Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☺️ Hordiq chiqarayotgan bir paytda matematik topishmoqni yechib miyangizni charxlang!

Albatta soatga qarab qoʻying! Qancha tez yechsangiz, shuncha yaxshi!

Javoblaringizni izohlarda yozib qoldiring.

😉Quyidagi belgilarda foydalanishingiz mumkin

🐕🍳

🔅 Khan Academy Oʻzbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro onlayn bepul taʼlim olish platformasi Khan Academyʼning oʻzbek tilidagi Khan Academy Oʻzbek loyihasidan foydalanayotganlardan ijobiy fikrlar kelmoqda. ☺️

🤝 Odamlarga yordamimiz tegayotganidan xursandmiz!

🔅 Khan Academy Oʻzbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚩Ilon Mask, Mark Sukerberg, Stiv Jobs va dunyoga tanilgan boshqa milliarderlar qatoridan joy egallashni istaysizmi?

☝️Ular bu yutuqqa ilm orqali erishganlar.
Asosiy urgʻuni axborot texnologiyalarini oʻrganish va takomillashtirishga berib olamshumul ixtirolar qilishgan.

Shunday muvaffaqiyatli insonlar qatoriga kirishning yoʻli bor!

👩‍💻Khan Academy Oʻzbekning onlayn platformasida hamda YouTube kanalida informatika va dasturlashga oid videodarslarni tomosha qilib bilimingizni oshiring.

❗️Unutmang, dunyoni bilim boshqaradi.

🔅 Khan Academy Oʻzbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
🔎 OʻQITUVCHILAR IZLANMOQDA!

Khan Academy Oʻzbek loyihasiga videodars yaratish uchun quyidagi fanlardan oʻqituvchilar kerak (fanlar roʻparasidagi havola orqali kurs mundarijasi bilan tanishishingiz mumkin):

Ko‘p o‘zgaruvchili hisob (multivariable calculus) — bit.ly/2QJviiF

Statistika va ehtimollar nazariyasibit.ly/31pPIPY

Mikroiqtisodiyotbit.ly/3ihir2A

Makroiqtisodiyotbit.ly/3m5mzmv

Moliya va kapital bozorlaribit.ly/2PHprtB

Tibbiyotbit.ly/31w3y38

Elektrotexnikabit.ly/3ficyjK

Boshqa fanlardan oʻqituvchilarga hozircha talab yoʻq!

📌 Ariza topshirish uchun ushbu shaklni toʻldirib topshiring:
👉 bit.ly/2shumG0

👉👉👉 Batafsil


🎬 Namuna videolar: @kau_kurslar

📞 97 262-4030
📩 [email protected]
🤩 Bepul ta’lim olish imkoniyatidan tashqari, "Khan Academy Oʻzbek"ning eng muhim maqsadlaridan biri bilim olish uchun maksimal darajadagi qulay va maqbul sharoitlar yaratishdir.

O‘quvchilar ichidan kimdir tezroq, kimdir sekinroq o‘zlashtiradi, yana kimdir esa ma’lum dars mavzusida qolib ketadi va bitta darsning o‘zi kifoya qilmaydi. Aynan o‘z yo‘nalishini tanlash va o‘qitish dasturini tuzish platformamizning eng muhim afzalligi hisoblanadi.

😄👍 Istagan vaqtingizda, istagan joyingizda va istagan miqdorda o‘rganing. Barchasi o‘z qo‘lingizda!

❇️ Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
👩‍🏫Taʼlim olish bepul emas deb oʻylasangiz adashasiz!

Bugungi kunda texnologiyalar taraqqiyoti bizga uydan chiqmay turib dunyo ilmlaridan boxabar boʻlish imkoniyatini yaratgan.

Biz bundan unumli foydalanishimiz kerak.

Khan Academy Oʻzbek bolalar va kattalarga 24ta fandan mutlaqo BEPUL tushunarli va qiziqarli videodarslarni taqdim etadi.

❇️ Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
🎁 Khan Academyʼdan telefon va planshet yutib oling!

Bajarilgan ishlarga nisbatan juda koʻp yaxshi fikrlar va rahmatlar eshitdik. ☺️ Ammo natijalar xolis boʻlishi uchun har bir foydalanuvchining fikrini olishga qaror qildik.

Khan Academy O‘zbek nafaqat bilim, balki sovgʻalar ham ulashadi🥳

Tanlovda qatnashing va ajoyib sovgʻalardan birini yutib oling!

🏆 Sovrinlar – Khan Academy O‘zbek loyihasining barcha videodarslari yuklangan telefon va planshet.

Bundan tashqari Khan Academy Oʻzbek platformasida qanday qilib maqsadlarga erishish mumkinligi haqida videorolik olish jarayonida qatnashing va biz sizdan intervyu olamiz.

Tanlovda qatnashish uchun soʻrovnomani toʻldiring..

👉TANLOV SHARTLARI HAQIDA BATAFSIL👈

❇️ Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
🍎Mevalarni yaxshi koʻrasizmi?
Ularning ogʻirligini hisoblashni ham bilish kerak
😉

📝 Qoʻlga qogʻoz-qalam olib bir hisoblab koʻringchi, ikkita anorning ogʻirligi necha ekan?

❇️ Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
Nega aynan Khan Academy Oʻzbek?🤔

Internet videodarslarga toʻla dersiz, ammo oʻz ichiga 22 ta fandan 3600ga yaqin mamlakatimizning ilgʻor oʻqituvchilari tomonidan yaratilgan qiziqarli va tushunarli videodarslarni har yerda ham topa olmaysiz😉

Eʼtibor bering Videodarslarni layk yigʻish maqsadida YouTubeʼga video joylashtiradigan oʻsmirlar emas, malakali ustozlar tayyorlaydilar!

Ilm olishga xohish va vaqt topsangiz boʻldi! Qolgani bizdan 😁

❇️ Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
Assalomu alaykum!

Doʻstlar, sizga Khan Academy Oʻzbek loyihasining 2021-iyul oyi moliyaviy hisobotini taqdim etmoqchimiz. Hisobot bilan 🔗 bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Loyiha rivojiga qoʻshayotgan hissangiz uchun katta rahmat!

💵 Xayriya qilish uchun:
Payme orqali:
meni bosing

#kauzbek_hisobot
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
Yangi fanni kutib oling!

🔰Khan Academy Oʻzbek onlayn platformasi oʻz ichiga yangimakroiqtisodiyot fanini qoʻshgani haqida maʼlum qiladi!

Ushbu fan boʻyicha hozirda 29 ta videodars mavjud boʻlib, ular bilan rasmiy saytimizda, YouTube va telegram tarmoqlarimizda tanishib chiqishingiz va tomosha qilishingiz mumkin. Bu hali hammasi emas! Oldinda fanga oid yana koʻplab videodarslar olamiz.

Ilm olish bepul boʻlishi ham mumkinligini oʻzingizda sinab koʻring!

❇️ Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
Bizda yangi fan!

Endi siz Khan Academy Oʻzbek onlayn platformasida mikroiqtisodiyot fanidan videodarslarni tomosha qilishingiz mumkin! 💻

Mazkur fan hozirda 5 bobga boʻlingan boʻlib, 73 ta videodarsdan iborat. Ammo kelgusida videodarslar soni oshirilishi koʻzda tutilgan.

🔰Bepul ilm olish imkoniyatini qoʻldan boy bermang! Rasmiy saytimiz, Telegram va YouTube tarmoqlarimizda oʻzingizga qulay vaqtda shugʻullanishingiz mumkin.

❇️ Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
Khan Academy Oʻzbek onlayn platformasining innovatsion oʻquv dasturi bilan yaqindan tanishing.

🔸 Mazkur oʻquv resursi oʻz ichiga hozirda 22 ta fan va 3600 ga yaqin videodarslarni jamlaydi.
🔸Oʻquvchilar qiziqib oʻrganishlari uchun interfaol ragʻbatlantirish tizimi joriy qilingan.
🔸Har bir oʻquvchi oʻzlashtirgan fanlaridan mashqlar bajarishi, oʻz ustida mustaqil ishlashi mumkin.
🔸 Umumiy guruh dasturiga rioya qilib emas, aynan oʻquvchining oʻziga moslangan oʻquv rejasi va dasturi boʻyicha taʼlim olish imkoni mavjud.


Ilm olish bepul boʻlishi ham mumkinligini siz ham sinab koʻring. 👍

❇️ Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
☀️Yoz ham oxirlab qoldi! Hali hech bir foydali ish qilishga ulgurmadingizmi?

🗒️Yoz oxirigacha qilish mumkin boʻlgan foydali va zavqli ishlar roʻyxati:

Chorvoqqa borib yozgi quyosh ostida toblanib keling;
yoʻlda zerikmaslik uchun Khan Academy Oʻzbekning YouTube kanalidan yuklab olingan videodarslarni tinglab keting;
uyingizga sinfdoshlaringizni chaqirib Khan Academy Oʻzbek onlayn platformasining qiziqarli mashq va oʻyinlarini bajarib vaqtni samarali va qiziqarli qilib oʻtkazing.


Nima bilan shugʻullanishingizdan qatʼiy nazar vaqtni bekor sarflamang, zero vaqt bu – boylik!

❇️ Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
🤩 Xeops ehromini o‘rganish ishlari XVIII asrda boshlangan bo‘lsada, Qadimgi Misr meʼmorchilik yodgorligi hali ham barcha sirlarini ochgani yo‘q.

Xeops ehromi haqida qiziqarli
maʼlumotlar bilan bo‘lishamiz:


👉🏻 Xeops ehromining ogʻirligi 5 000 000 tonnaga baholanadi. Ehrom qurilishiga 2 milliondan ortiq tosh bloklari sarf qilingan, har bir blok og‘irligi ikki tonnaga yetgan.

👉🏻 Xeops ehromining qurilishi 20 yil davom etgan.

👉🏻 Xeops ehromi – aniq kompas. Xeops ehromining qirralari qutub nuqtalarga asoslanib qurilgan.

Ma’lumot sizga foydali bo‘ldi degan umiddamiz.
🤗

❇️ Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
Algebrani oʻrganish qiyinlik qilyaptimi

Biz sizga algebrani "ipidan ignasigacha" tushuntirib beramiz. Algebrani Khan Academy Oʻzbek platformasida oʻrganing yoki YouTube kanalimizda videodarslarni tomosha qiling 👩‍💻

Algebra fanimiz 2 ta kursga boʻlingan. Algebra 1 370 ta videodarsni, Algebra 2 esa 221 ta videodarsni oʻz ichiga oladi

Hammasi oson! Hammasi oddiy! Asosiysi, BEPUL!

Demak, sizdan talab qilinadigan yagona narsa bu – ishtiyoq

Zero, ishtiyoq boʻlsa vaqt ham topiladi. 😉

❇️ Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
Qaysi OTMni tanladingiz?

Kelajakda kim boʻlish haqidagi oʻylar barchamizni qiynaydi. Dunyoning eng zoʻr oliy oʻquv yurtimi? Yoki oʻzimizniki ham boʻlaveradimi?😅

Doimiy ikkilanish va kelajakni bashorat qilishni bas qilaylik-da oʻzimiz yoqtirgan soha boʻyicha olgʻa bosaylik

Siz qayerga oʻqishga kirmoqchisiz? Izohlarda yozib qoldiring
👇
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
🏢 Dunyo boʻylab oʻz obroʻsiga ega boʻlgan eng mashhur universitetlardan biri bu MTI – Massachusets Texnologiya Institutidir(Massachusetts Institute of Technology).

🤖 U sunʼiy intellekt, axborot texnologiyalari va robototexnika sohalaridagi innovator sifatida mashhur.

Amerikadagi bir qancha nufuzli universitetlar bilan bir qatorda, Massachusets texnologiya instituti ham need-based tizimiga asoslangan.


❇️ Massachusets texnologiya institutining bakalavr dasturlari 46 ta asosiy va 49 ta qoʻshimcha fanlarni oʻrganish imkoniyatini beradi.

✔️ Aynan shu xususiyatlar tufayli u 2020-yilda "Dunyodagi eng yaxshi institut" maqomini olgan.

🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
Bugun, Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi kunida «Khan Academy O‘zbek» jamoasi sizga baxt, tinch va farovon hayot tilaydi! 🎆

Shunday qutlugʻ damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolamiz! 🎉

Hurmat bilan,
Khan Academy Oʻzbek
🔰Khan Academy 2006-yilda tashkil etilgan va shu vaqtdan beri minglab bilimga chanqoq insonlar bepul videodarslarni tomosha qilib ilm olib kelmoqdalar.

🌐 29 ta tilga tarjima qilingan Khan Academy platformasidan dunyoning 190 dan ortiq davlatida 74 milliondan ortiq odam foydalanib keladi.

Siz Khan Academy Oʻzbekda qanchadan beri taʼlim olasiz? Oʻz javobingizni izohlarda qoldiring👇

❇️ Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
2024/09/29 18:25:56
Back to Top
HTML Embed Code: