli ustida turibdi. Anjela ular turmush qurganlaridan beri kundalik yozadi. Onda-sonda bo‘lib turadigan janjallari, uni janjal deb ham bo‘lmas edi – o‘zaro aytishishlarini kundalikka yozar edi u. Gilbert Anjela kundalik yozayotganda kirib qolsa, daftarga darrov qo‘llarini qo‘yib olar edi. «Yo‘q, yo‘q, yo‘q» der edi u, «faqat o‘lganimdan keyin».

Vasilaxon Ortiqova tarjimasi: https://tarjimalar.uz/?p=245
Келаси ой Чилидаги Буковски ижод уйида Вино ва шеърият кечаси бўларкан. Борайлик 😄
ОРҚА ФОН

Тилланисо

-Mo'ylovchalaring chiqib qopti. - Sulton ataylab tegishadi. Mastura avvaliga uyalib, endi esa xolavachchasining beparda so'zlariga sharaqlab kulishni boshlaydi. Onam aytuvdiya o'zi, bu dugonangdan ehtiyot bo'l deb, xolasi 16 ga kirmay qochib ketgan erga, qonida bor bularning degan... ko'nglimga har xil o'y o'ralaydi.
-Oy ko'rishni boshlaganmisizlar? - Qo'qqisdan berilgan savoldan qizarib ketdim. Mastura bosh irg'adi. Umrimda bu haqda hech kim bilan gaplashmaganman. Qanaqadir  sharmandalikni sezib, ichdan zil ketyapman. Hatto onamdan yashiramanku.
-Yaqinda sizlarni duxtirga olib borarkan. May oyida. Opam ishlaydigan duxtirxonaga. Qizlarni tekshirisharkan. 
-Nimasini tekshiradi qizlarning? - hayron bo'lamiz.
-Tuzukmi, buzuqliginida.

O'qish: https://telegra.ph/MAYGA-HALI-BOR-03-10
Pablo Neruda. She’rlar

Yuragim tirik va rangpar qanot edi,
Yorug‘likdan, sog‘inchdan cho‘chigan bir qanot.
Yam yashil dalalarda bahor kezardi,
Osmon moviy, yer esa zumrad.
Meni sevgan ayol bahorda o‘ldi,
Shundan beri uyg‘onsam tiniq nigohlarini eslayman.
O‘sha meni sevgan ayol ko‘zlarini manguga yumdi.
Ko‘m ko‘k dala va oqshom. Qanot qoqmoq pallasi.
O‘sha meni sevgan ayol bahorda o‘ldi…
O‘zi bilan ko‘klam va osmonni olib ketdi.

O'qish: https://tarjimalar.uz/?p=312
Баъзан ҳақиқатнинг тубига етиб боргач, уни қайтиб кўмгингиз келади.

Ницше

@mittihaqiqatlar
HAYOT SASI

Knut Hamsun

Xuddi shu payt meni hali ham qo‘rqinchli tush kabi dahshatga soladigan voqea sodir bo‘ldi. Ellen nima uchundir qo‘shni xonaga o‘tdi, u eshikni ocharkan, men o‘girilib o‘sha yerga qaradim. Lang ochiq derazalardan sovuq oqib kirar, xonaning o‘rtasida, uzun stolda murda yotardi. Murda tobutga solingan, oppoq kiyintirilgan, soqoli ham oq. Qoplama ostidagi ingichka tizzalar bilinib turar, qattiq g‘azabdan mushtlari tugilgan, yuzi esa sarg‘ayib ketgan, dahshatli edi. Bularning barini kun yorug‘ida ko‘rib turardim. O‘girilgach tilim kalimaga kelmay qoldi.

Alisher FAYZULLAYEV tarjimasi: https://tarjimalar.uz/?p=306
Robot tushlari

Ayzek Azimov

“Tush koʻrganingni qayerdan bilding?”
“Tunlari, qorongʻu choʻkkan mahalda sodir boʻladi, doktor Kelvin. Va nur tushishiga hech bir sabab yoʻqligiga qaramay, birdan nur paydo boʻladi. Haqiqiy deb bilganlarim bilan hech qanday aloqasi boʻlmagan narsalar koʻraman. Ovozlar eshitaman. Bunga javoban oʻzimni gʻalati tutaman. Koʻrganlarimni ifodalash uchun soʻz boyligimni titkilab, “tush” soʻziga duch keldim. Maʼnosini oʻrganib chiqqach, nixoyat tush koʻrganimni tushundim.
“Qiziq, qanday qilib soʻz boyligingdan “tush” soʻzi chiqdi?”

Samandar Nazirjonov tarjimasi: https://tarjimalar.uz/?p=335
Икки кўзинг тумор бўлиб тақилар
Юрак-юрагимга… жон-жонимга…
Иситмоқ ҳам гапми… бу икки тумор
Ўт қўйиб юборар хонумонимга.

Муҳаббат олади гирибонимдан,
На имкон, на истак халос бўлмоққа.
Сен ҳаётим билан тўлмоққа маҳкум,
Ҳаётим мушарраф сен билан тўлмоққа.

Йўқ! Мадад бермайди кўзларда ёмғир,
Йўқ! Мадад бермайди бошимдаги қор.
… Бир умрдан ва бир — сендан иборат,
Жуда қаттиқ келди, жоним, бу баҳор.

Матназар АБДУЛҲАКИМ

@mittihaqiqatlar
Барчамиз эшик қидирамиз. Кундалик ҳаётимиздан бошқа бир оламга элтадиган бу эшик бизнинг асл шахсиятимизни очиши мумкин, деймиз. Бироқ ҳаммаям уни очишга тайёр эмас.

Х. Мураками

@mittihaqiqatlar
Асарлар савияли ёзилиши учун мўмай гонорар тўланиши керак. Гонорар мўмай тўланиши учун китоблар катта ададда сотилиши керак. Катта ададда сотилиши учун миллат китобхон бўлиши керак. Миллат китобхон бўлиши учун асарлар савияли бўлиши керак... шунақа занжир.

@mittihaqiqatlar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Митти ҳикоям асосида ролик ишлашибди.
Агар одамларимизнинг жазаваси кунда кунора тармоқларга чиқадиган – давлат пулини талон тарож қилганлар, бировнинг ҳақини уялмай ўмараётганлар, порахўрлар, ёлғончи ваъдабозлар, амалдор педофиллар, табиат кушандаларига нисбатан ҳам ишлаганда эди, бунақа жиноятлар сал камаярмиди? Қўрқув пайдо бўлармиди уларнинг ҳам ичида: бу халқ нафрат билан уюшиб келиб бир чеккада мени бўғизлаб кетсачи, тошбўрон қилсачи, оёғимдан оссачи деган? Йўқ, улар ўта хотиржам. Жамиятга ва одамларга зарар келтиришга давом этаверишади. Уларнинг қилмиши тугул, шахсияти ҳам умуман муҳокама қилинмайди.

@mittihaqiqatlar
"Хоразм истеъдоди" газетасида водий қизлари 🌹

@mittihaqiqatlar
YUZ DOLLARLIK BO‘SALAR

Kurt VONNEGUT


S: Ayollarni yoqtirmaysizmi?
J: Albatta, yoqtiraman. Qizlarga mehrim bo‘lakcha. Uylanganman. Ikkita qizalog‘im bor.
S: Xo‘sh, Vernening bunday jurnallar olishi sizni nega asabiylashtiradi?
J: Asabiylashmayman. Faqatgina bu menga anormal holatdek tuyuladi.
S: Ya’ni kasallik kabi?
J: Ochiq-sochiq suratlar Verne uchun narkotik kabidir.

Rahmat Bobojon tarjimasi: https://tarjimalar.uz/?p=351
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тонгда деразани очдинг, қарадинг
Ташқарида қордир, ташқарида қор!
😶🌫😶🌫😶🌫
Кишилар жамиятида эркаклар ҳукмронлик қилишади, улар аёллар ҳақида ёлғон ёзишади, ундан нари кетмасдан, ўзлари билан таққослашганда эса, аёлни ҳам алоҳида мавжудот эканлигини эътироф этишмайди.

С. де Бовуар

@mittihaqiqatlar
2024/10/01 22:25:29
Back to Top
HTML Embed Code: