Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟢1. ".....maxsus moldan maxsus juzni maxsus shaxsga Allohning roziligi uchun shariatda tayin qilinganidek mulk qilib berishdir" bu tarif nimaga aytilgan...?

A. Namozga
B. Zakotga
C. Ibodatga
D. Barchasi to‘g‘ri

🟢2. "Alloh taolo o‘z bandasiga jon ne'matini va mol ne'matini bergandir. Banda ibodatlari jon ne‘matining shukridir. Moliyaviy ibodatlar mol ne‘matoning shukridir" quyidagi so‘zlar muallifi kim...?

A. Imom Buxoriy
B. Imom Muslim
C. Imom Gazzoliy
D. Imom Ahmad Hanbaliy

🟢3. Qur'onni Karimda zakot so‘zi namoz bilan birgalikda nechta joyda kelgan....?

A. 30 dan ortiq
B. 30 ta
C. 25 ta
D. 27 ta
🟢4.Tuyalar soni 61tadan 75 tagacha bo‘lgandan ulardan qanday zakot olinadi?
A)Bitta Jaza'a (4 yoshdan oshgan urg‘ochi tuya
B) Bitta Hiqqa (3yoshdan oshgan urg‘ochi tuya
C) Ikkita Binti Labun
D) Bitta Jaza'a (3 yoshdan oshgan urg‘ochi tuya)

🟢5.Zakot beruvchida bo‘lishi lozim shartlar nechta?
A) 3ta
B) 4ta
C) 6ta
D) 2ta

🟢6.Qaysi mazhabda agar hayvonlar faqat qo‘zi, uloq, buzoq yoki bo‘taloqdan iborat bo‘lsa, zakot olinmaydi?
A) Shofe'iy
B) Molikiy
C) Hanafiy
D) Ularning nisobi chiqarilib, zakot beriladi
🟢7."Har bir yaylovda o‘tlaydigan tuyaning qirqtasidan ......
a)bitta Binti Labun
b) bitta Binti Maxoz
c) bitta Xiqqa
d)bitta Jaza'a
🟢8.Qaysi mazhab ulamolari "Yosh bola va majnunning ziroati va mevalaridan zakot beriladi, boshqa mollaridan berilmaydi" deganlar?
a)Molikiy
b) Shofe'iy
c)Xanafiy
d) Xanbaliy

🟢9.Zakot farz bo‘lishi uchun molda bo‘lishi lozim bo‘lgan shartlar nechta?
a)6
b)4
c)7
d)5
🟢10.Bir hadisda keltirilishicha qaysi bir tilla yoki kumush sohibi haqqini ado etmas ekan qiyomat kuni ular uchun nimalar tayyorlanishi aytilgan?

a) ikki tishli kaltakesak
b) ko'zoynakli ilon
c) olovdan bo'lgan taxtachalar
d) bo'gma ilon
🟢11.Zakotning farzligini inkor qilgan kishi ?

a)fosiq
b)murtad
c)kofir
d)osiy
🟢12.Zakot berilmaganligi uchun ko'plab musulmonlarning qoni to'kilgan urush islom tarixida qanday nom bilan atalgan?

a) Holqul Qur'on
b) Ridda
c) Siffin
d) Huyan
🟢13. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Yamanga kimni yuborganlar?

A. Muoz ibn Jabal
B. Mus'ab ibn Umayr
C. Abdulloh ibn Ummu Maktum

🟢14. Banda uchun jannat eshiklari ochilishiga mo'nelik qiluvchi katta gunohlar nechta?

A. 5 ta
B. 6 ta
C. 7 ta
🟢15. Zakot qachon farz qilingan?

A) Birinchi hijriy sanada
B) Ikkinchi hijriy sanada
C) Beshinchi hijriy sanada
D) Oltinchi hijriy sanada

🟢16. Qaysi xalifa davrida keng hududli Islom davlatida zakot to‘planib, zakot oladigan odam tppilmay qolgan?

A) Umar ibn Xattob roziyallohu anhu davrlarida
B) Umar ibn Abdulaziz davrlarida
C) Usmon ibn Affon roziyallohu anhu davrlarida
D) Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu davrlarida

🟢17. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qachon molingning zakotini ado qilsang, batahqiq, ........ .... ...." dedilar.

A) Omonda bo‘libsan
B) Molingni poklabsan
C) Zimmangdagi burchni bajaribsan
D) Farzni ado qilibsan
🟢18.40 ta molning zakoti nima boʻladi?

A) bir yoshli erkak buzoq
B) bir yoshli urgʻochi buzoq
C) Ikki yoshli urgʻochi buzoq
D) Ikki yoshli erkak buzoq
🟢19.Hadisda zakotga tuyaning necha yoshlisi olinishi aytilgan?

A) bir, ikki, uch yoshlisi
B) bir, ikki, uch, toʻrt yoshlisi
C) bir va ikki yoshlisi
D) olti oylik yoki bir yoshlisi
🟢20.Qaysi mazhablarda "Zakot molga farz boʻladi", deyilgan?

A) Shofeʼiy va Molikiy mazhablarida
B) Hanafiy, Molikiy va Hanbaliy mazhablarida
C) Hanafiy va Shofeʼiy mazhablarida
D) Hanafiy, Molikiy va Shofeʼiy mazhablarida
🟢21.Nasl uchun va qiymati oʻsishi uchun yaylovda boqilayotgan otlardan zakot olinadimi-yoʻqmi?
Toʻgʻri izohni toping.

A) Fuqaholar jumhuri "Bu kabi otlardan zakot olinmaydi" deganlar.
B) Abu Hanifa rahmatullohi alayhi "Bunday otlardan zakot olinmaydi" deganlar.
C) Hanafiy va Shofeʼiy mazhablarida olinadi deyilgan.
D) Har bir otdan bir dinor zakot beriladi.
🟢22. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam al Firosiyga "Agar soʻrashga juda muxtoj boʻlsang....lardan soʻra " deb marhamat etganlar. Nuqtalar oʻrnini toʻldiring..
a) solihlar
b)taqvodorlar
c)zohidlar
d) saxovatlilar
🟢23. Biror kishi "men oʻlganimdan soʻng qulim ozod boʻlsin " deb qoʻysa , bu qul arab tilida nima deyiladi ?
a)muallaq
b)mufazzal
c)mudabbar
d)mutasobbir
🟢24. Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan qarindoshlarga sadaqa qilish haqida soʻraldi. U zot sollallohu alayhi vasallam u ishga nechta ajr bor dedilar ?
a)1
b)2
c)3
d)4
🟢25.Nabiy sollallohu alayhi vasallam Fur tomondagi Kabaliyya degan joyning madan konlarini qaysi sahobaga bergan?
a)Bilol ibn Rahova
b) Bilol ibn Xoris
c)Anas ibn
d) Abu Sa'iyd
🟢26.Qaysi mazhabning ba'zilari shayx Aliysh tilidan "Qog‘oz puldan zakot chiqarilmaydi" degan bo‘lsalar, ba'zilari "Zakot chiqariladi"dedilar?
A)Molikiy mazxabi
B) Shofeiy mazxabi
C) Hanbaliy mazxabi
D) Xanbaliy mazxabi
🟢27.Arab tilida kumush tanga pul nima deb ataladi?
A)Varaq
B)Riqqa
C)Dirham
D)A va B javob to‘g‘ri
🟢28 .Noto'g'ri keltirilgan qatorni toping?
A)Tarkidunyo qilib ,ibodatga berilgan odamga zakotdan ulush beriladi
B)Ilmga ajrab chiqqan odamga zakot molidan olish joiz
C)Uylanishga muxtoj kishiga zakotdan bersa bo'ladi
D)Qullar ikki xil bo'ladi




🟢29. Hanafiy mashabida Zakot olishga haqdor bo'lgan miskin va faqirga zakotdan qancha miqdor beriladi?
A)Umr bo'yiga yetgulik beriladi
B)Bir nisob ikki yuz dirham beriladi
C)Bir yilga yetadigan mol beriladi
D)Bir nisob ikki yuz dirham va yigirma dinor




🟢30.Aytilishicha yaxshi ish uch narsa bilan ,1uni kichik sanash,2 tezlatish,3....... tugal bo'ladi?
A)Sir tutish
B)Ko'p berish
C)Ko'p berish va maxfiy sanash
D) Isrof qilmaslik
🟢31.Kumush pulning olchovi qanday nomlanadi
a) Vasaq
b) Zavd
c) Uvqiya
🟢32.“Ey iymon kelitirganlar, kasb qilgan pok narsalaringizdan va sizga yerdan chiqarib bergan narsalarimizdan infoq qilinglar “
Ushbu oyat qaysi surada kelgan
a) An’om
b) Baqara
c) Nur
d) Tavba
🟢33.“Bir necha kishi sherik bo’lib , shirkat tuzsa va jamlagan mol nisobga yetsa-yu , ammo xar bir a’zoning ulush moli nisobga yetmasa , zakot farz bo’lmaydi “ deb qaysi mazhab aytgan
a) Hanbaliy
b) Molikiy
c) Shofeiy
d) Hanafiy
2024/10/01 09:19:47
Back to Top
HTML Embed Code: