Telegram Web Link
Forwarded from Nargiza G'affarova
📌 Huquqingizni bilasizmi?

Adliya bo‘limi tashabbusi bilan “Mening qonunim – mening taqdirim” shiori ostida huquq bilimdonlari ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Yoshlar festivali doirasida tashkil etilgan tadbirda uyushmagan yoshlar faol qatnashdi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
📌 Ijod maydonida yoshlik madhi

“Umid” klubining navbatdagi mashg‘uloti “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tdi. Ustoz ijodkorlar Hafiza O‘sarova, Xo‘rozboy Abdusalomov, Abdualim Sulaymonov, To‘rabek Qosimov so‘zga chiqib, hozirgi o‘zbek adabiy jarayoni haqida yoshlarga tushuncha berishdi. Yoshlik va Vatan madhiga bag‘ishlangan she’rlar bahribaytga ulandi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
📌 Zakovatda zukkolar sinaladi

“Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Tuman tibbiyot birlashmasi sovrini uchun tashkil etilgan bilim bellashuvida “Salomatlik posbonlari”, “Yangi O‘zbekiston yoshlari”, “Mahalla fidoyilari”, “Nuroniylar” jamoalari bahs olib bordi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
📌 Yoshlar festivali doirasidagi gala-konsert boshlanmoqda

@Nargiza_Gafforova
2024/10/01 18:34:30
Back to Top
HTML Embed Code: