Telegram Web Link
КИТОБ ҲАҚИДА БЕШТА ФИКР:
1.
Муаллифи яхши ёза билган китобларни ўқиб борар экансиз, яхши гапиришни ҳам одат қилиб оласиз;
2. Кишининг маданий савияси – китобларнинг ўқиб чиқилган сони билан эмас, ўрганилган билим билан ўлчанади;
3. Китоб ўқишни одат қилган шахслар телевизор экранидан нари кетмайдиган кишиларни бошқара олишади;
4. Китоб кинодан афзалдир. Негаки, киши тасаввурининг кўлами филмдаги кучли таассуротга эга кадрлар сони каби чекланмайди;
5. Қанча кўп китоб ўқисангиз, бировларга шунча кам тақлид qilasiz.

📚@kitobxonuz
Ey nafsim, sen öl-ki, qalbim tirilsin @KitobxonUz
Аёл киши бир китоб уқиса гуёки уни ери ва болалари уқибди.
@KitobxonUz
Ибн Хазм Андалусий
Dunyoga aldanmoq ahmoqlik


@kitobxonuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴🟠🟡🟢🔵🟣🟤

Чумоли насиҳати...

@kitobxonuz
Aziz kitobxonlar Loyihamizda har 20 kunda o'qiladigan kitobdan Test tuzish uchun 🧕 Qizlar uchun alohda va 👳‍♂Yigitlar uchun alohida guruhimiz bor. Shu guruhga kirmagan yangi kitobxonlar bo'lsa @Mirzohid_Nobel ga yozing. Tuzilgan testlar jamlanib o'zlarizga beriladi u esa test vaqtida sizga yordam bo'ladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
АШУРО КУНИ АҲЛИГА КЕНГЧИЛИК ҚИЛИБ БЕРИШ
_______________________
🎙 Устоз Шайх Сай
йид Раҳматуллоҳ Термизий

Давомийлиги: 02:14 дақи
қа.

@KitobxonUz
#Ашуро
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Ашуро кунининг рўзаси – Аллоҳдан умид қиламанки – бир йил олдинги гуноҳларга каффорат бўлади”, деганлар (Имом Муслим ривояти).

Оғиз ёпиш ва очиш вақти (Тошкент вақти билан):

🗓 9 Муҳаррам - 15 июль - душанба
Саҳарлик (оғиз ёпиш) вақти: 03:23
Ифторлик (оғиз очиш) вақти: 19:58

🗓
10 Муҳаррам - 16 июль - сешанба
Саҳарлик (оғиз ёпиш) вақти: 03:24
Ифторлик (оғиз очиш) вақти: 19:57

🗓 11 Муҳаррам - 17 июль - чоршанба
Саҳарлик (оғиз ёпиш) вақти: 03:25
Ифторлик (оғиз очиш) вақти: 19:55

@KitobxonUz
https://www.tg-me.com/Kitobxonuz/9879 Ushbu link tarqatish loyihamiz orqali hozirgi vaqtda odam taklif qilgan kitobxonlar natijalari. ❗️Eslatma:
Endlikda 5 ta g'olibga kitoblar beriladi.
❗️Linklar endi tarqatilmaydi. Link olganlar natijalari 20-iyul kechki payt e'lon qilinadi
ДОНОЛАР БИСОТИДАН ҲИКМАТЛАР

1.
Ишонч кучингга куч қўшади.
2. Ўзига ишонганни енгиб бўлмайди.
3. Нафрат жой олган кўнгилда муҳаббатга ўрин қолмайди.
4. Яхшини ёмондан ажратолмаган одам ҳар қадамда панд ейди.
5. Ҳаракат кишини мақсадга яқинлаштиради.
6. Дард мардни енголмайди.
7. Вақтни ўзингга бўйсундирмоқчимисан, бир дақиқани ҳам беҳуда ўтказма.
8. Дақиқа ҳам умрнинг бир зарраси.
9. Ўч олишга кетган вақт энг бемаъни вақтдир.
10. Кўнглида ёмонлиги бўлмаган киши ёмонни ўзига яқин тутмайди.
11. Ҳавас билан ҳасаднинг ораси бир қадам.
12. Иккилангандан таваккал қилган яхши.
13. Яхшининг қадрига етмаганнинг куни ёмонга қолади.
14. Меҳнатнинг роҳати бўлмаса ҳам самараси бўлади.
15. Қўлидан иш келадиган киши кўчада қолмайди.
16. Кишининг қайсарлиги ўзига қимматга тушади.
17. Бир сўз билан қолган кўнгилни минг сўз билан олиб бўлмайди.
18. Мардлик тилда эмас, дилда бўлади.
19. Бировни аҳмоқ қилган аслида ўзининг аҳмоқлигини кўрсатган бўлади.
20. Бировни айблаш ўзини oqlashdir....


📚@kitobxonuz
#Kun_hadisi (12)

عن أنس بْنِ مَالِكٍ رضي الله عنه قَالَ :
عن النبيِّ صلَّى اللهُ عليهِ وسلَّم أنه قالَ :

„ طَلَبُ العِلْمِ فَرِيْضَةٌ عَلَىْ كُلِّ مُسْلِمٍ “ .

رواه ابن ماجه.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

“Ilm talab qilish har bir musulmon uchun farzdir”.

Imom ibn Moja rivoyati.

Ilm talab qiluvchi har bir narsadan eng yaxshisini olmogʻi lozim. Chunki hamma ilmlarni olishga umr yetmaydi. Asosiy quvvatni eng sharafli ilmga sarf qilish kerak. Oʻsha ilm oxiratga bogʻliq ilmdir. Vallohu aʼlam.

Ilm talab qiluvchining odoblari quyidagilar:
1. Ilm talab qiluvchi nafs pokligini axloqiy razolat va yomon sifatlardan yuqori qoʻymogʻi lozim. Zotan, ilm qalbning ibodatidir. 
2. Ilm talab qiluvchi oʻzini chalgʻituvchi narsalardan aloqani kesmogʻi lozim. Chunki fikr boʻlinsa, haqiqatlarni idrok qilishdan ojiz boʻlib qoladi. Salaf solihlar ilmni boshqa barcha narsadan yuqori qoʻyishar edi. Baʼzilari ilmda koʻzlagan maqsadiga erishmay turib, boshqa narsalarga qoʻl urmas edi.
3. Ilm talab qiluvchi xuddi bemor oʻzini tabibga topshirgani kabi, tamomila ustozi ixtiyoriga topshirmogʻi, unga tavoze koʻrsatmogʻi va xizmatida qoim boʻlmogʻi kerak.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu Zayd ibn Sobit roziyallohu anhudan dars olar edi. Zayd ibn Sobit xonadan chiqib, otiga minmoqchi boʻlsa, Ibn Abbos otning jilovidan ushlab turardi. Zayd bundan qaytardi. 
Shunda Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Ulamolarimizni shunday hurmat qilishga buyurilganmiz», dedi. 
4. Ilm talab qiluvchi takabbur boʻlsa, johillik qilgan boʻladi. Chunki hikmat moʻminning izlab yurgan narsasidir. Uni qayerdan topsa, oladi. U muallimining fikriga ergashsin. Chunki ustozining xatosi uning toʻgʻri topganidan koʻra foydalidir. 
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu oʻzlari ulugʻ olim oʻlaroq, ilm toliblariga nasihatlar ham qilar edilar. Ibn Abdulbarr, al-Marhabiy va al-Xatiblar keltirgan rivoyatda Ali roziyallohu anhu tolibi ilmga quyidagi nasihatni qiladilar:
«Olimning senda boʻlgan haqqi: 
1. Unga koʻp savol bermaslik. 
2. Javobni qattiq talab qilib, uni charchatmaslik.
3. U xohlamasa, mahkam yopishib olmaslik. 
4. Agar tanballik qilsa, kiyimidan tutmaslik.
5. Ustozga qoʻl bilan ishora qilmaslik. 
6. Unga koʻz qisib ham ishora qilmaslik.
7. Odamlar bilan majlis qurib oʻtirgandan soʻramaslik. 
8. Uning adashishining payidan boʻlmaslik. 
9. Agar adashsa, qaytishini kutish va tavbasini qabul etish. 
10. «Falonchi siz aytganning xilofini aytdi», demaslik. 
11. Uning sirini fosh qilmaslik. 
12. Uning huzurida hech kimni gʻiybat qilmaslik.
13. Uni hozirligida ham, gʻoyibligida ham muhofaza qilish. 
14. Odamlarga umumiy salom berib, unga alohida tabrik aytish. 
15. Uning roʻparasida oʻtirish. 
16. Uning hojati boʻlsa, boshqalardan koʻra oldin xizmatini qilish. 
17. Olim suhbatining uzunligini malol olmaslik.
18. U bir xurmoga oʻxshaydi. Sen undan oʻzingga qachon manfaat tushishiga intizor boʻlib turmogʻing kerak.
19. Albatta, olim Allohning yoʻlida roʻza tutgan mujohid kabidir. Qachon bir olim vafot etsa, Islomda bir teshik paydo boʻlur va u qiyomatgacha toʻsilmas. Tolibi ilmni osmonning muqarrab farishtalaridan yetmishtasi kuzatib yurur.

www.tg-me.com/KitobxonUz
Döstning otgan toşi boş yormas

📚@kitobxonuz
Körarman Mavlo naylar, naylasa gözal aylar.
Erzurumlik Ibrohim Haqqi

📚@kitobxonuz
2024/10/03 19:20:48
Back to Top
HTML Embed Code: