Telegram Web Link
Oʻylab ko'r...pdf
595.4 KB
Hammasidan zerikkan boʻlsangiz buni bir koʻring...
#motivatsiya

Ushbu taqdimotga izoh bermayman, taqdimot muallifini ham bilmayman.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Ko'zlarimizning do'st va dushmanlari bilan tanishamiz!
#salomatlik

ℹ️ Kompyuter bilan ishlashimiz davomida eng ko'p yuklama asosan ko'zlarimizga tushadi. Agar ko'zlarimizga to'g'ri parvarishni ko'rsatmasak sog'lig'imizga jiddiy zararlar keltirishi mumkin. Ushbu maqolada ko'zlarimizning 5 ta do'st va dushmanlari haqida ma'lumot berilgan.

📃 Maqolani o'qish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Oʻz tishlaringizni ishlating
#tavsiya

Yosh bolaga qiynalmasin deb ozuqani chaynab berishadi, lekin bola katta boʻlgan sari ozuqani oʻzi yeyishiga oʻrgatishadi. Bunga sabab esa hamma narsani chaynab beraversa bolaning tishlari yaxshi rivojlanmay qoladi. Va shu sababli ham bolani oʻz tishlari bilan ozuqa yeyishga "majburlashadi"...

🔸 Guruhimizda yoki oʻzimga ham koʻpincha "uni tashlab yoki topib bering", "buni qilib bering yoki qilishni oʻrgating" deb murojaat qilishadi. Bu yerda meni jahlimni chiqaradigan narsa kanalda bor tayyor maʼlumotni oʻrganmay, izlanmay turib dangasalik qilishlaridir. Men qachonki "mana shu muammo boʻyicha kanalizda maʼlumot yoʻq ekan, shu boʻyicha u bu narsa tayyorlang" deyishganida juda xursand boʻlaman. Sababi unday takliflar odamni ijod qilishga undaydi.

Siz biror muammoga dush kelsangiz avvalo oʻzingiz juda koʻp izlaning. Shunda koʻproq va toʻliqroq yechim topasiz.

😔 Boqimandalik sizni rivojlanishdan toʻxtatadi....

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Tongda soat 8 ga qadar bajarilishi kerak boʻlgan 6 narsa
#salomatlik / #ShR / ©️kun.uz

ℹ️ Boyoʻgʻli yoki soʻfitoʻrgʻay ekaningiz muhim emas. Toʻgʻri oʻtkazilgan tong – yaxshi va unumdor kun garovidir. U ana shunday boʻlishi uchun bari kechki payt rejalashtirilishi kerak. Axir rejasiz erta turgach, toʻshakda qolishda davom etishingiz ehtimoli katta. Bundan tashqari, agar kech uxlab, erta tursangiz, kuningiz unumli boʻlmaydi. Axir toʻyib uxlamaslik miya funksiyalarini pasaytiradi.

🔹Hech boʻlmaganda 10 daqiqa oʻzingiz bilan vaqt oʻtkazing
Erta turishning katta foydasi – yolgʻizlikda boʻlish imkoniyati. Hatto bir oʻzingiz yashamasangiz ham uydagilardan vaqtliroq turib, oʻzingizga hech boʻlmaganda 10-30 daqiqa ajrata olasiz. Bu xotirjam boʻlish, unumli kunga sozlanish, bir finjon choy va qahva ichishning ayni vaqti.

🔹Bir stakan suv iching
Albatta, bu tavsiya istalgan vaqt uchun dolzarb. Biroq tongda juda muhim, chunki uyqu vaqtida organizm suv miqdorini yoʻqotadi. Uni zudlik bilan toʻldirish zarur.

🔹Badantarbiya qiling
Qiyin jismoniy mashqlar boʻlishi shart emas. Aksincha, choʻziling, qisqa tortilishlar qiling. Bundan tashqari, mashqlar miyani yaxshiroq ishlashga majbur qiladi.

🔹Uzoq muddatli ishlar bilan shugʻullaning
Masalan, ingliz tilini mukammal darajada bilishni istaysiz. Ertalabda Coursera yoki TEDʼdagi videolarni tomosha qiling. Hatto 15 daqiqa ham sizni maqsadingizga yaqinlashtiradi.

🔹“Qurbaqani yeng”
Albatta, bu metafora qoʻllangan nom. Tongda sizdan maksimal harakat talab etadigan ishlarni bajarish lozim. Agar ertalab buni uddalasangiz, demak boshqa maqsadlarni ham bajara olasiz. Bundan tashqari, iroda shunday resurski, kechga borib, u talab etiladigan ishlarni bajarish qiyinroq boʻladi.

🔹Sovuq dush qabul qiling
Yoki kontrast. Bu sizni tetiklantirib, quvvatga toʻldiradi. Ayniqsa, qiyin boʻlmagan jismoniy mashqlar bilan birgalikda yaxshi natija beradi.

🤨 Siz qaysi tavsiyalarga amal qilib kelasiz?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tozalik
#fun / @the_windows

😎 Рабочий стол'ni tozalashni oson yoʻli.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok
🤗 Assalomu alaykum akademiklar!

🌺 Navroʻz ayyomi barchamizga muborak boʻlsin! Keyingi Navroʻzlarga sogʻ omonlikda yetib olishni Alloh barchamizga nasib qilsin!
Hurmatli akademiklar!

Xabaringiz bo'lsa 2020-yildan beri ushbu kanalni imkon qadar faol yuritishga harakat qilyapmiz. Shu kunga qadar bir qancha bepul videokurslarimizni e'lon qildik. Mana shu kurslar haqida fikrlaringizni bilmoqchi edim. Oldinroq mavjud kurslarimizni mana bu postga joylagan edim. Menimcha shundan keyin kattaroq kurs hali e'lon qilmadik. Ofis darslarini sifatliroq versiyalarini @OfisDarsBot loyihamizdan topasiz.

Birozdan so'ng Google Forms'da tayyorlangan so'rovnoma beriladi va unda asosan 2 ta narsa haqida so'raladi:
1. shu kunga qadar yozilgan kurslar yetarli darajada ilm olish uchun yetarlimi yoki qaytadan yozish kerakmi?
2. Kompyuter savodxonligi bo'yicha 0 dan tajribali darajaga olib chiqishga mo'ljallangan kurs kerakmi (pullik bo'ladi)?

Dam olish kunlari faol bo'lasizlar degan umiddaman.
CapCut'ni kompyuter uchun dasturi
#dastur / #media

ℹ️ Dasturning ichki tuzilishi. Menimcha ishlashda qiynalmaymiz. Sinab ko'raylik, yaxshi bo'lsa pullik Movavi Video Editor'dan voz kechamiz.

🔽 Dasturni yuklash

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
CapCut_7267140873131950085_installer.exe
2.2 MB
CapCut'ni kompyuter uchun dasturi
#dastur / #media

ℹ️ Hammamizga tanish bo'lgan CapCut dasturining kompyuter uchun ham dasturi bor ekan.

Dastur bepul, aktivatsiya qilish shart emas! O'rnatish paytida internet kerak bo'ladi. Windows'ni qaysilariga tushishini aniq bilmadim, sinab ko'ramiz 😉.

💾: 2.2 MB (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Formalar ombori
#manba / ©️@newlink_uz

🌐 Jotform xizmat keng funksionallikka ega bo‘lgan turli formalarni yaratish imkonini beradi. Oddiy anketadan tortib to to‘lovlarni yig‘ishgacha bo'lgan vazifalar uchun mos xizmat.

💻
Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
KOMPYUTER AKADEMIYASI
https://forms.gle/SFwUViGfxZu4MnobA
Iltimosimizni yerda qoldirmay 40 dan ortiq obunachimiz o'z firklarini bildirishibdi. Ularga rahmat aytib, qolgan obunachilarimizdan ham faolroq bo'lishlarini so'rab qolamiz.

🎞 Yangi videolarga kelsak shamollashimni uyiga jo'natib yuborishim bilan ijodni boshlaymiz inshaalloh :)
CorelDRAW 2022 v24.5.0.731.exe
572.7 MB
CorelDRAW 2022 v24.5.0.731 va ML versiyalari
#dastur / #media

ℹ️ CorelDRAW - vektor tasvirlar bilan ishlash uchun moʻljallangan grafik muharrirdir. Ushbu ilova yordamida siz logotiplar, illyustratsiyalar, muqovalar, reklama bannerlari, tashrif qog'ozlari, flayerlar, plakatlar va boshqa ko'p narsalarni yaratishingiz mumkin.

⚠️ Yuqorida 2 xil versiyasi taqdim etilgan. Oddiyi va ML versiyalari, ularning farqi haqida bu yerdan ma'lumot olishingiz mumkin.

💾: ML: 1284.2 MB (.exe) I Oddiy: 572.7 MB (.exe)

🎞 Dasturni o'rganish bo'yicha kurs: CorelDRAW darslari 2020 (Behzod Otajonov)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Endi YouTube'da ko'p qolib ketmaysiz 😎
#tavsiya

🌐 Rabbit hole for YouTube - ushbu kengaytmani o'rnatganingizdan so'ng siz YouTube'da faqatgina o'zingiz izlab topgan videoni ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

Bu kengaytma diqqatingizni turli boshqa videolarga chalg'itmasligingizga yordam beradi. Sinab ko'ring, natijasini aytasiz 😉

⚠️ Kengaytmani sozlash imkoni ham mavjud.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
"ТЕКСТ" funksiyasi yordamida hafta kuni yoki oylarni aniqlash
#mohirlik / #excel

ℹ️ ТЕКСТ funksiyasi yordamida hafta kunlari yoki oylarini aniqlashni ko'rib chiqamiz. Buning uchun ushbu formulani kiritamiz:

=ТЕКСТ(C5;"ДДДД") (Excel ingliz tilida bo'lsa "DDDD" kiritiladi) - hafta kunlari

=ТЕКСТ(C5;"ММММ") (Excel ingliz tilida bo'lsa "MMMM" kiritiladi) - oylar nomi

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Samaradorlik uchun top 10 qaynoq tugmalar @ka_rasmiy.xlsx
15.8 KB
Samaradorlik uchun 10 ta qaynoq tugmalar
#shorts / #excel / #hotkeys

Videosi instagramda chiqib boʻlgan 😉

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samaradorlik uchun 10 ta qaynoq tugmalar
#shorts / #excel / #hotkeys

ℹ️ Ushbu kombinatsiyalar sizni Excel dasturida yanada tezroq ishlashingizga xizmat qiladi!

🔽 Videoda ishlatilgan excel fayl: Yuklash

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
2024/09/28 09:24:13
Back to Top
HTML Embed Code: