Telegram Web Link
#soragan_edingiz

Hamma biladigan narsadir lekin ko'p kishi oxirgi vaqtlarda universitet web saytini so'raganligi uchun boshqalarga ham foydasi tegar deb qo'ydik.

πŸ“±Telefondan kirgan vaqtingizda ham πŸ’»kompyuterdan kirgan vaqtingizda ham deyarli farq qilmaydi. Eng avvalo universitetni ingliz tilida yoki koreys tilida nomini qidiruv qismiga kiritasiz. Telefondan qidirganda web sayt qismini alohida beriladi 2-rasmga keltirilgani kabi, kompyuterdan kirganda esa bunday holat bo'lmasligi mumkin lekin eng yuqorida keltirilgan sayt universitetning asosiy web sayti hisoblanadi.

@Koreya_Universitetlari
#Bahorgi_semestr #Suhbat

Koreys tilida yaxshi biladigan abituriyentlar Topik sertifikatsiz ham Janubiy Koreya universitetlariga topshirib o'qishga kirgan holatlar endi yangilik emas. Lekin Top 10talikka kirgan universitetlarga ham Topik sertifikatisiz kirishni iloji bormi?

Ha, albatta iloji bor
. Hozirda Top 10talikka kiruvchi 2ta universitet suhbat asosida qabul qilishmoqda. Suhbat onlayn shaklda bo'lishi sababli qaysi davlatdan bo'lishingizdan qatiy nazar ishtirok etsa bo'ladi.

Bu imkoniyatni berayotgan universitetlar Sungkyunkwan va Kyung-Hee universitetlari hisoblanadi. Topik darajangiz bo'lmasa Top universitetlarga o'qishga kirmoqchi bo'lsangiz ajoyib imkoniyat! Shuningdek Sogang universiteti ham bu qatorda bor! Qabullari yaqinda ochilishini hisobga olsak shoshiling!

@Koreya_Universitetlari
Forwarded from Yuhak Way | Study Abroad
#Bahorgi_semestr

πŸ“Top 1000talikka kirgan universitetga o'qishga topshirmoqchisiz, lekin Topik sertifikat yo'qligi sababli topshirishga o'ylanyapsizmi?

βœ…Koreys tilini yaxshi biladigan talabalarni test va suhbat asosida qabul qilayotgan Top universitetlar juda ko'p ulardan biri Sogang universitetidir! QS reytingida 490-o'rini egallab turibdi.

Univeristetga qabul qilingan talabalardan viza olish vaqtida Elchixona tomonidan quyidagi hujjatlar talab qilinmaydi:
βœ–οΈBank sertifikati .
βœ–οΈOta-ona yillik daromadi.

Quyidagi link orqali bahorgi semestr qabuli haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

Batafsil: https://telegra.ph/Sogang-Universiteti---2022-yil-Bahorgi-qabul-Bakalavr-08-04

@Koreya_Universitetlari
#koreya_haqida #qonuniy_ishlash_vaqti

⚑️Janubiy Koreyada chet ellik talabalar qonuniy nechi soat ishlash mumkinligi haqida gaplashamaiz.

2018.10.01 sanadan boshlab ish vaqtlari Topik sertifikatga qarab belgilanadigan bo'ldi.

βœ…Til kursi uchun haftalik ish soati:
Topik 2κΈ‰ Γ— - 10soat
Topik 2κΈ‰ o - 20soat

βœ…Institut bakalavr bosqichi uchun haftalik ish soati:
Topik 3κΈ‰ Γ— - 10soat
Topik 3κΈ‰ o - 20soat (hafta oxiri va dam olish kunlarida chegaralanmagan)

βœ…1-kurs, 2-kurs bakalavr bosqichi uchun haftalik ish soati:
Topik 3κΈ‰ Γ— - 10soat
Topik 3κΈ‰ o - 20soat (hafta oxiri va dam olish kunlarida chegaralanmagan)

βœ…3-kurs, 4-kurs bakalavr bosqichi uchun haftalik ish soati:
Topik 4κΈ‰ Γ— - 10soat
Topik 4κΈ‰ o - 20soat (hafta oxiri va dam olish kunlarida chegaralanmagan)

βœ…Magistr va undan yuqori bosqichlar uchun haftalik ish soati:
Topik 4κΈ‰ Γ— - 15soat
Topik 4κΈ‰ o - 30soat (hafta oxiri va dam olish kunlarida chegaralanmagan)

@Koreya_Universitetlari
#Bahorgi_semestr #Bakalavr

βœ…Janubiy Koreyada hozirda qabuli ochiq bo'lgan universitetlar ro'yhati!

πŸ“Hujjatlar
tayyor bo'lsa universitetlar orasidan birini tanlab topshirsangiz bo'ladi. Qabul yopilishidan hech bo'lmaganda 1hafta oldin hujjatlarni universitetga pochta qilib yuborganingiz yaxshi hisoblanadi!

#️⃣Agarda shaxsan o'zingiz topshirayotgan vaqtda nimagadir tushumasangiz bizga murojaat qiling.

@Koreya_Universitetlari
​​#Bahorgi_semestr

🏫 Incheon shahrida joylashgan ajoyib universitetlardan biri Incheon Milliy Universiteti haqida!

Incheon Milliy Universiteti Koreyaning top 50 universitetlar safiga kiradi. Kontrakt narxlari arzon va scholarship (grant)ni ancha yaxshi.

Quyida berilgan havola orqali bahorgi semestr qabul vaqtlar, 1-semestr grantlari va kerakli hujjatlar haqida batafsil bilib olishingiz mumkin bo'ladi.

Batafsil: https://telegra.ph/Incheon-National-University---Bakalavr--Bahorgi-qabul-07-03

@Koreya_Universitetlari
#Natija

πŸŽ‰πŸŽ‰πŸŽ‰Yana 1nafar talaba jamoamiz maslahatlaridan foydalanib Chonbuk Milliy Universiteti talabasi bo'ldi.

Bizning jamoadan
Bakalavr bosqichiga 2kishi yordam olgan edi, 1kishiniki ijobiy. In Shaa Alloh ertaga magistratura bosqichiga topshirganlardan ham ijobiy natijalarni kutib qolamiz!

βœ…Eng muhimi firmadan topshirib ortiqcha harajat qilmadilar. O'qishga kirgani bilan tabriklayman va o'qishlariga omad tilab qolaman!

πŸŽ‰TABRIKLAYMIZ.

@Koreya_Universitetlari
#Bahorgi_semestr #Magistratura #soragan_edingiz

βœ…Janubiy Koreyada hozirda Magistratura bosqichiga qabuli ochiq bo'lgan universitetlar ro'yhati!

πŸ“Hujjatlar
tayyor bo'lsa universitetlar orasidan birini tanlab topshirsangiz bo'ladi. Qabul yopilishidan hech bo'lmaganda 1hafta oldin hujjatlarni universitetga pochta qilib yuborganingiz yaxshi hisoblanadi!

#️⃣Agarda shaxsan o'zingiz topshirayotgan vaqtda nimagadir tushumasangiz bizga murojaat qiling.

@Koreya_Universitetlari
#sorovnoma_natijasi

"Qaysi universitetga hujjat topshirish haqida video tayyorlaganimiz yaxshiroq deb hisoblaysiz?" deb nomlangan so'rovnoma natijasi. So'rovnoma natijasidan Daegu universitetiga topshirmoqchi bo'lganlar ancha ko'p ekanligini bilib ham oldik.

Daegu universitetiga ariza topshirish 15-noyabrdan boshlanishi sababli o'sha kuni video tayyorlashga harakat qilamiz. 16-noyabrda kanalga joylashni rejalashtiryapmiz.

Daegu universitetiga topshiruvchilarning ko'pligini asosiy sabablari. Eng avvalo ichki imtihoni borligi va Topik 3darajaga ham 100% scholarship berishligi sabablidir.

@Koreya_Universitetlari
​​#Bahorgi_semestr
#imkoniyat

πŸ›Koreya universitetlari orasida ayni vaqtda 2-o'rinni egalab turgan Sungkyunkwan universiteti bahorgi qabul uchun berayotgan imkoniyatlari haqida gaplashamiz.

Dunyodagi reytingi: 89
Osiyodagi reytingi: 11
Koreyadagi reytingi: 2

Koreys tilini yaxshi biladigan, Topik sertifikati bo'lmagan, abituriyentlarni ham suhbat asosida qabul qiladi. Agarda sizda Topik sertifikati bor bo'lsa va hujjatlaringizdan xatolik topishmasa hech qanday suhbat bo'lmaydi.

Bu imkoniyatlar katta ehtimol bilan keyingi yildan boshlab berilmasligi mumkin.

Batafsil:
https://telegra.ph/Sungkyunkwan-Universiteti---2022-Bahor-Bakalavr-08-03

https://www.tg-me.com/Koreya_Universitetlari
Forwarded from Yuhak Way | Study Abroad
​​#Savol_javob

❓ Savol:
Qaysi universitetga kirganligim elchixonadan viza olishimga ta'sir ko'rsatadimi? Agarda ko'rsatsa qanday universitetlarga topshirgan yaxshi?

βœ… Javob:
Ha albatta qaysi universitetga kirganingiz viza olishga o'z ta'sirini ko'rsatmasdan qolmaydi. Xalqaro ta'lim sifatini ta'minlash tizimi (IEQAS) bo'yicha universitetlar 4 toifaga bo'linadi.

β€’ Reytingi juda yuqori universitetlar (nelegallar 1%dan kam bo'lgan) (μš°μˆ˜μΈμ¦λŒ€ν•™)

β€’ Reytingi yuqori universitetlar (μΈμ¦λŒ€ν•™)

β€’ Oddiy toifadagi universitetlar (μΌλ°˜λŒ€ν•™)

β€’ Viza berish cheklangan universitetlar (λΉ„μžλ°œκΈ‰ μ œν•œλŒ€ν•™)

"μš°μˆ˜μΈμ¦λŒ€ν•™
" va "μΈμ¦λŒ€ν•™" larga "μΌλ°˜λŒ€ν•™" lardan ko'ra viza olish ehtimoli yuqoriroq hisoblanadi. Har yili ro'yhat o'zgarishi sababli " studyinkorea.go.kr " sayti orqali topshirishingizdan oldin ro'yhatni ko'rib olishingiz mumkin bo'ladi. Saytda e'lon qilinmaydigan universitetlar "μΌλ°˜λŒ€ν•™" hisoblanadi.

@Koreya_Universitetlari
#news

Koreya universitetlariga yildan yilga mahaliy talabalardan ko'ra chet ellik talabalar foizi oshib bormoqda!

Chet ellik talabalar eng ko'p bo'lgan universitetlar orasida Kyung Hee universiteti yetakchilik qilmoqda! Universitetga til kursi, bakalavr va undan yuqori bosqichlarga to'rt mingdan ziyod talabalar tahsil olmoqda. Sungkyunkwan va Yonsei universitetlari chet ellik talabalari soni ko'pligi bo'yicha 3talikka kirgan.

Yuqoridagi rasmda hozirda chet ellik talabalari, mingtadan oshgan universitetlarni ketma ketligini ko'rib olishinigiz mumkin.

@Koreya_Universitetlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Univeritet_ichki_imtihoni

βœ…Daegu universitetga ariza topshirish va boshqa ma'lumotlar. Vada qilingan sanadan 2kun o'tib joylashga majbur bo'ldim.

πŸ”ΉAgar video yordami teksa yoki kimgadir tegadi deb o'ylasangiz, "πŸ‘"ni bosishni unutmang.

P.s. Ishlar bilan bo'lib vaqt topa olmayotgan edim, bugun 30minut vaqt topib tayyorladim. Shu sababli videoni montaj qilishga vaqt ham bo'lmadi.

@Koreya_Universitetlari
#news

Kechagi postda chet ellik talabalari eng ko'p ta'lim oladigan universitetlar haqida ma'lumot qo'ygan edik. Yuqoridagi rasm esa hududlar miqyosida qaysi shaharda chet ellik talabalar ko'p ekanini bililb olishingiz mumkin bo'ladi.

2020-yili e'lon qilingan tatqiqot natijasida 142mingdan ziyod xorijlik talabalar Janubiy Koreyada taqsil olmoqdaligi aytilgan. Ulardan 46,925tasi Seul shahrida joylashga universitetlarga o'qishmoqda.

Boshqa shaharlardagi xorijlik talabalar sonini yuqoridagi rasmdan ko'rib olishingiz mumkin.

@Koreya_Universitetlari
Koreyaga ketish uchun siz qaysi tilni o'rgandiz yoki o'rganyapsiz?

So'rovnomaga faol ishtirok eting. Muhim!
Anonymous Poll
58%
Koreys tili
28%
Ingliz tili
14%
Ikkalasini ham
Koreya Universitetlari.pdf
7.7 MB
#foydali

πŸ“Keyingi yil kuzgi semestrga topshirish uchun tayyorgarlik ko'rayotganlarga foydali qo'llanma. Balki bahorgi semestrga topshirgan va topshirmoqchi bo'layotganlarga ham foydasi tegar!

β€” 60ga yaqin universitetlarning qanday fakultetlari borligi haqida batafsil ma'lumotlar.
β€” Bakalavr, Magistratura, Phd, Til kursi kontrakt narxlari.
β€” Bahorgi va kuzgi semestr qabul sanalari.
β€” Yotoqxona narxlari.
β€” Universitet Email manzillari ham batafsil berilgan.

P.s. Kerakli ma'lumotlar ko'p, ishlatishni bilsangiz ko'p foydasi tegadi.

@Koreya_Universitetlari
Ta'lim yarmirkasi!

πŸ“Koreyada tug'ilish soni kamayib, Xorijlik talabalarga bo'lgan ehtiyoj kundan-kunga oshib bormoqda.

100ga yaqin universitet
qatnashayotgan ta'lim yarmirkasi bo'lib o'tmoqda. Topshirmoqchi bo'lgan universitetingiz vakillidan savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Yarmirka 22-noyabrdan 5-dekabrgacha bo'lib o'tadi. Ta'lim yarmarka manzili (bu yerni bosing)

@Koreya_Universitetlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
πŸ“Janubiy Koreyada Xorijlik talabalar oshib borishi va o'qishga kelgan eng ko'p talabalar soni.

2003-yildan 2020-yilgacha Xorijlik talabalar soni reytingi. Yildan yilga Janubiy Koreyada O'zbekistonlik talabalar soni ham oshib bormoqda. 2020-yilga kelib Xitoy va Vetnam davlatlaridan so'ng 3-o'rini egallab turibdi

@Koreya_Universitetlari
​​#sabablar

Nega Janubiy Koreyada yildan yilga Xorijlik talabalarga ehtiyoj sezilarli darajada o'sib bormoqda?

Bunga
bir necha sabablarni aytish mumkin. Lekin, buning asosiy sababi yildan yilga tug'ilish soni kamayib borishidadir. Ayni vaqtda Koreya tug'ilish soni kamligi bo'yicha Makaudan so'ng ikkinchi o'rinda, 1970-yil bilan solishtirganda 4 baravarga yaqin tug'ilish ko'rsatikichi qisqargan.

Xo'sh tug'ilish qisqarishini Xorijlik talabalarga ehtiyoj sezilshiga qanaqa aloqasi bor?

Tug'ilish soni kundan kunga qisqarishi sababli maktab, kollej va universitet talabalar soni yildan yilga kamayib bormoqda. Tug'ilish kam bo'lgandan keyin, oldingi yillardan ko'ra o'quvchilar soni kamayishi ham tabiy holat albatta. Hukumat esa bu kamayib borayotgan Koreyalik talabalar o'rnini to'ldirish uchun xorijlik talabalarni jalb qilishmoqda.

Ayni vaqtda Koreya boshqa davlatlarda ko'ra xorijlik talabalarga ko'proq muhtoj hisoblanadi. Kechagi qo'yilgan videoda ham xorijlik talabalar soni yildan yilga oshib borayotganini ko'rishingiz mumkin. Xorijlik talabalar ham aynan Koreyani tanlayotganini turlicha sabablari bor, buni esa keyingi postlarga ko'rib chiqamiz.

@Koreya_Universitetlari
#Bahorgi_semestr #Bakalavr #soragan_edingiz

βœ…Janubiy Koreyada hozirda Bakalavr bosqichiga qabuli ochiq bo'lgan universitetlar ro'yhati!

πŸ“Hujjatlar
tayyor bo'lsa universitetlar orasida birini tanlab topshirsangiz bo'ladi. Yashil rangda bo'yalgan universitetlar, nelegallar 1%dan kam hisoblanadi.

@Koreya_Universitetlari
2024/09/27 11:24:36
Back to Top
HTML Embed Code: