Telegram Web Link
1991-yil 1-sentyabr – Mustaqillik eʼlon qilingan kun

🇺🇿
Ushbu tarixiy sana munosabati bilan Khan Academy Oʻzbek jamoasi barcha vatandoshlarimizni Mustaqilligimizning 29 yilligi bilan tabriklaydi.

🎉 Ilm-fanga boʻlgan eʼtibor oshaversin. Farzandlarimiz kelajagi porloq boʻlsin!

#kau_kun
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧑‍🔬 Tuzning parchalanishi: oʻzaro qorishmaydigan ikki suyuqlik

Quyida atseton (havorang)ning yuqori zichlikdagi shoʻr suv (sabzirang) ustida qalqib turishini kuzatishingiz mumkin. Odatda atseton suvda vodorod zanjirlarining oʻzaro taʼsiri hisobiga parchalanib ketadi.

🧬 Biroq bu jarayonni oddiy kimyoviy hodisalar bilan oʻzgartirish mumkin: “tuzlash” jarayonida koʻp miqdordagi tuz parchalanadi. Natijada hosil boʻlgan Na+ va Cl ionlari ion-dipol zanjirlari yordamida suv molekulalarini oʻzlariga torta boshlaydi.

Oqibatda suv molekulalarining atseton vodorod zanjirlari bilan oʻzaro taʼsirlanishi kamayadi. Bu esa siz koʻrib turgan hodisa – suyuqliklarning ajralishiga olib keladi. Idishni qanchalik kuchli chayqatmang, bu ikki suyuqlik qorishmaydi.

🤓 Siz ham kimyoviy tajribalar qilib koʻrganmisiz? Quyida javoblaringizni kutamiz.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
🤳 “Karantin — bu imkoniyat”

🦠 Pandemiya sababli masofaviy taʼlim karantin sharoitida bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishning yagona imkoniga aylandi. Maʼruza hamda mashgʻulotlar Zoom va boshqa Khan Academy kabi dasturlardan foydalangan holda oʻtkazilmoqda.

🏫 Bu esa turli oʻquv markazlari va onlayn platformalar ish boshqaruvchilariga qoʻshimcha masʼuliyat yuklaydi.

📝 Spot oʻz maqolasida shu mavzuda taʼlim muassasalari boshqaruvchilari fikri bilan qiziqdi.

Biz esa ushbu maqolani oʻzbek tilida sizga taqdim etamiz.

📎 Maqolani oʻqish »
🎓 Abituriyent nolasi

🎙 Imtihonda tushayotgan savollar qanchalik qiyin yoki oson? Siz ularga qay darajada tayyorlangan edingiz? Umuman, vaziyat qanday?

💬 Izohlarda tajribangiz bilan boʻlishing, eng qiziqarlilari bilan kanalda boʻlishamiz.
🚀 Tajribangizni shu yerga yozib qoldiring: comments.app/view/vXNlvgmA
📈 Rivojlanayotgan mamlakatlarda taʼlim uchun sarflangan qoʻshimcha har bir yil inson daromadini oʻrtacha 10% ga oshiradi.

🧠 Buning sababi sifatida “inson qancha koʻp oʻqisa, uning kelajak uchun toʻgʻri sarmoya kiritish ehtimoli shunchalik koʻp boʻladi” degan fikr ilgari suriladi.

👩 Maʼlum boʻlishicha, dunyo boʻyicha ayollar oʻz daromadlarining taxminan 90% ini oilasi va ishiga sarflagan holda, juda kam miqdorni qoʻshimcha darslar uchun ishlatar ekan. Erkaklarda esa ushbu koʻrsatkich oylik maoshning oʻrtacha 30% ini tashkil etadi.

📚 Baʼzi tadqiqotchilarning fikriga koʻra, agar har bir bola oʻqishni oʻrganganda edi, hozir qashshoqlikda yashayotganlar soni 170 millionga kam boʻlar edi.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
☄️ Renessans — uygʻonish davri.

📚 Islom oltin davri 7—14-asrlarni oʻz ichiga oladi. Yorqin namoyandalari: Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Al-Zahraviy, Ibn al-Nafis va boshqalar.

📖 Yevropa tarixidagi uygʻonish davri 15—16-asrlarni oʻz ichiga oladi. Yorqin namoyandalari: Leonarda da Vinchi, Nikolay Kopernik, Mikelanjelo Buonarroti, Leonardo Bruni, Uilyam Shekspir va boshqalar.

Xoʻsh, bizdagi ilmga boʻlgan chanqoqlik 3-renessans poydevori boʻla oladimi?
🎓 Bizga Eynshteynlar kerakmi?

ℹ️ Hozirgi zerikarli va mafkuraga boʻysundirilgan ijtimoiy fanlar texnika fakultetlari talabalariga kerak emas. Ularni oliy taʼlimning “jon-u ruh”iga aylantirish orqali qanday jonlantirish mumkin? Qanday qilib oʻquv jarayoniga zarar yetkazmasdan fanlarni 50 foizga qisqartirsa boʻladi? Faylasuf, sotsiolog va antropolog Valeriy Xan oʻz maqolasida mazkur savollarga javob beradi.

📎 Maqolani oʻqish » bit.ly/3iqstvK

Ushbu maqola Gazeta.uz bilan oʻzaro hamkorlik asosida Khan Academy Oʻzbek jamoasi tomonidan tarjima qilindi.

#kauzbek_blog
​​🤩 Tuk-tuk, bizda yangilik! Endi differensial tenglamalarni birga oʻrganamiz.

🆕 Bu boʻlimda biz differensial tenglama turlari, ularni yechish usullari va hayotiy masalalar tatbiqini koʻrib chiqamiz. Ular yordamida biologik jarayonlarning va fizik sistemalarning modelini yaratishni oʻrganamiz. Siz differensial tenglamalarga fizika, muhandislik, biologiya, iqtisod va albatta matematikaning boshqa sohalarida koʻp duch kelasiz.

Endi dars va imtihonlarga tayyorlanish hamda nisbatan qiyinroq boʻlgan mavzular bilan tanishish oson. Ishonmaysizmi? Hoziroq sinab koʻring:

→ Telegramda: @kau_differensial_tenglamalar
→ YouTubeʼda: bit.ly/33ajnNq
→ Saytimizda: bit.ly/3m4cXIk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐙 Gʻavvos plastikka tiqilib qolgan sakkizoyoqqa yordam berib unga yangi boshpana sovgʻa qildi.

😉 Ularning suhbatini oʻzbek tilida tomosha qiling.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_gif
🎉 12-sentabr – Xalqaro dasturchilar kuni muborak boʻlsin!

🧑‍💻 Umuman olganda, aynan 12-sentabr dasturchilar kuni emas, balki yilning 256-kuni dasturchilar kuni sifatida nishonlanadi. Bu 256 (2⁸) raqami bejiz tanlanmagan, chunki bu dasturchilarga yaxshi maʼlum boʻlgan bayt bilan ifodalanadigan aniq qiymatlar sonidir.

 Dasturlashni hoziroq BEPUL oʻrganing va keyingi yil ushbu kunni dasturchilar safida nishonlang:

» Telegramda: @kau_dasturlash
» YouTubeʼda: bit.ly/31448Gz
» Saytimizda: bit.ly/2Rkg2WC
👋 Salom, Mover.uz!

▶️ Biz Xan akademiyasi videodarslarini mover.uz saytiga joyladik. Endi siz sevimli darslaringizni TAS-IX tarmogʻida koʻrishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun, TAS-IX tarmogʻidagi saytlar biroz tezroq ishlaydi va koʻplab internet provayderlarda trafik hisoblanmaydi (yoki trafik bepul), buni esa oʻzingiz sinab koʻrishingiz mumkin 😉

👉 mover.uz/channel/KAUzbek
​​Dasturlashdan 100 ga yaqin yangi videodarslarni kutib oling!

🤳 Kecha eʼlon qilingan videodarslar endi Telegramʼda. Har doimgidek, barchasi mutlaqo BEPUL!

😎 JavaScript va ProcessingJSʼdan foydalanib rasmlar, animatsiyalar va oʻyinlarni yaratishni, HTML va CSS yordamida esa veb-sahifalarni dasturlashni oʻrganing. Bir-biridan qiziqarli loyihalarni yarating va ularni boshqalar bilan baham koʻring.

👉 @kau_dasturlash
📖 “Taʼlim kelajak uchun yoʻllanma demakdir, chunki ertangi kun bugun unga tayyorlanuvchilarga tegishli.”

Malkolm X — afroamerikalik lider va vazir.

Kuningiz xayrli oʻtsin!

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_iqtibos
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanishing, aqlli poʻlat arra ;)

🧭 U toʻliq qurollangan paytda teri yuzasiga tegishi bilan 0,02 millisoniya ichida oʻz-oʻzini ishdan chiqaradi.

😉 Nima ham derdik, endi rejissyorlar dahshatli filmlarning oʻlim sahnasi uchun yangi usul oʻylab topishlariga toʻgʻri keladi.

👉 @kau_fizika | #kau_videofakt
🎓 Taʼlim ijodkorlikni oʻldiradimi?

🏫 Nima uchun eskirgan “modellar” innovatsiyaga toʻsqinlik qiladi? Nima uchun akkreditatsiya va nizomlar asosida qurilgan taʼlim tizimi ish bermaydi? Shu kabi dolzarb savollarga biznes va moliya boʻyicha professor, raqamli iqtisodiyot huquqshunosi va sayohatchi Erik Vermeulen bilan bugungi maqolada javob topishga harakat qilamiz.

📎 Maqolani oʻqish »

💬 Maqola haqidagi fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog
🧬 1 gramm DNK'da 215 petabayt (215 million gigabayt) maʼlumot saqlanishi mumkin. Odam tanasida esa 1,15 gramm DNK mavjud.

💬 Xoʻsh sizda oʻz DNK'ingizdan flesh-disk sifatida foydalanishga imkon boʻlganida unga nimalarni joylagan boʻlar edingiz? Izohlarda fikrlaringiz bilan boʻlishing ;)

Manba: Sciencemag

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
​​🤔 DNK oʻzi nima?

🧬 Kuni kecha eʼlon qilingan faktdan soʻng koʻpchiligingiz DNKʼga qiziqib qolgan boʻlsangiz kerak?

👨‍👩‍👧‍👦 Nima uchun insonlarning aksar xususiyatlari ota-onasinikiga oʻxshash? Koʻz, qadam tashlash, boʻy-bast-chi? Shu kabi savollarga Xan akademiyasining biologiya kursida javob topishingiz mumkin.

👉 https://youtu.be/ww1gxhXjSZo

Biologiyani oʻzingizga qulay platformada oʻrganing:

@kau_biologiya | YouTube | Vebsayt
2024/09/30 06:14:15
Back to Top
HTML Embed Code: