Telegram Web Link
🟢1.Hadisda aytilishicha: Ro‘zg‘or qurgan bilan ro‘zg‘or qurgan zino qilsa qanday jazo qo‘llanadi?
A) yuz darra uriladi va bir yil surgun qilinadi
B) yuz darra uriladi va toshbo‘ron qilinadi
C) yuz darra uriladi va bir umr uy qamog‘i beriladi
D) a va b javob to‘g‘ri

🟢2.Eri bor cho‘ri zino qilgani isbotlansa qanday jazo beriladi?
A) ellik darra uriladi
B) yuz darra uriladi
C) ellik darra uriladi va toshbo‘ron qilinadi
D) yuz darra uriladi va toshbo‘ron qilinadi

🟢3.Biz «haddan ziyod» deb tarjima qilgan ma'no oyati karimada qanday lafz bilan ifodalangan?
A) azl
B) qintor
C) kalola
D) safih

🟢4.Cho‘ri ayolga mahr berish kerakmi?
A) Cho‘ri ayolga mahr shartmas.
B) Cho‘ri ayolga mahr berish ham farz.
C) Cho‘ri ayolga mahr shartmas, mahr faqat hur ayolga beriladi.
D) Cho‘ri ayolga u farzand ko‘rsagina mahr beriladi
🟢5. Madinalik qaysi qavm Haj qilib kelishsa uylarini eshiklaridan kirmasdan boshqa eshik ochib kirardilar.....?

A. Aslam
B. Ansoriylar
C. Musulmonlar
D. Nasorolar

🟢6. Bizni tilda qurbonlik deb tarjima qilinadigan so‘z arablarda nima deyiladi.....?

A. Hadyi
B. Banyi
C. Sovm
D. Jadyi

🟢7. Bir kishini so‘yishga qurbonligi bo‘lmasa toki iydi qurbon bo‘lgan kungacha 3 kun ro‘zi tutadi...??
Bu so‘z arablarda nima deyiladi...?

A. Samatti‘
B. Hadyi‘
C. Tamattu‘
D. E'tiqof

🟢8. Imom Faxriddin Roziy rivoyat qiladilarki, " Sirti silliq ichi fasod munofiq bor deb kimni aytgan..?

A. Abu So‘fiy
B. Ibn Ubayn
C. Ibn Omir
D. Ibn Sharqiyq
🟢9. "Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘z xotinlarini taloq qilibdilar" degan xabar tarqalganda, bu xabarning rost yoki yolg'onligini surishtirib hatto Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallaning o‘zlaridan so‘ragan va bu xabar yolg'on ekanini odamlarga bildirgan sahoba kim edi?

A) Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu
B) Umar roziyallohu anhu
C) Usmon roziyallohu anhu
D) Ali roziyallohu anhu

🟢10. Shafoat necha turli bo‘ladi va ular qaysilar?
A) 3 turli. Omma, xoslar va xoslarning xosi
B) 3 turli. Oliy, o‘rta, quyi
C) 2 turli. Yaxshi, yomon
D) Shafoat turlarga bo‘linmaydi

🟢11. "Sizlarga nima bo‘ldiki, munofiqlar haqida ikkiga bo‘linasizlar?!" - oyati nozil bo‘lganida Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu oyat haqida nima dedilar?

A) "Birlashingiz! Bo'linib ketmangiz!"
B) "Bu oyat sizlarga munofiqlarga yaqinlashmasligingizga ishoradir"
C) "Albatta, bu oyat poklovchidir. ..."
D) Hech narsa demaganlar

🟢12. Iyso alayhissalom Undan, ya‘ni Allohdan bo‘lgan ruh hamdir" kalimasidagi ruhdan murod nima?

A) Allohning "Bo‘l" degan kalimasi ila paydo bo‘lganliklari
B) Iyso Alloh emas, Allohning Payg’ambari ekanliklari
C) Ko‘ksda joylashgan latif va ruhoniy narsa
D) Puflash
🟢13. Isro va meʼroj kechasi Rosululloh sollallohu alayhi vasallam bir toʻda odamlar oldidan oʻtdilar. Ularning lablari olovdan boʻlgan qaychilar bilan qirqilar edi. Jabroil alayhissalomdan "ya Jabroil bular kim" deb soʻradilar. Jabroil alayhissalom....?
a) yolgʻon gapni gapirib yuruvchilar
b) yaxshilikka buyurib,yomonlikdan qaytarib ,oʻzlari unga amal qilmaydiganlar
c) pokiza ,afifa xotinlarga boʻxton toʻqib yuruvchilar
d) ashaddiy gʻiybatchilar
🟢14. Banu Isroilga Alloh taolo mana bu qishloqqa "xittatun" deb taʼzim bilan kiring deganida ular nima qilishdi ?
a) Alloh taoloning amriga soʻzsiz boʻysunib "xittatun " deb kirishdi
b) "Xittatun fi shaʼratun "deb yonboshlab kirishdi
c) "Habbatun fi shaʼratin "deya kirdilar
d) Ular bu qishloqqa kirishmadi
🟢15. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Odamlarning Allohdan eng uzogʻi ...?"
a) qalbi qattigʻi
b) faxsh soʻzlarni aytadigani
c) namozga beparvosi
d) Rosulga itoatsizi
🟢16. Musulmonlardan baʼzilari "ey yahudiylar!Allohdan qoʻrqing!musulmon boʻlinglar! Axir oʻzingiz mushrik paytimizda bu zotning sifatlarini aytib berar edingizku "deyishganiga javoban qaysi yahudiy:" U biz bilgan narsani olib keldi. Biz sizga aytgan narsa bu emas " dedi?
a) Huyay ibn Axtab
b)Shoss ibn Qoys
c) Finhos ibn Unzuro
d) Salom ibn Mishkam
🟢17.Alloh taolo payg'ambarlarga bergan mo'jizalar bilan sehrning farqini amaliy suratda ko'rsatish uchun Bobilga kimni yubordi?

a)Xorut
b)Sulaymon alayhissalom
c)Morut
d)a va c javoblar

🟢18."Uzayr-Allohning o'g'li " deyishardi kimlar
A)yahudiylar
B)nasorolar
C)mushriklar
D)munofiqlar

🟢19.Peshvo, oldindagi, boshlovchi shaxs ma'nolarini bildiruvchi so'z
A)xalifa
B)payg'ambar
C)imom
D)to'g'ri javob yo'q

🟢20."O'rta" deb tarjima qilingan so'z arabchada qanday nomlanadi
A)me'yor
B)vasat
C)nafaqa
D)safiyh
🟢21.Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Rabia ibn Kab al-Aslamiy quyidagilarni aytadilar .
Payg'ambar alayhissalomning huzurlarida tunab qolgan edim .U kishiga kerakli narsalarni tahoratlariga suvni tutdim .U zot menga :
"So'ra" dedilar. Men:
"Ey Allohning rasuli jannatda sizning rafiqingiz bo'lishni so'rayman" dedim .U zot :
Bundan boshqani  emasmi "dedilar .Men:
Faqat shuni dedim . Payg'ambar sollallohu alayhi vassallam:
Bu ishda menga sen o'zing  .... qilish ila yordam ber dedilar .
A)  Ko'p sajda
B) Islomni yoyish
C) Haromlardan tiyilish
D) Ko'p Ro'za tutish orqali
🟢22.Payg'ambarimiz alayhissalomdan rivoyat qilingan hadisda quyidagilar aytiladi .Do'zaxda eng avval kuyadiganlar uchtadir .
A) Riyokor olim ,riyokor qoziy, riyokorona nafaqa qiluvchi .
B) Riyokor qori ,riyokor hokim, riyokor ibodat qiluvchi
C) Riyokor olim, riyokor hokim, riyokor nafaqa qiluvchi.
D) Riyokor qori, riyokor qoziy, riyokor nafaqa qiluvchi.
🟢23.Bir odam niso surasidagi  
Oyatlarimizga kufr keltirganlarni albatta do'zaxga kiritarmiz.Qachonki terilari yetib pishganda azobni tortishlari uchun boshqa teri almashtirarmiz . Albatta Alloh Aziyz va Hakiym zotdir .Oyatini o'qigan edi shunda Umar roziyallohu anhu "Bu oyatni menga yana qaytarib o'qib ber dedilar .U odam qayta o'qidi .Shunda Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu. Bu oyatning tafsirida shunday deydi .
A)Bir soatda terisi 700 marta almashtiriladi .
B)Bir soatda terisi 70 marta almashtiriladi.
C) Bir soatda terisi 100 marta almashtiriladi.
D) Bir soatda terisi 170 marta almashtiriladi.
🟢24.Boshida yahudiy bo'lgan keyin Islomga kirgan musulmonlardan biri shunday hikoya qiladi .
Ulov minib madinaga kelayotsam bir qori Quron tilovat qilayotgan ekan " Ey kitob   berilganlar ! Yuzlarni buzib orqalariga burmasimizdan yohud ularni shanba odamlarini lanatlaganimizdek ,lanatlamasimizdan oldin sizlardagi narsani tasdiqlovchi bo'lib kelgan narsaga iymon keltiring ".Oyatini o'qib qoldi .Shoshilib buzilib ketmadimikin deb yuzimni ushlab ko'rdimda suv topib g'usl qilib musulmon bo'ldim deydilar.O'sha Kim edilar.
A) Kabul Ahbor
B) Abdulloh ibn Salom
C) Kab ibn Molik
D) Salama ibn al- Akva
🟢25. "Ahli kitoblar" kimlar?
A. Yahudiylar
B. Nasroniylar
C. Ikkalasi ham

🟢26. Muhammad sallallohu alayhi vassallamni o'g'limdan ham yaxshi taniyman degan sahoba kim edi?
A. Abdulloh ibn Salom
B. Abdulloh ibn Abbos
C. Abdulloh ibn Zubayr

🟢27. Marva tepaligiga qo'yilgan butning nomi nima edi?
A. Asof
B. Noila
C. Ikkala but ham qo'yilgan

🟢28. Abu Hurayra r.a "Agar Allohning kitobida bir oyat bo'lmaganida, hech kimga hech narsa gapirmas edim" deb qaysi oyat haqida aytganlar?
A. Baqara 158
B. Baqara 159
C. Baqara 160
🟢29. Arablar biror ishga qattiq urinib, kuchi yetmay qolgan taqdirda yordam so‘rashga qaysi so‘zini ishlatadilar?
A Asbot
B Hanif
C Istehzo
D Isti'ona
🟢30. Ular o‘z tabiatlaridan kelib chiqib , yer yuzida fasod ishlar- kofirlik, gunoh, buzuqlik, zulm qiladilar,Agar ularga bu noma'qul ishlari eslatilib, ,,yer yuzida fasod qilmang" deyilsa, ular mazkur noma'qul ishlardan qaytish tugul, balki balanddan keladilar.Kimlar haqida so‘z bormoqda?
A Yahudiylar
B Nasroniylar
C Munofiqlar
D Sobiiylar
🟢31. Taqvoni kim ,,Taqvo - Allohning rahmatidan umidvor bo‘lib, uning nuri ila Unga toat qilmoqlik va Allohning azobidan qo‘rqib , uning nuri ila qaytargan ishlarni tark qilmoqlikdir" deb ta'riflaydi?
A Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu
B Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu
CToliq ibn Habib
D Ibn Abu Hotim Ibn Amr
🟢32. Odamning yer yuzida xalifa bo‘lishining asosiy sabablaridan biri nima?
A Ilm berishga iste'dodi borligi
B Ilm olishga iste'dodi borligi
C Taqvodorligi
D Gunoh qilsa, tezda tavba qilishligi
🟢33..Xorun alayhissalom avlodidan bo'lgan va "Haykal" deb nomlangan ibodatxona boshlig'i bo'lgan payg'ambar berilgan qatorni aniqlang
A)Iso alayhissalom
B)Zakariyo alayhissalom
C)Lut alayhissalom

🟢34.Alloh taolo qaysi payg'ambarlarga ayol zotiga bo'lgan shahvatni tiyish qobilyatini bergan payg'ambarni belgilang.

A)Yahyo alayhissalom
B)Ibrohim alayhissalom
C)Ismoil alayhissalom

🟢35.Maryam onamizga kafillik qilish uchun qalamlar bilan qaysi daryoga qur'a tashlangan

A)Nil
B)Urnud
C)Rub al Hali

🟢36.Mushokala so'zining lug'aviy ma'nosi nima?

A)Nazr qilish
B)Jismda o'xshashlik
C)Shakilda o'xshashlik
🟢37. Yahudiylardan Shos ibn Qays Avs va Hazraj qabilalarini urishtirish uchun nimani eslatadi...?

A. Bous kunini
B. Hadyi‘ kunini
C. Johiliyat davrini
D. Barcha javob to‘gri

🟢38. Abu So‘fiy Quraysh tuzilgan shartnoma Ahbosh degan joyda qachon tuzildi....??

A. Hijratning 3 yili zulhijja oyi
B. Hijratning 3 yili sha'bon oyi
C. Hijratning 3 yili Shavvol oyi
D. Hijratdan oldin rajab oyi

🟢39. Badr urushi qachon bo‘lib o‘tgan....??

A. 2 hijriy yil
B. 3 hijriy yil
C. 4 hijriy yil
D. 5 hijriy yil

🟢40. Kimning qulli Vahshiy Uhud urishida Hamza Abdulmuttalib o‘ldirgan ....

A. Abu So‘fiyning
B. Jubayr ibn Mut‘amning
C. Abu Lahabning
D. Ibn Omir ning

🟢41. Rasulloh alayhissalom " Gunoh qilgan inson nima qilsin Alloh uni kechiradi" degan ...?

A. Tavba qilishini
B. 2 raka't namoz o‘qishini
C. Istig‘fori aytishini
D. b va c javoblar to‘gri
🟢42. Qaysi sahoba " Ey Alloh bizga xarm haqida shifo bo‘luvchi bayon ber" deb duo qilib yurardi....??

A) Abu Bakr roziallohu anhu
B) Umar ibn Xattob
C) Usmon ibn Affon
D) Ali ibn Abu Tolib

🟢43. Qasam necha xil bo‘ladi va ular to‘gri keltirilgan qatorni toping
1. Behuda qasam
2. Uzrsiz qasam
3.G‘amus qasam
4. Mun‘aqida qasam
5.Alloh nomi bilan qasam
A) 3 xil; 1,3,4
B) 4 xil; 1,3,4,5
C) 2 xil; 3,4
D) 5 xil; 1,2,3,4,5

🟢44. Idda tutgan ayollarni ifodasi necha oy va undan keyin nigoh qilsa bo‘ladi..?

A) 3 kun
B) 3 oy
C) 40 kun
D) 4 oy 10 kun

🟢45. Rasulloh alayhissalom o‘rta namozlarni muhofaza qilinglar deb qaysi namozni aytgan va bunga sabab qaysi urush edi..?

A) Badr urushi; ars namozi
B) Uhud urishi; peshin namozi
C) Ahzob urishi; ars namozi
D) Barcha javob to‘gri
🟢46.Payg'ambar alayhissalom qaysi sura oyatlarini nozil bolishi bilan 9 kun yashaganlar deya tariflangan?
a.Niso
b.Baqara
c.Oli imron
d.Kavsar,Nos
🟢47.Savdo ishlariga guvoh keltirish haqidagi hukmni ulamolar Nima deyishgan.
a.mustahab
b.kelishmovchilik ehtimoli yuqoriligi uchun savdo ishlariga guvoh keltirish nojoiz
c.halol
d.mundub
🟢48.Agar safarda bo'lsanggiz yozuvchi bo'lmasa Nima qilish kerak-?
a.1 ayol,1 erkak guvohlikka
b.2 erkak guvohlikka
c.garovga narsa qo'yish
d.barchasi to'g'ri
🟢49.Qaysi oyati karima tushganda sahobalar Rasulimiz huzurlariga kelib "Ey Allohning Rasuli bizga toqatimizdan tashqari amallar taklif qilindi" deydilar.
a.Anavilar o'z Robbilariga yolg'on gapirganlar ,zolimlarga Allohning la'nati bo'lsin.
b.Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir
c.Va U har bir narsaga qodirdir.
d.Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas.
🟢50.Paygʻambarning bosh vazifasi nima?
A. Bandalarga Allohning oyatlarini tilovat qilib berish.
B. Allohning yoʻliga boshlash
C. Bandalarga yaxshi yomondan haqida xabar berish.
🟢51. Davatning mashaqqatli yoʻlidagi zodi rohila nima deyiladi?
A.mashaqqat
B.sabr
C. Ikkala javob ham toʻgʻri
🟢52. Ikki tamonning sabrlari kurashida moʻminlarning sabri gʻolib kelishi sharʼiy isteʼlohda nima deyiladi?
A.murbata
B.kurashga bel bogʻlab turish
C.musobara
🟢53.Qurʼon Karimda hajmi jihatidan ikkinchi oʻrinda turuvchi sura qaysi?
A.Oli Imron surasi
B.Mulk surasi
C.Niso surasi
🟢54." Allohga qasamki, shahid bo'lishni va mana shu cho'loq oyog"im bilan jannatni bosishni orzu qilaman." Degan kim edi va qaysi urush uchun ruxsat so'raganlar?
A. Abdulloh ibn Jubayr, Badr
B. Amr ibn Jamuh, Badr
C. Abdulloh ibn Jubayr, Uhud
D. Amr ibn Jamuh , Uhud
🟢55. Uhid jangida "Muhammadni oldirdim" degan mushrik kim edi?
A. Ibn Qumaya
B. Ibn Salul
🟢56. Birinchi marta musulmonlar qaysi urushda o'lja oldilar?
A. Uhud
B. Badr
🟢57. Qaysi urushda o'ljalar ichida Kisro toji va ayvoni ham bo'lib, ularning bahosi yo'q edi. Va qaysi Xalifa "Buni amirlariga olib kelgan qavm omanatli kishilardir" deganlar?
A. Madoin shahri fathidagi urushda, Ali roziyallohu anhu
B. Madoin shahri fathidagi urushda, Umar roziyallohu anhu
C. Qodisiya urushida, Ali roziyallohu anhu
D. Qodisiya urushida, Umar roziyallohu anhu
🕊 Ilm-Ziyo 📚
🕊🌹 🎁Bugun Sovrin loyiha @KitbxonUz da.  1-10 dagi o'rinlarga Shayximizni Ixtiyoriy kitoblari beriladi.📚😇📚😍📚😇 #TAFSIRI_HILOL_1_Juz kitobidan test bo'ladi. Savollar soni: 57 ta Test kodi: ❗️106123❗️ Boshlanish vaqti: ❗️23:00 ❗️05/04/2024 Davomiyligi: ❗️60…
🟢🟢🟢Diqqat azizlar tesda ishtrok etish uchun bugun quydagicha ro'yxatdan o'tib qo'ying javoblarni yuborish avval  @e_test5_bot ga

fio*Ism familiya       

👆👆yozib yubirasiz ro'yxatdan o'tib qo'ying.  Javoblarni  Ertaga
@KitobxonUz ga TEST TUSHGANDAN SO'NG 23:00 da test boshlanadi. 00:00 gacha quydagicha yuborasiz. Masalan:
Bu pastdagi javoblar XATO❗️ NAMUNA XOLOS Tushunish uchun
.

106123*1b2a3c4a5b6c7b8b9a10d11c12d13a14a15c16c17b18b19a20b21b22b23a24c25c26a27b28a29b30c31c32a33b34d35a36b37d38b39b40 ........ .... ....b51d52a53d54c55c56d57b

👆👆👆👆Shunaqa qilib 57 ta javobni
1 ta post qilib yuborasiz,  
kalitlar orasida bo'sh joy bo'lmasin.

@KitobxonUz
❗️❗️Halol ishtrok eting. Zero biz ko'rmasakda sezmasakda kuzatib turgan Oliy Zot bor 😇
Alloh taolo ilmlarizga baraka bersin ilohim🤲
#Eslatma Bizni kitobxonlik davomiy bu kitob tugagandan ertaga yangi kitob sovrunli o'qishga start beriladi. Bizn tark etmang😇 Yaqinlarizni taklif qilinga @KitobxonUz
00:10 da test tugaydi.
2024/10/01 09:17:12
Back to Top
HTML Embed Code: