Telegram Web Link
Sunʼiy idrok asri

🎬 Sunʼiy idrok ish faoliyatimiz va shaxsiy hayotimizni qay darajada oʻzgartirib yuborayotgani hamda ushbu sohada AQSh va Xitoy oʻrtasida kuchayib borayotgan raqobat haqida bilishni istaysizmi?

Quyidagi 📎 hujjatli filmda siz sunʼiy idrok haqida bilmaganlaringizni bilib olishingiz mumkin (video ingliz tilida). Doʻstlaringizga ulashish yodingizdan chiqmasin!

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
Kechadan oldingi kun Anvarning tugʻilgan kuni edi. Indinga seshanba boʻladi.

🤔 Savol: Anvarning tugʻilgan kuni haftaning qaysi kuniga toʻgʻri keladi?

→ Shanba
→ Payshanba
→ Juma

Javoblaringizni izohlarda qoldiring! Doʻstlaringizdan ham soʻrab koʻring-chi, bilisharmikan? 😉

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_sinov
#boykot – alohida shaxs, tashkilot yoki davlatni nazar-eʼtibordan chetda qoldirish, yakkalab qoʻyish maqsadida u bilan munosabatlarni toʻliq yoki qisman toʻxtatishdan iborat ommaviy, siyosiy va iqtisodiy kurash shakli.

🔺Boykot soʻzi XIX asrda yashagan britan kapitani “Charles Boycott” familiyasidan kelib chiqqan. “Boycott” qoʻli ostida ishlaydigan fermerlar eʼtiroz sifatida uning yerlarida dehqonchilik qilishdan bosh tortishgan edi.

Taʼlimga va bilim olishga qarshi qilingan boykotlar haqida ham eshitganmisiz? 😉

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_soʻz
Sevimli musiqam

🎼 Yangi haydovchilar yoʻl qoidasini koʻpincha sevimli musiqalarini tinglayotganlarida buzishadi.

Tajriba davomida 85 ta yangi haydovchilar 3 xil tarzda sinaldi:
1. O‘zlarining sevimi musiqalarini tinglayotganda;
2. Tadqiqotchilar tomonidan qo‘yilgan musiqalarni tinglayotganda;
3. Musiqasiz.

🚗 Yoʻlda eng koʻp qoidabuzarlik tanish musiqani eshitib ketgan haydovchilarda, eng kami esa tadqiqotchilar tomonidan tuzilgan roʻyxatni tinglagan haydovchilarda kuzatildi. Oʻrta darajaga esa hech qanday musiqa eshitmaganlar kiritildi.

Sizda ham shunday holat yuz berganmi? Barchani yoʻl-harakati qoidalariga amal qilishga chaqirib qolamiz, oʻz hayotingiz xavfsizligiga beeʼtibor boʻlmang. 😊

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
🧩 Olam bir hafta ichida

– Arktikada yuz berayotgan oʻzgarishlar;
– 5G tarmogʻiga qarshiliklar koʻpayib bormoqda;
– Saraton hujayralarini davolashning yangi usuli;
– Keksa odamlarda COVID-19 kasalligining xavfi yuqori;
– Fazoga turistik sayohat uyushtiriladi;
– Yangi sayyora kashf etildi.

Shu kabi qiziqarli yangilikar haqida bilishni xohlaysizmi? Unda biz bilan hafta yangiliklari olamiga sayohat qilishingiz mumkin! 😊

🔮 Ushbu maqolani doʻstlaringiz bilan ulashing va fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

#kau_dayjest | Khan Academy Oʻzbek
Yoshlar kuni 😊

Khan Academy Oʻzbek jamoasi nomidan yoshlarni bayram bilan tabriklaymiz.

Sizlarga mustahkam sogʻlik, baxt, omad tilab qolamiz. Sizlardagi mehnatsevarlik, shijoat, yangiliklarga boʻlgan qiziqish hech qachon soʻnmasin.

Ulkan maqsadlar sari olgʻa. 🎉
Barcha maʼlumotlar emas-u, lekin eng kerakli fanlar xanakademiyasi.uz da mavjud. Darslar tushunarli, tushunmasangiz qayta-qayta koʻrish imkoni bor.

Va eng asosiysi — mutlaqo bepul.

P.s: Qoʻylarni sotishning ham hojati yoʻq. 😉

📌 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mashina nimalarga qodirligini koʻrib qoʻying

Robotning Rubik kubigini yigʻishga sarflagan rekord vaqti 0,38 sekundga teng. Dunyo boʻyicha kubikni eng tez yigʻgan odam esa buni 3,47 sekundda uddalagan.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
Onlayn taʼlimda qanday oʻzgarishlar kutilmoqda?

📚 Masofaviy oʻquv dasturlarini tashkillashtirishda koʻp innovatsion gʻoyalar va yangicha yondashuvlar qanchalik koʻp qoʻllansa, uning raqobatbardoshligi shunchalik oʻsadi.

Kechki mutolaa uchun ozgina vaqtingizni ajrating va Darya Shansning masofaviy taʼlim istiqboli haqidagi fikrlari bilan tanishing. 😊

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog
Harakatsiz oʻzgarish boʻlmaydi.

📈 Khan Academy Oʻzbek jamoasi katta oʻzgarishlar sari dadil odimlayapti.

Marhamat, iyun oyi hisobotini kutib oling.

🚀 Ildam harakat, albatta, oʻz natijasini koʻrsatadi. Biz esa yangi marralarni zabt etishdan charchamaymiz.

#kau_statistika #kau_hisobot
Bizga oʻqituvchi topishda koʻmaklashing va telefonga ega boʻling! 😊

Khan Academy Oʻzbek jamoasiga videodars yozish uchun quyidagi fanlar boʻyicha oʻqituvchilar kerak:
– Oliy matematika;
– Iqtisodiyot;
– Kimyo;
– Biologiya;
– Tibbiyot.

Oʻqituvchilar Toshkent shahrida istiqomat qilishlari talab etiladi.

Siz topgan oʻqituvchi biz bilan ishlay olsa va bizning talablarga javob bersa, sovgʻa tariqasida sizga telefon topshiriladi.

Batafsil ma'lumot: havola

Siz bu yordamingiz bilan Oʻzbekistondagi millionlab yoshlarning sifatli ta’lim olishiga sababchi boʻlishingiz mumkin. Bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang.

📞 Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:
@khanacademyuzbek_admin
+998 97 246 90 50

Ushbu xabarni doʻstlaringiz bilan ulashishni unutmang.

📌 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Youtube
😊 1-sinfga qabul jarayoni 6-iyuldan boshlanadi

📑 O‘quvchilarning hujjatlari:
⬡ 6–31-iyul, biriktirilgan mikrohudud doirasida;
⬡ 1–25-avgust, kunlari maktablarning imkoniyatidan kelib chiqib mikrohududdan tashqari qabul qilinadi.

Shuningdek, pandemiya sharoitida Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida ilk marotaba 1-sinfga o‘quvchilarning hujjat topshirish jarayoni qabul.maktab.uz orqali (5-iyuldan) onlayn navbat asosida amalga oshiriladi.

📝 Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati maʼlumotiga koʻra tayyorlandi.

Farzandlaringizni uy sharoitida Khan Academy Oʻzbek videodarslari orqali maktabga tayyorlashingiz mumkin:
🎬 Boshlangʻich matematika;
🎬 Arifmetika.

📌 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Youtube
Qiziqarli biografiya: Alisher Navoiy

📜 Buyuk shoir va mutafakkir Navoiy turkiy tilda “Xamsa” kabi yirik koʻlamdagi asar yaratilishi mumkinligini isbotlab bergan shaxs.

Alisher Navoiy hayoti haqida batafsil 🔗 ushbu maqolada tanishishingiz mumkin. Mashhur kishilar haqida siz bilgan va bilmagan maʼlumotlarni berishda davom etamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_biografiya
Gapdagi toʻrtta xatoni topa olasizmi?

Javoblaringizni izohlarda qoldiring va doʻstlaringizga ham ulashing! 🤓

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_sinov
🙁 Harakatlaringiz natijasiz boʻlayotgani sabab boshlagan rejalaringizdan voz kechmoqchimisiz?

Aslo shoshmang!

Yuqoridagi infografika orqali hech qachon taslim boʻlmaslikning yettita katta sababi haqida bilib olishingiz mumkin. Maqsadingizga erishish yoʻlida muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Doʻstlaringiz bilan ulashishni unutmang. 😉

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_infografika
Shakarning sir-sinoati

📌 Koʻp yillardan buyon insonlarga tuz va hayvon yogʻlarini meʼyordan ortiq isteʼmol qilish zarar ekanligi haqida uqtirib kelinadi. Tarkibida shakar mavjud boʻlgan mahsulotlar semizlik va organizmning jiddiy zararlanishiga olib kelishi haqidagi tadqiqotlarga qaramay, Kanadadagi oziq-ovqat mahsulotlari yorliqlariga shakar isteʼmoli boʻyicha qatʼiy meʼyorlar kiritilmagan.

Kanadaning “The Fifth Estate” (“Beshinchi mulk”) hujjatli filmlar dasturida Jillian Findli yangi bir ajablanarli tadqiqotga qoʻl urdi: shakarning nomaʼlum sirlarini ochib berdi.

Xoʻsh, shakar ishlab chiqarish sanoati koʻp yillardan buyon isteʼmolchilardan noxush haqiqatni yashirib kelayotganmidi? Bu savolga javobni quyidagi videoni (ingliz tilida) tomosha qilib bilib olishingiz mumkin. 😊

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
2024/11/06 01:46:30
Back to Top
HTML Embed Code: