Telegram Web Link
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
VPN nima o‘zi?
#info / #atama / #internet

ℹ️ O‘tkir syujetli xorijiy filmlarda ko‘p guvoh bo‘lganingiz bir sahnani ko‘z oldingizga keltiring: jinoyatchi sport mashinasida katta trassa bo‘ylab qochyapti, uni politsiya vertolyoti ta’qib etib kelmoqda. Avtomobil tunnelga kirib ketadi, undan chiqish joyi esa bir nechta. Vertolyotdagilar jinoyatchining aynan qaysi chiqish joyidan chiqib ketishini bila olishmaydi, natijada u ta’qibdan qochib qoladi.

VPN ham xuddi shu kabi, internetdagi bir necha yo‘llarni o‘zaro tutashtiruvchi tunneldir. Unga kirib ketgan avtomobillarning qayerda paydo bo‘lib qolishini tashqaridan hech kim bilolmaydi. Tunelda nimalar bo‘layotganidan tashqaridagilar bexabar qolishadi.

Ko‘pincha VPN’ni tavsiya etishlariga sabab shuki, unda geografik belgisiga ko‘ra cheklangan kontentga kirish, umuman, internetdan foydalanishda xavfsizlikni oshirish mumkin.

Lekin internetga VPN orqali kirish ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishchalik xavfli bo‘lishi mumkin.

VPN qanday ishlaydi?

Uyingizda Wi-Fi-router bo‘lsa kerak, a? Unga ulangan qurilmalar hatto internetsiz ham o‘zaro ma’lumot almasha oladilar. Demak, uyingizda o‘zingizning xususiy tarmog‘ingiz bor ekan, ammo unga ulanish uchun router signali yetadigan yerda bo‘lishingiz talab etiladi.

VPN (Virtual Private Network) – bu virtual xususiy tarmoq. U internet ustida ishlaydi, shuning uchun unga istalgan joydan ulanish mumkin.

Masalan, siz ishlaydigan kompaniya masofadan turib ishlaydigan xodimlari uchun virtual xususiy tarmoqdan foydalanishi mumkin. VPN yordamida ular ishchi tarmoqqa ulanadilar. Bunda ularning kompyuter, smartfon yoki planshetlari virtual tarzda ofisga ko‘chiriladi va tarmoqqa ichkaridan ulanadi. Virtual xususiy tarmoqqa ulanish uchun VPN-server manzilini, login va parolni bilish kerak bo‘ladi.

VPN’dan foydalanish o‘ta oson. Odatda kompaniya qayerdadir lokal kompyuterda, serverda yoki data-markazda VPN-server yaratadi; unga ulanishlar esa foydalanuvchi qurilmasidagi VPN-kliyent dasturi orqali amalga oshiriladi.

Hozirda barcha ommabop operatsion tizimlar – Android, iOS, Windows, macOS, Linux va boshqalarda VPN-kliyent dasturi avvaldan mavjud.

Kliyent va server orasidagi VPN-ulanish esa, odatga ko‘ra, shifrlangan bo‘ladi.

VPN nega kerak?

VPN geografik va boshqa to‘siqlarni aylanib o‘tish imkonini beradi.

Deylik, siz Spotify xizmati orqali musiqa tinglamoqchisiz, ammo bu servisga O‘zbekistondan turib kirib bo‘lmasligini bilib, achinyapsiz. Undan foydalanishning yaxshi yo‘li – internetga Spotify ishlaydigan biror mamlakatdagi VPN-server orqali kirishdir.

VPN – bu foydali va kerakli texnologiya, u o‘ziga yarasha vazifalarni yaxshi bajaradi. Ammo bunda shaxsiy ma’lumotlaringizning xavfsizligi VPN xizmatini taqdim etuvchining vijdoniga bog‘liq.

Albatta, sizning e’tiborliligingizga, internet xavfsizligi masalalarini yaxshi tushunishingizga ham.

© Terabayt.uz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Win + Shift + S - skrinshot qilish uchun maxsus tugmalar kombinatsiyasi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AppSheet platformasidagi ilk dasturim
#appsheet / #sheets / #excel

Undan tashqari mana shu ketma-ketlikda bazaga kiritilgan barcha ma'lumotlar bo'yicha men belgilab bergan guruhga quyidagicha xabarnoma ham kelib turadi.

Ushbu qilingan barcha narsalar uchun hech qanday pul sarflanmaydi, ya'ni appsheetni o'zi ham tekin platforma.

AppSheet'da telefon, planshet va kompyuter uchun dasturlar tuzsa bo'ladi (lekin qilingan dasturlar alohida fayl bo'lmaydi, hammasiga AppSheet dasturi orqali kiriladi).

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Excelchilar uchun kerakli ko'nikmalar (2-dars)
#videokurs / #excel

ℹ️ Exceldagi "Условное форматирование" har bir dastur foydalanuvchisi bilishi shart bo'lgan imkoniyatlardan biri hisoblanadi. Uning yordamida tegishli qoidalarni tadbiq etishimiz, so'ralgan qiymatlarni alohida ko'rinishga keltirish va h.k. ishlarni amalga oshirishimiz mumkin.

Ushbu videomizning oxirgi qismida o'rgangan narsalarimizni hayotda qaysi holatda qo'llashimiz mumkinligi ko'rsatildi.

▶️ YouTube'da ko'rish (FullHD)

: 14:12 💾: 72.9 MB (1080p)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from Valijon Maxmudov blogi (Valijon Maxmudov)
Har bir ishga 1 soat
#tajriba

😔 Baʼzan qilishim kerak boʻlgan ishlar koʻpayib ketadi va eng yomon tomonu har biri oʻziga yarasha zarur ish yoki mashgʻulot hisoblanadi. Bunday vaqtda faqat bittasiga koʻp vaqt ajratish boshqalarini qilolmaganim va "boʻynimda turgani" uchun halovatni yoʻqoladi.

Mana shunday vaziyatlarda ayni paytda qilishim kerak deb bilgan topshiriqlarimni yozib, yoniga raqamlab chiqaman. Keyin Google ga kirib random number sequence deb izlayman. Birinchi chiqqan saytga qilishim kerak boʻlgan ishlar sonini bersam u ixtiyoriy tartib yaratib beradi. Shu tartib asosida har bir topshiriqqa 1 soatcha vaqt ajratib bajaraman.

😎 Masalan:
1. Kitob oʻqish
2. AppSheet ni 6-darsini tugatish
3. Kanalga video yozish
4. Data science kursini davom etish

🌐 Random number sequence yordamida quyidagicha natija olishim mumkin: 3, 1, 4, 2

Ishlarni ham shu asosda, baʼzan oʻzimni majburlab bajaraman 😅.

@VMblogi
Assalomu alaykum akademiklar!

Savol-javoblar uchun ishlatadigan guruhimiz (@k_a_chat) da Skillbox'ga tegishli pullik kurslarni yuklash uchun turli fayllar ulashilgani uchun guruhimiz ustidan Skillbox hodimi Telegramga norozilik jo'natibdi.

Guruhimizda bunday narsalar ulashmasligingizni so'raymiz. Aks holda guruhimizni yopib qo'yishlari mumkin.
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Taqdimotlar tayyorlash uchun dasturlar
#dastur / #powerpoint

ℹ️
Oldinroq ma'lumot berilgan dasturlarni ushbu havolalar yordamida yuklab olishingiz mumkin:

🖼 Klassik taqdimotlar:
Microsoft PowerPoint
Impress
Prezi Pro
SmartDraw*

🎞 Video taqdimotlar:
• Wink
ProShow Producer
ПромоШОУ
VideoScribe
SlideDog

🖥 Interaktiv taqdimotlar:
Adobe Presenter*
Hippani Animator

*Pullik versiyasi, vaqt o'tishi bilan ishlamay qolishi mumkin.

😉 O'rganishni reja qilgan dasturingizga ushbu so'rovnomada ovoz berishni unutmang!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
MS PowerPoint'dagi qaynoq tugmalar.pdf
25.5 KB
PowerPoint dasturi uchun klaviatura kombinatsiyalari
#hotkeys / #powerpoint

🖼 PowerPoint dasturida ishlashda kerak bo'ladigan bir qancha "qaynoq tugmalar"ni PDF holatda yuklab oling, chop eting va o'rganing.

©️ Muallifi Воронин Ким bo'lib, PDF hujjati Adobe Acrobat Pro dasturi yordamida tahrirlangan.

💻Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Excel dasturida ... ni belgilangan diapazon uchun foizli formatni qo'llash uchun ishlatish mumkin.
Anonymous Quiz
26%
Alt + %
17%
Ctrl + Shift + 1
41%
Ctrl + Shift + %
16%
Hamma javob to'g'ri
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
YouTube'ni yanada qulay va osonlashtiramiz!
#manba / #internet

ℹ️ YouTube'dagi sayohatimizni osonlashtiruvchi saytlar va kengaytmalar bilan tanishamiz.

1️⃣ YTCutter - https://ytcutter.com/

Video, gif yoki audio formatdagi videoning bir qismini tezda yuklab olishingiz mumkin bo'lgan sayt. Boshlanish va tugatishni ko'rsatish kifoya - maxsus tugmalar yordamida yoki oddiygina kerakli vaqtni kiritish. MP4 faylni yuklashda darhol ijro oynasida sifatni tanlang.

2️⃣ YouTube Caption - https://smarttools.xyz/youtube-caption

Agar videoda subtitrlar bo'lsa, unda ushbu saytda siz ularning to'liq ko'rishingiz mumkin. Sizni qiziqtirgan iborani bosing va siz darhol videoning u talaffuz qilingan qismida o'zingizni topasiz. Uzoq ma'ruzalarni tahlil qilishning ajoyib usuli.

3️⃣ YouTube Rabbit Hole - Yuklash (Chrome)

YouTube'dan barcha chalg'ituvchi interfeys elementlarini olib tashlaydigan kengaytma. Siz tavsiyalar, sharhlar, chatlar, shuningdek trend va obuna bo'limlarini yashirishingiz mumkin.

4️⃣ SponsorBlock - Yuklash: Chrome I Firefox

Plagin videolardagi homiylik reklamalarini avtomatik ravishda o'tkazib yuboradi. Oddiy foydalanuvchilar bazaga qo'shiladi, shuning uchun kengaytma faqat nisbatan mashhur kanallarda ishlaydi. ©️lifehacker.ru

🤔 Sizga qaysi biri yoqdi?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
Windows urishda disklarni ko'rmasligi
#yechim

🚫 Muammo: Ba'zan Windows urishda Boot menyuga kirganda windows urish uchun disklar ko'rinmaydi yoki drayverni yukla kabi muammolar chiqib turadi.

Yechim: Ushbu arxivni arxivdan chiqarib ichidagi papkani fleshkaga yoki usb hardga tashab turib, Загрузить драйвер ni bosib shu faylni ko'rsatib Далее tugmasini bosilsa bo'ldi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
VMD_DCH_Intel_Z_V18.6.1.1016Sub1_24265_20220926121830.zip
3 MB
Windows urishda disklarni ko'rmasligi
#yechim

Ushbu arxivni arxivdan chiqarib ichidagi papkani fleshkaga yoki usb hardga tashab turib, Загрузить драйвер ni bosib shu faylni ko'rsatib Далее tugmasini bosilsa bo'ldi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Noutbuk Wi-Fi'ni ko'rmasligining 15 sababi va uni qanday tuzatish kerak?
#internet

Muammo Windows sozlamalarida, apparat drayverlarida yoki yo'riqnoma sozlamalarida bo'lishi mumkin.

🗞 Batafsil maqolani o'qish (RUS)

Agar rus tilini bilmasangiz brauzerning sahifani tarjima qilish funksiyasidan foydalaning (izohda rasmini tashlab qo'yaman).

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Rasmdan matnni ajratib olish!
#manba / #ofis

ℹ️ Agar siz rasmdan matnni internetdan foydalanib ajratib olishingiz kerak bo'lsa, bu maxsus xizmat yordamida bir necha marta bosish bilan amalga oshirilishi mumkin.

🌐 Image to Text - rasmdan matnni ajratib olish sayti. Har qanday tasvirdan ko'plab tillarni tanib oladi (o'zbek tili ham bor).

Xizmatda xatolar bor, lekin asosan tasvir sifati pastligi tufayli. Xizmat hech qanday cheklovlarsiz bepul ishlaydi. ©️@ltchef

P.S.: Men bunday vazifalarni asosan Yandex Translate OCR orqali amalga oshiraman 😎.

💻Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
Google Docs'da tezda yangi hujjatlar yaratish
#manba / #ofis

ℹ️ Ofis hujjatlari bilan ishlash uchun biz MS Office kabi dasturlardan foydalanishimiz yoki onlayn xizmatlardan foydalanishimiz mumkin.

Ushbu xizmatlarning eng mashhurlari Google Docs, Sheets va Slides'dir. Ushbu xizmatlardan foydalanish ofis dasturi o'rnatilmagan kompyuterlarda ham osonlik bilan hujjatlar bilan ishlash imkoniyatini beradi.

🌐 Tezda yangi hujjatlar yaratish uchun havolalardan foydalaning:

📑 docs.new - yangi hujjat.

📈 sheets.new - yangi jadval.

🎬 slides.new - yangi taqdimot.

📆 cal.new - taqvimdagi yangi voqea. ©️@pcTeapot

🧐 O'zi onlayn ofislardan ham foydalanasizmi?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
Forwarded from IT Masters
Fleshkaga katta hajmli (4GBdan yuqori) fayllarni yuklash uchun uni qaysi fayl sistemasiga muvofiq formatlash kerak?
Anonymous Quiz
37%
FAT32
44%
NTFS
11%
FAT
8%
HFS+
2024/09/27 13:30:42
Back to Top
HTML Embed Code: