Telegram Web Link
#Natija🎉🎉🎉

🎉GKS grantiga ega chiqqani bilan Kamolani "Yuhak Way" jamoamiz nomidan chin dildan tabriklaymiz. Bu grant dasturi kontrakt, oylik stipendiya, Koreyaga 1martalik borib kelish harajati va boshqa harajatlarni qoplab beradi. Grant miqdori tahminan 40ming dollarga teng.

Kamola (IELTS 6.0)

O'qish va ishlariga ulkan muvaffaqiyat tilab qolamiz.

‼️Eslatma: Yaqin kunlarda GKS grantiga topshirish uchun hujjatlar qabul qilishni boshlaymiz.

@Koreya_Universitetlari
1-semestr vaqtida universitet yotoqxonasiga turish yaxshi deb hisoblaysizmi yoki kvartiraga turishnimi?
Anonymous Poll
46%
Universitet yotoqxonasiga turishni
54%
Kvartiraga turishni
#Natija🎉🎉🎉

🎉Namseoul Universitining magistratura bosqichiga 25% grant asosida o'qishga kirgan mijozilarimizni "Yuhak Way" jamoamiz nomidan chin dildan tabriklaymiz.

O'qish va ishlariga ulkan muvaffaqiyat tilab qolamiz.

@Koreya_Universitetlari
Universitet yotoqxonasi yoki turar joy(kvartira)?

Koreyaga joylashgan universitetlarga o‘qishga kirgan ko‘p kishini universitet yotoqxonasini olish yoki kvartiraga turish o‘ylantirayotgan bo‘lishi tabiiy holat. Kecha ham bu haqida so‘rovnoma kanalga joylagan edik. Bugun esa to‘liqroq bu haqida post qilishga qaror qildik.

Eng avvalo universitet yotoqxonasini ijobiy tomoni sifatida arzonligini aytish mumkin. Kvartiralar bilan solishtirgandan sezilarli darajada arzon hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda chet ellik talabalar bilan yaqindan tanishish uchun juda ham qulay muhitdir. Lekin, hozirdagi ko‘plab Koreya universitetlarining yotoqxonasida alohida talabalar ovqat qilib yeyishi uchun sharoit yo‘q. Shuningdek yotoqxona oshxonasidan halol ovqat topish ham oson ish emas. Shu sababli ham yotoqxonada turuvchi talabalar ko‘p holatlarda universitet yaqinida bo‘lgan oshxonalarga borib ovqatlanishi tufayli kvartiraga turgandan ko‘ra ham ko‘p xarajat qilishi mumkin. Eng katta minus tomonlaridan biri esa yotoqxonada kirish vaqti belgilanganini ham aytish mumkin. Barcha Koreya universitetlari bir xil bo‘lmasligi mumkin, lekin ko‘plarida soat 01:00gacha kirishga ruxsat beradi. U vaqtdan so'ng soat 05:00gacha ruxsat berilmaydi.

Turar joy(kvartira)ning esa asosiy qulayliklaridan biri ovqat qilib yeyish imkoniyati borligi deb aytish mumkin. Agarda ovqat qilishga usta bo‘lsangiz xarajatlaringiz ham tejaladi. Universitet yotoqxonasidan farqli o‘laroq nazorat bo‘lmasligi ancha qulaylik beradi deb ayta olamiz. Xohlagan vaqtda kelib, xohlagan vaqtda ketishingiz va tanishlarni ham uyingizga taklif qilishingiz imkoni bo‘lishi nazarga tutmoqdamiz. Ammo shu bilan bir qatorda salbiy tomonlari ham kam emas. Birinchi navbatda sezilarli darajada qimmatligini aytish mumkin. Uning ustiga depozit to‘lovi ham mavjudligi endigina Koreyaga kirib kelgan talabalarga og‘irlik qilishi turgan gap.

Baʼzi universitet yotoqxonalariga ovqat qilish imkoni mavjud. Agar siz kirgan universitetning yotoqxonasida ovqat qilish imkoni bo‘lsa, 1-semestr universitet yotoqxonasiga ariza berishni tavsiya qilgan bo‘lar edik. Ovqat qilish imkoni mavjud bo‘lmagan universitetga kirgan bo‘lsangiz, yuqorida keltirilgan ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olgan holda universitet yotoqxonasi yoki kvartirani tanlashingizni tavsiya qilamiz. Imkoni bo‘lsa o‘sha universitet yotoqxonasida turgan inson bilan ham maslahatlashib ko‘ring.

P.s:. Agarda postni foydali deb hisoblasangiz reaksiya bilan bildiring va Koreyaga kelayotgan tanishlaringizga jo'natib qo'yishni unutmang!

@Koreya_Universitetlari
Koreyada asqatadigan 5ta ilova

Quyidagi 5ta ilova Koreyaga kirib kelgan vaqtingizda asqatishi sababli telefoningizga ertaroq o'rnatib foydalanishni o'rganib olishingizni tavsiya qilamiz.

- Kakao Map
Ushbu ilova manzil qidirish vaqtida yordam beruvchi ajoyib ilovalardan biridir. Shuningdek Koreyada bo'lgan vaqtingizda Google maps ilovasidan ko'ra ancha qulayroq hisoblanadi.

- Kakao Talk
Biz telegram ijtimoiy tarmog'idan faol foydalanganimiz kabi Koreyslar Kakaotalk ijtimoiy tarmog'ida faol ravishda foydalanishadi.

- Zigbang
Koreyada kirib kelgan vaqtingizda eng birinchi kvartira izlashdan boshlashingiz turgan gap. Bu vaqtda sizga "Zigbang" ilovasi yordam bera oladi. U orqali uy topish biroz bo'lsada osonroq kechadi.

- Albamon
Xizmat ko'rsatishga aloqador ishlarni qidirish uchun qulay ilovadir. Bu ilovadan ish topish chet ellik talabalar holatida qiyinroq bo'lishi mumkin, lekin sinab ko'rsa arziydi.

- Carrot
Bu ilovaning imkoniyatlari ancha keng, lekin asosiy vazifasi deb oldi sotilani amalga oshirishni aytish mumkin. Ishlatilgan mahsulotni bu ilova orqali sotishingiz yoki arzon narxga sotib olishingiz mumkin bo'ladi. Ba'zan tekinga ham ulashishlar bo'ladi.

Siz qaysi ilovalardan foydalanasiz? Koreyaga kirib kelayotgan talabalarga qaysi ilovani foydali deb tavsiya qilasiz va nega? Iltimos izohlar qismida boshqalar bilan bo'lishing.

@Koreya_Universitetlari
#Natija🎉🎉🎉

🎉Hoseo Universitining magistratura bosqichiga 40% grant asosida o'qishga kirgan mijozilarimizni "Yuhak Way" jamoamiz nomidan chin dildan tabriklaymiz.

O'qish va ishlariga ulkan muvaffaqiyat tilab qolamiz.

@Koreya_Universitetlari
2024/09/23 21:28:01
Back to Top
HTML Embed Code: