Telegram Web Link
😄Qadrli o‘quvchilar, bugun biz Nyutonning birinchi qonuni – mexanika qonunini takrorlaymiz.

Har qanday jismga tashqi kuch taʼsir qilmaguncha u oʻzining tinch holati yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini saqlaydi.

🤩👇 Agarda Siz fizikaning mazkur bo‘limi bilan tanish bo‘lsangiz, amaliy misollar va tushunarli nazariya bilan taqdim etilgan fizikaning barcha bo‘limlarini qamrab olgan saytimizga o‘tishingiz mumkin.

❇️ Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, do‘stlar!

Bugun biz sizlar bilan qanday qilib elektron pochta yaratishni o‘rganib olamiz. Ushbu videoda pochta yaratishni Gmail misolida ko‘rib chiqamiz.

Oʻzingizga qulay joyda tomosha qiling:
→ YouTube
→ Sayt
Instagram
→ Facebook
Assalomu alaykum, do‘stlar!

Bugun Khan Academy Oʻzbek hamda Toshkent shahar xalq taʻlimi boshqarmasi hamkorligidagi targʻibot haftaligining beshinchi kuni.

11-iyun kuni tashkil etilgan o‘quv seminarining birinchi qismi Yunusobod tumanidagi 220-umumtaʼlim maktabida bo‘lib o‘tdi va safimizga yangi a'zolar qo‘shilishiga sabab bo‘ldi.

Diqqat qiling, navbatdagi amaliy trening:
👉 Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 121-maktabda
🕑 soat 14:00 da boshlanadi

Siz ham bizga qoʻshiling.

Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli o‘qituvchilar!

🤩 Sizning yordamingiz va harakatlaringiz sabab, Khan Academy Oʻzbek jamoasi maqsadiga tobora yaqinlashib bormoqda!

Sizga yanada qulay va oson bo‘lishi uchun, platformadan o‘qituvchi sifatida foydalanishni o‘rgatuvchi videoqo‘llanmani joylashtiramiz.

Sifatli va bepul onlayn taʼlimni rivojlantirishda (yozning jaziramasida ham) biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz! 😊

Oʻzingizga qulay joyda tomosha qiling:
YouTube
Sayt
Instagram
Facebook
2 ming! 🎉

Doʻstlar, bizda ajoyib yangilik: YouTube kanalimizdagi videodarslar soni 2 mingdan oshdi!

Khan Academy Oʻzbek bepul videodarslarini ommalashtirishda qoʻshayotgan hissangiz uchun barchangizga katta rahmat.

YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, doʻstlar!

Oʻylaymizki, hammangiz yangi haftani ajoyib kayfiyatda boshlab oldingiz. Ana endi, o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan videoqo‘llanmani qarshi oling!

Shuni eslatib oʻtamizki, siz Khan Academy Oʻzbek videodarslarini Telegramʼdan chiqmasdan ham tomosha qilishingiz mumkin.

Kurslar roʻyxati va kanallarga havolalar → @kau_kurslar

Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
🔎 OʻQITUVCHILAR QIDIRILMOQDA!

Khan Academy Oʻzbek loyihasiga videodars yaratish uchun quyidagi fanlardan oʻqituvchilar kerak (fanlar roʻparasidagi havola orqali kurs mundarijasi bilan tanishishingiz mumkin):

⬡ Ko‘p o‘zgaruvchili hisob (multivariable calculus) — bit.ly/2QJviiF
⬡ Statistika va ehtimollar nazariyasi — bit.ly/31pPIPY
⬡ Makroiqtisodiyot — bit.ly/3m5mzmv
⬡ Moliya va kapital bozorlar — bit.ly/2PHprtB
⬡ Tibbiyot — bit.ly/31w3y38

👉👉👉Batafsil

📞 97 262-4030
✏️ @khanacademyuzbek_teachers
📩 [email protected]
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
Assalomu alaykum!

Doʻstlar, sizlarga Khan Academy Oʻzbek loyihasining 2021-may oyi moliyaviy hisobotini taqdim etmoqchimiz. Hisobot bilan 🔗 bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Loyiha rivojiga qoʻshayotgan hissangiz uchun katta rahmat!

💵 Xayriya qilish uchun:
Payme orqali: meni bosing

#kauzbek_hisobot
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
💪🏻 Muvaffaqiyat sari qadam tashlang!

Biz bilan ishlashni istaganlarni Khan Academy O‘zbek loyihasiga taklif etamiz!

Bilimingiz bor-u tajribangiz yo‘qmi? Unday bo‘lsa, Khan platformasi maydoni sizga muntazir!
Biz birlashsak nafaqat yurtimizni, balki butun dunyoni o‘zgartira olamiz!

Siz ham safimizga koʻngilli, tarjimon, muharrir yoki oʻqituvchi sifatida qoʻshiling!

✋🏻 Bepul, barchaga, har joyda, hamisha bilim berish uchun yaratilgan loyihamizga o‘z hissangizni qo‘shing!

👉 Khan Academy Oʻzbek
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
📖 Khan akademiyasi – bilim manbai.

Platforma o‘quvchilarga amaliy mashq va videodarslar yordamida mavzuni o‘zlashtirishga ko‘maklashadi.

✏️ Muhim va qiziqarli fanlar, mavzularni endi uydan turib ham takrorlashingiz mumkin.

Eng muhimi, ota-onalarimizdan hech narsa talab qilinmaydi. Barcha videodarslar mutlaqo bepul. Endi bolajonlarimiz taʼtil paytida ham bemalol darslarni o‘zlashtirishi mumkin.

😍 Bebaho bilimlarni bepul ulashamiz.

Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.

👉 Khan Academy Oʻzbek
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
🚀 Koʻngillilar hikoyasi davom etadi.

Davronbek Husniddinovning Khan Academy Oʻzbek loyihasiga kelganiga endigina uch oy bo‘ldi. Shunga qaramay, jamoamizning erkatoyi bo‘lishga ulgurdi.

Ayni damda Amiti Universitetining iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olish barobarida, platformada videomontajchi va AKT mutaxassisi bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda. Loyiha targ‘iboti haftaligida ham suratga tushirish, videoga olish kabi vazifalar Davronbekning zimmasiga yuklatildi.

💬 “Khan Academyʼga doim qiziqib kelganman. Loyihada faoliyat yuritayotgan tengdoshlarimga havas qilardim. Niyatlar voqellikka koʻchdi. Endi men ham shu jamoadaman” , – deydi Davronbek.

Siz ham safimizga koʻngilli, tarjimon, muharrir yoki oʻqituvchi sifatida qoʻshilishni istasangiz, bizga ariza topshiring.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #koʻngillilar_hikoyasi
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
Yoshlar kuni 😊

Khan Academy Oʻzbek jamoasi nomidan sizni bayram bilan tabriklaymiz.

Barchangizga mustahkam sogʻlik, baxt, omad tilaymiz. Sizdagi mehnatsevarlik, shijoat, yangiliklarga boʻlgan qiziqish hech qachon soʻnmasin.

Ulkan maqsadlar sari olgʻa. 🎉
Ayni damda Toshkent shahridagi "Humo Arena" majmuasi ochiq maydonida, baraka yomg‘iri ostida "First Summer Fest" musiqa festivali bo‘lib o‘tmoqda.

"Khan Academy O‘zbek" jamoasi ham ushbu tadbirda faol. Dasturdan o‘rin olgan ilk taqdimot platforma asoschilari ishtirokida bo‘ladi.

Batafsil ma'lumotlarni birozdan so‘ng joylashtiramiz! Bizni kuzatishda davom eting!

———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
“KHAN ACADEMY O‘ZBEK” ПЛАТФОРМАСИНИ МАКТАБЛАРГА ЖОРИЙ ЭТИШ БЎЙИЧА ҲАМКОРЛИК МЕМОРАНДУМИ ИМЗОЛАНДИ

Тошкент шаҳри умумтаълим муассасаларида “Khan Academy O‘zbek” электрон платформасидан фойдаланган ҳолда таълим бериш йўлга қўйилади.

Дастлабки босқичда Khan Academy томонидан тажриба-синов тариқасида Тошкент шаҳридаги таълим сифати юқори бўлмаган 215-сонли ҳамда 222-сонли умумтаълим муассасалари танлаб олинди. Ушбу мактабларга ўқув жараёни сифатини оширишга ва мустақил ўрганишга қаратилган методик қўлланмалар тайёрланиб, ўқитувчилар учун маҳорат дарслари ташкил этилади, ҳамда платформадаги электрон ресурслардан фойдаланиш учун 80 га яқин компьютер жиҳозлари тақдим этилади.

Khan Academy Oʻzbek — ўзбек тилидаги илк бепул онлайн платформа бўлиб, ундан 190 дан ортиқ мамлакатда 80 миллиондан ортиқ одам фойдаланади, Ўзбекистонда ундан 300 мингдан ортиқ ёшлар фойдаланмоқда.

БАТАФСИЛ: https://bit.ly/2ToqOQh


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Khan Academy Oʻzbek va Xalq taʼlimi vazirligi

Kecha, 1-iyul kuni Xalq taʼlimi vazirligida “Khan Academy O‘zbek” platformasini maktablarga joriy etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Endilikda Toshkent shahri umumta’lim muassasalarida “Khan Academy O‘zbek” elektron platformasidan foydalangan holda ta’lim berish yo‘lga qo‘yiladi.

Batafsil bu yerda
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
Bizga aynan siz keraksiz!

Khan Academy Oʻzbek jamoasi sifatni qadrlovchi oʻz ishini chin dildan bajaradigan qobiliyatli Video sifati nazoratchisini izlamoqda.

Talablar:
– Bilim bera olish;
– Ingliz tili (listening, reading);
– Oʻzbek tili (professional pedogogik daraja);
– Taʼlim sohasining yangi tomonlarini oʻrganishga va oʻz ustida ishlashga xohish;
– Komputer va undagi dasturlardan erkin foydalana olish koʻnikmasi;

Mas'uliyat:
– Maxsus mezonlar boʻyicha video sifatini tekshirish;
– Kichik montaj qilish ;
– Oʻqituvchilar bilan toʻgʻridan toʻgʻri ishlash, ularga onlayn dars oʻtish koʻnikmalarini oʻrgatish;
– Google Drive, shuningdek, Google Docs va Google Sheets bilan ishlash;
Ish sharoitlari:
– Shahar markazida shinam ofis;
– Ahil jamoa;
– Rasmiy mehnat shartnomasi;
– Bepul kofe, choy va shirin pechenyelar;

Oʻzbek tilida xalqaro standartlarga mos onlayn taʼlim videolarini yaratishga oʻz hissangizni qoʻshing. Bizga qoʻshiling.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
2024/09/29 18:23:25
Back to Top
HTML Embed Code: