Telegram Web Link
Ramazon oʻgʻrilaridan ogoh boʻling!

Ramazon oyida bizning vaqtimizni oʻgʻrilaydigan, ibodatlardan chalgʻitadigan oʻgʻrilar bor. Ulardan ogoh boʻlishimiz va uzoqlashishimiz kerak
.

@Rumiy_Kanali 🍃

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
🌿 Oila mustahkam boʻlishi uchun ​​muhim tavsiyalar:

AYOLLAR UCHUN:
1. U bilan tortishmang!
2. So‘ziga quloq soling!
3. Ota-onasini hurmat qiling!
4. U doim to‘g‘ri ish qilishini e’tirof qilib turing!
5. Telefonini titmang!
6. Unga taalluqli masalalarni yodda tuting!

ERKAKLAR UCHUN:
1. Ayolingizga pul bering!
2. Doimo unga pul berib turing!
3. Pul berishni unutmang!
4. Beradigan pulingizni berishni yoddan chiqarmang!
5. So‘ramasidan turib pul bering!
6. Unga pulim yo‘q, demang!
7. Pul berishni to‘xtatmang!

#ozgina_tabassum ☺️🙃😄

@Rumiy_Kanali 🍃

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
Allohdan qarzdormisiz?!

Xoʻja Nasriddin bozorda oʻrik sotayotgan edi. Shunda, oldiga mahallasida yashaydigan chala tanish bir ayol kelib:
--Oʻrigingiz shirinmi, deb soʻradi.
Xoʻja Nasriddin:
--Tatib koʻring, dedi.
Ayol:
--Men roʻzaman.
Xoʻja nasriddin:
Unday boʻlsa, olib borib yeng. Pulini keyin berasiz.
Oʻrikni tortib berar ekan, oʻylab qoldi: Xozir ramazon oyi boʻlmasa, demak....
--Qanaqa roʻza tutyapsiz?
Ayol:
--Uch yil avval ramazonda qarzim qolgan edi, shuni qazosini tutyapman.
Shunda Afandi oʻrikni qaytarib joyiga qoʻydi.
--Hozirgina bermoqchi edingiz. Nima boʻldi?
Afandi:
--Allohga boʻlgan qarzingizni uch yilda berayotgan ekansiz, menikini kim biladi qachon berasiz. Boring, sizga qarzga bermayman, debdi.

🌿 Roʻza tutmoqlik biz uchun farz.... biz uchun qarz...!

Tutgan ro'zalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin ilohim 🍀 o'zi go'zal sabr bersin...!


@Rumiy_Kanali 🕊️

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
Men hayotimga kunlar qo‘shishni emas, balki kunlarimga hayot qo‘shishni xohlayman...

— Mubashshir Ahmad

@Rumiy_Kanali 🍃

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “saharlik – yeyish muborak bo‘lgan taomdir. Shunday ekan, bir qultum suv ichish bilan bo‘lsa ham uni tark etmanglar. Zero, Alloh va Uning farishtalari saharlik qiluvchilarga salovot ayturlar”

(imom Ahmad rivoyati).


@Rumiy_Kanali 🍃

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Ro‘za qiyomat kuni Allohning oldida shafoat beradi.

— Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh

Ramazon oyining 21-kuniga ham yetib keldik, oz qoldi. Alloh sabr qilganlarni mag‘firat qilsin.


@Rumiy_Kanali 🍃

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
Namozda sajdaga bosh qo'yish – farz. Ota-onaga ta'zim qilish – qarz.
O'tganlar ruhi oldida bosh egish – sunnat. Ayol oldida bosh egish – odob. Haqiqat oldida bo'yin egish – mardlik. ...Yiqilgan bir nochor bandasini turg'azib qo'yish uchun yerga ta'zim qilish – ham farz, ham qarz, ham sunnat, ham odob, ham mardlikdir!


©️O'tkir Hoshimov


@Rumiy_Kanali 🕊 – sevimli maskan!..

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
Kimningdir hayotini muhokama qilishdan avval o‘yla, senda uning holiga tushmasliging haqida biror hujjat bormi..?
Bor bo‘lsa, so‘z seniki..!

— Ummu Soliha


@Rumiy_Kanali 🕊

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
Haqiqiy ISHQning asosiy xususiyatlari:

1. Sabrning uzoq muddatliligi.
2. Rahmu shafqatlilik.
3. Hasadsizlik.
4. Maqtanchoqlik yo‘qligi (Kamtarlik).
5. Manmanlik(kibr)ning yo‘qligi.
6. O‘zboshimchalik, beboshlikning yo‘qligi.
7. O‘zim bo‘lay, degan maylning yo‘qligi.
8. Asabiylik yo‘qligi.
9. Yomonlik sog‘inmaslik.
10. Yolg‘onni xush ko‘rmaslik va buning aksi bo‘lgan haqparvarlik.
11. Ko‘ngil kengligi.
12. Inshonch, umid va bardosh ko‘lamining kengligi va mustahkamligi.

— Raymond Lulliy (ispan faylasufi)


@Rumiy_Kanali 🕊 🍃

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
“Fotiha” surasi:
Allohning qahridan saqlaydi ...

“Yasin” surasi:
Oxiratda chanqogʻingizni qondiradi ...

“Voqea” surasi:
Kambagʻallikdan, ochlikdan saqlaydi ...

“Mulk” surasi:
qabr azobidan saqlaydi ...

“Kafirun” surasi:
Jon taslim qilayotganda kufrdan saqlaydi ...

“Ixlos” surasi:
Ikkiyuzlamachi, yomonlardan saqlaydi ...

“Falaq” surasi:
Kulfatdan saqlaydi ...

“Nas” surasi:
Yomon xayollardan saqlaydi ...

“Yusuf” surasi:
Yurak siqilishi, mazlumlik, gʻam qaygʻuda foyda ...

@Rumiy_Kanali 🕊 🍃
Hohlar edimki..
Inson biroz sevgi ko‘rsa uzoqlashmasin..
E’tibor berilganini his etganda su’istemol qilmasin..
Samimiyat qarshisida haddini bilsin..
Biroz bo‘lsa ham qo‘lidagi narsalarni qiymatini bilsin..
Qo‘lidagi narsalarga be’tibor bo‘lmasin..

@Rumiy_Kanali 🕊

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inson qoʻlidagi neʼmatlarga shukur qilar ekan, neʼmatlar ziyoda boʻlishiga guvoh boʻladi. Nolish, inkor qilish ila qoʻlidagi neʼmat ham yoʻq boʻladi. Alloh taolo bandalariga mislsiz neʼmatlarni inom etdi. Faqatgina bir talab, ana shu neʼmatlarga shukr qilishni talab etdi.

Videorolikni koʻring va xulosa qiling!

@Rumiy_Kanali 🕊

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
Bir kishi Imom Shofeʼiyning huzurlariga kelib,
"Falon kishi sizni yomonladi" dedi.
Shunda Imom Shofeʼiy:
"Rost gapirgan boʻlsang, chaqimchi ekansan.Yolg'on gapirgan boʻlsang fosiq ekansan"- dedilar.
U kishi xijolat chekib, joʻnab ketdi.

@Rumiy_Kanali 🕊

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
❗️Ҳеч ким оч қолмасин сира дунёда, Ҳеч ким тўқ бўлмасин ҳаддан зиёда. Биров очлик сабаб ёвуз ҳар доим, Бошқасини тўқлик айлаган золим.

© Расул Ҳамзатов (1923-2003) - таниқли доғистонлик шоир, моҳир таржимон ва жамоат арбоби
.

@Rumiy_Kanali 🕊

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
Hayotning xatto soniyalarini ham pulga sotib ololmaysiz!
Bir yigit so‘radi:
— Ba’zilar ilm olib adashib ketishyapti. Men ham shundan cho‘chib ilm olmoqchi emasman. Shunga nima deysiz?

Abu Dardo (r.a)ning javobi shunday bo‘ldi:
— To‘g‘ri, ilmlilarning ba’zilari adashib ketgani rost gap. Biroq, ilmsizlarning hammasi adashadi, hammasi!


@Rumiy_Kanali 🕊 🍃

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ШЕЪРИЯТ

Сиз ола қолинг...

Менга Мавлонони, Юнусни бериб,
Мажнуну, Лайлони сиз ола қолинг
Чанқоғим қирқ йиллик, бўз сувни бериб,
Ирмоғу, дарёни сиз ола қолинг!

Мен толиб эмасман шухрату шонга,
Мақому мартаба юк бўлар жонга,
Бир севги, бир вафо етади менга,
Ҳасадни, жафони сиз ола қолинг!

Замоним йўқ майдалашиб юришга,
Ортда қолганларни кутиб туришга,
Қалбим очиқ вафодорлар киришга,
Сохтакор риёни сиз ола қолинг!

Бу дунё синдирар ман-ман ва зўрни,
Иймонда ҳис қилдим лаззат ҳузурни,
Кибрни, таънани, жирканч ғурурни,
Баднафс мубталони сиз ола қолинг!

Ўлим ҳақ, не керак талашма-талаш,
Бир кун тўлар кўзга тупроқ ила тош,
Мени иймонимла қўйинг бошма-бош!
Улгуржа дунёни сиз ола қолинг!

©️ Абдурроҳим Каракўч

©️ Таржимон Маҳбубий

@Rumiy_Kanali 🕊

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
Oldiga bir kun egam, osmonga uchsa ruhlarim,
Bir ajib moviy diyor bo’ynini quchsa ruhlarim...
Ko’k mening ko’ksim bo’lur, yulduzlari anduhlarim,
Gul o’pib, gul yopinib har dilda mozorim qolur...

- Muhammad Yusuf

@Rumiy_Kanali 🕊️

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
Ibrat

OʻQIB YIGʻLADIM...

Sevimli paygʻambarimiz Muhammad (sallollohu alayhi vasallam) olamdan oʻtganlariga 3 kun boʻldi Abubakr r.a. Oysha onamiz r.a oldilariga keldilar, hol ahvol soʻrab, “Ey qizim Oysha, Rosulullox (sallollohu alayhi vasallam)ning barcha sunnatlarini menchalik mukammal ado qilgan inson bormi”- dedilar?
Xazrati Oysha onamiz “Yoʻq otajon, Siz xamma sunnatlarini toʻliq toʻkis ado qildinggiz”- dedilar.
Xazrati Abu Bakr yana qaytarib “ Qizim Alloh xaqqi aytgin, barcha sunnatlarini ado qildimmi”- degan edilar Oysha onamiz roziyalloxu anho yigʻlab yubordilarda va “Otajon, Alloh xaqqi deganingiz uchun aytaman. Rosululloh (sallollohu alayhi vasallam) ning bir sunnati bor edi ”Xech kimga aytmang yo Oysha“- der edilar. Arab bozorining oldida bir uy bor. U yerda bir 80 yoshga kirgan tugʻma koʻr nogiron, xech kimi yoʻq yaxudiy qariya yashardi. Paygʻambarimiz Muhammad (sallollohu alayhi vasallam) har kuni yarim tunda tahajjud namozlarini oʻqib boʻlgach hamma uyquga ketgan paytida oʻsha yaxudiyni uyga borib uni yuvintirib kiyimlarini yuvib ovqatlantirib kelardilar”- dedilar.
Buni eshitgan hazrati Abu Bakr r.a tahajjud namozini oʻqidilarda yaxudiyning uyiga yoʻl oldi.
Bordilar, uyga kirar ekanlar 3-4 kundan beri xech kim xabar olmagan. Qariyaning ahvoli judayam achinarli holatda edi.
Abu Bakr r.a darrov ishga kirishdilar. Supurdi, sidirdi, qariyani yuvintirdi, kiyimlarini almashtirdi, ovqatlantirib boʻlgach, qariyaga “Mayli men boray”- deb ketmokchi boʻlgan edilar, Qariya Abu Bakr r.a ni qoʻllaridan ushladi va “Sen kimsan”- deb soʻradi. Abu Bakr esa “Men bir qulman ota. Har doim kelib sizni holingizdan xabar olib turgan qulman”- dedilar. Shunda qariya “Sen yolgʻon gapiryapsan”-dedi. Abu Bakr “Nega unday deysiz?”- dedilar. Qariya “Chunki, Sen menga qattiq muomalada boʻlding, yuvintirganda ham kiyintirganda ham, xatto ovqatlanirganingda ham, 3 kun avvalgi kelgan inson menga juda extiyotkorlik bilan qarardi choʻmiltirganda ham, kiyintirganda ham, eng asosiysi ovqatimni chaynab chaynab berardi. Uning shunaqangi hidi bor ediki u hidni butun arab diyoridan ham topa olmaysan”- dedilar. Abu Bakr r.a tinmay yigʻlar edilar. Qariya yana soʻzida davom etib “Agar oʻsha odam sen boʻlsang, nimaga shuncha kun yoʻq boʻlib ketding yoki sen ham ”- jodugarni toʻriga ilindingmi?“-dedi.
Abu Bakr r.a esa ”qanaqa jodugarni aytyapsiz ota“- dedilar. Qariya ”Eshitmaganmisan, bir Muhammad(alayhissalom) deganini, u qanaqadur Kitobni oʻziga kelganini va oʻzini paygʻambarman deb hammani sehrlayaptiyu“-dedi.
Shunda Abu Bakr r.a dod devordilar va ”Ey ota toʻxtang“- dedilar.

”Oʻsha siz aytayotgan insonlarning eng buyugi Muxammad (sallollohu alayhi vasallam) ning oʻlganlariga 3 kun boʻldi. Aslida siz jodugar degan oʻsha inson shuncha yillar davomida sizning holingizdan xabar olib turdilar. Qarang 3 kunda qanaqa holga tushibsiz“- dedilar .

Qariya qotib qoldi va ”Unda sen kimsan“- dedi. Men Abu Bakrman dedilar.

Qariya ham dod deb yigʻlashni boshladilar va ”Ey Xudo meni koʻzimni koʻr, oyogʻlarimni choʻloq, nogiron qilib yaratganing yetmasdan qalbimni ham koʻr qilgan ekansan“-deb yigʻlardi va ”ey Abu Bakr sen guvoh boʻl Allohni yagonaligiga va Muhammad (sallollohu alayhi vasallam) uning paygʻambarligiga guvohlik beraman"- dedida Abu Bakr r.a ning qoʻlida jon berdi!

(Hadis va hayot kitobidan)

Ikki olam sarvari, Habibimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi va sallamga cheksiz va batamom durud va salavotlar boʻlsin!

Allohumma solli aʼla sayyidina Muxammadin va ali aʼla sayyidina Muhammad...

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бaъзан фурсат топиб эслолмасам ҳам,
Юрак тўлиб тошганда дардлашмасам ҳам.
Баъзида дардингиз ололмасам ҳам,
Унутманг қадрдоним юрагимдасиз!

Ассаламу алайкум Саййудул айём Жума муборак бўлсин дилга яқиним!

https://www.tg-me.com/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz 🍂
2024/10/08 00:30:14
Back to Top
HTML Embed Code: