Telegram Web Link
Koreyaga o'qishga ketmoqchi bo'lganda qaysi tilni bilish muhimroq deb o'ylaysiz?
Anonymous Poll
76%
Koreys tilini
24%
Ingliz tilini
​​#Bahorgi_semestr #Bakalavr

🏫 Yongnam universiteti.

Yongnam universiteti Bahorgi semestr qabuli hozir ham ochiq. Topik 2 va undan yuqori Topik sertifikat bilan universitetga topshira olasiz.

Ushbu universitet Koreyaning Dunyo reytingida Top 1000talikka kirgan universitetlaridan biri.

Quyidagi link orqali bahorgi semestr qabuli haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

Batafsil: https://telegra.ph/Yongnam-Yeungnam-Universiteti---Bahorgi-semestr-Bakalavr-12-27-2

@Koreya_Universitetlari
Yuhak Way | Study Abroad pinned «​​#kanal_xaritasi "Koreya Universitetlari" kanaliga joylangan ma'lumotlar. 👉 Top 1000talikka kirgan, Koreya universitetlari. 👉 Koreyadagi eng yaxshi 5grant dasturi. 👉 Janubiy Koreyaning 5ta eng arzon universitetlari. 👉 Hujjat topshirishni qadam-baqadam…»
​​#Natija

🎉🎉🎉Yana 1nafar talaba jamoamiz maslahatlaridan foydalanib Incheon Milliy Universitetining bakalavr bosqichi talabasi bo'ldi.

Kontrakt:
2150dollar (2,557,000KRW)
1-semestr uchun grant: 30% (640 dollar)
1-semestr uchu kontrakt to'lovi: 1510 dollar

Kanalga kuzatib borgan bo'lsangiz, biz faqat viza olish ehtimoli yuqori va kontrakt narxi arzon bo'lgan universitetlarga topshirishlariga yordam berganmiz va maslahat beramiz. Shundagina o'qish davrida kontrakt narxi qimmat bo'lgani sababli qiynalib qolish va viza olishga muamolar bo'lmasligi mumkin!

🎉TABRIKLAYMIZ.

@Koreya_Universitetlari
#Sarhisob #statistika

📊 TGStat'dan Koreya Universitetlari haqida kanalining 2021-yil statistikasi

📍Bu raqamlar uchun barchangizga rahmat. Ta'lim sohasidagi kanallar orasida O'zbekistonda 382-o'rinda ekanmiz. In Shaa Alloh keyingi yil Top 100talikka kirib olamiz, sizlar bilan birgalikda.

Bizni kuzatishda davom eting. Barchasi hali oldinda. O'ylaymizki ishonchingizni albatta oqlaymiz!

@Koreya_Universitetlari
Qiymati ​​60,000 ~ 120,000 dollarga teng bo'lgan GKS grantiga qanday topshirsa bo'ladi, yutish ehtimolini oshirish uchun nimalar kerak bo'ladi?

📍GKS bakalavr grant dasturini yakuniy natijasi e'lon qilinganidan so'ng, bu grant dasturi haqida bizga kelib tushayotgan ko'plab savol va takliflarni jamlagan holda 2nafar GKS-U 2022-yilgi g'oliblari bilan voice chat uyushtirishga qaror qildik.

⚡️Suhbat davomida GKS grantining afzalliklari, qachon topshirish kerakligi, kerakli hujjatlar, yutish ehtimoli oshirish uchun nimalar qilish kerakligi va suhbat oxirida obunachilar tomonidan beriladigan savollarga grant g'oliblari tomonidan batafsil javob berib o'tilishi ko'zda tutilgan.

Suhbat 9-yanvar, soat 20:00da bo'lib o'tadi. Asad Xamzayev hamda Mahmudjon Muhammadjonov spiker sifatida ishtirok etishadi.

#️⃣GKS grant dasturiga topshirish niyatida bo'lsangiz, bu voice chatni o'tkazib yubormang!

@Koreya_Universitetlari
#Infografika

🇺🇿&🇰🇷O‘ZBEKISTON-KOREYA RESPUBLIKASI: OLIY TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIK RAQAMLARDA

▪️Ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bugungi kunga qadar 200 dan ortiq hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma va memorandumlar imzolangan.

▪️Ayni paytda O‘zbekistonning 40 ta oliy o‘quv yurti Koreya Respublikasining 45 dan ortiq oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tashkilotlari bilan tegishli aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.

▪️O‘zbekistonda Koreya Respublikasi universitetlarining 5 ta filiali mavjud bo‘lib, ularda jami 13 171 nafar talaba bakalavriat yo‘nalishlarida tahsil olmoqda.

Manba: Edu.uz

@Koreya_Universitetlari
​​#Natija

🎉🎉🎉6nafar talaba jamoamiz maslahatlaridan foydalanib Kyungpook Milliy Universitetining bakalavr bosqichiga talabalikka qabul qilindi.

⚡️QS tashkiloti tomonidan chiqarilgan reytingga ko'ra, Kyungpook Milliy Universiteti dunyo bo'yicha 561-570-o'rinni egallagan.

Kontrakti: Semestriga 1,600 ~ 2,300 dollar
Yotoqxona: 1-semestr uchun tekin

🎉TABRIKLAYMIZ.

@Koreya_Universitetlari
GKS haqida batafsil
Koreya Universitetlari haqida | Study Abroad
#GKS

😊 GKS grant dasturi haqidagi ovozli chatimizga qatnashganingiz uchun katta raxmat.

📍Suhbat davomida ko'p kishida savollar qolib ketdi. Spikerlarimizning manzilini quyida qoldiramiz "GKS" grant dasturi bo'yicha savollaringizga In Shaa Alloh javob berishadi.

Asad Xamzayev: @Khamzaevasad
Mahmudjon Muhammadjonov
: @makhmudjon1

@Koreya_Universitetlari
​​2oylik maxsus online Topik kurs uchun qabul ochiq

Xabaringiz bor, biron grant dasturiga hujjat topshirish vaqtida Topik sertifikat bo'lishi u grant dasturini yutishga katta hissa qo'shadi. Biz esa onlayn kurslarimiz orqali yuqori daraja olmoqchi bo'lganlarga yuqori daraja olishiga yordam berishdir.

🔥2oylik maxsus kurslarga Topik imtihonining 읽기(o'qish), 듣기(eshitish), 쓰기(yozish) bo'limlarini yechish strategiyasi batafsil tushuntiriladi. Har bir dars yozib borilishi sababli, qayta ko'rib yanada yaxshiroq tushunib olishingiz ham mumkin.

⚠️Ushbu kursga faqat 8ta o'quvchi qabul qilinadi. 4nafar o'quvchi toq kun, qolgan 4nafar o'quvchi esa juft kungi darslar uchun. Darslar kechki payt 20:00~22:00 bo'ladi. O'quvchilar suhbat va test orqali qabul qilinadi. Kursimiz Topik 5 va 6 dajara olishga qaratilgani sababli o'rta darajani tugatgan o'quvchilar qabul qilinadi.

Koreya Universitetlari kanali va Topik Team online school asoschisi Qosimjonov Ibrohim tomonidan darslar o'tiladi.

Kurs to'lovi oyiga: 400ming so'm (25% chegirma)

Kursga yozilish uchun: @online_consultation_1

@Koreya_Universitetlari
​​#Kuzgi_semestr

Kuzgi qabullar haqida ma'lumotlar qo'yishni ham boshladik!

🏛Incheon Milliy Universiteti bahorgi semestr uchun O'zbekistonlik topshiruvchilarni yaxshi qabul qilgan universitetlardan biridir.

Incheon Milliy Universitetining yaxshi tomonlari.
– Arzon kontrakt narxlari
– Kirish va o'qish davomidagi yaxshi grantlar
– Koreyada Top 50 universitetlardan biri
– Viza olish foizi baland

#️⃣Quyidagi havola orqali, ushbu universitetning qabuli ma'lumotlarini haqida batafsil bilib oling!

Batafsil: https://telegra.ph/Incheon-Milliy-Universiteti---Bakalavr--Kuzgi-qabul-01-15

@Koreya_Universitetlari
Forwarded from Yuhak Way | Study Abroad
​​#foydali

📍Koreya universitetlarida o'qimoqchi bo'lganlar uchun eng kerakli 5 sayt!

www.studyinkorea.go.kr
Bu sayt orqali Koreya universitetlari, GKS granti, qabullari ochiq universitetlar haqida va shu kabi ma'lumotlarga ega bo'la olasiz. Xalqaro talabalar uchun eng kerakli sayt hisoblanadi.

http://bank.jinhakapply.com
Koreya universitetlariga onlayn ro'yhatdan o'tish uchun kerakli saytlardan biridir.

https://www.uwayapply.com
Bundan oldingi sayt kabi onlayn ro'yhatdan o'tish uchun kerak bo'ladi. Yuqoridagi 2ta sayt va ushbu saytni kuzatib, universitet qabul vaqtlari haqida ham batafsil ma'lumotlarga ega bo'lib borishingiz mumkin.

https://overseas.mofa.go.kr
Viza haqida va elchixona haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lish uchun ushbu saytdan foydalanishingiz mumkin.

https://www.visa.go.kr
Shu sayt orqali vizani tekshira olasiz!

✔️Yuqorida berilgan barcha saytlar sizlarga kerak bo'lishi sababli saqlab qo'yishni unutmang!

@Koreya_Universitetlari
​​#ranking

QS tashkiloti 2022-yil uchun dunyodagi Top1000 universitet ro'yhatini e'lon qildi. Unga ko'ra Janubiy Koreyaning 30ta universiteti bu ro'yhatdan joy oldi.

36 Seoul National University
41 KAIST - Korea Advanced Institute of Science
74 Korea University
79 Yonsei University
81 Pohang University of Science And Technology
97 Sungkyunkwan University(SKKU)
156 Hanyang University
212 Ulsan National Institute of Science and Technology (UNIST)
264 Kyung Hee University
305 Gwangju Institute of Science and Technology (GIST)
362 Ewha Womans University
414 Chung-Ang University (CAU)
445 HUFS - Hankuk (Korea) University of Foreign Studies
482 The Catholic University of Korea
494 Dongguk University
494 Sogang University
531-540 Ajou University
541-550 Kyungpook National University
541-550 University of Ulsan
561-570 Hallym University
561-570 Inha University
571-580 Jeonbuk National University
601-650 Konkuk University
601-650 Pusan National University
601-650 Sejong University
751-800 Chonnam National University
751-800 Chungnam National University
751-800 Dankook University
801-1000 University of Seoul
801-1000 Yeungnam University

@Koreya_Universitetlari
​​#Kuzgi_semestr

Siz uchun eng yaxshilari!

🏛Changwon Milliy Universiteti bahorgi semestr uchun O'zbekistonlik topshiruvchilarni yaxshi qabul qilgan universitetlardan biri bo'ldi deb aytsak bo'ladi.

Changwon Milliy Universitetining yaxshi tomonlari.
– Juda arzon bo'lgan kontrakt narxlari (1400 ~ 1800 dollar)
– Kontrakt arzon bo'lishiga qaramasdan kirish va o'qish davomidagi grantlar ham juda yaxshi
– Koreyada Top 50 universitetlardan biri
– 2021-yilda viza olish yuqori (우수인증대학) universitetlar orasida edi. Mart oyida e'lon qilinadigan ro'yhatda ham bo'lish ehtimoli juda yuqori.
– Yotoqxona narxlari ham juda arzon

#️⃣Quyidagi havola orqali, ushbu universitetning qabul ma'lumotlarini batafsil bilib oling!

Batafsil: https://telegra.ph/Changwon-Milliy-Universiteti---Kuzgi-semestr--Bakalavr-01-22

@Koreya_Universitetlari
​​Assalomu alaykum!

Uzoq vaqtdan beri kanalga post joylanmay qoldi. Buning asosiy sababi bahorgi semestr qabullari deyarli barcha universitetlarga yopilgani va bizga ham vaqt bo'lmayotgani sababli kanalga ma'lumotlar joylay olmadik.

Lekin, tez orada kuzgi semestr qabullari haqida ma'lumotlar universitet web saytida qo'yilishi bilanoq biz ham kanalga ma'lumotlar qo'yishni boshlaymiz.

Obunachilarimiz orasida kuzgi semestrga Janubiy Koreya universitetlariga o'qishga topshirmoqchilar bo'lsa, diplom apostil kabi hujjatlarni ertaroq tayyorlashni boshlaganingiz yaxshi.

Bizdan uzoqlashmang, sizlar uchun foydali va kerakli ma'lumotlar bilan bo'lishamiz!

@Koreya_Universitetlari
Forwarded from Yuhak Way | Study Abroad
#️⃣Janubiy Koreya universitetlariga hujjat topshirishni qadam-baqadam ko'rib chiqamiz.

1-qadam

Janubiy Koreya universitetlari orasidan siz o'qishni xohlagan universitetni tanlang.

2-qadam
Tanlab olgan universitetingizga kirish shartlari, talablari va kerak bo'ladigan hujjatlar bilan universitetning rasmiy sayti orqali tanishib chiqing.

3-qadam
Onlayn ariza topshiring. Onlayn ariza topshirish haqida universitetning saytidan batafsil bilib olishingiz mumkin bo'ladi. (ba'zi universitetlarga bu bosqich kerak bo'lmaydi.)

4-qadam
Universitetga talab qilingan barcha hujjatlarni yuboring.

5-qadam
Suhbat va natija e'lon qilinganidan so'ng kontraktni to'lashingiz kerak bo'ladi. Undan so'ngina sizga qabul xati yuboriladi.

6-qadam
Talaba vizasiga kerakli bo'lgan hujjatlarni yig'ib Koreya elchixonasiga u hujjatlarni topshiring.

@Koreya_Universitetlari
Yuqorida joylagan postimizda o'qishga topshirishni qadam-baqadam tushuntirib o'tgan edik. Ushbu postimizda universitet tanlayotganda nimalarga e'tibor berish kerakligini ko'rib chiqamiz.

– Viza olish ehtimoli
O'zbekistondan Janubiy Koreyaga viza olish oxirgi vaqtlarda qiyinlashib borayotganidan habaringiz bo'lsa kerak. Shu sababli viza olish ehtimoli yuqoriroq universitetga topshirish eng muhimi hisoblanadi. Xalqaro ta'lim sifatini ta'minlash tizimi (IEQAS) tomonidan har yili mart oyida nolegallar foizi 1%dan kam bo'lgan universitetlar, yuqori darajadagi universitetlar va viza olish cheklangan universitetlar ro'yxati e'lon qilinadi. Viza olish foizi yuqori bo'lgan nolegallar foizi 1%dan kam yoki yuqori darajadagi universitetlarga topshirishni tavsiya qilamiz.

– Kontrakt narxlari
Janubiy Koreya universitetlari kontrakt narxlari ingliz tilida muloqot qiladigan davlatlarning universitet kontrakt narxlaridan ancha arzon hisoblanadi. Lekin, arzonroq bo'lgan universitetga topshirishingizni tavsiya qilaman. Ayniqsa o'zingiz ishlab topib kontraktni o'zingiz to'lamoqchi bo'lsangiz, albatta kontraktni arzon bo'lgan universitetga topshirishingiz kerak. Chunki kontrakt narxi qancha qimmat bo'lsa, ko'p vaqtingizni o'qish o'rniga kontrakt to'lovini topishga sarflashga to'g'ri kelib qolishi mumkin.

– Universitet reytingi
QS, ARWU, THE tashkilotlari tomonidan chiqarilgan reytingda yuqori o'rinni egallagan universitetlarga topshirishingiz yaxshiroq hisoblanadi. Yuqori reytingda turadigan universitetni bitirishni turli xil yaxshi tomonlari bor. Misol uchun top 1000talikka kirgan universitetni bitirsangiz, O'zbekistonda sizning diplomingiz hech qanday sinovlarsiz tan olinadi.

– Joylashuv
Koreyada deyarli barcha shahar birdek rivojlangan deb aytish mumkin. Lekin, biroq, ammo boshqa shaharlarga qaraganda yaxshiroq rivojlangan va kvartira narxlari nisbatan qimmat bo'lmagan shaharlar bor. Shunday shaharda joylashgan universitetga topshirish yaxshiroq.

@Koreya_Universitetlari
​​#Kuzgi_semestr

Janubiy Koreyadagi birinchi raqamli universitet

🏛Seul Milliy Universiteti Janubiy Koreyadagi eng yaxshi universitet bo'lishiga qaramasdan kontrakt narxlari juda ham arzon hisoblanadi.

Seul Milliy Universitetining yaxshi tomonlari.
– Arzon bo'lgan kontrakt narxlari (2000 ~ 4200 dollar)
– Janubiy Koreyadagi eng yaxshi universitet va QS tashkilotining 2022-yilgi reytingida 36-o'rinni egallamoqda
– Viza olish ehtimoli yuqori

#️⃣Quyidagi havola orqali, ushbu universitetning qabul ma'lumotlarini batafsil bilib oling!

Batafsil: https://telegra.ph/Seul-Milliy-Universiteti---Bakalavr--Kuzgi-qabul-2022-yil-02-08

@Koreya_Universitetlari
​​Siz kuzgi semestrga o'qishga topshirmoqchimisiz

Kuzgi semestrga
ko'plab Janubiy Koreyaning TOP universitetlarga mart~iyun orasida qabullar ochiq bo'ladi. Agarda siz kuzgi semestrga o'qishga topshirmoqchi bo'lsangiz, hozirdan hujjatlar tayyorlashni boshlashingiz kerak.

Quyidagi hujjatlarni
hozirdan tayyorlashni boshlasangiz bo'ladi. Bu hujjatlarni barcha universitetlar talab qilishi sababli hali universitetni tanlamagan bo'lsangiz ham, bu hujjatlarni tayyorlashni boshlashingiz mumkin.

• Diplom apostil
• Tug'ilganlik haqida guvohnoma (tarjima)
• O'qish rejasi va avto biografiya

Boshqa hujjatlar qisqa vaqtda tayyorlash mumkinligi va ba'zi hujjatlarni foydalanish muddati qisqa bo'lgani sababli universitet tanlab olganingizdan so'ng, qabul muddati ochilishiga yaqin, qolgan hujjatlarni tayyorlashni boshlaganingiz maqul.

@Koreya_Universitetlari
⚡️Online 2oylik maxsus kursga qabul ochiq!

📍Bizda 81-Topik imtihoni uchun so'ngi tayyarlov guruhi ochilinadi.
Topik 5, 6 darajaga tayyorlanmoqchi bo'lsangiz, aynan bu guruh siz uchun.

Kursga o'quvchilar soni cheklangan bo'lib, test orqali faqatgina 6nafar o'quvchi tanlab olinadi.

🧾Ro'yxatdan o'tish uchun «bu yerni bosing»

Oylik to'lov: 400ming so'm

Ro'yxatdan o'tib bo'lganingizdan so'ng "@online_consultation_1" yozing!

@Koreya_Universitetlari
2024/09/27 07:18:33
Back to Top
HTML Embed Code: