Telegram Web Link
юқоридаги шеърга Сунъий интеллект чизган сурат.
Хайр-хуш

Кўксимнинг қафасидан учган қушим, алвидо,
Жаннатнинг айвонида кўрган тушим, алвидо,
Бахтнинг нақдлиги ёлғон, аҳднинг нақдлиги ёлғон,
Насияга қолган эй, хайр-хушим, алвидо.

Сен баҳорга ошиқ қуш, мен кузи келган боғман,
Ўз бошидан қум сочган, хазон сочган носоғман,
Каттақўрғоний тоғман, Ноқис бобомдек доғман,
Ранги яшилим кетиб, учди ҳушим, алвидо.

Ҳой, манзил маконсизим, қайга борсанг, яхши бор,
Ортингда бўзлаб қолган бир ғариба бахши бор,
Ёдингда тут, сен ўпган пешонамнинг нақши бор,
Маликаман, қулимга тушди ишим, алвидо.

Биз кузда айро тушдик, кузда гуноҳ борми, айт?
Севиб термулиб турган кўзда гуноҳ борми, айт?
Мен ўлдирдим бу ишқни, лекин гувоҳ борми айт?
Бир нохуш тун тушимда тушди тишим, алвидо.

Зор эдим, висолимга ҳар дам зорлигинг учун,
Меҳрибонлигинг, ҳар дам ҳамдам ёрлигинг учун,
Бу дунё азиз эди, бир сен борлигинг учун,
Қолмади бу дунёда азиз кишим, алвидо.

Жаннатнинг айвонида кўрган тушим, алвидо.

Гулжамол Асқарова
Ижодкор ўзбек аёл-қизларининг телеграм ўзанларига марҳамат!

Аниф - @Anif_poetry
Алия Темурийзода - @umidimsendan
Аржумандбегим - @arjumandbegim
Бахтинисо Маҳмудова - @baxtiniso
Башорат Отажонова - @bashorat_otajonova
Гулжамол Асқарова - @guljamol_asqarova
Гули Нигор Авазова - @guliinigor
Гулноз Мўминова - @dil_siniqlari
Гулрух Худоёрова - @gulrux_xudoyorova_ijodi
Дилора Холиқова - @aytolmagan_dilim
Дилором Абдураҳмон - @Dilorom_ABDURAHMON
Дилором Эргашева - @diloromergashevaijodlari
Дурдона Бобомурода - @durdona_bobomurodova
Зулхумор Орифжонова - @zulxumor_orifjonova
Зебо Мирзо - @zebo_mirzo
Ирода Умарова - @garashalikungil
Ирода Холбекова - @gullayotganyurak
Ирода Зокир қизи -@Nur_qizi
Кумуш Ўсарова - @oykumushingiz
Кумуш Абдусаломова - @kumush_abdusalomova
Лайло Собир қизи - @Tongqizi_11
Лобар Хайруллаева - @xayrliuz
Мадина Норчаева - @madina_norchayeva
Мажнуна - @majnuna_mirzayeva
Манзура Абдуллаева - @ichki_men
Маҳлиё Умурзоқова - @mahliyoxon_umurzoqova
Меҳриноз Аббосова - @mehrnoz_abbos
Моҳира Эшпўлатова - @altruistning_qizi
Наргиза Асадова - @nargiza_asad
Наргиза Одинаева - @nargiza_odinayeva_ijodi
Нафиса Омон - @nafisaomon
Нодира Назар - @nodiranazar
Нодирабегим Иброҳимова - @mittihaqiqatlar
Нозима Хабибуллаева - @nozima_habibullayeva
Нигора Ғаниева - @bir_finjon_qahva
Паризода Рўзибоева - @parizodaruziboyeva
Рахшона Аҳмедова  - @raxshonaahmedova
Райҳона Камолова - @ijodhona
Ситорабону Шомуродова - @sitorabonu_audiolar
Тилланисо - @tillanisoen
Феруза Хайруллаева  - @feruzaxayrullayeva
Хосият Рустамова - @xosiyat_rustamova
Ҳалима Худойбердиева - @halima_xudoyberdiyeva_ijodi
Шабнам Қувонч - @mavhumf
Шоҳсанам Нишонова - @shohsanam_nishonova
Эъзоза Обиджонова - @ezoza_obidjonova
Юлдуз Абдулҳакимова - @yulduzabdulhakimova

барчасига аъзо бўлиш: https://www.tg-me.com/addlist/uDD61qDEtSZhNTky
"ЕНГИЛТAК"

— Нима бўлди, қиз билан кўришдингми, маъқулми?
— Қўйсангиз-чи, бўлмайди унингиз. Мендан олдин жуда кўп йигитлар билан гаплашган экан: Отабекка ачинаман, Aнвар мард эди, Евгений бевафо эди, Печориндан нафратланаман... - дейди. Ғирт енгилтак қиз экан!

@mittihaqiqatlar
​​Аста ўлиб боради, кимки саёҳат қилмаса,
Кимки китоб ўқимаса,
Кимки мусиқа тингламаса,
Кимки ўзлигини тополмаса.
Аста ўлиб боради
Ким ўзига ишончини йўқотса,
Ким ўзига ёрдам бермаса.
Аста ўлиб боради, ким севгини янчиб ўтса,
Омадсиз ёки тинмаётган ёмғир ҳақида сўзлаб
Кунларини фақат шикоят-ла ўтказса.
Аста ўлиб борадиган одам режаларин бой берар,
Ҳатто уриниб кўрмас бошлашга,
Ким ўзига номаълум далиллар ҳақда савол бермаса,
Ва ким ундан билганлари ҳақида сўраса индамаса.
Аста ўлиб боради, ким одатлар қулига айланса,
Ҳар куни бир хил юмушни бажарса
ва ишга қатнаса айнан бир йўналишда
Ҳеч қаерга бурилмаса,
Либоси рангини ўзгартиришга қўрқса,
Бегоналар билан гаплашмаса.
Аста ўлиб боради, ким эҳтиросдан қочса,
Кулиш ўрнига эснаса.
Оқ ранг ичида қорани ва «i» ҳарфи устидаги нуқтани кўрса,
Ҳислар билан бирга бўлиш ўрнига
Кўзларинг порлашига ва юрак тез уришига
Сабаб бўлган одамдан нари бўлса
Хатолар ва туйғулардан узоқлашса.
Аста ўлиб боради, кимки столни айлантирмаса,
Ишхона ёки муҳаббат бобида омадсиз бўлган пайт 
тақдир зарбаларини енгмаса,
номаълум нарса учун ўзини хавф остига қўймаса
орзулар ортидан бормаса,
кимки ҳаётида бирор марта ҳам
насиҳатлардан безмаса...
Ўлимдан майда қадамлар билан узоқлашишга ҳаракат қиламиз,
тирик эканимизни ҳамиша ёдда тутиб,
катта қувват талаб қилади
нафас олиш учун ҳаракат қилиш.
Бугун билан яша!
Бугун таваккал қил!
Бугун бажар!
Аста-секин ўлиб борма!
Бахтли бўлиш учун ўзингга тўсиқ қўйма!

Пабло Неруда

Нодирабегим таржимаси
Хўш, эркинлик нима? Бир қафасдан чиқиб, ундан кенгроғига тушишми?

Мураками
Forwarded from Elizabet
​​#bookreview

Anna Dostoyevskaya - Xotiralar

"Hech kim, hatto eng yaqin doʻstimiz ham bizni tuzata olmaydi, lekin hayotda butunlay boshqacha tuzilish va feʼl-atvorga ega, hammaga boshqacha qarashdagi, har doim oʻz-oʻzidek qoladigan va bizga zarracha taqlid qilmaydigan odamni uchratish katta baxtdir"


Kuzning ilk kunidan qoʻlimga "Xotiralar" ni oldim va chuqur hissiyotlar ichida kitobni oʻqiy boshladim. Toʻgʻrisi, mutolaa davomida men sevimli yozuvchimni yanada toʻliq kashf qildim, uning ayoli tufayli ularning xonadonida mehmon kabi yashadim.

Asar memuar asar hisoblanadi, unda Annaning tugʻilishidan Dostoyevskiyning oʻlimidan soʻng yuz bergan voqealar Anna tomonidan sodda tilda yozilgan.

Dostoyevskiy daho yozuvchi edi, ammo u hayotda juda ham qoqilgan, ishonuvchan, baxtsiz kimsa edi. U qarzlarini toʻlash uchun tezroq yozishga majbur boʻlar, lekin tushkunlik tufayli belgilangan vaqtgacha asarlarini yakunlashga qiynalardi. Anna uning hayotiga moʻjiza kabi kirib borgandi, u stenografiya usulida uning asarlarini koʻchirib berishi tufayli Dostoyevskiy asarlarini oʻz vaqtida yozishga erishadi. Faqat bugina yordam emas, Anna Dostoyevskiyning hayotiga nur olib kirgandi, unga butun hayotini baxshida etgani holda uni "qutqaradi".

Anna Dostoyevskiy bilan ishdan tashqari juda koʻp suhbatlar ham qurardi, Dostoyevskiy unga oʻz xotiralari haqida gapirib berardi. Dostoyevskiy barcha xotiralari juda ham ogʻir ruhda edi, bir marta Anna undan buning sababini soʻraydi :

" - Nega faqat baxtsizliklaringiz haqida soʻzlaysiz? Baxtiyor onlaringizni ham gapirib bering.
- Baxtiyor? Ha, baxt menda hali boʻlmagan, bu haqida orzu qilaman. Men baxtimni kutaman.."


Ha, Dostoyevskiy oʻz orzusiga erishadi, Anna unga u "kutgan" baxtni beradi.

Anna muammolarsiz, kam sonli, janjallardan holi sokin oilada voyaga yetgan edi, ammo u Dostoyevskiy bilan oila qurgach, oʻz oilasidan butunlay farqli muhitga tushib qoladi. Qarindoshlarining koʻpchiligi uni qabul qilmaydi, tahqirlashadi. U juda yosh, 20 yosh, boʻlishiga qaramasdan bularning bariga sabot bilan chidaydi. Chunki uning sevgisi"..faqat qalban, ruhan yaqinlikdan iborat edi. U shunday isteʼdodli, yuksak maʼnaviyatli insonga ehtirom tufayli tugʻilgandi. Koʻp azob chekkan, hech qachon quvonch va baxt koʻrmagan va yaqinlari tomonidan shunchaki tashlab ketilgan, faqat sevgi va gʻamxoʻrlik bilan javob berishga arziydigan, butun umri davomida boshqalarga yaxshilik qilgan insonga nisbatan muhabbat " edi. Mana shunday kuchli muhabbat tufayli u doim Dostoyevskiyning yonida boʻldi :
"Unga umr yoʻldosh va mehnatiga sherik boʻlish, hayotini yengillashtirish, baxtiyor qilish orzusi tasavvurimni egallab olgan va Fyodor Mixaylovich mening xudoyimga aylangandiki, uning oldida tiz choʻkishga tayyor edim"

Ular juda koʻplab hayotiy sinovlarga qaramay baxtli yashashga intildilar. Ular Anna taʼkidlaganidek, "butunlay boshqa tabiat, boshqa muhit, boshqa qarashlar odamlari" edi, lekin "har doim oʻzlaridek qolish" lari, bir-birilariga taqlid qilmasliklari va qalblari aralashib ketmaganliklari tufayli 14 yillik turmushlarida baxtli-saodatli yashadilar.

Asar tarjimasini ham alohida taʼkidlash joizki, u judayam maromida tarjima qilingan, bu uchun Nodirabegim Ibrohimovaga minnatdorchilik bildiramiz.

@elizabets_library
Сунъий интеллект қайси ҳикоямга чизган сурат деб ўйлайсиз?
Forwarded from KitobDoira (Santuagara of library (20+))
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Адабиётнинг фожеаси шундаки, у жуда катта маънога эга. Реал ҳаётда эса маънонинг ўзи йўқ.

Олдос Хаксли "Даҳо ва маъбуда"
Audio
...Киришдингми, бажар.
Бошладингми, охиригача бор.
Уддала
уддала.
Охиригача
охиригача.
Ҳаётингни мукаммаллик сари бошла.
Зеро бу яшашга арзирли ягона жангдир.

Ч. Буковски

Нодирабегим таржимаси

@taskin_istab
Forwarded from Alimdjanov versiyasi (Алимджанов Бахтиёр)
Зўр китоб нашрдан чиқибди.

Алоҳида ташаккурларим ажойиб таржимон Нодирабегим Иброҳимовага!
#tavsiya #tarjima #yangilik

Bir necha hafta oldin Nodirabegim Ibrahimova tarjimasi ostida sevimli yozuvchilarimdan biri Virjiniya Vulfning "Shaxsiy xona"si nashrdan chiqayotgani haqida xabar bergan edim. Mana kitob nashr ham etilibdi, sotuvga ham chiqibdi, biz kitobxonlardan esa o‘qib berish qoldi xolos. Shu sababli ham, nega bu kitobni o‘qish kerakligi haqida ikki og‘iz so‘z:

1. Ingliz adibasi Virjiniya Vulf adabiy yozish usullaridan eng muhimini - "ong oqimi" usulini kashshofasi hisoblanadi. Aynan Vulfning ta'sirida Jeyms Joysning "Uliss" asari dunyo yuzini ko‘rgan. O‘zbek adabiyotidan esa To‘xtamurod Rustam, Nazar Eshonqul va qator kayvoni yozuvchilarimizning bir necha asarlarida Vulfning ta'siri yaqqol sezilib turadi🧺

2. Asar faqat ayollarning shaxsiy muammolar va ijodlari haqida emas, u butun boshli insoniyatning bir parchasi va uning kelajagi haqida🕯

3. Asar tarjimasi o‘ta go‘zal, Vulfga xos uslub va nafosat saqlanib qolingan😇

4. Kichik bo‘lsa ham kaminaning bir tarjima hikoyasi bor, shuni o‘qish uchun ham olib o‘qisangiz, ko‘nglim tog‘dek shishardi🤰

5. @kitobdoira ning "Educated"dan keyingi muhokama uchun tanlagan asari ushbu "Shaxsiy xona" kitobi, muhokamaga qatnashmoqchi bo‘lsangiz, albatta, kitobni o‘qib keling📖

Ushbu kitob hadyasi va kichik tarjima hikoyamga vulfona hayot baxshida etgan Nodira opaga paxtaxolvadek katta rahmat aytaman va kelgusi tarjimalariga omad tilayman❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Elizabet
#new_book

Kuzgi xaridni Virjiniya Vulfning "Shaxsiy xona" si bilan boshladim.


@elizabets_library
Ижодкор ва китобхон аёл-қизларууу, сешанба соат 12 да Адиблар хиёбонида Хон атлас фестивали доирасида фотоссесия қиламиз, келинглар.
Forwarded from Kumush Abdusalomova (Kumush Abdusalomova)
"Siyosatchi ayol kundaligi" turkumidan

Halima Yoqub*

Otam o‘lganda sakkiz yoshda edim.
O‘n yoshdan boshlab onamga tirikchilik uchun
qarasha boshladim.

Onam mendan tashqari yana to‘rt qorinni
to‘ydirishi kerak edi.
Men ham onam kabi hayotga
tarmasha boshladim.
Maktab atrofini aylanib
yegulik sotdik.
Shunda tushundimki,
onamning biron kasbi yo‘qligi,
ma’lumoti yo‘qligi
bizga pand berdi.
Men endi qattiqroq o‘qishim kerak edi.
Xarxasha boshladim.

Men siyosatga kimningdir ayoli
yoki qizi bo‘lganim uchun
adashib kirib qolmadim.
Men faoliyatimning har bir bosqichida
ayollar huquqi uchun kurashdim,
teng mehnat sharoiti uchun kurashdim,
barcha ishchilarga yaxshi bo‘lsin deb kurashdim.
Ular menga qarab kuldi,
ular mening orzularimning ustidan kulmoqda edi.
Tomosha boshladim:

Men barini qanday uddalaganim haqidagi
tomosha.
Men tashrif buyurgan mamlakatlar
jurnalistlari yozadi:
“Bugun davlatimiz rahbari ilk marta
Ro‘molli prezident bilan uchrashdi”.
Ular uchun
olib borayotgan siyosatimdan,
islohotlarimdan,
millatimdan,
dinimdan,
hatto vatanimdan ham
ro‘molim qiziqroq.
Onam otam o‘lganda
moliyaviy mustaqil bo‘lmagani uchun
afsuslanganini bilaman.
Onam otam o‘lgandan keyingina
ozod bo‘lganini bilaman.

Men barcha ayollarga
erlari tirikligidayoq
ozod bo‘lishni tilayman.

*Singapurning sakkizinchi prezidenti va ilk ayol rahbari.

Kumush Abdusalomova

@kumush_abdusalomova
Иккита роман.

Иккита ҳикоялар тўплами.

Иккита шеърий тўплам.

Сиз кутаётган китоб қайси?
2024/09/29 14:21:53
Back to Top
HTML Embed Code: