Telegram Web Link
🕊 Ilm-Ziyo 📚
119896*12345678910111213141516171811920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950
❗️Hamma shunaqa yozib odimi? orasiga javoblarni yozib ketasizlar va botga yuborasizlar
🟢1.Qaysi mazhab(lar)  "Qulning imomligi joizdir" deganlar?
a.Shofeiy,hanafiy
b. Hanafiy,hanbaliy
c. Shofeiy, molikiy
d.to'g'ri javob yo'q
🟢2.Payg'ambarimiz kimning taklifiga ko'ra muazzin tayinlab berar edilar?
a.Abu Bakr Siddiq
b. Bobosi Abdulmuttalib
c.Ummu Varaqa
d.Abdurahmon ibn Xallod

🟢3.Agar mo'minga iqtido qiluvchi bitta erkak kishi bo'lsa,qaysi tomonga turushi mumkin.
a.orqasida
b. o'ng tomonga
c.2 kishi holatda bo'lsa bu iqtido holatda o'qilmaydi
d.Iqtido holatda o'qish uchun gng kam holatda 5 yoki 6 kishi namoz o'qiyotgan bo'lishi kerak.
🟢4. Kitobda habashiston yeridagi qaysi  cherkov nomi tilga olingan?
a.Xusniya
b. Moriya
c. Latina
d.Yuriya
🟢5.Xomiysa_?
a.Jang quroli
b. Qabrdagi surat
c.Choyshabsimon kiyim
d.Maqbarada qurilgan Masjid nomi
🟢6.Paygambarimiz kimni xalil qilib olgan bo'lar edim degandilar?
a.Umar ibn Xattob
b Abdulloh ibn Masud
c. Usmon ibn Affon
d. Abu Bakr Siddiq
🟢7.Paygambarimiz qaysi hayvonni hislatlariga qarab u shaydondir deya tariflaganlar?
a.Qo'y
b.Ilon
c.Tuya
d.Ot
🟢8.Yo'l chetida nega namoz o'qish qattiq nahiy qilingan?
a.Toza bo'lmagani uchun
b.Nahiy qilonmagan o'qish mumkin
c.Nahiy qilingan 8 ta joydan bittasi bo'lgani uchun
d.barchasi to'g'ri
🟢9.Hadisda aytilishicha Juma namozini oʻqish necha kunlik gunohlarga kafforat boʻladi?
A) 10 kun
B) 7 kun Juma kunidan kelasi Juma kunigacha
C) 3 kun
D) 5 kun

🟢10.Juma kunidagi duo qabul boʻladigan vaqt Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhu aytishlariga qaraganda Juma kunining qaysi vaqti hisoblanadi?
A) Xutbadan to Juma farzi oʻqilguncha
B) Bomdodan keyin to quyosh chiqquncha
C) Tahajjud vaqtida
D) Asrdan keyin to quyosh botguncha
🟢11. Imom Jumaning xutbasini o‘qiyotganda namozxonlar faqat qanday gaplarni gapirishlari mumkin?

A) Subhanallohi va bihamdihi
B) Faqat salovot aytishlari mumkin
C) Jumaning xutbasi aytilayotgan paytda gapirish harom
D) Jumaning xutbasi aytilayotgan paytda gapirish mumkin emas, makruh

🟢12. "Kim Juma kuni odamlarning yelkasidan xatlab o‘tsa, ..." . Termiziy rivoyat qilgan.

A) jahannamga ko‘prik olgan bo‘ladi
B) bizdan emas
C) do‘zaxdan joyini tayyorlab olaversin
D) batahqiq halok bo‘libdi

🟢13. Albatta Jumada bir soat borligi va kimki o‘sha soatda Allohdan biror narsa so‘rasa, Alloh taolo uni albatta ijobat qilishi aytiladi. Bu soatdan murod nima?

A) Bu soat 60 daqiqa vaqtni o‘z ichiga olgan tabiiy soatdir
B) Bu soatdan murod ozroq vaqtdir
C)Tahajjud vaqtidir
D) Jumaning bomdod vaqtidadir
🟢14.Avs ibn Avs as Saqafiy roziyallohu anhu Dan rivoyat qilinadi Nabiy sollallohu alayhi vassallam Kim Juma Kuni yuvsa va g'usl qilsa So'ngra erta borsa ulov minmay piyoda yursa imomga yaqinroq o'tirsa va tinglasa behuda harakat qilmasa uning har bir qadamiga bir yilning amali berilur uning ..... va ..... ajri berilur. Sunan egalari rivoyat  qilganlar.
A) Ro'zasi va Bedorligining
B) namozi va Bedorligining
C) Qadami va Namozining
D)  Ixlosi va Namozining .
🟢15.Hudaybiyaga to'g'ri berilgan tarifni toping.
A)makkayu Mukarramaga Jidda tomondan kiraverishdagi bir quduq.
B)makkayu Mukarramaga Madina tomondan kiraverishdagi bir tepalik
C)makkayu Mukarramaga Jidda tomondan kiraverishdagi bir tepalik.
D)makkayu Mukarramaga Madina tomondan kiraverishdagi bir quduq
🟢16. Himmatli ayol Oishaning quli Maymun Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga nima yasab bergan edi ?
a) suyanishlari uchun aso
b) oʻtirishlari uchun stol
c) uch pogʻonali minbar
d) chiroyli kumush uzuk
🟢17. Masjidlarni keragidan ortiq baland qilish qanday amal hisoblanar ekan ?
a)makruh
b) muboh
c)mustahab
d) mustakrah
🟢18. Oisha onamizdan rivoyat qilinadi: Ummu Salama onamiz Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga Habashistonda Moriya deb ataladigan cherkovni va uning ichida suratlar koʻrganini zikr qildilar. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam esa : ana oʻshalar bir solih kishilari vafot etsa uning qabri ustiga masjid qurar va uning ichini surat bilan toʻldirar edilar. Ana oʻshalar Allohning huzurida ... ... ...dedilar ?
a) doʻzaxga oʻtin boʻluvchilar
b) xaloyiqning eng yomonlari
c) Alloh nazar qilmaydiganlari
d) Alloh kechirmaydiganlari
🟢19.Imom tanlash vaqtida avvalo nimaga qaraladi?
A) Sunnatni yaxshi bilishiga
B) Qur'onni bilish, qiroat qilish sifatiga
C) Hijratni ertaroq qilganlariga qarab
🟢20.Iqomatni eshitsangiz, o'zingizga ......... va .......... ni lozim tutgan holingizda namozga boring.
A) Shoshilish va viqorni
B) Shoshilish va ohistalikni
C) Ohistalik va viqorni
🟢21.Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"Kim nido qiluvchi, ya'ni muazzinni eshitsa-yu, unga ergashishga uzr mone'lik qilmasdan(namozga kelmasa) o'qigan namozi qabul bo'lmaydi", dedilar".
"Uzr nimadir?" deyilganda, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nima deb javob berdilar?
A) Xavf va Bemorlik
B) Xavf va Ko'zi ojizlik
C) Bemorlik va Ko'zi ojizlik
🟢22. Vobisa ibn Ma'dning kunyalari to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.
A) al-Basriy
B) Abu Ja'd
C) Abu Solim
D) Abu Ahmad

🟢23. Nabiy (s.a.v.) bilan birga bir rakat namozni topib qolay, safga turgunimcha u zot ruku'dan boshlarini  ko'tarib qolishlari mumkin, deb, savobga xirs qo'ygan holda safga turmasdanoq namozni niyat qilgan sahoba kim edi?
A) Abdulloh (r.a)
B) Abu Bakra (r.a)
C) Mu'oz ibn Jabal (r.a)
D) Abu Mas'ud (r.a)

🟢24. Payg'ambarimiz (s.a.v.) sahobalaridan kimni "halol va haromni eng yaxshi biladiganingizdir.." deb aytganlar?
A) Jobir (r.a)
B) Yaziyd ibn Asvad (r.a)
C) Anas (r.a)
D) Mu'oz ibn Jabal (r.a)
🟢25.Sulaymon alayhissalom Baytul Maqdisni bino qilib bo‘lganidan so‘ng Allohdan nimani so‘rab duo qiladilar?
a)Allohning hukmiga to‘g‘ri keladigan hukm berishini
b)O‘zidan keyin birovga berilmaydigan mulkni
c) Baytul Maqdisga faqat namoz o‘qish niyatida kelgan kishini xuddi onasidan yangi tug‘ilgan kunidagidek begunoh holga keltirishni
d) barcha javob to‘g‘ri
🟢26."Masjidul Harom"dagi bir namoz boshqa masjidlardagi nechta namozga teng?
a) mingta
b) yuz mingta
c)besh yuz
d)yetmish
🟢27. Yer yuzida eng avval qurilgan masjid
a) Masjidul Harom
b) Masjidul Nabaviy
c) Masjidul Aqso
d) Masjidul Qubo
🟢28. Qaysi sahobiy uylanmasidan oldin masjidlarda tunab yurar edi..?

A. Abdulloh ibn Abbos
B. Abdulloh ibn Umar
C. Abdulloh ibn Mas'ud
D. Abdulloh ibn Sobit

🟢29. "Hajjadul Vado‘" kuni Rasulloh sollollohu alayhi vasallam bilan otalari haj qilganda 7 yoshda bo‘lgan sahobiy kim edi..?

A. Abu Usayd
B. Abu Yazid
C. Abu Sa'id
D. Abu Abdulloh

🟢30. Rasulloh sollollohu alayhi vasallam nima ish qilib masjidga kelgan insonni Baqi‘ qabristoniga yuborardi..?

A. Gunoh ish qilgani
B. Sarimsoqpiyoz, piyoz
C. Jamoat namoziga hech qolgani
D. Barcha javob to‘gri
🟢31. Ulamolar xavf namozi birinchi marta qaysi g‘azotda o‘qilgan deydilar?
A Xandaq
B Fatafon
C Zotur Riqo'
D Badr
🟢32. ,, Yosh ayollar fitna bo‘lishi xavfi mavjudligi sababli masjidga borishlari  ..." deganlar.
Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring
A makruh
B muboh
C joiz emas
D harom
🟢33. Qaysi masjidda o‘qilgan namoz xuddi umra kabidir deyilgan?
A Masjidul Harom
B Masjidul Aqso
C Masjidul Nabaviy
D Qubo
🟢34. Qaysi mazhabda namoz o‘qish makruh paytlarida ham tahiyyati masjid o‘qilmaydi?
a)Xanafiy
b) Molikiy
c)Shofe'iy
d)Xanbaliy
🟢35.Masjidga tuflash gunohdir, uning kafforati ...
a) yuvish bilan
b) ko‘mish bilan
c)qo‘l bilan ishqalab tashlash
d) a va b javob to‘g‘ri
🟢36.Qaysi sahoba masjidga o‘ng oyog‘i bilan kirib, chap oyog‘i bilan chiqar edi?
a)Ibn Umar
b) Ibn Abbos
c)Muoz ibn Jabal
d)Anas ibn Molik
🟢37. Xadisni davom etiring
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: Sizlarning jannatga menga eng yaqin bo‘ladiganlaringiz -.... dir. Bas yorug‘ kecha va nurli kunda menga salovvat aytishni ko‘paytiringlar dedilar
A) siylayi raxim qilganlaringiz
B) yetimni boshini silaganlaringiz
C) axloqingiz eng go‘zallaringiz
D) salovatni ko‘p aytkanlaringiz

🟢38.Hanafiy mas‘habi o‘lchoviga ko‘ra qancha masofadan keyin namozlarini qasr qisqartirib o‘qiydi?
A)82 km
B)96 km
C)86 km
D)92 km
🟢39. Hadisda aytilishicha, Masjidul Harom va Masjidul Aqsoning oralarida qancha vaqt bor?
a) 400 yil
b) 1000 yil
c) 40 yil
d) 50 yil
🟢40. Qaysi masjid "Uzoqdagi sajdagoh" degan ma'noni anglatadi?
a) Masjidul Harom
b) Qubo masjidi
c) Masjidun Nabaviy
d) Masjidul Aqso
🟢41. Faqat uch masjidgagina ko'ch bog'lab borsa bo'ladi. Ular qaysilar?
a) Masjidul Harom
b) Masjidun Nabaviy
c) Masjidul Aqso
d) hamma javob to'g'ri
🟢42. Qaysi masjidda o'qilgan namoz, boshqa masjidlardagi mingta namozdan afzal?
a) Masjidul Aqso
b) Masjidul Harom
c) Masjidun Nabaviy
d) to'g'ri javob yo'q
🟢43.Hadisi qudsiyda keltirilishicha Alloh taolo mening ziyoratchilarim deb kimlarni nazarda tutgan?
a)qalbi masjidga bog'liq kishilar
b)masjidlarga xayriya qiluvchilar
c)masjidlarga piyoda boruvchlar
d)masjidlarni obod qiluvchilar
🟢44."Nabiy sollolohu alayhi vasallam :
"Allohga eng mahbub yurtlar ...dir,Allohning eng ko'p g'azabiga uchragan yurtlar ...dir" dedilar"
Imom Muslim rivoyat qilgan
a) bozorlar ,masjidlar
b) masjidlar, bozorlar
c)yetim boqilgan uylar,yetim xo'rlangan uylar
d)halol rizq olib kirilgan uylar,harom bilan qurilgan uylar
2024/10/07 14:24:15
Back to Top
HTML Embed Code: