Telegram Web Link
Қайси жамиятда гўзал ўрнак бўладиган шахслар кўп бўлса, ўша ерда яхшилик кўпаяверади

📚
@kitobxonuz
Ўзбек дўпписида ўтирган болакай, ҳозирги кунда европанинг энг кўзга кўринган сиёсатчиларидан бири ҳисобланади. Керак бўлса бутун дунё элитаси уни жуда яхши билади. Бу болакайнинг отаси эса, диний таълимни 80-йилларда Бухоро Мир Араб мадрасасида ва Имом ал-Бухорий номидаги Тошкент ислом институтида олган, устози Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф бўлган. Демак, машхур ўзбек дўпписида суратга тушган ва сиз таниган ўша болакай ким бўлиши мумкин?

📚
@kitobxonuz
​​​​​​📌Мусулмон эркаклар! Аёлингиз сизга Аллоҳнинг энг катта неъмати ва ёрдамчиси эканини унутманг. Чунки, Пайғамбаримиз саллоллоҳу алайҳи васаллам : “Аллоҳ кимга бир солиҳа аёл насиб қилган бўлса, динининг ярмини ўрнига келтириш учун унга ёрдам қилибди. Қолган ярми учун Аллоҳга тақво қилсин-Аллоҳдан қўрқсин” дедилар.
(🦋Жомеъус-Сағийр)

Мусулмон эркаклар! ТВларда, сериалларда, интернетда, кўчаларда номаҳрамларга кўзингизни тикиб, уйдаги аёлингизга ҳурматсизлик қилманг. Болаларингизга оналик қилган, номусингизни қўриган, йилларча қаҳру ғазабингизга дучор бўлган аёлингиз уйда туриб, ҳаромга кўз тикишингиз буюк бир хоинликдан бошқа нарса эмас.
Билингки, Аллоҳ ҳеч бир хоиннинг қилмишини шундоқ ташлаб қўймайди. Унутманг, Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам :“Эркаклар! Сиз иффатли бўлингки, аёлларингиз ҳам иффатли бўлсинлар!” дедилар.
(🦋Табароний ривояти)

Мусулмон эркаклар! Аёлингизга вақт ажратишдан, у билан суҳбатлашишдан, унинг дардини тинглашдан бош тортманг. Моддий ва маънавий эҳтиёжларига беписанд қараманг. Унга бепарво бўлманг.
Чунки Пайғамбаримиз саллаллоху алайхи васаллам: “Кишининг ўз қўл остидагиларни (оиласини, хотинини) менсимаслиги унинг учун гуноҳ ўлароқ етарлидир” дедилар.
(🦋Абу Довуд ривояти)

Мусулмон эркаклар! Жуфтингизни бошқа аёллар билан солиштирманг, уни тез-тез алиштирманг. Фақат айб излайдиган, майда-чуйда нарсаларда ҳам тортишадиган, уни қийнайдиган ёмон ахлоқли кишилардан бўлманг.
Шайтоннинг васвасаларига учиб, ўзингизни жуфтингизга қарши қўйманг. Унутманг, Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам :“Бир киши жуфтига адоват сақламасин. Унинг бир феълини ёқтирмаса, бошқа бир феълини ёқтиради” дедилар.
(🦋Муслим ривояти)

Иш жойида, кўча-кўйда, одамлар орасида таниш-нотаниш аёлларга кўрсатадиган илтифот, ҳурмат ва эҳтиромни жуфтингиздан ҳам дариғ тутманг. Агар бир илтифот кўрсатилиши лозим бўлса, бунга энг аввал жуфтингиз ҳақли эканини унутманг. Чунки Пайғамбаримиз соллаллоҳуалайҳи васаллам : “Сизларнинг энг яхшиларингиз аҳли оиласига яхши муомала қиладиганларингиздир” дедилар.
(🦋Термизий ривояти)

Аҳли оиласига яхши муомала қилишнинг, уларга севгисини кўрсатишнинг ва хатто муҳаббат билан қарашнинг ҳам бир солиҳ амал каби савобга эриштиришини ва гуноҳларингизга каффорот бўлишини унутманг.
Чунки Пайғамбаримиз соллаллоҳуалайҳи васаллам : “Бир эркак хотинига, аёл ҳам эрига муҳаббат билан қарасалар, Аллоҳ таоло ҳам уларга марҳамат қилади. Эркак аёлининг қўлларини кафтлари орасига олса, ҳар иккиларининг гуноҳлари бармоқлари орасидан тўкилади” дедилар.
(🦋Жомеъус-Сағир)

P/S: Фақат аёлларга хитоб қилинадиган бўлиб қолган бугунги кунимизда эркакларга хам бир мурожаат қилинсин дедик.

Зеро, бахтли оила фақат бир томоннинг эмас, ҳар икки томоннинг саъй-ҳаракатлари натижасидир.

📚
@kitobxonuz
Али розияллоҳу анҳу айтдилар:
“1. Илм – меросларнинг яхшиси.
2. Одоб – касбларнинг яхшиси.
3. Тақво – тўпланадиган нарсаларнинг яхшиси.
4. Ибодат – буюмларнинг яхшиси.
5. Солиҳ амал – йўлбошчиларнинг яхшиси.
6. Яхши хулк – яқинларинг яхшиси.
7. Ҳалимлик – вазирларнинг яхшиси.
8. Қаноат – бойликларнинг яхшиси.
9. Тавфиқ – ёрдамларнинг яхшиси.
10. Ўлим – одоб берувчиларнинг яхшиси”.

📚
@kitobxonuz
🟢1. Jannatda barcha payg'ambarlarga ham hovuz beriladimi yoki bu hovuz faqat Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga beriladigan fazilatlardanmi?

A) Hovuz faqatgina Muhammad sollallohu alayhi vasallamga beriladi bu alohida fazldir
B) Barcha payg'ambarlarlarning o'z hovuzlari bo'ladi
C) Ba‘zi payg‘ambarlarning hovuzi bo‘ladi xolos
D) Bu haqda aniq ma'lumot yo'q

🟢2. "Taqvo arab tilida sertikan maydondan boldirlarini ochib, o‘ziga tikan tekkizmay o‘tib ketishni anglatadi". Ushbu so‘zlar kimga tegishli?

A) Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga
B) Abu Bakr roziyallohu anhuga
C) Umar roziyallohu anhuga
D) Ali roziyallohu anhuga

🟢3. Murjialar kimlar?

A) Tavhid kalimasini til bilan aytib, dil bilan tasdiqlasa bo‘ldi, amalning keragi yo'q, deganlar
B) Ular gunohkor moʻmin do‘zaxda abadiy qoladi, gunohi kabira qilgan kishi kofirdir deydilar
C) Ular inson hamma ishlarini majbur holda qiladi, uning ixtiyori yo'q, deganlar
D) shialar va ularga tobe‘lardan
🟢4. Umar ibn Xattob r.a. xalifaligi davrida Imron ibn Xusoyn r.a. qayerga din ilmlarini o'rgatish uchun yuborilgan?
A) Kufa
B) Basra
C) Bog'dod
D) Misr
🟢5. Zoxirida musulmon bo'lib ko'ringan odam qilgan gunoh ishi tufayli qanday insonga aylanadi?
A) Kofir
B) munofiq
C) osiy mo'min
D) fosiq
🟢6. Qaysi mazxab "La ilaha illalloh" ni aytsa bo'ldi, boshqa amal qilmasa ham bo'laveradi" deb aytganlar?
A) Murji'a
B) Xavorij
C) Shia
D) Xashshoshiy
🟢7.O'limga iymon keltirish qanday amal?
A) farz
B) vojib
C) sunnat
D) mustahab
🟢8. Ibn Amr ibn Os r.a.dan qilingan rivoyatda: " Alloh xaloyiqning taqdirini osmonlaru yerni xalq qilishidan ....... yil oldin yozdi" , deydilar.
A) 30 ming
B) 40 ming
C) 50 ming
D) 20 ming
🟢9.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.Nabiy sollallohu alayhi vassallam:Sizlarni nimadan qaytargan bo'lsam undan chetda bo'linglar.Sizlarga nimani amr qilgan bo'lsam undan qudratingiz yetganini qiling.Albatta sizlardan oldingilarni .......va Payg'ambarlariga xilof qilishlari halok qilgandir dedilar.
A) Bidatlar
B) Savollarning ko'pligi
C)Tilning ofatlari
D)Sunnatlariga ergashmaslik
🟢10.Abu Said roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vassallam; Albatta o'zingizdan oldingilarning sunnatlariga qarichma qarich arshinma arshin ergashasizlar.Xatto ular zobbning uyasiga kirsalar ularga ergashib siz ham kirasizlar dedilar.
Xadisdagi zobbning uyasiga kirsa ularga ergashib sizlar ham kirasizlar deyilishi nima manoni anglatadi.
A)Agar ular odamga mos bo'lmagan ishni qilsalar sizlar ham qilasizlar
B) Ularning sunnatlariga ergashib dindan chiqib ketasizlar
C) Men aytganimni emas ularning sunnatlariga burilib ketasizlar
D) Harom halolni farqlamay g'uluga ketasizlar
🟢11.Uch hijrat sohibi bo'lgan Abu Muso al-Ashariy roziyallohu anhu qayerdan qayerlarga hijrat qilganlar.
A) Birinchi marta Yamandan Makkaga  ikkinchi marta Makkadan Xabashistonga uchinchi marta Madinadan Xabashistonga
B )Birinchi marta Yamandan Madinaga , ikkinchi marta Madinadan Xabashistonga uchinchi marta Makkadan Madinaga
C) Birinchi marta Xabashistondan Makkaga ikkinchi marta Makkadan Madinaga uchinchi marta Madinadan Yamanga
D) Birinchi marta Makkadan Madinaga ikkinchi marta Madinadan Xabashistonga uchinchi marta Xabashistondan Yamanga
🟢12. Allohning ibodati qolib, boshqaning ibodatini, Allohning aytgani qolib boshqaning aytganini qilish qanday amal boʻladi?
A. Makruh amal
B. Muboh amal
C. Allohga shirk keltirish
D. Boʻhton qilish

🟢13. Abu Hurayra roziyallohu anhudan soʻng hadis rivoyat qilishda kim turadi?
A. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu
B. Oisha binti Abu Bakr Siddiq roziyallohu anho
C. Muʼoz ibn Jabal roziyallohu anhu
D. Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu

🟢14. "Barchangiz Allohning arqonini mahkam tuting" oyatidan "Allohning arqoni" deganda nima tushuniladi?

A. Qurʼoni Karim va shariyat
B. Barcha dinlar va huquqlar
C. Alloh yuborgan paygʻambarlar
D. Hamma javoblar toʻgʻri

🟢15. "Buos" qanday kun boʻlgan?
A. Musulmonlar mushriklar ustidan toʻliq gʻalaba qozongan kun
B. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilgan kunlari
C. Yaxudiylar va Avs qabilasi urushib, Avs gʻolib chiqqan kun
D. Avs va Hazraj qabilalari qattiq urushib, Avs gʼolib chiqqan kun.
🟢16.Umar ibn Xattob roziyallohu anhu qilichini yalang‘ochlab yo‘lga otlanganlarida kimni uchratib qoladi?
A Xabbob ibn Art roziyallohu anhu
B Ammor ibn al-Qa'qo'
C Na'im ibn Abdulloh roziyallohu anhu
D Tolha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhu
🟢17. ,,Hadis va hayot" silsilasining 2-juzi qaysi kitobning sharhi hisoblanadi?
A al-Jome' as-Sahih
B Hulyatul avliyo
C Risolai Qushayriya
D  ,,at-Toj al-Jome' lil-usul fii ahadiysur - Rosul"
🟢18.  Agar dunyo ishlaridan biror narsa og‘ir kelib qolsa Ibn Umar qanday yo‘l tutar edilar?
A Zikr qilar edilar
B Namoz o‘qir edilar
C Qur'on o‘qir edilar
D Aniq qaysi ibodat qilishi aytilmagan, Allohga yaqin bo‘lar edilar deyilgan.
🟢19. Payg‘ambarimiz s.a.v. ayollarning do‘zaxda ko‘p bo‘lishi haqida xabar berish bilan birga,  bu musibatdan qanday qutulish yo‘llarini bayon qiladilar?

a)Sadaqa berish
b)Ko‘proq istig‘for aytish
c)A va B javob to‘g‘ri
d)qarg‘ishdan chetlanish, erining roziligini olishga urinish
🟢20. Ayol kishining miyasi erkak kishining miyasiga qaraganda qancha kichik?

a)18%
b)16%
c)28%
d)22%
🟢21. Rasululloh s.a.v. qaysi sahobaning a'zolari qiyomat kunining tarozisida Uxud tog‘idan ham og‘irroqdir deb marhamat qilganlar?

a) Abdulloh ibn Umar
b) Abdulloh ibn Ma'sud
c) Abdulloh ibn Abbos
d) Anas ibn Molik
🟢22. "Bugungi kunda sizga diningizni mukammal qilib berdim. Sizga ne'matimni batamom qildim. Va siz uchun Islomni din deb rozi bo‘ldim"
Ushbu oyati karima qaysi payt tushgan?

a) Xudaybiya sulhida
b) Makka fathida
c) Me'roj voqeasidan so‘ng
d) Vidolashuv hajida
🟢23. Abdulloh ibn Ma'sud to‘plagan hadislardan nechtasini "Saxix" sohiblari  o‘z kitoblariga kiritishgan?

a)3
b)5
c)7
d)9


To‘g‘ri javoblar
1. C
2.B
3. B
4.D
5. A
🟢24. Bizda o‘zbek tilida "haqqa moyil bo‘ldi" deb tarjima qilinadigan so‘z arablarda nima deyiladi..?

a) sanad
b) haniyfan
c) hanafa

🟢25. Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Shomga vabo tarqalganini ko‘rib ortiga qaytmoqchi bo‘lganida kim Allohning qazo va qadaridan qochmoqchimisiz deydi...?

a) Talha ibn Ubaydulloh
b) Abu Ubayda
c) Ibn Amr Oss

🟢26. Odam ato bilan Muso alayhissalom nima xususida tortishib qoladi...??

a) almis‘hoqda berilgan va'da uchun
b) qazo va qadar uchun
c) jannatdan chiqarilgani

🟢27. Allohning amri bilan necha kalima yoziladi va bular qaysi..?
1. Qazo
2. Ajal
3. Qadar
4. Risq
5. Amal
6. Baxt va nekbaxt

a) 4: 2,3,4,5
b) 4: 4, 2, 5, 6
c) 4: 1, 3,5,6
🟢28. Anas ibn Molik roziyallohu anhuning kunyalari nima edi ?
a) Abu Sulaymon
b) Abu Hamza
c) Abu Muhammad
d)Abu Yusuf
🟢29. Lugʻatda "shirinlik maʼnosini anglatuvchi soʻz qaysi ?
a) taqvo
b) varaʼ
c)halovat
d) ixlos
🟢30. Ali roziyallohu anhu nima uchun "Karrammallohu vajhahu " sifati bilan sifatlanadilar ?
a) Biror marta butlarga sigʻinmaganlari,johillik iflosliklari bilan xulqlanmaganlari uchun
b) Xaybar fotihi boʻlganliklari uchun
c) chunki u kishi Rosulullohning amakivachchasi, kuyovlari va nabiralarining otasidirlar
d) Alloh va uning Rasuli yaxshi koʻrgani uchun
🟢31. Qadariya bu ummatning ..... dir
a)yahudiylar
b)nasroniylar
c)majusiylar
d)barchasi

🟢32. Bay'at so'zi lug'atda nimani anglatadi
a)ortga suruvchi
b)umid qildiruvchi
c)oldi-sotdi
d)to'g'ri javob yo'q

🟢33. Nabiy alayhissalom necha nafar sahobiy bilan umra qilgani Makka tomon yurganlar
a)1200
b)700
c)1400
d)1000
2024/09/30 10:35:40
Back to Top
HTML Embed Code: