Telegram Web Link
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Rasmdan matnni ajratib olish!
#manba / #ofis

ℹ️ Agar siz rasmdan matnni internetdan foydalanib ajratib olishingiz kerak bo'lsa, bu maxsus xizmat yordamida bir necha marta bosish bilan amalga oshirilishi mumkin.

🌐 Image to Text - rasmdan matnni ajratib olish sayti. Har qanday tasvirdan ko'plab tillarni tanib oladi (o'zbek tili ham bor).

Xizmatda xatolar bor, lekin asosan tasvir sifati pastligi tufayli. Xizmat hech qanday cheklovlarsiz bepul ishlaydi. ©️@ltchef

P.S.: Men bunday vazifalarni asosan Yandex Translate OCR orqali amalga oshiraman 😎.

💻Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
Google Docs'da tezda yangi hujjatlar yaratish
#manba / #ofis

ℹ️ Ofis hujjatlari bilan ishlash uchun biz MS Office kabi dasturlardan foydalanishimiz yoki onlayn xizmatlardan foydalanishimiz mumkin.

Ushbu xizmatlarning eng mashhurlari Google Docs, Sheets va Slides'dir. Ushbu xizmatlardan foydalanish ofis dasturi o'rnatilmagan kompyuterlarda ham osonlik bilan hujjatlar bilan ishlash imkoniyatini beradi.

🌐 Tezda yangi hujjatlar yaratish uchun havolalardan foydalaning:

📑 docs.new - yangi hujjat.

📈 sheets.new - yangi jadval.

🎬 slides.new - yangi taqdimot.

📆 cal.new - taqvimdagi yangi voqea. ©️@pcTeapot

🧐 O'zi onlayn ofislardan ham foydalanasizmi?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
Forwarded from IT Masters
Fleshkaga katta hajmli (4GBdan yuqori) fayllarni yuklash uchun uni qaysi fayl sistemasiga muvofiq formatlash kerak?
Anonymous Quiz
37%
FAT32
44%
NTFS
11%
FAT
8%
HFS+
Ofis shunday holatga kelib qolgan bo'lsa dasturga kalit sotib olish yoki aktivatsiya qilish kerak bo'ladi.
Forwarded from ExcelDarsBot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Excel'da giperhavola hosil boʻlishini oʻchiramiz!

ℹ️ Excel dasturida internet saytlarini yoki elektron pochta ma'lumotlarini kiritish paytimizda ular avtomatik ravishda havolaga aylanib qoladi. Bugun shuni oʻchirishni oʻrganamiz!

📊 @ExcelDarsBot
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuter dasturlari
#videodars / #kompyuter

ℹ️ Kompyuter dasturlari haqida batafsil maʼlumot!
- Dastur nima?
- Dasturiy ta'minot nima?
- Dasturlar nimadan tayyorlanadi?
- Dasturni qanday turlari mavjud?
- Dastur izlash va yuklash bo'yicha tavsiyalar ushbu videodan joy olgan.

Dasturlarni yuklash uchun:
https://megasoft.uz (tas-ix)
https://windows.uz (tas-ix)
https://softportal.com

: 07:02 💾: 14.9 mb

▶️ YouTube da ko'rish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Forwarded from IT Masters
🌐 ChatGPT-dan eng ko'p foydalanadigan mamlakatlar

👨‍💻 Bizning barcha loyihalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Word dasturida matn o'lchami (shrifti) ni qo'lda kiritishda qaysi formatda kiritsak dastur qabul qiladi?
Anonymous Quiz
23%
15.5
26%
15,5
32%
Har ikkovi ham to'g'ri
20%
Ikkovi ham xato
KOMPYUTER AKADEMIYASI
Word dasturida matn o'lchami (shrifti) ni qo'lda kiritishda qaysi formatda kiritsak dastur qabul qiladi?
Test javobi xato belgilangan ekan )

To'g'ri javob: Har ikkovi ham to'g'ri
Talabalarga tavsiyalar
#tavsiya

Ertadan hamma muassalarda oʻqish boshlanadi. 6 yil oliy taʼlimda oʻqigan talaba sifatida ertadan oʻqishni boshlaydigan akademiklarga hayotiy tajribalarim asosida bir qancha tavsiyalar bermoqchiman:

Vaqtingizdan maksimal foydalaning! Oʻqishni oʻzi bilan bir narsaga erishish qiyin, oʻz ustingizda ishlang: til oʻrganing, IT sohasiga kiring, kompyuterni yaxshi oʻrganing va h.k. Bu bilimlar qachondir kerak boʻladi inshaalloh.

Hech kimga ishonib/suyanib qolmang! Ertaga zoʻr ish va'da qilgan OTM, "tanka", kurslarga ishonib qolmang, ularni kelajakda sizga naf keltirish ehtimoli noaniq! Faqat oʻzizga ishoning va Allohdan soʻrab harakatda davom eting.

Ingliz va rus tillariga koʻproq vaqt ajrating. Bundan tashqari institut va universitetlar joylashgan joylarda koʻpincha turli til kurslari koʻp boʻladi. Vaqtida imkoniyatdan foydalaning, ertaga kech boʻladi!

Ishlashga juda kirishib ketmang! Oilaga ogʻirlikni tushirmasdan oʻqib yurish yaxshi, lekin Siz oʻqish uchun yoʻlga chiqganizni unutmang! Oʻqish tugagandan soʻng oilangizga yaxshi tomonga oʻzgargan yaxshi bir farzand sifatida qaytishga harakat qiling!

🤗 Barchangizga omad tilayman. Sizlarga oʻqish davomida kerak boʻladigan ilm berishga harakat qilamiz inshaalloh!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Assalomu alaykum akademiklar!

😅 Kanalga yangi narsalar chiqmayotganiga sabab haqida oldinroq aytgan edim, bu kompyuter savodxonligi bo'yicha kursimizga tayyorgarlik edi.

😎 Ayni paytlarda esa ushbu kursimizning 2 bo'limi bo'yicha video va tegishli fayllar tayyor qilindi va hozirda Word dasturi bo'yicha 3 ta dars tayyorlandi. 3-darsimizda amaliyot darsi qildik va izohda berilgan faylni yasab ko'rdik.

🤲 Nasib qilsa imkon qadar tezroq kursni tayyorlab sotuvga chiqaramiz va inshaalloh sizlarga yoqadigan bir mehnat mahsuli bo'ladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eski WinRAR muammosi
#yechim

ℹ️ Kompyuter Savodxonligi bo'yicha yozilayotgan kursda eski arxiv dasturlaridan foydalansak muammolar yuzaga kelishi mumkin deb aytgan edim, lekin namuna ko'rsatolmagan edim.

😅 Kecha tasodifan men "kutgan" muammoga duch keldim va tezlik bilan videoga oldim, kursga ham qo'shdim, sizlarga ham ulashmoqchiman.

🔧 Muammo yuzaga kelishiga sabab arxivni tayyorlagan insonning arxiv dasturi yangi, ochmoqchi bo'lgan odamning dasturi esa eski bo'lishidan bo'lishi mumkin. Doimo arxiv dasturini yangisini ishlating.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
winrar-x64-701.exe
3.8 MB
WinRAR 7.01 (x64/x32)
#dastur / #arxiv

ℹ️ Arxiv bilan ishlashda kerak bo'ladigan mening sevimli dasturim.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
SI yaratamiz (computer vision)
#AI / #tavsiya

ℹ️ Ayni kunlarda Mohirdev'ga tegishli bo'lgan Data Science va sun'iy intellekt kursini o'qiyapman va ishonchim komilki akademiklarimizni orasida ham sun'iy intellektlarga qiziqadiganlar yetarlicha.

Kursni o'qish davomida ushbu kichik videodars orqali, hech qanday kod termasdan o'zimizni sun'iy intellektimizni yaratishimiz mumkinligi ko'rsatib berilgan.

🎞 YouTube'da ko'rish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Assalomu alaykum akademiklar!

Kompyuter, IT va zamonaviy texnologiyalar bo'yicha savol-javoblar o'tkazadigan guruhimiz (@k_a_chat) borligidan xabaringiz bor. Endilikda mana shu guruhimizga #gpt buyrug'i bilan birgalikda savolingizni jo'natsangiz guruhdan chiqmagan holatda savolingizga javobni botimiz ChatGPT'dan olib beradi.

Savolni berishga namuna: #gpt GPU nimaligi haqida qisqacha ma'lumot ber.

Ushbu imkoniyat hozirda test rejimida ishlayapti, ishlash davomida kelajagini hal qilamiz 😉.

🗯 Guruhimiz: @k_a_chat

🔄 Tah: GPT-4 modeli asosida ishlashni boshladi. Endi savollaringizga anchagina sifatli javoblar olishingiz mumkin 😎.
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Speccy v1.32.803 (x64_x86) @kompyuter_akademiyasi.rar
4.2 MB
Speccy 1.32.803 Professional (x64/x86)
#dastur / #tizim

ℹ️ Speccy - CCleaner dasturi ijodkorlaridan yana bir dastur, kompyuterning parametrlarini kuzatib borish, operatsion tizim va o'rnatilgan uskunaning xususiyatlari haqidagi ma'lumotlarni ko'rsatadigan dastur.

❗️O'rnatish:
Dasturni o'rnating va uni yoping, keyin "Speccy.dat" faylini dastur o'rnatilgan papkaga ko'chiring. So'ngra dasturni ishga tushirishingiz mumkin, u faollashadi.

💾: 4.1 MB (.rar)

📌 Kompyuterlarni tekshirish va sinash uchun 16 ta dastur

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
2024/09/27 04:20:30
Back to Top
HTML Embed Code: