Telegram Web Link
#Koreys_tili_kursi

"Biz emas natijalar gapirsin!"

Yaqinda do'stlarimiz bilan ''TOPIK ZONE" o'quv markazini ochdik. 78-Topik imtihoni uchun bizda tayyorlangan o'quvchilarni natijasi, markazimiz ochilishiga yana bir quvonchli habar bo'ldi.

Biz emas natijalar gapirsin. Rostan ham turli xil vadalar bergandan ko'ra, men va do'starimni o'quvchilarini natijasini ko'rib bir qarorga kelgan yaxshiroq deb o'ylayman. Bizning o'quv markazda turli xil skidkalar orqali 100%gacha tekin o'qish imkoniyati beriladi.

Bizning manzil:
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chopon ota 6b
(Metro Mirzo Ulug
bek)

πŸ‘‰@TopikZone
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸŽ“Xorijlik talabalar eng ko'p tahsil olayotgan Janubiy Koreya universitetlari 2007-yildan 2020-yilgacha ko'pligi bo'yicha egallab turgan o'rni!

πŸ“Xorijlik talabalar ko'p o'qiydigan universitetlar, o'sha darajada xorijlik talabalar uchun imkoniyatlar qilib bergan. Shuningdek universitet reytingi ham juda yuqori va ko'plari Seul shahrida joylashgani ham sabab bo'ladi.

@Koreya_Universitetlari
​​#ranking

πŸ“Topshirmoqchi bo'lgan univeristetingizni ta'lim sifatini bilish, bu juda ham muhim hisoblanadi. Universitetlarni ta'lim sifatini tekshiradigan turli xil tashkilotlar bor, eng ishonchli deb tan olinganlarini, siz bo'lishamiz.

β€” THE
https://www.timeshighereducation.com

β€” QS (Quacquarelli Symonds)
https://www.topuniversities.com

β€” ARWU
https://www.shanghairanking.com

#️⃣O'qimoqchi bo'layotgan universitetingiz haqida ko'proq ma'lumot yig'ishga harakat qiling. Biron kishi qaysi universitetni maslahat bersa shunga topshirishga harakat qilmay!

@Koreya_Universitetlari
​​#Natija

πŸŽ‰πŸŽ‰πŸŽ‰Yana 1nafar talaba jamoamiz maslahatlaridan foydalanib Chonbuk Milliy Universiteti va Changwon Milliy Universitetlariga magistratura bosqichiga o'qishga kirdi.


βœ…Chonbuk Milliy Universiteti dunyoda 571-580-o'rin, Changwon Milliy Universiteti 2400-o'rinni egalab turibdi. Eng muhimi nelegallar foizi 1%dan kam bo'lgani uchun viza olish ehtimoli juda yuqori hisoblanadi.

#️⃣Milliy Universitetlarning kontrakt narxlari ancha arzon.

Changwon Milliy Universiteti
dan 1-semestr uchun 80% scholarship oldilar, Chonbuk Milliy Universitetidan esa 50%gacha scholarship olishlari mumkin.

βœ”οΈShaxsan o'zlari topshirganligi uchun ortiqcha harajatlar ketmadi.

πŸŽ‰TABRIKLAYMIZ.

@Koreya_Universitetlari
​​#Natija

πŸŽ‰πŸŽ‰πŸŽ‰Yana 1nafar talaba jamoamiz maslahatlaridan foydalanib Changwon Milliy Universitetlariga magistratura bosqichiga o'qishga kirdi.

βœ…Changwon Milliy Universiteti nelegallar foizi 1%dan kam bo'lgani uchun viza olish ehtimoli juda yuqori hisoblanadi. Shuningdek hozirda elchixonaga KDB bank schot, ota-ona yillik daromadini topshirish shart emas.

#️⃣Milliy Universitetlarning kontrakt narxlari ancha arzon.

βœ”οΈShaxsan o'zlari topshirganligi uchun ortiqcha harajatlar ketmadi.

πŸŽ‰TABRIKLAYMIZ.

@Koreya_Universitetlari
#Bahorgi_semestr #Bakalavr #Magistratura #soragan_edingiz

βœ…Janubiy Koreyada hozirda Bakalavr va Magistratura bosqichiga qabuli ochiq bo'lgan universitetlar ro'yhati!

πŸ“Natijalar
ertaroq chiqadigan universitetlarga topshirganingiz ma'qulroq hisoblanadi.

@Koreya_Universitetlari
​​#foydali

Universitetga topshirish yoki biron grant dasturiga ariza topshirayotgan vaqtizda elektron pochtangiz (e-mail) bo'lishi lozim.

Suhbat vaqtlari, natija, hujjatdagi kamchiliklar va shu kabi barcha kerakli ma'lumotlarni universitetlar elektron pochtangizga yuborishadi. Shu sababli ham elektron pochta juda muhim sanaladi.

Ba'zilar esa arizani to'ldirish vaqtida elektron pochta manzilini xato yoki ishlamaydigan manzilni kiritishadi. Bu esa turli xil muamolarga sabab bo'ladi.

Agarda universitetga ariza topshirgan bo'lsangiz, iloji boricha har kuni elektron pochtadan habar olib turishni unutmang. Chunki hujjatlarda kamchilik bo'lganda yoki kerakli ma'lumotlar bo'lib qolsa, universitet sizni elektron pochta manzilingizga habar yuboradi.

"gmail.com" ishlatishni tavsiya qilamiz. Chunki ko'p universitetga ariza to'ldirayotgan vaqtizda ''mail.ru'' kiritib bo'lmasligi mumkin.

Elektron pochtadan oldin foydalanib ko'rmagan bo'lsangiz, o'rganib olishingizni tavsiya qilaman. Elektron pochtada nafaqat o'qishga topshirish vaqtida balki universitetga kirganingizdan so'ng kerakli ma'lumotlarni olishga ham kerak bo'ladi.

@Koreya_Universitetlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rankings

πŸ“2009yildan 2021yilgacha bo'lgan davr mobaynida Koreya universitetlarining reytingi o'zgarishi.

QS (Quacquarelli Symonds) tashkiloti tomonidan chiqarilgan reyting natija videoda aks etgan.

@Koreya_Universitetlari
#ogohlik_davr_talabi

Shu kunlarda Koreya universitetlariga o'qishga kirgan talabalarni, o'qishga kirganligi haqidagi ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda joylagan holatlarini ko'p kuzatmoqdamiz. Aslida bu to'g'rimi?

Oxirgi vaqtlarda bu ma'lumotlar orqali o'qishga kirishni bekor qilish, kontrakt pulini yechib olish va shunga o'xshash holatlar ko'p kuzatilayotgani sababli Koreya universitetlari o'qishga kirganligi haqidagi ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirmaslik va tarqatmaslikka chaqiradi.

P.s:. Ogoh bo'ling!

@Koreya_Universitetlari
Assalomu alaykum!

Qaysi toifadagi universitetlarni yaxshiroq deb hisoblaysiz?
Anonymous Poll
71%
Milliy Universitetlar
29%
Xususiy Universitetlar
​​#Milliy #Xususiy #Universitetlar

Kecha qo'ygan so'rovnomamizga Milliy universitetlar yaxshiroq deb tanlaganlar ko'pchilikni tashkil qildi. Bugun Milliy va Xususiy universitetlarning eng yaxshi tomonini ko'rib chiqamiz.

πŸ›Milliy Universitetlar
Janubiy Koreyada davlat tomonidan tashkil etilgan 50dan ziyod universitetlar bor. Bular ichida Seul, pusan, kyungpook, chonbuk, chonnam, chungnam milliy universitetlari eng yaxshilari hisoblanadi.

Milliy universitetlarning eng yaxshi tomoni kontrakt narxlarining juda arzon ekanligi deb aytsa bo'ladi. Xususiy universitetlardan ko'ra teng baravar arzon hisoblanadi.

πŸ›Xususiy Universitetlar
Ayni vaqtda Koreyada 100dan ortiq xususiy universtetlar mavjud. Dunyo reytingida Top 1000talikka kirgan Koreya universitetlarini ham aksariyat qismi xususiy universitetlardir.

Milliy universitetlardan ko'ra xususiy universitetlarga kirish bir muncha osonroqdir. Topik yoki IELTS sertifikati bo'lmagan topshiruvchilarga ichki imtihon orqali topshirish imkoniyatlari ham beriladi.

@Koreya_Universitetlari
​​#aniq #emas

Noqonuniy ravishda istiqomad qilish darajasi 1%dan kam bo'lgan universitetlar (yuqori darajali universitetlar)ga kirgan bo'lajak talabalardan, endilikda elchixona KDB bank ma'lumotnomasi va ota-ona yilliy daromadini talab qiladimi?

Elchixona saytida 21-maydagi chiqan e'londa, nolegallar soni 1% kam bo’lgan universitetlarga kirgan talabalar va Xalqaro ta'lim markazi tomonidan tanlab olingan talabalar moliyaviy ahvolni tasdiqlovchi hujjatlarni topshirish shart emas mazmunida yozilgan edi.

15-oktyabrga kelib, til kursi bosqichiga nolegallar soni 1% kam bo’lgan universitetlarga kirgan talabalar va boshqa universitetga kirgan talabalar ham ota-ona yillik daromadi, shuningdek KDB bankida depozitga qo’yilgan 10.000 $ dan ko’p (3oy muddat davomida saqlangan) miqdordagi pul mablag’lari to’grisidagi hujjatlar topshirilishi talab qilinishi mazmunidagi habar joylandi.

Bakalavr, magistratura bosqichiga nolegallar soni 1% kam bo’lgan universitetga kirgan talabalar esa hozircha rasman ota-ona yillik daromadi va KDB bank schot ma'lumotnomasini taqdim qilishi haqida habar yo'q.

Lekin, ba'zi sayohlik agentliklar qaysi bosqich va qaysi universitetga kirgan bo'lishidan qatiy nazar moliyaviy ahvolni tasdiqlovchi hujjatlarni topshirish kerakligini aytishmoqda. Rasmiy habar bo'lmagan holatda, sayohli agentliklari gapiga ishonish qiyin, lekin baribir hamma narsaga tayyor turgan yaxshi.

@Koreya_Universitetlari
#Bahorgi_semestr #Bakalavr_Magistratura

Hali universitetga topshirmagan bo'lsangiz, shoshmaganingiz maqul!

Hozir ham bahorgi semestrga o'qishga topshirmoqchi bo'lganlar ko'p topiladi. Shuningdek qabuli ochiq bo'lgan universitetlar ham oz emas, yanvar oyida ham qabuli ochiq universitetlar albatta bo'ladi.

Lekin, qabuli ochiq va ochiladigan universitetlar orasida darajasi yuqori va kontrakt narxi arzon universitetlar qolmadi. Shuningdek qabul kech bo'lgani sababli natijalar ham kech chiqadi. Bu holatda bahorgi semestrga ulgurmaslik mumkin.

Misol uchun Dong-A universitetini 2-qabulini ko'rib chiqamiz. O'qishga kirganligi haqidagi natija 20-yanvarda chiqadi. Katta ehtimol bilan talabalar KDB bankiga pul qo'yishni o'qishga kirganidan so'ng boshlashadi. Shunda viza uchun tahminan 21-fevralga hujjat topshirishi mumkin. Elchixona oxirgi habarida hujjatlarni 1yarim oydan kam bo'lmagan muddatda ko'rib chiqishi yozilgan edi. Dong-A universitetini 2-qabuliga topshirganlarga Viza chiqish, chiqmasligi tahminan aprel oyida aniq bo'ladi.

Mart oyini boshidan Koreya universitetlarga darslar boshlanadi. Agarda universitetga onlayn darslar bo'lsa, O'zbekistonda turib ham o'qib turishingiz mumkin. Agar bo'lmasa akademik ta'til olasiz, universitet bermasa o'qishga kirganingiz bekor qilinadi. Aslida birinchi semestrdan akademik ta'til olib bo'lmas edi, lekin pandemiyani hisobga olib ko'plab universitetlar oxirgi 2yildan beri berib kelmoqda.

Hozirgacha o'qishga topshirmagan bo'lsangiz, kuzgi semestrga topshirishni maslahat beraman. Top universitetlar, kontrakti arzon universitetlar va o'sha universitetga kerak bo'ladigan hujjatlarni oldindan tayyorlashga ham vaqt bo'ladi.

Kanalga ham tez orada kuzgi semestr uchun universitetlar haqida ma'lumot qo'yishni boshlaymiz! Bahorgi semestrga topshirishga kech bo'lmadi, lekin hali topshirmaganlar uchun kuzgiga topshirgan ancha yaxshiroq demoqchimiz.

Sizningcha 2022-yil bahorgi semestr uchun kech bo'lsa ham topshirgan yaxshimi yoki 2022-yil kuzgi semestrga topshirgan yaxshimi❓

@Koreya_Universitetlari
#Topik

Yuqoridagi rasmda 2022-yilda O'zbekistonda bo'lishi rejalashtirilgan Topik imtihonining sanalari va qaysi joylarda o'tkazilishi keltirilgan.

Universitetga topshirish uchun Topik sertifikatingizni olish yoki ko'tarib olishga yaxshi imkoniyat.

Manba: Tashkec.uz

P.s: Intizorlik bilan kutayotgan do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

@Koreya_Universitetlari
​​#Natija

πŸŽ‰πŸŽ‰πŸŽ‰Yana 1nafar talaba jamoamiz maslahatlaridan foydalanib Changwon Milliy Universitetlariga bakalavr bosqichi talabasi bo'ldi.

πŸ“Changwon Milliy Universiteti nolegallar foizi 1%dan kam bo'lgani uchun viza olish ehtimoli juda yuqori hisoblanadi. Shuningdek hozirda elchixonaga KDB bank schot, ota-ona yillik daromadini topshirish shart emas.

Kontrakt: 1400dollar (1,685,500KRW)

πŸŽ‰TABRIKLAYMIZ.

@Koreya_Universitetlari
#grant #Bakalavr_Magistratura

Bugun universitetga kirish granti (1-semestrga topshirganda beriladigan grant) va o'qish davomidagi grantlar bilan tanishimamiz. Kirish va o'qish davomidagi grantlarda ko'p hollarda faqat kontrakt narxining nechidir foizi grant qilib beriladi.

β€” Kirish granti.
(1)
Universitetga qarab, bu grant olish farq qiladi. Asosan koreys tili yoki ingliz tili sertifikatiga qarab beriladi. Bunda Topik yoki IELTS sertifikati nechiligiga qarab, 10%dan 100%gacha berishi mumkin. Esdan chiqarmaslik kerak, ba'zi universitetlar Topik 3 olgan talabaga ham 100% kirish granti berilshi mumkin.

β–ͺ️Misol uchun:
Pusan milliy universiteti
ga topshirgan abituriyentlarning Topik 4 sertifikati bo'lsa 30% grant, Topik 5 bo'lsa 70%, Topik 6 bo'lgan taqdirda 100% grant beriladi.

β€” Kirish granti. (2)
Boshqa bir universitetlar esa topshiruvchilarning barcha hujjatlarini va suhbatni qanday topshirganini hisobga olib, ular orasidagi eng yaxshi topshirgan nechidir foiz abituriyentga 100% grant taqdim qiladi.

β€” O'qish davomidagi grant.
O'qish davomida beriladigan grantlar GPA(o'rtacha ball)ga qarab yoki eng yuqori ball olgan talabalarni tanlash yo'li bilan va eng yaxshi ball olgan nechidir foiz xorijlik talabalarga grant berish holatlari bor. Universitetga qarab berish tizimi ham farq qiladi.

β–ͺ️Misol uchun:
Daegu universitet
GPA(o'rtacha ball)ga qarab grant beradi. O'tgan semestrga GPA 4.2dan oshgan bo'lsa 100% grant, GPA 4.0 ~ 4.2 bo'lsa 70% grant, GPA 3.0 ~ 4.0 bo'lsa 50% grant beriladi. Sungkyunkwan universiteti esa eng yuqori ball olgan 6% xorijlik talabaga 70% grant, 6% ~ 18% ichiga kirsa 50% grant, 18% ~ 30% eng yaxshi ball olganlar orasida bo'lsa 30% grant beriladi.

ESLATMA: Ba'zi universitetlarga umuman grant bo'lmasligi ham mumkin. Shuningdek kirish va o'qish davomida beriladigan grantlar, biz yozganimizdan ba'zi universitetlarga farqli holatlar ham bo'lishi mumkin

Agar kirish va o'qish davomida beriladigan grant talablarini yaxshi bajarsangiz, kontrakt to'lovni umuman to'lamasdan o'qish ham mumkin.

@Koreya_Universitetlari
#Bahorgi_semestr #Bakalavr #soragan_edingiz

βœ…Janubiy Koreyada hozirda Bakalavr bosqichiga qabuli ochiq bo'lgan universitetlar ro'yhati!

@Koreya_Universitetlari
​​#Natija

πŸŽ‰πŸŽ‰πŸŽ‰Yana 1nafar talaba jamoamiz maslahatlaridan foydalanib Chonbuk Milliy Universiteti hamda Kwangwoon universitetiga qabul qilindi.

πŸ“Chonbuk Milliy Universiteti nolegallar foizi 1%dan kam bo'lgani uchun viza olish ehtimoli juda yuqori hisoblanadi. Shuningdek hozirda elchixonaga KDB bank schot, ota-ona yillik daromadini topshirish shart emas. Kwangwoon universitetidan esa 80% grant yutdilar.

#️⃣Bizdan ham deyarli maslahat olmaganini eslatib o'tmoqchiman. Biz ham kanalda ma'lumotlarni ko'proq qo'yishdan maqsad, shaxsan o'zi qilmoqchi bo'lgan vaqtda ortiqcha savollar kamroq bo'lishini ta'minlashdan iboratdir.

πŸŽ‰TABRIKLAYMIZ.

@Koreya_Universitetlari
2024/09/27 09:22:44
Back to Top
HTML Embed Code: