Telegram Web Link
Driver.Booster.Pro11.6.exe
28.4 MB
Drayver topuvchi dasturlar
#dastur / #drayver

ℹ️ Oldinroq drayverlarni izlab topuvchi dasturlar haqida ma'lumot bergan edik. Mana shu dasturlarni yangi versiyalarini kanalga yuklab qo'ymoqchiman.

⚠️ Unutmang! Eng yaxshi draver rasmiy saytdan qurilmaga mos qilib olingan va o'rnatilgan drayverdir!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Odatda oddiy matn faylning o'lchovi qaysi birlikda ifodalanadi?
Anonymous Quiz
32%
Megabayt
62%
Kilobayt
4%
Petabayt
2%
Terabayt
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Yuqoridagilar kabi alohida guruhlarga ega bo'lmagan turli videolarimiz jamlanmasi.
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Turli videolar.rar
114.4 MB
Arxiv faylni WinRAR dasturi yordamida arxivdan chiqarishingiz mumkin.
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Muvaffaqiyatga sabab bo'luvchi 6 omil
#motivatsiya / #ShR

ℹ️ Muvaffaqiyat hech qachon o'z-o'zidan kelib qolmaydi. Inson harakat qiladi va taqdiriga yozilgan bo'lsa erishadi. Harakat davomida yuqorida berilgan omillarga e'tibor qaratish kerak bo'ladi.

©️ instagram.com/ka_rasmiy

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from Shaha Dolimov
Eng pastiga rozi bo'lib nimani isbotlamoqchisiz?

Imtixonlari qiyin universitetga kirishni eplay olmasdan, "pulingiz bo'lsa bo'ldi, kelavering!" deyidigan universitetga borib nima qilasiz?

O'sha "universitetlarga" borib huddi o'zingizga o'xshaganlar bilan o'qimoqchimisiz?

Hozirdan o'qishga uyaladigan joyingizdan, keyinchalik ham uyalasizku.

O'zingizni bunday haqoratlagandan, 1 yil "o'zingizni topish tanaffusi" qilsangiz yaxshi emasmi?

Sizni qadringiz diplomingiz bilan o'lchanmaydiku ahir.

"Kuyov universitetda o'qimaganmi?" degan zamondan o'tdik.

Hozir informatsiya davri. Informatsiya esa TEKINga yoki OZGINA pul evaziga internetda to'lib yotibdi.

"Pulingiz bo'lsa bo'ldi"ga o'xshagan universitetga beradigan pulingizni yarimini, 6 oy ingliz tili o'rganishga va 6 oy o'zingiz qiziqqan sohani o'rganishga sarflasangiz, o'sha universitetdagilarni 99%dan o'tib ketgan bo'lasiz.

Imtixonlari qiyin va hammani ham qabul qilavermaydigan universitetga borsangiz, HECH bo'lmaganda tanish-bilish orttirasiz.

Lekin "ilojsizlik"dan borgan joyingizga esa, o'zingizdek "ilojsizlar" bilan tanishasiz.

@shahadolimov
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sanalarni kalendar orqali kiritamiz!
#sheets

ℹ️ Excelda sanalarni qo'lda kiritishga o'rganib bo'lganmiz, lekin siz Google Sheets'da ishlaydigan bo'lsangiz ushbu mohirlik orqali ishingizni biroz qulayroq bo'lishiga erishishingiz mumkin.

Kalendardan foydalanish paytida kerakli sanani dam olish kuniga to'g'ri kelishini ham ko'rib olish mumkin.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
ChatGPT'dan kompyuterchilar uchun yemagan latifa 😂
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ЗНАЧ xatoligidan qutulish
#mohirlik / #excel

ℹ️ Aytaylik biz amalga oshirgan hisoblashdagi #ЗНАЧ xabaridan xalos bo'lishimiz kerak! Aslida, #ЗНАЧ - joriy kataklar formulasida yoki formatida xatolik yuz berganligi haqidagi signaldir.

Yuqoridagi misoldagi formula to'liq ishlamaydi, chunki ba'zi kataklarda noto'g'ri ma'lumotlar mavjud. ©️Просто Эксель

Yechim:
ЕСЛИОШИБКА funksiyasini qo'llaymiz va Exceldan xatoliklari bo'lgan kataklarda bo'sh joylar qoldirishini "talab qilamiz". Namuna: =ЕСЛИОШИБКА(D5-C5,"")

🎁 Excel bo'yicha to'liq kurs & bonuslar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
VPN nima o‘zi?
#info / #atama / #internet

ℹ️ O‘tkir syujetli xorijiy filmlarda ko‘p guvoh bo‘lganingiz bir sahnani ko‘z oldingizga keltiring: jinoyatchi sport mashinasida katta trassa bo‘ylab qochyapti, uni politsiya vertolyoti ta’qib etib kelmoqda. Avtomobil tunnelga kirib ketadi, undan chiqish joyi esa bir nechta. Vertolyotdagilar jinoyatchining aynan qaysi chiqish joyidan chiqib ketishini bila olishmaydi, natijada u ta’qibdan qochib qoladi.

VPN ham xuddi shu kabi, internetdagi bir necha yo‘llarni o‘zaro tutashtiruvchi tunneldir. Unga kirib ketgan avtomobillarning qayerda paydo bo‘lib qolishini tashqaridan hech kim bilolmaydi. Tunelda nimalar bo‘layotganidan tashqaridagilar bexabar qolishadi.

Ko‘pincha VPN’ni tavsiya etishlariga sabab shuki, unda geografik belgisiga ko‘ra cheklangan kontentga kirish, umuman, internetdan foydalanishda xavfsizlikni oshirish mumkin.

Lekin internetga VPN orqali kirish ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishchalik xavfli bo‘lishi mumkin.

VPN qanday ishlaydi?

Uyingizda Wi-Fi-router bo‘lsa kerak, a? Unga ulangan qurilmalar hatto internetsiz ham o‘zaro ma’lumot almasha oladilar. Demak, uyingizda o‘zingizning xususiy tarmog‘ingiz bor ekan, ammo unga ulanish uchun router signali yetadigan yerda bo‘lishingiz talab etiladi.

VPN (Virtual Private Network) – bu virtual xususiy tarmoq. U internet ustida ishlaydi, shuning uchun unga istalgan joydan ulanish mumkin.

Masalan, siz ishlaydigan kompaniya masofadan turib ishlaydigan xodimlari uchun virtual xususiy tarmoqdan foydalanishi mumkin. VPN yordamida ular ishchi tarmoqqa ulanadilar. Bunda ularning kompyuter, smartfon yoki planshetlari virtual tarzda ofisga ko‘chiriladi va tarmoqqa ichkaridan ulanadi. Virtual xususiy tarmoqqa ulanish uchun VPN-server manzilini, login va parolni bilish kerak bo‘ladi.

VPN’dan foydalanish o‘ta oson. Odatda kompaniya qayerdadir lokal kompyuterda, serverda yoki data-markazda VPN-server yaratadi; unga ulanishlar esa foydalanuvchi qurilmasidagi VPN-kliyent dasturi orqali amalga oshiriladi.

Hozirda barcha ommabop operatsion tizimlar – Android, iOS, Windows, macOS, Linux va boshqalarda VPN-kliyent dasturi avvaldan mavjud.

Kliyent va server orasidagi VPN-ulanish esa, odatga ko‘ra, shifrlangan bo‘ladi.

VPN nega kerak?

VPN geografik va boshqa to‘siqlarni aylanib o‘tish imkonini beradi.

Deylik, siz Spotify xizmati orqali musiqa tinglamoqchisiz, ammo bu servisga O‘zbekistondan turib kirib bo‘lmasligini bilib, achinyapsiz. Undan foydalanishning yaxshi yo‘li – internetga Spotify ishlaydigan biror mamlakatdagi VPN-server orqali kirishdir.

VPN – bu foydali va kerakli texnologiya, u o‘ziga yarasha vazifalarni yaxshi bajaradi. Ammo bunda shaxsiy ma’lumotlaringizning xavfsizligi VPN xizmatini taqdim etuvchining vijdoniga bog‘liq.

Albatta, sizning e’tiborliligingizga, internet xavfsizligi masalalarini yaxshi tushunishingizga ham.

© Terabayt.uz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Win + Shift + S - skrinshot qilish uchun maxsus tugmalar kombinatsiyasi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AppSheet platformasidagi ilk dasturim
#appsheet / #sheets / #excel

Undan tashqari mana shu ketma-ketlikda bazaga kiritilgan barcha ma'lumotlar bo'yicha men belgilab bergan guruhga quyidagicha xabarnoma ham kelib turadi.

Ushbu qilingan barcha narsalar uchun hech qanday pul sarflanmaydi, ya'ni appsheetni o'zi ham tekin platforma.

AppSheet'da telefon, planshet va kompyuter uchun dasturlar tuzsa bo'ladi (lekin qilingan dasturlar alohida fayl bo'lmaydi, hammasiga AppSheet dasturi orqali kiriladi).

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
2024/09/28 19:33:47
Back to Top
HTML Embed Code: