Telegram Web Link
So'rasangiz eng yaxshisidan so'rang, duo qiling. Chunki siz olamlar Robbisidan so'ramoqdasiz.

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃

@J_Rumiy_aforizmlari 🕊
🌿 Ayol nimani hohlaydi..?
U sevishni hohlaydi...
U sevilishni istaydi...
Oʻz qadrini anglagan ayol sizdan koʻp narsa talab etmaydi...
U sizning oldingizdagi qiymatini his qilib yashashni istaydi...
U fikrlarini hurmat qilishingizni, uni eshitishingizni, shirin soʻz-u, eʼtiboringizni kutadi, halos... Xonimligini oyoq osti qilmaydigan, qadrini pastga urmaydigan ayol koʻp narsa hohlamaydi... Chunki bunday ayol mol-dunyoni emas, balki sizni qadrlaydi... Chunki bunday ayol asl insoniylik qadr - qimmatini yahshi biladi...

- Erdogʻan Yildirim

Ps/ Kanal uchun mahsus buyurtma asosida tarjima qilingan, ruhsatsiz koʻchirmang ))

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃

@J_Rumiy_aforizmlari 🕊
🌿 Ayol o‘g‘lini bir shapaloq urdi:
Kech bo‘lganda qayerdan kelyapsan?
Bolakay o‘ng qo‘lini kuylagining ichiga tiqib olgan edi.
Yuzida ikkilanish zohir buldi:
- Qirdan...
- Nimadir o‘g‘irladingmi? Men uyda o‘tir degandimku. Qani ko‘rsat!
Yana bitta tarsaki tushgach, bolakay qo‘ynidan bir dona boychechak chiqardi.
-- Izlab izlab bittagina topdim deya kurka pisa qo‘lini cho‘zdi onasiga....
-- Tug‘ilgan kuningiz bilan ayajon!!!.
_Onaning ko‘zlarida yosh g‘iltilladi...«kechir...onangni bolam»...!_

Moddiy boyligi bor odam boy emas ,balkim oddiy narsadan ham hikmat topa olgan odam boydir.


- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃

@J_Rumiy_aforizmlari 🕊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎊💐 🌙РАМАЗОН ҲАЙИТИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!!! 💐

Тортиқ бўлсин сизга дуо-саломлар,
Дуода энг гўзал, ширин каломлар.
Илоҳо уйингиз нурларга тўлсин,
Рамазон Ҳайитингиз муборак бўлсин!

Яқинларингизни қилинг зиёрат
Ўқиган намозингиз бўлсин ижобат
Энг яхши ишингиз бўлсин ибодат
Ҳайит айёмингиз бўлсин муборак!

💐 ЭНГ ЯҚИН ИНСОНИМ ҲАЙИТ АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК!!! 💐

┄┅অঠই
🇺🇿 ইঠঅ┅┄
https://www.tg-me.com/+rj1w9giYiuwyOTMy
https://www.tg-me.com/+rj1w9giYiuwyOTMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gul suvga oshiq boʻldi...
Suvga:
– Seni sevaman, – deb aytdi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi.
Oradan biroz vaqt oʻtgandan keyin, takror Gul Suvga:
– Seni sevaman, – dedi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi...
Gul kasal boʻlib, soʻlib qoldi...
Suv bu holni koʻrib chidolmasdan, tabib chaqirdi. Tabib Gulni yaxshilab tekshirgandan keyin, Gulga umidsiz boqdi. Suv esa xavotirlanib:
– Gulga nima boʻlgan ekan? – deb soʻradi.
Tabib esa:
– Hech narsa qilmagan, faqatgina Suvsiz qolibdi. – dedi...
Bundan shu narsa tushuniladi-ki, “Ishq – faqatgina seni sevaman!”, deb aytishlikdan iborat emas ekan.
Ishq – senga har narsasini bera olishiga ishonganing bir insonni sevishlikdir...

Mavlono Jaloliddin Rumiy

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃

@J_Rumiy_aforizmlari 🕊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

🌿 Baxt

(Boʻlgan voqea)
Oʻtgan asrda yashab oʻtgan ulugʻ olim, toʻra buvalarimizdan birining ayoli xunukroq ekan. Bir kuni toʻra buva poshsha ayaga: “Alloh taolo husnu jamolni taqsimlayotganida biroz kech qolgan ekanlarda a, poshsha?” deb kinoya qilibdilar. Shunda ziyrak ayol: “Ha, shunday, begim. Qarasam, naryoqda baxt ulashilayotgan ekan, oʻshani olaman deb, husnga kech qolganman”, deb javob bergan ekan. 🙂
Olim ayolining javobidan mamnun boʻlib, zavqlangan ekan. Bu satrlarda buyuk madaniyatimizning namunasi, sharofatli kishilarga lutf, aqlli kishilarga ibrat bor...!



- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃

@J_Rumiy_aforizmlari 🕊
🌿 Misrlik 10 yashar Maryam salfetka sotib tirikchilik qiladi. Yoshlar o‘rtasida yugurish marafoni xaqida eshitib ishtirok etishga qaror qildi. Biroq ishtirokchi 200 funt to‘lashi kerak. Bu pul Maryamda yo‘q. Tashkilotchilar o‘n yoshli qiz nimayam qila olardi deb unga pulsiz ruxsat berdilar. Keyin yana muammo tug‘ildi, uni yuguradigan oyoq qiyimi yo‘q.. Mayli yalangoyoq yugura qoladi..
Xullas qizcha marafonda qatnashdi. U yalangoyoq xolda xar kuni salfetka sotib yuradigan masofasini yarminiyam bosib o‘tmadi.. Lekin marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi...

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃

@J_Rumiy_aforizmlari 🕊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Odamlardan farishtalikni talab qilmang...

Chunki bu dunyoda ojiz bandalar yashaydi farishtalar emas...
Xar birimiz adashamiz, xato qilamiz, bilib bilmay kimnidir koʻngliga ozor beramiz....

Lekin koʻnglimizga ozor bergan oʻsha yomonni xam, qandaydir bir yaxshi xislati.....
Biz uchun eng mukammal boʻlgan insonni xam bir yomon odati boʻladi...

Bizga ozorlarni eslab yurmasligimiz uchun Unutish va Kechirish tuygʻulari berilgan... Agar kechira olmasak demak biz xam yaxshi odam emasmiz.....

Shunday ekan yomon odamlar yoʻq... shunchaki yomon odatlar bor xalos....
Yaqinlaringizdan va doʻst-u yoringizdan kichkina yomon odati uchun voz kechmang... kechiring... unuting... 🙂

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃

@J_Rumiy_aforizmlari 🕊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Bir guruh turistlar timsoh fermasini ko‘rgani borishibdi. Suvni o‘rtasida qayiqda turganda ferma egasi "kim suvga sakrab, qirg‘oqqacha tirik yetib olsa, bir million dollar beraman", debdi. Hamma jim turganmish.

Shu payt bir yigit "shalop" etib suvga tushib, shosha-pisha qirg‘oqqa suza boshlabdi. Timsohlar ortidan boribdi, ammo omadi kelib, yigit sog‘-salomat qirg‘oqqa chiqib olibdi.

Fermer majbur bo‘lib, va’da qilingan bir million dollarni beribdi.

Yigit xotini bilan mehmonxonaga qaytgach, xotiniga "yaxshi bo‘ldi-yu, ammo men suvga o‘zim sakramadim. Kimdir suvga turtib yubordi..", desa, xotini "o‘sha men edim", deyarmish ))

Qissadan hissa shulkim, har bir omadli erkakni ortida katta ishlarga birinchi turtki beradigan ayoli turar emish ))

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃

@J_Rumiy_aforizmlari 🕊
🌿 Hayot kitoblarda bitilgan rivoyatlarga o‘xshaydi…

🌿 Har kuni yangi saxifa…

🌿 Bir beti mahzun kechsa…

🌿 Keyingi saxifasi quvonchga to‘la bo‘ladi…

🌿 Shuning uchun ham "Xavotir olmang!" Qorong‘ulikdan keyin yorug‘lik, musibatdan keyin albatta omad keladi...

🌿 Hayot sahifalarini varoqlayvering-da, Allohga tavakkal qiling, o‘zi shundoq ham hayot qisqa, zavqlanib yashang!


- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃

@J_Rumiy_aforizmlari 🕊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ҳақиқат
— Тош деворлар орасидаги қоронғулигимнинг сендан бошқа деразаси йўқ оҳу кўзим…

Ҳақиқат
Жоҳил инсон қаршисида китоб каби сукут сақла!

✍️Мавлоно Румий

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃

@J_Rumiy_aforizmlari 🕊
Afzallik istasang, hech kimdan afzallik da’vo qilma, mum va malham bo‘lu jarohat bo‘lma! Birovdan senga yomonlik yetishini istamasang, yomon so‘zli, fikri buzuq, yomonlikni targ‘ib qiluvchi bo‘lma!

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃
🌿 Ichingizdagi og‘riq, iztiroblarni ,,MEN YAXSHI,, deb pardalashni doim udda qilib kelgansiz... Siz doim yaxshiman deysiz, ammo ichingizni ko‘rish mumkin bo‘lganda edi uncha-muncha odam undagi og‘riq, iztiroblardan dod deb yuborgan bo‘lardi... Yaxshisi shu bo‘lsa, yomoni qanday bo‘larkin... Hammaga yaxshilik sog‘inasiz, hech kimga dardingizni doston qilmaysiz... Alloh quvvat bersin, ajr-savobini ko‘paytirib bersin.... Mehnatlaringizning rohatini ko‘ring... Siz yomonam yaxshisiz, muslimam...

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃

@J_Rumiy_aforizmlari 🕊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yemay yedirishadi, kiymay kiydirishadi.

To‘rt yil tinimsiz ishlab, charchab horigan bu kishi og‘ir mehnati evaziga topgan pullarini borini o‘g‘lining universitetda o‘qishining to‘loviga sarflagan. O‘g‘li diplom olish chog‘ida aytdiki, "Dunyodagi hamma narsadan ham ortiq faxrlanadiganim, otamning borligidir!"

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃

@J_Rumiy_aforizmlari 🕊
Niyati yomon insondan emas, niyatining yomonligini sir tutgan odamdan qo‘rq!

Jaloliddin Rumiy

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃

@J_Rumiy_aforizmlari 🕊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Қаламдан беш ўрнак!

– Ву-уй, қаламингиз бунча чиройли, буважон. Менга бери-инг.
Отахон ёзишдан тўхтади. Набирасининг чақнаб турган кўзларига меҳр билан термилди.
– Бераман, болажоним, албатта, бераман. Шуни ёзиб олай.
Болакай қораланган қоғозга бир муддат тикилиб туриб, хонасига кириб кетди. Анчадан кейин отахон ёзишни тугатиб, тўрт букланган қоғоз орасига қаламни солди. Ухлаб ётган набирасининг бош томонига қўйди.

Унда бундай сўзлар битилган эди:
“Менинг азиз болажоним. Катта бўлганингда, худди қаламга ўхшашингни истардим. Унинг бешта хусусияти бор. Инсон бўламан десанг, қаламдан ҳам ўрнак ол

Биринчидан: ўзингни ҳар қанча доно билсанг ҳам, сени юргизиб, йўналтириб турган Қўл борлигини зинҳор унутма. Шу Қўлга суянишни, унинг измида бўлишни ўрган.

Иккинчидан: енгил, равон ёзиши учун қаламни вақти-вақти билан чархлаб туриш керак. Бу – оғриқли жараён. Аммо бирор натижага эришмоқчи бўлсанг, машаққатларни сабр билан енгишга тўғри келади. Зеро, инсонни синовлар тоблайди.

Учинчидан: қаламда ёза туриб, хатога йўл қўйсанг, ўчирғичда тўғриласа бўлади. Мард инсонгина хатосини тан олади, ўзини ислоҳ қилишдан эринмайди, ор ҳам қилмайди.

Тўртинчидан: қаламнинг шаклу шамойили эмас, ичидаги ўзаги муҳим. Шундай экан, қалбингда яхшиликларни сақла. Ҳар қандай вазиятда қатъиятингни йўқотма.

Бешинчидан: қалам ўзидан из қолдиради. Шу каби сенинг ҳам бирорта амалинг изсиз кетмайди. Демак, қадамингни ўйлаб бос. Ортингдан фақат эзгуликлар қолсин.

Сени яхши кўрган Буважонинг”.

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃

@J_Rumiy_aforizmlari 🕊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imom Shofiʼiydan bir masala haqida soʻraldi. U zot sukut qildilar.
- Nega javob qilmayapsiz? - deya soʻrashdi.

“Men to sukutim yaxshimi, yo javobim yaxshi, shuni aniqlamaguncha bir soʻz demayman”, deya javob qildilar.
---
tushungan tushundi.

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃

@J_Rumiy_aforizmlari 🕊
🌿 Ota qiziga "Falonchi sizni zikr qilmoqda" dedi, qiz tabassum qildi. Shu bilan rozilik berdilar.

Nazokat, farosatni qarang! Ota va qiz bir-birini tushunishini qarang! Bu ota Muhammad sollallohu alayhi va sallam, qiz esa Zaynab roziyallohu anho edilar!


- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃

@J_Rumiy_aforizmlari 🕊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘lim bor!
Biron bir Qalbni xafa qilma, ranjitma. Xafa qilingan bo‘lsang, (birovga) bildirma. Mayli, sen xafa (qilingan) bo‘l.
Dunyo foniy, shunday ekan hech kimni xafa qila ko‘rma!
Bas ajal kelgan vaqt orqangda ko‘ngli vayron bo‘lgan hech kim qolmasin. Diqqat et, O‘lim bor!
Mayli xafa bo‘l, ammo yana hech kimni xafa qila ko‘rma!
Sabr qil va kut.
O‘lim bor...

– Shams Tabriziy

🍃🍃

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂 🍃

@J_Rumiy_aforizmlari 🕊
2024/10/02 22:38:06
Back to Top
HTML Embed Code: