Telegram Web Link
Forwarded from Shaha Dolimov
Hech narsa tekin emas ayniqsa yangiliklar!

Yangilik kanallarini aktiv kuzatmay qo’yganimga chamasi 1 yil bo’ldi. Hamma ijtimoiy tarmoqlarimda (hattoki telegramda ham) ulardan obunamni bekor qilganman. Mabodo menga aloqasi bor biror yangilik chiqsa, ularni kuzatmasam ham qayerdandir menga yetib keladi. Shu payt o’qib olaman. Lekin bunday yangiliklar 1 oyda 2-3 marta keladi halos.

Tasavvur qiling minglab chiqadigan yangiliklar orasida menga aloqasi bori 2 yoki 3 dona. Demak 99.9% yangiliklarni menga umuman aloqasi yo’q. Balki sizda bu raqam 90% yoki 95% dir lekin aniq bilaman 90% dan ko’p. Boshqacha qilib tushuntirsam, siz yangiliklarni kuzatishga ketkazgan 90% vaqtingiz isrof.

Ertalabda yaxshi kayfiyatda turdingiz va ijtimoiy tarmoqlardagi yangilik kanali kimdir avtoxalokatga uchragani, yana kimdir korrupsiya bilan qo’lga tushgani, va orqasidan ko’prik qulab tushgani haqida ma’lumotni yozib qo’ygan bo’ladi.

Siz “tekinga” o’qigan shu ma’lumotingizga, kayfiyatingiz bilan jarima to’ladingiz.

O’zingizni asrang!

@shahadolimov
Hard skills va soft skills
#info

ℹ️ Katta muvaffaqiyatga erishish uchun "hard skills"ga ham, "soft skills"ga ham ega bo‘lish kerak. Odamlarning nutqida tez-tez yangrab turgan bu so‘zlar nima degani o‘zi?

1️⃣ Qattiq ko‘nikmalar (hard skills) — kasbiy, texnik ko‘nikmalar. Har bir kasb egasi muayyan ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ularni namoyish qilish, tekshirish va baholash oson. Tarjimon uchun tillarni bilish, haydovchi uchun mashinani boshqara olish, sartarosh uchun soch va soqolni ola bilish qattiq ko‘nikmalar hisoblanadi. Inson qaysi jamoa yoki kompaniyada ishlamasin, bu ko‘nikmalar o‘zgarmay qolaveradi.

2️⃣ Yumshoq ko‘nikmalar (Soft skills) — qo‘shimcha, universal ijtimoiy-psixologik ko‘nikmalar. Ular kasbga bog‘liq bo‘lmaydi, lekin insonning hayotdagi muvaffaqiyatiga taʼsir ko‘rsatadi. Odamlar bilan muomala qilish madaniyati, nizolarni hal qilish qobiliyati, odamlarni ishontirish mahorati, moslashuvchanlik, masʼuliyatlilik, puxtalik, har ishni o‘z vaqtida bajarish, tanqidiy fikrlash, kreativlik kabi xususiyatlar "yumshoq ko‘nikmalar"ga misol bo‘ladi. Bunday ko‘nikmalar nafaqat ishda, balki hayotning barcha jabhalarida kerak bo‘ladi.

Qattiq ko‘nikmalarni faqatgina aniq belgilangan ko‘rsatmalar yordamiga egallash mumkin bo‘lsa, yumshoq ko‘nikmalar odamda yo tug‘ma bo‘ladi, yo hayotiy tajriba bilan rivojlanib boradi. ©️@xatoliklar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CV/rezyume & Portfolio hammasi bir saytda
#tavsiya

👨‍💼Ish beruvchi: Portfolio yoki CV'ingiz bilan tanishsak bo'ladimi?
👷‍♂️Siz: Marhamat mana bu saytda hammasi berilgan!

Ishga kirishingizda CV/rezyume bilan birgalikda portfoliongiz haqida so'rashlari ham mumkin. CV/rezyume siz haqingizda gapirsa, portfolio esa siz nima ishlarni "qoyillatganingiz" haqida gapiradi.

Ishga kirishda boshqa nomzodlardan ajralib turish uchun o'zingiz va qilgan ishlaringiz haqida ma'lumotlarni kichik sayt ko'rinishida taqdim etishingiz mumkin. Agar dasturlashni bilmasangiz kecha aytib o'tgan no-code platformalardan foydalanishingiz ham mumkin.

💡Bu taklif g'oyasi mana bu videoni ko'rganimdan so'ng hosil bo'lgandi: Build a Portfolio Website With Next JS, Tailwind CSS & Framer Motion

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
🛫 Telegram I 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ofis Darslar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
25 daqiqada 41 funksiyani o'rganamiz!

Excel dasturida ko'p kerak bo'ladigan 41 funksiyani qisqa vaqt ichida o'rganib chiqamiz.

📕 Excel fayllar:
Kitob va qo'llanmalar ➡️ Excel ➡️ 41 funksiya

: 26:07 💾: 101 MB (1080p)

📇 @OfisDarsBot
Forwarded from Ofis Darslar
41 funksiya @ofisdarsbot.zip
228.7 KB
41 funksiyani o'rganamiz!

📊 Excel dasturidagi 41 funksiyani o'rganishga oid videoda ishlatilgan fayllar.

📦 Arxiv ichida 3 ta excel fayl mavjud:
- Dars davomida ishlatganimiz;
- Dars uchun tarjima qilingan, lekin bo'sh fayl;
- Videodars muallifi tomonidan tayyorlangan fayl (funksiyalar 6 tilda berilgan).

📇 @OfisDarsBot
Assalomu alaykum akademiklar!

Xabaringiz boʻlsa oʻzimning shaxsiy blogim bor va unda imkon boʻlganda u bu fikrlarimni yozib turaman.

Agar sizga ham fikr va xulosalarim qiziq boʻlsa kirib koʻrishingiz mumkin.

👉 @VMblogi
Ingliz tilida kino ko'rish uchun manbalar
#English

ℹ️ Ingliz tilini o'rganish degani test ishlash yoki faqat grammatikani o'rganish degani emas. O'zingizga yoqgan va ozuqa beradigan, yaxshi kinoni ko'rish & tahlil qilish orqali ham "jonli" ingliz tilini o'rganishingiz mumkin.

😎 Quyida kinolarni ingliz tilida ko'rish imkonini beruvchi manbalarni keltiramiz.

🌐 Internet saytlari:
tubitv.com US vpn kerak
moviesjoy.is
pluto.tv
hoopladigital.com (zo'r narsalari bor ekan-u, lekin ro'yxatdan o'tish muammo)
plex.tv
therokuchannel.roku.com
popcornflix.com
play.xumo.com/free-movies
moviehdkh.com

🎞 Telegramdagi kanallar:
Films in English
Movies in English

❗️Yuqoridagi ko'p saytlar faqat AQSh'da faoliyat yuritishi sababli VPN'siz ishlamas ekan, ularga kirish uchun VPN'ni US deb sozlab kirish kerak.
‼️ Keltirilgan ro'yxatlardagi barcha kinolar "toza" deb javob bermayman. Har kim o'ziga kerak narsani qidiradi!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from IT Masters
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tayyor moushn elementlar
#manba

🌐 Jitter.Video - oldin ham aytgan moshn saytlarimdan biri, bepulga ham anchagina tayyor elementlar mavjud.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
🛫 Telegram I 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
blender-4.1.1-windows-x64.msi
327.3 MB
Blender 4.1.1 (x64)
#dastur / #3d

ℹ️ 3D sohasini o'rganish uchun bepul dastur (aktivatsiya va h.k lar kerak emas!) izlaganlarga mos dastur. Kuchsiz kompyuterlarda ham dastlabki amallarni bajarishingiz mumkin.

🎞 O'rganish bo'yicha youtube'da yetarlicha videolar bor, nasib qilsa biz ham keyinchalik videokurs tayyorlarmiz.

💽327.2 MB (.msi)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
🛫 Telegram I 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IP manzilni qanday aniqlash mumkin?
#info / #internet

ℹ️ Kompyuterning IP manzili — bu tarmoqdagi kompyuterimizni boshqa kompyuterlardan ajralib turishga xizmat qiluvchi noyob raqam. U 0 dan 255 gacha bo'lgan to'rtta raqamlar to'plamidan iborat.

IP-manzil statik, ya'ni o'zgarishsiz yoki dinamik bo'lishi mumkin - bu sizning kompyuteringiz har ulanganda yangi raqam olishini anglatadi.

Agar Siz kompyuterningizni IP manzili bilmoqchi bo'lsangiz PR-CY saytining maxsus servisidan foydalanishingiz mumkin. Servis qurilmaning IP manzilini aniqlash bilan birgalikda joylashgan joyi haqida ham ma'lumot beradi.

🌐 Servis manzili: https://pr-cy.ru/browser-details/

© Комп для чайника

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hujjatdagi rasmlar o'lchamini birdaniga o'zgartirish!
#shorts / #word

Aytaylik hisobotimizda bir qancha rasmlar bor va ularni o'lchamlarini birdaniga kichraytirish/kattaytirishimiz kerak bo'lib qoldi.

Videoda ko'rsatilgan usul oson yechimlardan biri hisoblanadi.

📝 Matnli holatda I Foydalanilgan kod

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o'rnatish
#info

Drayver nima ekanligi haqida gaplashgan edik. Printer va skaner uchun drayverni quyidagi ketma-ketlikda topamiz:

1⃣ Google.com ga kiramiz va printer/skaner nomi, markasini kiritib qidiruv beramiz. Masalan, Canon 3010 драйвер скачать;

2⃣ Drayverni kompyuteringizga mos keluvchi razryad va operatsion tizimi tanlaysiz. Buning uchun kompyuter xarakteristikasini bilishimiz kerak;

3⃣ O'zimizga keraklisini topib yuklab olamiz va o'rnatishni boshlaymiz!

🖨 Printer/skaner uchun drayver o'rnatish:

1⃣ Demak kerakli drayverni yuklab olganimizdan so'ng kerakli qurilma (printer yoki skaner) ni kabelini kompyuterga ulaymiz;

2⃣ Drayverni o'rnatishni boshlaymiz (turli qurilmalarni drayveri turlicha o'rnatilishi mumkin, o'rnatish bo'yicha qo'llanma drayver joylashgan arxiv ichida bo'ladi yoki oddiy o'rnatish orqali ham amalga oshiriladi);

3⃣ O'rnatib bo'lganimizdan so'ng kompyuterni o'chirib yoqamiz (perezagruzka beramiz) va kerakli qurilmani ishlatib ko'ramiz.

📌 Skanerni ishlatish uchun kanalimizdagi ABBYY Finereader dasturidan foydalanishingiz mumkin.

📌 Printerdan biror nimani kitob shaklida chop etish uchun esa Print Kitob dasturidan foydalaning.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from Ofis Darslar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Excel'da muddatni 2 usulda aniqlaymiz!

ℹ️ Excel dasturida ikki sana orasidagi muddatni aniqlashning bir qancha usullari mavjud. Bugun esa Sizlar bilan ushbu usullarning 2 tasini o'rganamiz.

🔹1-usulimizda СЕГОДНЯ funksiyasi;
🔸2-usulimizda РАЗНДАТ funksiyalaridan foydalanamiz.

: 03:44 💾: 14.9 MB (1080p)

📇 @OfisDarsBot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ona platani mehr bilan yig'ish
#fun

😍 Barcha ezgu tilaklarni izohda yozib qoldiring ) 😶 So'kinganlar ban oladi :)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
🛫 Telegram I 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/27 23:22:06
Back to Top
HTML Embed Code: