Telegram Web Link
https://www.tg-me.com/Kitobxonuz/9879 Ushbu link tarqatish loyihamiz orqali hozirgi vaqtda odam taklif qilgan kitobxonlar natijalari. ❗️Eslatma:
Endlikda 5 ta g'olibga kitoblar beriladi.
❗️Linklar endi tarqatilmaydi. Link olganlar natijalari 20-iyul kechki payt e'lon qilinadi
ДОНОЛАР БИСОТИДАН ҲИКМАТЛАР

1.
Ишонч кучингга куч қўшади.
2. Ўзига ишонганни енгиб бўлмайди.
3. Нафрат жой олган кўнгилда муҳаббатга ўрин қолмайди.
4. Яхшини ёмондан ажратолмаган одам ҳар қадамда панд ейди.
5. Ҳаракат кишини мақсадга яқинлаштиради.
6. Дард мардни енголмайди.
7. Вақтни ўзингга бўйсундирмоқчимисан, бир дақиқани ҳам беҳуда ўтказма.
8. Дақиқа ҳам умрнинг бир зарраси.
9. Ўч олишга кетган вақт энг бемаъни вақтдир.
10. Кўнглида ёмонлиги бўлмаган киши ёмонни ўзига яқин тутмайди.
11. Ҳавас билан ҳасаднинг ораси бир қадам.
12. Иккилангандан таваккал қилган яхши.
13. Яхшининг қадрига етмаганнинг куни ёмонга қолади.
14. Меҳнатнинг роҳати бўлмаса ҳам самараси бўлади.
15. Қўлидан иш келадиган киши кўчада қолмайди.
16. Кишининг қайсарлиги ўзига қимматга тушади.
17. Бир сўз билан қолган кўнгилни минг сўз билан олиб бўлмайди.
18. Мардлик тилда эмас, дилда бўлади.
19. Бировни аҳмоқ қилган аслида ўзининг аҳмоқлигини кўрсатган бўлади.
20. Бировни айблаш ўзини oqlashdir....


📚@kitobxonuz
#Kun_hadisi (12)

عن أنس بْنِ مَالِكٍ رضي الله عنه قَالَ :
عن النبيِّ صلَّى اللهُ عليهِ وسلَّم أنه قالَ :

„ طَلَبُ العِلْمِ فَرِيْضَةٌ عَلَىْ كُلِّ مُسْلِمٍ “ .

رواه ابن ماجه.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

“Ilm talab qilish har bir musulmon uchun farzdir”.

Imom ibn Moja rivoyati.

Ilm talab qiluvchi har bir narsadan eng yaxshisini olmogʻi lozim. Chunki hamma ilmlarni olishga umr yetmaydi. Asosiy quvvatni eng sharafli ilmga sarf qilish kerak. Oʻsha ilm oxiratga bogʻliq ilmdir. Vallohu aʼlam.

Ilm talab qiluvchining odoblari quyidagilar:
1. Ilm talab qiluvchi nafs pokligini axloqiy razolat va yomon sifatlardan yuqori qoʻymogʻi lozim. Zotan, ilm qalbning ibodatidir. 
2. Ilm talab qiluvchi oʻzini chalgʻituvchi narsalardan aloqani kesmogʻi lozim. Chunki fikr boʻlinsa, haqiqatlarni idrok qilishdan ojiz boʻlib qoladi. Salaf solihlar ilmni boshqa barcha narsadan yuqori qoʻyishar edi. Baʼzilari ilmda koʻzlagan maqsadiga erishmay turib, boshqa narsalarga qoʻl urmas edi.
3. Ilm talab qiluvchi xuddi bemor oʻzini tabibga topshirgani kabi, tamomila ustozi ixtiyoriga topshirmogʻi, unga tavoze koʻrsatmogʻi va xizmatida qoim boʻlmogʻi kerak.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu Zayd ibn Sobit roziyallohu anhudan dars olar edi. Zayd ibn Sobit xonadan chiqib, otiga minmoqchi boʻlsa, Ibn Abbos otning jilovidan ushlab turardi. Zayd bundan qaytardi. 
Shunda Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Ulamolarimizni shunday hurmat qilishga buyurilganmiz», dedi. 
4. Ilm talab qiluvchi takabbur boʻlsa, johillik qilgan boʻladi. Chunki hikmat moʻminning izlab yurgan narsasidir. Uni qayerdan topsa, oladi. U muallimining fikriga ergashsin. Chunki ustozining xatosi uning toʻgʻri topganidan koʻra foydalidir. 
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu oʻzlari ulugʻ olim oʻlaroq, ilm toliblariga nasihatlar ham qilar edilar. Ibn Abdulbarr, al-Marhabiy va al-Xatiblar keltirgan rivoyatda Ali roziyallohu anhu tolibi ilmga quyidagi nasihatni qiladilar:
«Olimning senda boʻlgan haqqi: 
1. Unga koʻp savol bermaslik. 
2. Javobni qattiq talab qilib, uni charchatmaslik.
3. U xohlamasa, mahkam yopishib olmaslik. 
4. Agar tanballik qilsa, kiyimidan tutmaslik.
5. Ustozga qoʻl bilan ishora qilmaslik. 
6. Unga koʻz qisib ham ishora qilmaslik.
7. Odamlar bilan majlis qurib oʻtirgandan soʻramaslik. 
8. Uning adashishining payidan boʻlmaslik. 
9. Agar adashsa, qaytishini kutish va tavbasini qabul etish. 
10. «Falonchi siz aytganning xilofini aytdi», demaslik. 
11. Uning sirini fosh qilmaslik. 
12. Uning huzurida hech kimni gʻiybat qilmaslik.
13. Uni hozirligida ham, gʻoyibligida ham muhofaza qilish. 
14. Odamlarga umumiy salom berib, unga alohida tabrik aytish. 
15. Uning roʻparasida oʻtirish. 
16. Uning hojati boʻlsa, boshqalardan koʻra oldin xizmatini qilish. 
17. Olim suhbatining uzunligini malol olmaslik.
18. U bir xurmoga oʻxshaydi. Sen undan oʻzingga qachon manfaat tushishiga intizor boʻlib turmogʻing kerak.
19. Albatta, olim Allohning yoʻlida roʻza tutgan mujohid kabidir. Qachon bir olim vafot etsa, Islomda bir teshik paydo boʻlur va u qiyomatgacha toʻsilmas. Tolibi ilmni osmonning muqarrab farishtalaridan yetmishtasi kuzatib yurur.

www.tg-me.com/KitobxonUz
Döstning otgan toşi boş yormas

📚@kitobxonuz
Körarman Mavlo naylar, naylasa gözal aylar.
Erzurumlik Ibrohim Haqqi

📚@kitobxonuz
#Ilmga_targib

Ibn Hajar rohimahullohning hattoki ovqat yeyish vaqtida ham, yo'lda yurgan vaqtida ham qo‘lida kitob bo‘lardi,

المشوق إلى القراءة و طلب العلم 📚

*Bizni esa kitob o‘qiyotganda ham boshqa vaqtda ham qolimizda telefon emasmi?


@KitobxonUz
Chorasizlik Аlloh taolodan kelgan eng goʼzal ishoratdir.
Duo vaqti kelganini anglatadi. Koʼzingdan yoshlar sizilsa, goʼzal yuzing gʼamgin boʼlsa, bilgilki: - Robbing seni sogʼinibdi, seni eshitishni xohlayapti!

©
Mavlono Rumiy

@Kitobxonuz 📚
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌸 Жуда зўр👍 гап бўлди 40 секунда қайтяпти💯

Қайтар дунё
Реал хаётдан олинган воқеа


КУЗИНГИЗНИ ТИЙСАНГИЗ, ТИЛИНГИЗ ХАМ, КУЛИНГИЗ ХАМ, ОЁКЛАРИНГИЗ ХАМ, ХАТТОКИ КАЛБИНГИЗ ХАМ ТИЙИЛАДИ.


📚@kitobxonuz

#Obunachimizdan
Forwarded from 🕊 Ilm-Ziyo 📚
🕊Диққат❗️ КИТОБХОНЛИК лойиҳамизда янги ўқиладиган китоб ва совринларни эьлон қиламиз 🕊🖇
#10_ТА_ўринга_КИТОБ_берилади. #Ғолиб_Тест_орқали_аниқланади. 

❗️
@Kitobxonuz  каналимизда.
❗️
@Kitobxonuz1 гуруҳимизда.

🕊39-Ўқиладиган китобимиз:  Шайх Ҳазратларининг
#HADIS_VA_HAYOT #6_JUZ #NAMOZ китоби бўлади.
КИТОБНИ «Hilol eBook»да ЭЛЕКТРОННИ ЎҚИШ УЧУН ВИДЕО ҚЎЛЛАНМА.
🕊02.07.2024⌛️20.07.2024 📚
18 кун китобни ўқиш муддати.

🎁📚МУКОФОТ: 📚🎁 1-2-3-4-5-6-7-8-9-10-ўринларга
#
Шайх_Ҳазратларини_исталган #1дона_китоблари берилади.
Тўлиқ маълумот учун босинг

😇
@Kitobxonuz каналида.
Маҳрга китоб сўраш мумкинми?

САВОЛ:
Ассалому алайкум, опажон! Аллоҳ илмингизни янада зиёда қилсин! Ҳозирги кунда баъзи бир қизларнинг маҳр учун Ҳазратнинг «Ҳадис ва ҳаёт» китобларининг барча жузларини сўрашаётганини эшитдик ва хурсанд бўлдик. Бунинг ҳукми қандай?

Жавоб: Ва алайкум ассалом. Маҳрга китоб сўраш жоиз, чунки китоб мулкдир. Ҳазратимиз ушбу ишни келинларимизнинг жасорати, деб баҳолаганлар. Бу энг манфаатли маҳрдир, иншааллоҳ. Маҳрига Ҳазратимизнинг китобларини сўраган келинларимизга икки дунёнинг саодати бўлсин! Омин! Валлоҳу аълам.

Одинахон Муҳаммад Содиқ.
«Билимсизликнинг шифоси – савол» китоби, 1-жуз.



📚@kitobxonuz
Ro'zador odam sho'r suv bilan og'zini chaysa ro'zasi ochiladimi?
Anonymous Quiz
25%
Ro'za ochiladi
39%
Ro'za ochilmaydi
36%
Ro'zadorga sho'r suvda og'zini chayish mumkin emas
Imom Ibnul Qayyim (rohimahulloh) dedilar:

« - Qancha qancha savoblar sen tomon shoshadi va seni eshiging tagida toʻhtaydi. Lekin ularni eshiging tagidagi «ertaga qilaman» «balki» va «agarda» deb nomlangan darvozabonlar haydab yuboradi.»

«Al Favoid»

*Subhan Alloh ajoyib o‘xshatish bo‘libdi, haqiqat!

www.tg-me.com/KitobxonUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oyatal kursi
Аят ''Аль Курси''

Kanalimiz manzili 👇
@KitobxonUz
#XOTIRA

U kitob öqib ötirar edi, köziga uyqu ĝolib kelib uhlab qoldi......

Birdan nur paydo böldi, nurni yörib sharpa körindi.

U keldi..... Yori keldi....... Nur ichida....
Yolĝizlanib qoldingda dedi afsus ila...

Ohirgi paytlar köp siqilyapsan...
Meni köp eslayapsan.....
Men doimo sizlar bilan birgaman....
Köz yoshlaringni bas qil....
Ahir yölĝiz farzandimni senga omonat, seni esa Allohga omonat qilib kelganman bu yerga.......

Sen Sabr qil.....
Qiyomat kuni Allohning Adolatiga shukr qilasan.....
Uzingni extiyot qil dedi va nur tomon keta boshladi.............................

Uning ketishini istamay qalbi öksib, öksib yiĝladi shörlik.......

Nafasi böĝildi, tinmay köz yoshlari oqdi...........

Nafasi qaytdi. Nafas olishi qiyinlashib, Birdan uyĝonib ketdi. Yostiĝi höl bölib ketibdi...

Tush ekan bu....

Soatga qaradi...
Tungi 02:02 .

Sekin turib taxorat oldi....
Taxajjud öqidi.....uzundan uzun duolar qildi.... Duolarida Robbisi ila suhbat qildi.....


Qur'on kitobni qöliga olib, uni mehri va sevgisi ila oshiq bölib öqidi.........

Tilovatni tugatgach, savobini ötganlarga baĝishladi......

#havaskor #qalamkash

📚@kitobxonuz
#ибрат

Агар ислом олами ва дунё биржаларидаги молларни ҳисоб-китоб қилинса 2,5 фоизи 3 триллион 370 миллиард доллар бўлар экан.

Кунда 1,5 доллар ейдиган фақир сони 700 миллионта экан.

Яъни, бу дегани закот ер юзидаги фақирликни тугатишга кафил бўла олади.

✍️ Муҳйиддин Али Қорадоғий

📚@kitobxonuz
2024/10/06 18:18:09
Back to Top
HTML Embed Code: