Telegram Web Link
🎉 Tanlov sarhisobi

📚 Mana 9 oydirki, sahifamiz obunachilari bilan birgalikda "Kutubxonangiz bilan o‘rnak bo‘ling" nomli tanlovni o‘tkazib kelmoqdamiz. Ushbu tanlovimiz bilan ko‘pchilikda kitob va kutubxonalarga oz bo‘lsa ham havas uyg‘ota olgan, kimningdir xonadonida shinam kitoblar burchagi hosil bo‘lishida sababchi bo‘lgan bo‘lsak, bag‘oyat xursandmiz.

Tanlovning avvalgi 3 oylik taqdirlovini Yanvar oyida amalga oshirgandik. Mana 6 oylik taqdirlovga ham yetib keldik. Bunda ham sizlarning yordamingizga tayanamiz. Quyidagi sizga yoqqan kutubxonalardan biriga ovoz bering.

🎁 Biz esa eng ko‘p yoqtirilgan kutubxonani aniqlab, uning sohiblarini "Peshqadam Karvoni" loyihasining ikki yillik sarhisob tadbirida taqdirlaymiz. Marhamat!

1. Abdullayevlar
xonadoni
2. Zokirovlar xonadoni
3. O‘rinboyevlar xonadoni
4. Rahimovlar xonadoni

5. Matyusupovlar oilasi
6. Solihovlar xonadoni
7. Ibodovlar xonadoni
8. Raupovlar xonadoni

9. Muhiddinovlar oilasi
10. Mirzayevalar xonadoni
11. Maxatovlar xonadoni
12. Faxriddinovlar xonadoni
13. Azimovlar xonadoni
14. Shodmonovlar xonadoni
15. Zaynilobiddinovlar oilasi
16. Kamolovlar oilasi
17. Marifat Akbarova
18. G'aniyevlar xonadoni
19. Xamidullaevlar kutubxonasi
20. Qosimovlar oilasi
21. Abidjonovlar oilasi
22. Qudratullayevlar xonadoni
23. Abdurahimovlar xonadoni
24. Ismoilovlar xonadoni
25. Hamroyevlar xonadoni
26. Xabibullayevlar xonadoni
27. Bobojonovlar xonadoni
28. Abdullayevlar oilasi
29. Fozilova Maysara
30. Jalolovlar xonadoni
31. Musaxadjayevlar xonadoni
32. Isroilovlar xonadoni



Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
Олтинга тенг сўзлар

➀ Кексаларни узоқ умр кўрганлиги учунгина эмас, ҳаёт синовларига узоқ бардош бергани учун ҳам ҳурмат қилмоқ керак.

➁ Яхшигаям, ёмонгаям бирдек яхши кўринишга уринадиган одам энг хавфли одамдир.

➂ Сартарошни сувоқчи қилиб қўйсангиз, деворга совун кўпиги суртади. Этикдўзни сартарош қилсангиз, одамни бошига мих қоқади...

➃ Эрталаб турганингда, кундузи юрганингда, кечаси ухлаганингда ҳеч қаеринг оғримаса шунинг ўзи бахт!

➄ Дунёда меҳрдан арзон нарса йўқ. Бир оғиз ширин сўз, бир чимдим меҳр кимни ўлдирибди! Биз эса шуни ҳам бир-биримиздан аяймиз..

➅ Мушук ўзи итдан қочиб дарахтга чиқади-ю, яна дарахтдаги қушларга дағ-даға қилади...

➆ Инсоннинг баҳоси бу дунёда ўзи олгани билан эмас, ўзидан қолгани билан белгиланади.

➇ Дарахт бир жойда кўкаради, дейишади. Тўппа-тўғри, бу гап дарахтларга жуда мос тушади. Одамларга эмас!

©️ Ўткир Ҳошимов


📚
@kitobxonuz
🕊 Ilm-Ziyo 📚 pinned «Azizlar imkon bo'lsa. 10 raqamga ovoz beriylar 🤭 podderjka nujna Pastda o'sha linkini tahrirlab qo'yaman Yashil turibdi ustiga bossayiz kirasiz. Ustiga bosing. 10. Mirzayevalar xonadoni»
🌿 Islomni yaxshilab o‘rganib chiqqan rohib Islomni qabul qilganidan keyin shunday deydi:

- Tabbat (ya’ni Masad) surasida juda g‘aroyib moʻjizaga guvoh bo‘ldim. Alloh taolo bu surada Abu Lahabning iymon keltirmasligini bildirgan edi. Bu sura nozil bo‘lganidan keyin yana 8 yil yashadi. Agar Abu Lahab xohlaganida yolg‘ondan bo‘lsa ham iymon keltirib, bu surani yolg‘onga chiqarishi mumkin edi. Lekin shunda ham Abu Lahab iymonsiz o‘lib ketdi. Agar Qur’oni Karimni Muhammad sollallohu alayhi vasallam o‘ylab topganida edi, bunday katta xavfga (Abu Lahabga tuhmat qilish xavfiga) yaqinlashmagan bo‘lardi.
Bu shuni anglatadiki, Alloh taolo qadimni ham, kelajakni ham kamchiliksiz, mukammal tarzda biladi. Mana shuning uchun ham men Islomni qabul qildim.

© Abdulloh Rahimboyev tarjimasi


📚
@kitobxonuz
#As-Solatu Xoyru minan-navm...

| Namoz uyqudan afzaldir.

📚
@kitobxonuz
Ассаламу алайкум вараҳматуллоҳи ва барокатуҳу!

Тавбаларимизни янгилаб, Ўзининг розилигини топишимиз учун яна бир имкон бериб, тонгда бизларни саломат уйғотган Аллоҳ таолога чексиз ҳамду санолар бўлсин!

Хонадонингизга барака, дастурхонингизга тўкин ризқ, амалларингизга хайру хасанот, шифо излаётганларимизга шифо ато этиб, раҳмат истаётганларни илоҳим раҳм-шафқатидан бенасиб қилмасин!

Қалбингиз тўридаги эзгу ниятларингизга доимо етиб юринг, азизлар!


📚
@kitobxonuz
Yoʻlda telefon bilan emas, kitob bilan mashgʻul boʻlsangiz, kitob oʻqishga vaqtim yoʻq degan iddaolarga oʻrin qolmaydi.

📚
@kitobxonuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Қуръони Карим мўъжизалари» парки ҳақида эшитганмисиз?

📖Quranic Park - муқаддас китобимизда зикр этилган мўъжизаларни визуал тарзда кўриб, тушуниш ва ўрганиш учун дунёдаги энг зўр боғ.

🇦🇪Аниқ манзил: Д54, Al Warqa Road, Quran Park, Al Khawaneej, Dubay, БАА

📚
@kitobxonuz
Yöl yölakay transport vositalaridagi #kitobxonlar 😊

📚
@kitobxonuz

Kitobxon roziligi bilan olingan foto 😊
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Инсоннинг ташқи қиёфаси


©Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф роҳимаҳуллоҳ

♻️Бошқаларга
#УЛАШИНГ❗️

📚
@kitobxonuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✏️Хабар

Чеченистоннинг биринчи президенти, Россия қаҳрамони Аҳмад ҳожи Қодировнинг ўғли, Чеченистон президенти Рамзан Қодиров Тошкентдаги отасининг устози шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари абадий қўним топган масканни зиёрат қилди.

Аҳмад ҳожи Қодиров 1980 йилларда Тошкент ислом олий маъҳадида ўқиб, фазилатли шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларидан таҳсил олган ва умрининг охиригача содиқ шогирдлардан бўлган.

📚
@kitobxonuz
Жаннатни излашда саҳобалардан фарқимиз шуки, улар жаннатни амал билан излашган, биз эса қуруқ орзу билан излаяпмиз.
Ҳикматлар китобидан.


📚
@kitobxonuz
#maʼlumot #kitobxonlik_maktabi

Ertaga «Kitobxonlik maktabi» loyihasining navbatdagi 117-soni bo'lib o'tadi

Suhbatning ushbu sonida «Hilol Nashr» nashriyotida 2 yildan beri oʻtkazib kelinayotgan «Kitobxonlik maktabi» loyihasiga atalgan, loyiha asoschisi ustoz Erkin Malikning qalamlariga mansub «Kitobxonlik maktabi» nomli yangi kitobning taqdimoti bo'lib o'tadi.

Suhbat «Hilol Nashr» nashriyotining majlislar zalida 14:00 da boshlanadi. Suhbatga barchangizni taklif qilamiz! Ishtirok etish mutlaqo bepul! Avvaldan joy band qilish, roʻyxatdan oʻtish shart emas. Taqdimotda kutamiz! 😊

📆 28-may, 14:00

📍 «Hilol Nashr» nashriyoti

@hilolnashr
2024/09/29 22:27:12
Back to Top
HTML Embed Code: