Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Internetim ishlamayapti? Qanday ishlatay?
#yechim

ℹ️ Ba'zida yangi Windows o'rnatganimizda yoki nimadir sababli internetimiz ishlamay qoladi. Ko'pincha bunga kerakli drayverlarni yo'qligi sabab bo'ladi. Muammoni aniqlash uchun alohida videodarsimiz bor. Agar sizda ham muammoga drayver sababchi bo'lsa quyidagi yechimdan foydalaning.

Yechim:

Telefon, boshqa kompyuter yordamida ushbu dasturni yuklab oling va interneti ishlamayotgan kompyuterga o'tkazing. Dasturni odatdagidek o'rnating. Ushbu dastur ichida internetni ishlashi uchun kerak bo'lgan barcha draverlar mavjud: SamDrivers 20.12 LAN (x32/x64) 661 MB

⚠️ Bu dasturni boshqa drayver dasturlaridan farqi: ishlatish uchun internet kerak emas, ichida faqat internetga oid drayverlarni borligi uchun ham fayl hajmi kichikroq.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
ДЕЛ/0! xatoligi mazmuni
#mohirlik / #excel

Excel dasturida amaliyot bajarilgandan soʻng #DIV/0! (# ДЕЛ/0!) xatoligi kelib chiqsa, demak formulamizda 0 ga boʻlingan qism mavjud (bunday amaliyot esa mumkin emas).

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
Forwarded from Ofis Darslar
O'zbek_tilida_ish_yuritish_bo'yicha_mashqlar_to'plami.pdf
274.2 KB
O'zbek tilida ish yuritish bo'yicha mashqlar to'plami

ℹ️ Ushbu o'quv qo'llanmada o'zbek tilida ish yuritish asoslari, amaliyotda faol qo'llanadigan ish qog'ozlaridan namunalar berilgan. Shuningdek, tinglovchilarda ish qog'ozlarini yozish bo'yicha ko'nikmalarni hosil qilish maqsadida ijodiy mashq va topshiriqlar ishlab chiqilgan.

🫂 Muallif: T. X. Saydaliyev

📇 @OfisDarsBot
AutoCAD exercises.pdf
1.7 MB
AutoCAD boʻyicha amaliy topshiriqlar
#autocad / #topshiriq

Boshlangʻich chizmachilae uchun 2D koʻrinishdagi chizmalarni chizish uchun topshiriqlar.

😅 Ba'zi chizmalarda xatoliklar mavjud boʻlishi mumkin (oʻzimda uchragan edi).

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Noutbuk yoki Shaxsiy kompyuter
#tavsiya

"Menga noutbuk kerakmi yoki uy kompyuterimi?" degan savolga javob topamiz 😎.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuterdagi reklamalarni o'chirish!
#videodars / #internet

ℹ️ Kompyuterda ishlash davomida chiqadigan turli reklamalar jonga tegdimi? Bugun shulardan oson qutulishni o'rganamiz!

📌 Bu reklamalar aslida bildirishnomalar bo'lib, ko'pincha brauzerdan keladi va kompyuterga internet ulaganimizda ko'rina boshlaydi.

▶️ YouTube da ko'rish

: 02:12 💾: 4.4 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jadvalning bir qismini tahrirlashni taqiqlash!
#xavfsizlik / #excel

ℹ️ Usul jadvalning ma'lum bir maydonini tahrirlashdan himoya qilishga yordam beradi. Varaqning qolgan qismi tahrirlash uchun mavjud bo'lib qoladi.

1️⃣ Avvalo sahifaning himoyasini olib tashlang:
• Butun varaqni tanlang (jadvalning yuqori chap burchagidagi burchak tugmasi).
• "Формат ячеек" menyusini oching (tezkor tugmalar: Ctrl + 1).
• "Защита" -> "Защищенная ячейка" katagidan belgini olib tashlang.

2️⃣ Jadvalning tanlangan maydoni uchun himoya o'rnating:
• Yuqoridagi amallarni takrorlaymiz. Faqat endi "Защищенная ячейка" bandiga belgi qo'ying.

3️⃣ Katak himoyasini faollashtiring:
• "Рецензирование" -> "Защитить лист" tugmasi.
• Ochilgan oynada quyidagi katakchalarni belgilang:
✓ "выделение заблокированных ячеек",
✓ "выделение незаблокированных ячеек",
✓ "использование автофильтра".
• “OK”ni tasdiqlang. Tayyor!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok
Kitob bilim bulogʻi, akademikni oʻrtogʻi
#tavsiya

Audioda aytilgan, android uchun dasturlar:
Asaxiy Books
Hilol eBook
Mutolaa
Kitob plus

Agar siz shunga oʻxshash dasturlarni (android/iOS) bilsangiz izohda yozib qoldiring 😉

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Oʻylab ko'r...pdf
595.4 KB
Hammasidan zerikkan boʻlsangiz buni bir koʻring...
#motivatsiya

Ushbu taqdimotga izoh bermayman, taqdimot muallifini ham bilmayman.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Ko'zlarimizning do'st va dushmanlari bilan tanishamiz!
#salomatlik

ℹ️ Kompyuter bilan ishlashimiz davomida eng ko'p yuklama asosan ko'zlarimizga tushadi. Agar ko'zlarimizga to'g'ri parvarishni ko'rsatmasak sog'lig'imizga jiddiy zararlar keltirishi mumkin. Ushbu maqolada ko'zlarimizning 5 ta do'st va dushmanlari haqida ma'lumot berilgan.

📃 Maqolani o'qish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Oʻz tishlaringizni ishlating
#tavsiya

Yosh bolaga qiynalmasin deb ozuqani chaynab berishadi, lekin bola katta boʻlgan sari ozuqani oʻzi yeyishiga oʻrgatishadi. Bunga sabab esa hamma narsani chaynab beraversa bolaning tishlari yaxshi rivojlanmay qoladi. Va shu sababli ham bolani oʻz tishlari bilan ozuqa yeyishga "majburlashadi"...

🔸 Guruhimizda yoki oʻzimga ham koʻpincha "uni tashlab yoki topib bering", "buni qilib bering yoki qilishni oʻrgating" deb murojaat qilishadi. Bu yerda meni jahlimni chiqaradigan narsa kanalda bor tayyor maʼlumotni oʻrganmay, izlanmay turib dangasalik qilishlaridir. Men qachonki "mana shu muammo boʻyicha kanalizda maʼlumot yoʻq ekan, shu boʻyicha u bu narsa tayyorlang" deyishganida juda xursand boʻlaman. Sababi unday takliflar odamni ijod qilishga undaydi.

Siz biror muammoga dush kelsangiz avvalo oʻzingiz juda koʻp izlaning. Shunda koʻproq va toʻliqroq yechim topasiz.

😔 Boqimandalik sizni rivojlanishdan toʻxtatadi....

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Tongda soat 8 ga qadar bajarilishi kerak boʻlgan 6 narsa
#salomatlik / #ShR / ©️kun.uz

ℹ️ Boyoʻgʻli yoki soʻfitoʻrgʻay ekaningiz muhim emas. Toʻgʻri oʻtkazilgan tong – yaxshi va unumdor kun garovidir. U ana shunday boʻlishi uchun bari kechki payt rejalashtirilishi kerak. Axir rejasiz erta turgach, toʻshakda qolishda davom etishingiz ehtimoli katta. Bundan tashqari, agar kech uxlab, erta tursangiz, kuningiz unumli boʻlmaydi. Axir toʻyib uxlamaslik miya funksiyalarini pasaytiradi.

🔹Hech boʻlmaganda 10 daqiqa oʻzingiz bilan vaqt oʻtkazing
Erta turishning katta foydasi – yolgʻizlikda boʻlish imkoniyati. Hatto bir oʻzingiz yashamasangiz ham uydagilardan vaqtliroq turib, oʻzingizga hech boʻlmaganda 10-30 daqiqa ajrata olasiz. Bu xotirjam boʻlish, unumli kunga sozlanish, bir finjon choy va qahva ichishning ayni vaqti.

🔹Bir stakan suv iching
Albatta, bu tavsiya istalgan vaqt uchun dolzarb. Biroq tongda juda muhim, chunki uyqu vaqtida organizm suv miqdorini yoʻqotadi. Uni zudlik bilan toʻldirish zarur.

🔹Badantarbiya qiling
Qiyin jismoniy mashqlar boʻlishi shart emas. Aksincha, choʻziling, qisqa tortilishlar qiling. Bundan tashqari, mashqlar miyani yaxshiroq ishlashga majbur qiladi.

🔹Uzoq muddatli ishlar bilan shugʻullaning
Masalan, ingliz tilini mukammal darajada bilishni istaysiz. Ertalabda Coursera yoki TEDʼdagi videolarni tomosha qiling. Hatto 15 daqiqa ham sizni maqsadingizga yaqinlashtiradi.

🔹“Qurbaqani yeng”
Albatta, bu metafora qoʻllangan nom. Tongda sizdan maksimal harakat talab etadigan ishlarni bajarish lozim. Agar ertalab buni uddalasangiz, demak boshqa maqsadlarni ham bajara olasiz. Bundan tashqari, iroda shunday resurski, kechga borib, u talab etiladigan ishlarni bajarish qiyinroq boʻladi.

🔹Sovuq dush qabul qiling
Yoki kontrast. Bu sizni tetiklantirib, quvvatga toʻldiradi. Ayniqsa, qiyin boʻlmagan jismoniy mashqlar bilan birgalikda yaxshi natija beradi.

🤨 Siz qaysi tavsiyalarga amal qilib kelasiz?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tozalik
#fun / @the_windows

😎 Рабочий стол'ni tozalashni oson yoʻli.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok
🤗 Assalomu alaykum akademiklar!

🌺 Navroʻz ayyomi barchamizga muborak boʻlsin! Keyingi Navroʻzlarga sogʻ omonlikda yetib olishni Alloh barchamizga nasib qilsin!
Hurmatli akademiklar!

Xabaringiz bo'lsa 2020-yildan beri ushbu kanalni imkon qadar faol yuritishga harakat qilyapmiz. Shu kunga qadar bir qancha bepul videokurslarimizni e'lon qildik. Mana shu kurslar haqida fikrlaringizni bilmoqchi edim. Oldinroq mavjud kurslarimizni mana bu postga joylagan edim. Menimcha shundan keyin kattaroq kurs hali e'lon qilmadik. Ofis darslarini sifatliroq versiyalarini @OfisDarsBot loyihamizdan topasiz.

Birozdan so'ng Google Forms'da tayyorlangan so'rovnoma beriladi va unda asosan 2 ta narsa haqida so'raladi:
1. shu kunga qadar yozilgan kurslar yetarli darajada ilm olish uchun yetarlimi yoki qaytadan yozish kerakmi?
2. Kompyuter savodxonligi bo'yicha 0 dan tajribali darajaga olib chiqishga mo'ljallangan kurs kerakmi (pullik bo'ladi)?

Dam olish kunlari faol bo'lasizlar degan umiddaman.
CapCut'ni kompyuter uchun dasturi
#dastur / #media

ℹ️ Dasturning ichki tuzilishi. Menimcha ishlashda qiynalmaymiz. Sinab ko'raylik, yaxshi bo'lsa pullik Movavi Video Editor'dan voz kechamiz.

🔽 Dasturni yuklash

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
CapCut_7267140873131950085_installer.exe
2.2 MB
CapCut'ni kompyuter uchun dasturi
#dastur / #media

ℹ️ Hammamizga tanish bo'lgan CapCut dasturining kompyuter uchun ham dasturi bor ekan.

Dastur bepul, aktivatsiya qilish shart emas! O'rnatish paytida internet kerak bo'ladi. Windows'ni qaysilariga tushishini aniq bilmadim, sinab ko'ramiz 😉.

💾: 2.2 MB (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Formalar ombori
#manba / ©️@newlink_uz

🌐 Jotform xizmat keng funksionallikka ega bo‘lgan turli formalarni yaratish imkonini beradi. Oddiy anketadan tortib to to‘lovlarni yig‘ishgacha bo'lgan vazifalar uchun mos xizmat.

💻
Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
2024/09/28 21:37:24
Back to Top
HTML Embed Code: